№10 Laboratoriya mashg’uloti
Mavzu:Matematikani o’qitishda ko’rsatmalilik.
Maqsad: Ko’rsatmalilik prinsopi haqida ma’lumotlar berish, ko’rsatmalilik
prinsopi vazifalarini belgilash. Ko’rsatmalilik turlari bilan
tanishtirish.
Jixozlar:
1. Turli turdagi ko’rgazmali qurollar.
2. Slaydlardan namunalar.
3. Tarqatma materiyallar.
Reja:
1. Ko’rsatmalilik prinsopini o’rganib chiqish.
2. Ko’pincha qo’llaniladigan ko’rgazmali qurollar bilan tanishtirish.
3. Ko’rsatmalilik prinsopini amalga oshirishning yangi texnologiyalari.
4. Ko’rsatmalilik prinsopini amalga oshirilishini namoyish qilish. (Mustaqil
ish)
5. Xulosa.
Asosiy mazmuni
Ko’rsatmalilik funksiyalari.
Didaktikaning asosiy talablaridan biri ko’rsatmalilik prinsopidir.
Bilishni uch bosqichi mavjuddir: anglash,
tasavvur qilish va abstrakt
tafakkur. Xissiy bilish va mantiqiy bilishni farqlash mumkin. Bilishni birinchi
bosqichida ko’rsatmalilik roli nixoyatda muximdir. Chunki bilishning bu
bosqichida matematik ob’ektlarning tashqi xossalari, ular orasidagi munosabatlar,
ularning farqlari va umumiy tomonlari o’rgatiladi.
Bilishning uchinchi bosqichida ko’rsatmalilik matematik ob’ektlar xossalari
orasidagi bog’lanishni ko’rsatib, to’g’ri tasavvur xosil qilishga imkon beradi.
O’qitish jarayonida ko’rsatmali vositalar turli funksiyalarni bajaradilar.
Shuning uchun o’qituvchi ko’rgazmali
qurollarni tanlaganda, o’quv masalalarini
bajarishda unga qaysi vazifa yuklatilganligiga qarab tanlash kerak.
Ko’rsatmalilik turlari:
- natural ko’rsatmalilik;
- tasviriy ko’rsatmalilik;
- simvolik ko’rsatmalilik;
I. Ko’rsatmalik vositalari: Jadvallar, plakatlar, tasviriy ko’rsatmalilik (rasm,
surat va b.) boshqalari simvolik ko’rsatmalilik (grafiklar, chizmalar,
sxemalar,
diagrammalar va boshqalar).
Plakatlarning turlariga “ishchi plakatlar” xam kiradi. Unda, funksiya
xossalarini o’rganishda kerak bo’ladigan grafiklarni turli joylashuvchi bo’ladi.
Plakatlarning jadval turi, ya’ni
natural sonlarni kvadrati, kubi ko’rsatuvchi
jadvallar.
1-laborotoriya topshirig’i: Kvadratik funksiya
c
bx
ax
y
2
ni, a, b va c
larni qiymatlariga bog’liq xolda egallashi kerak bo’lgan
barcha xolatlarini
ko’rsatuvchi plakatlarni yarating.
II. Kinofragmentlar va kinofilmlar matematikani ba’zi masalalarini
o’rganishda juda samarali foydalanilishi mumkin. Masalan, funksiya tushunchasini
kiritishda, xosila va integralni o’rganishda, trigonometrik funksiyalar grafiklarini
o’qitishda, fazoviy figuralarni chizishda.
III. Magnit doska. Magnit doska bu doskaning bir qismi temir tunika bilan
qoplanib, turli magnitli figuralar yordamida o’qitishni o’ziga
xos didaktik
imkoniyatlarini ochib beradi.
2-laborotoriya topshirig’i: “Koordinata tekisligi” mavzusini o’tishda magnit
doskadan foydalanib mavzuni o’qitish senariysini yozing.
IV. Geometrik figuralarning modellari.
Steoremetriyani o’qitishda modellashtirishdan foydalanish, o’quvchilar
fazoviy tasavvurini to’g’ri shakllantirishda katta axamiyatga ega. Geometrik
figuralar
modellarida kartondan, yog’ochdan, simdan, oyna bo’laklaridan
foydalanish mumkin.
3-laborotoriya topshirig’i: Har bir talaba 6 tadan geometrik figura modelini
tayyorlab keling. (Kub, piramida, prizma, parallelepiped, shar. konus,
silindr va
xokazolar bo’lishi mumkin.)
V.
Kompyuter
vositalari.
Kompyuter
imkoniyatlari
matematikani
ko’rsatmali o’qitishda aloxida o’rin tutadi. Kompyuterda o’qitishda elektron
qo’llanmalardan foydalanish keng imkoniyatlar yaratadi. Uning uchun
o’qitilayotgan mavzu bo’yicha
dars ishlanmalarini tayyorlab, kompyuter bilan
jixozlangan kabinetda darsni o’tish mumkin. Uning uchun slaydlar yaratishni bilish
kerak. Kompyuter yana vosita sifatida o’rganilayotgan mavzu bo’yicha
qilingan
boshqa ishlanmalarni ham ko’rib, taqqoslab xulosa chiqarishga katta imkon
yaratadi.
4-laborotoriya topshirig’i: Quyidagi mavzular bo’yicha elektron dars
ishlanmalarini yarating:
1. Tenglama.
2. Uchburchaklarning tenglik alomatlari.
3. To’rtburchakning yuzi.
4. Uchburchakning yuzi.
5. Trapetsiya yuzi.
6. Paralelogramm.
7. Romb.
8. Kvadrat.
9. Fales teoremasi.
10. Simmetriya.
11. Vektorlar va ular ustida amallar.
12. Parallel ko’chirish.
13. Silindr.
14. Shar.
15. Piramida.