|
Qiziqarli masalalar, mantiqiy savollar, misol va masalalar Matematika
|
bet | 1/6 | Sana | 11.12.2023 | Hajmi | 145,54 Kb. | | #115399 |
Bog'liq Qiziqarli masalalar, mantiqiy savollar, misol va masalalar-hozir.org
Qiziqarli masalalar, mantiqiy savollar, misol va masalalar
Matematika
Matematika – eng ko’hna fanlardan biri. Matematika yoshlarning mantiqiy fikrlash qobiliyatini o’stiradi. Shu sababli bu fan qadimdan maktablarda o’qitilib kelingan.Mantiqiy mushohada, fazoviy tasavvur, abstrakt tafakkur inson faoliyatining barcha sohasi uchun zarur qobiliyatki, bular matematikani o’rganish jarayonida shakllanib boradi.
Matematika fani nimani o’rganadi? Bu savolga osongina, qisqa va to’liq javob bera olmaymiz. Endigina maktabga qadam qo’ygan boshlang’ich sinf o’quvchisi matematika narsalarni sanash qoidalarini o’rganadi, desa, yuqoriroq sinf o’quvchilari esa bunga qo’shimcha qilib, matematika tushunchasiga algebra va geometrik shakllar, jismlar, har xil almashtirishlarni o’rganish kiradi, deydi. Maktab bitiruvchilari esa matematikani funksiyalar, hosila va integral bilan bog’lashadi. Oliy o’quv yurtlari talabalari-chi? Ular matematikani uning tarkibiga kirgan sohalar: ehtimollar nazariyasi, matematik statistika, differensial tenglamalarni o’rganish deb tushunishadi. Bular ham matematikaning to’liq mazmunini qamramaydi, ya’ni matematikani uning tarkibiy qismlarini sanash yo’li bilan ta’riflash bizni chalg’itadi. Matematika real dunyodagi narsalarni emas, abstrakt tushunchalarni o’rganadi, uning mantiqiy xulosalari mutlaqo qat’iy va aniqdir.
Matematikaning istalgan tushunchasi amaliy ehtiyojdan kelib chiqqan va asta-sekin abstrakt tushunchalarga aylangan.
Bizning mamlakatimizda ham barcha fanlar singari matematika faniga e’tibor katta.Matematika olimpiadalarining o’tkazilishi, matematika instituti va yozgi matematika maktablarining tashkil qilinganligi fikrimizning yorqin dalilidir.
Matematikani o’rgatishda uning go’zal va qiziqarli ekanligini o’quvchilarga yetkaza olishimiz kerak. Darslarni yangi pedagogik texnologiyalar asosida o’tish, turli matematik o’yinlar, qiziqarli masalalar, matematik ermaklardan foydalanish bunda asosiy o’rinda turadi. Matematika darsliklarida misol va masalalarga ko’p e’tibor beriladi. Chunki murakkab mavzu ham bir necha mashqdan so’ng mustahkamlanadi, osonlasha boshlaydi. Lekin ketma-ket mashqlar matematikaning jozibasini susaytirishi mumkin. Matematikadagi go’zallik va nafosatni his qilish uchun fanning barcha tomonlarini o’quvchiga yetkazish kerak.Shuning uchun ushbu uslubiy qo’llanmada matematikaning ko’hna, go’zal va qiziqarli ekanligi ko’rsatilgan.
|
| |