|
1. Radioaktivlik yemirilish qonunlari. Aktivlik. Sun’iy nurlanish. Radioaktivlikning turlari
|
bet | 1/10 | Sana | 02.06.2023 | Hajmi | 37.58 Kb. | | #69092 |
Bog'liq Kurs ishi 3 1671123402, 1703245080, Mundarija kirish. Neft va gaz sanoatining energetika kompleksida, Ergashev Odilbek Ro’zi o’g’li, 10-T va S am, Abbos03, Abbos
Mavzu: Radioaktivlikning dolzarb va yechilmagan muammolari
Reja:
KIRISH
Asosiy qism
1. Radioaktivlik yemirilish qonunlari.
2. Aktivlik. Sun’iy nurlanish.
3. Radioaktivlikning turlari.
4. Radioaktivlikning qo’llanilishi
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati
KIRISH
Ishning dolzarbligi. Bizga ma`lumki, O’zbekiston hukumati, shaxsan
muxtaram prezidentimiz Islom Abdug’anivich Karimov Respublikamiz
mustaqillikka erishgan dastlabki kunlaridanoq, ayniqsa, so’ngi yillarda ma`naviyat va ma`rifat masalalariga, ta`lim tizimini takomillashtirib, uni jahon andozalariga muofiqlashtirish bo’yicha ibratli ishlarni amalga oshirmoqdalar. O’zbekiston respublikasi bozor munosabatlariga o’tishi sharoitida xalq xo’jaligini rivojlantirish, kishilarning turmush farovonligini ta`minlashda tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, qazib olingan mineral xomashyolar ko’rinishida emas, balki ularni qayta ishlab, turli sifatli, raqobatbardosh tayyor mahsulotlarga aylantirib, xalq xo’jaligi aborotiga kiritish va dunyo bozoriga olib chiqish juda katta iqtisodiy ahamiyatga egadir.
Ishning maqsadi. Shuning uchun ilmiy—texnika taraqqiyotini jadallashtirish, ilmiy tadqiqot natijalari asosida yaratilgan fan va texnika yangiliklarini energetika korxonalari faoliyatiga tadbiq qilish, ishchi va xizmatchilar malakasini uzluksiz oshirib borish bilan bir qatorda tobora murakkablashib borayotgan sharoitlarda ishlari samaradorligini oshirishni
ta`minlovchi mehnat va ishlab chiqarishni tashkil qilishning yangi shakllarini
doimiy izlash hamda mavjud shakllarini takomillashtirish zarurati tug`ilmoqda.
Yechilishi kerak masalalar. Hozirgi zamon fani va texnikasining jadal
ravnaqi fizik-texnik hodimlarining nihoyatda bilim saviyaga ega bo’lishini,
binobarin, oliy o’quv yurtlarida ularni tayyorlash usul uslubini mutassil
takomillashtirishni taqozo etmoqda. Bu muammoni hal etishda, ya`ni talabalarni samarali o’qitishda mashg’ulotlarda nazariya bilan amaliyotni puxta, birga qo’shib olib borish ayniqsa muhim ahamiyatga ega, chunki amaliy ishlarni izchil o’tkazish talabalarning ma`ruza darslarida olgan bilimlarini mustahkamlash imkonini beradi. Yadro fizikasida radioaktivlikni tushinish va u haqida tasavvurga ega bo’lish uchun geliy atomini − vodorod atomini biriktirish natijasida hosil qilish yo`li bilan ko’rib chiqamiz. Bizga ma’lumki, vodorod atomi bitta planetar elektron va yadrodagi protondan tashkil topgan. Geliy atomida esa, ikkita planetar elektron va uning yadrosida ikkita proton, ikkita neytronlar mavjuddir. Xullas kalom, geliy atomi to’rtta vodorod atomiga ekvivalentdir yoki to’rt atom birikmalariga egadir. Yuqorida qilingan hisob-kitoblar shuni ko`rsatadiki, geliy yadrosi paydo bo`lish jarayonida 0,030359 m.a.b. energiyaga aylanadi. Shu tarzda Quyosh o’z energiyasini qayerdan olayotganini tushinish mumkin bo`ladi. 1896-yilda
fransuz olimi Bekkerel uran elementidan fotografiya plastinkasiga ta’sir etuvchi noma’lum nurlar chiqishini aniqladi. Keyinchalik bunday nurlarni boshqa elementlar (toriy, radiy, poloniy) ham chiqarishi Pier Kyuri va Mariya Kyuri-Sklodovskayalar tomonidan aniqlandi. Bu hodisa radioaktivlik deb ataldi. Nurlarning o’zi radioaktiv nur nomini oldi. Radioaktiv nurlarning kelib chiqishi, tabiati, ularning boshqa moddalarga ta’siri kabi qator xossalarini tekshirish keng rivojlandi. Jumladan, bu nurlar magnit maydon ta’sirida, uch yo`nalishda tarqalar ekan. Birinchi toifa nurlar dastlabki yo`nalishidan o’ng tarafga, ikkinchi toifa nurlar esa chap tarafga burilar, uchinchi xil nurlar esa burilmay o’z yo`nalishida davom etar ekan. O’z – o’zidan ravshanki, magnit maydonda qarama - qarshi tomonga burilgan nurlar turli ishorali elektr zaryadiga ega bo`lishi kerak. Uchinchi nurlarning xususiyati rentgen nurlariga
o’xshab ketadi, chunki rentgen nurlariga ham magnit maydon ta’sir qilmas edi.
|
| |