• Qiziqarli masalalar, mantiqiy savollar, misol va masalalar. Zehningizni sinab koring
  • Pirog taqsimlash Quyidagi rasmda berilgan pirogni uch kesishda teng sakkiz bolakka boling. Matematik necha yoshda
  • Tejamli kesim Qanday qilib 5 ta olmaning birortasini ham 6ta bolakka bolmasdan turib, 6 kishiga teng qilib bolib berish mumkin Mushuklar nechta
  • Tenglama ikkita sonning yigindisi 10 ga teng, ularning kopaytmasi ham 10 ga teng. Bular qaysi sonlar Hovuzni toldirish
  • Harorat Harorati -3 C bolgan 2 litr suvga, harorati -5 C bolgan 10 litr suvni qoshsak, Bu suvning harorati qanday boladi Ustunlar orasidagi masofa
  • Boshliq qayerdan keldi
  • Hovuzdan suv olish 5 va 9 litrli chelaklar yordamida hovuzdan 3 litr suvni qanday qilib olish mumkin Kumush zanjir
  • Ba’zi matematik belgilarning kiritilish jadvali




    Download 145,54 Kb.
    bet4/6
    Sana11.12.2023
    Hajmi145,54 Kb.
    #115399
    1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    Qiziqarli masalalar, mantiqiy savollar, misol va masalalar-hozir.org

    Ba’zi matematik belgilarning kiritilish jadvali.


    Belgi


    Ma’nosi


    Kim kiritgan


    Belgi kiritilgan yil


    cheksizlik


    J. Vallis


    1655


    aylana uzunligining diametriga nisbati


    U. Jons


    1706


    i


    -1 ning kvadrat ildizi


    L.Eyler


    1777


    x,y,z


    o’zgaruvchi miqdorlar


    R.Dekart


    1637


    vektor


    O.Koshi


    1853


    +,-


    qoshish,ayirish


    nemis matematiklari


    XV asr oxiri


    ko’paytirish


    U. Outred


    1631


    *


    ko’paytirish


    G.Leybnis


    1698


    :


    bo’lish


    G.Leybnis


    1684


    a2,a3,…,an


    daraja


    R.Dekart


    1637


    ildiz


    X.Rudolf, A.Jirar


    1525


    log


    logarifm


    I.Kepler


    1624


    sin


    sinus


    B. Kaval’eri


    1632


    cos


    kosinus


    L.Eyler


    1748


    tg


    tangens


    L.Eyler


    1753


    arcsin


    arksinus


    J.Lagranj


    1772


    dx


    differensial


    G.Leybnis


    1675


    integral


    G.Leybnis


    1675


    hosila


    G.Leybnis


    1675


    aniq integral


    J. Fur’ye


    1819-1822


    yig’indi


    L.Eyler


    1755


    !


    faktorial


    X.Kramp


    1808


    lim


    limit


    U.Gamilton


    1853


    f(x)


    funksiya


    L.Eyler


    1734


    =


    tenglik


    R.Rekord


    1557


    >,<


    katta, kichik


    T.Garriot


    1631


    taqqoslama


    K.Gauss


    1801


    perpendikulyarlik


    P.Erigon


    1634


    parallellik


    U.Outred


    1677



    Qiziqarli masalalar, mantiqiy savollar, misol va masalalar.


    Zehningizni sinab ko'ring


    Ushbu sahifada o'z zehningizni masla yechish orqali sinab ko'rishingiz mumkin. Misol va masalalar yechib turish bilimlaringizning yanada mustahkamlashuviga sabab bo'ladi. Bu orqali siz aqlingizni charxlaysiz. chunki, egallagan bilimlaringizga doir masala yechish, ilm va formulalarni yodingizda mustahkam saqlanib qolishiga yordam beradi. Masala yechish amaliy mashg'ulot, siz bu orqali tafakkur va bilimingizdagi kamchiliklarni bilib olasiz. Marhamat, sahifadagi masalalarni yechishga bir urinib ko'ring. Agar sizda ham qiziqarli masalalar bo'lsa saytimisga jo'nating, xursand bo'lamiz.
    Agar maslani javobini topishga qiynalsangiz yoki biror savol tug'ilsa bizga murojaat qiling. Sizga yordam beramiz. V. Muslim ( leonardo73@rambler.ru )


    Uch qishloq
    Bir mamlakatda Rostgo'ylar, Yolg'onchilar, rostgo'ylar va yolg'onchilar aralash yashaydigan Aralash qishloqlari bor ekan. Mos ravishda, birinchi qishloqda faqat rostgo'ylar,, ikkinchisida faqat yolg'onchilar, uchinchi qishloqda esa har ikki toifa aralashib istiqomat qilishar ekan. To'satdan o't o'chirish idorasiga qo'ng'iroq bo'libdi:
    -Bizning qishloqqa o't ketdi.
    -Siz qayerda yashaysiz ?
    -"Aralash" qishlog'ida.
    Savol: O't o'chiruvchilar qaysi qishloqda yashaydi ?
    Pirog taqsimlash
    Quyidagi rasmda berilgan pirogni uch kesishda teng sakkiz bo'lakka bo'ling.

    Matematik necha yoshda ?
    Bir kuni ikki matematik uchrashib qolibdi. Hol ahvol so'rashgach birinchi matematik do'stidan so'radi:
    - Hozir necha yoshdasiz ?
    ikkinchi matematik javob berdi:
    - Men tug'ilganda otam 25 yoshda edilar, hozir otam va mening yoshimizni qo'shsak 89 bo'ladi.
    Savol: Matematik necha yoshda ?
    Soat
    Soat 5 sekundda 6 marta bong uradi. 12 marta bong urish uchun qancha vaqt ketadi ?
    Bozorda
    Qassob 1 000 000 so'm bilan bozorga tushdi. U roppa -rosa 100 ta hayvon sotib olishi kerak. Sotuvda sigir, g'oz va tovuq bor. Sigir 150 000 so'm, g'oz 10 000 so'm va tovuq 2 500 so'm turadi. U kamida har bir hayvondan bittadan olishi va barcha pulni ishlatishi shart.
    Qassob nimalarni sotib oladi ?
    Ona va bola
    Onaning yoshi o'z qizining yoshidan 4 barobar katta. 20 yildan so'ng ona qizidan 4 baravar katta bo'lib qoladi. Ona va qizning yoshini aniqlang.
    Qahvaxonada
    Qahvaxonada narxi idishi bilan birga 30 tiyin turadigan mineral suv sotilyapti. Idishni topshirib, 20 tiyin qaytarib olish mumkin. Ayting-chi, 1 sum pulga ko'pi bilan nechta mineral suv ichish mumkin ?
    Tejamli kesim
    Qanday qilib 5 ta olmaning birortasini ham 6ta bo'lakka bo'lmasdan turib, 6 kishiga teng qilib bo'lib berish mumkin ?
    Mushuklar nechta ?
    To'rtburchak shakldagi xonaning har bir burchagida bittadan mushuk o'tiribdi. Har bir mushukning qarshisida uchtadan mushuk o'tiribdi. Xonada hammasi bo'lib nechta mushuk o'tiribdi ?
    Narx
    Mahsulot narxini 50 % ga oshirib, so'ng yana 50 % ga tushirsak, narx qanchaga o'zgaradi ?
    Guruh talabalari
    Guruhda 10 ta talaba o'qiydi. Ularning har biri barcha talabalar bilan qo'l berib ko'rishsa, qo'l berib ko'rishishlar soni nechta bo'ladi ?
    foiz
    10 ning 5%i kattami, 5 ning 10%i kattami ?
    Tenglama
    ikkita sonning yig'indisi 10 ga teng, ularning ko'paytmasi ham 10 ga teng. Bular qaysi sonlar ?
    Hovuzni to'ldirish
    Hovuzni 2 ta quvur orqali suv bilan to'ldirish kerak, Agar Birinchi quvurning o'zi 5 minutda to'ldirsa , ikkinchi quvurning o'zi 10 minutda to'ldirsa, ikkala quvur birgalikda necha minutda to'ldiradi ?
    Harorat
    Harorati -3 C bo'lgan 2 litr suvga, harorati -5 C bo'lgan 10 litr suvni qo'shsak, Bu suvning harorati qanday bo'ladi ?
    Ustunlar orasidagi masofa
    Uzun yo'l bo'ylab ketma-ket 10 ta ustun ornatilgan, har bir ustundan keyingisigacha oralig'i 1 km. masofa. Birinchi ustundan o'ninchi ustungacha necha km. masofa ?
    Bo'shliq qayerdan keldi ?
    Quyidagi rasmda 2 ta bir xil uchburchak chizilgan. yuqoridagi Uchburchaning yuzasi 3 ta turli xildagi shakl bilan to'ldirilgan, pastda esa shu shakllarning o'rni almashtirilgan. Pastdagi rasmda bo'sh katakcha qayerdan hosil bo'ldi ?

    Kutilmagan vaziyat
    Har biri 40 tadan vagonni tortib ketayotgan A va B paravozlar bitta temir yo'lda duch kelib qolishdi.(rasmga q.) Ularning orasida bor yo'g'i paravoz bilan birgalikda 20 ta vagon sig'adigan boshi berk tarmoq yo'l bor. Qanday manevr qilib poezdlar bu kutilmagan vaziyatdan qutilib, o'z yo'nalishlarida harakatni davom etishlari mumkin ?

    Hovuzdan suv olish
    5 va 9 litrli chelaklar yordamida hovuzdan 3 litr suvni qanday qilib olish mumkin ?
    Kumush zanjir
    Sayyoh bir shaharda bir hafta turish niyatida karvonsaroydan joy band qilmoqchi bo'ladi. Karvonsaroy sohibi undan har kuni bir tangadan berishni so'raydi. Sayyoh, o'zida bu yurtning tangalari yoqligini, lekin 7 ta halqali kumush zanjiri borligini (rasmga q.) aytadi va har kuni ertalab bittadan halqa to'lashni taklif etadi. Karvonsaroy egasi rozi bo'ladi, faqat halqalarni imkoni boricha kam joyidan qirqishini tayinlaydi. Buni amalga oshirish uchun nechta halqani qirqishga to'g'ri keladi ?

    Ikki qabila
    Bir orolda ikkita - rostgo'ylar va yolg'onchilar qabilalari yashaydi. Birinchi qabiladagilarning hammasi faqat rost, ikkinchi qabiladagilarning hamasi faqat yolg'on gapiradi. Orolga kelib qolgan sayohatchi orolliklardan birini ko'rib qolib uning kimligini so'raydi. Orollik o'zini yolg'onchilar qabilasidan ekanligini aytadi.
    Savol: orollik sayyohni aldamayaptimi ? Aslida u qaysi qabiladan ?

    Download 145,54 Kb.
    1   2   3   4   5   6




    Download 145,54 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ba’zi matematik belgilarning kiritilish jadvali

    Download 145,54 Kb.