• Tayanch iboralar
  • 10-mavzu. Hayvonot olamining xilma xilligi. (4 soat) r e j a




    Download 92.67 Kb.
    bet1/11
    Sana23.03.2023
    Hajmi92.67 Kb.
    #46256
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
    Bog'liq
    10-mavzu. Hayvonot olamining xilma xilligi. (4 soat) r e j a
    y33jismoniy tarbiya - копия, 5A140100 – Biologiya (turlar bo‘yicha)1, 26, 1- test, Тер ш касб-хунар паспорт, Mavzu Tasvirga matn joylash Fan Informatika №16 Darsning maqsa-hozir.org (1), Web-sahifalarda Animatsiyalar va ularni o’rnatish-hozir.org, YADAS 2023 2024, Turdiyev Temirbek slide , SCCda ANIMATSIYALAR BILAN ISHLASH

    10-mavzu. Hayvonot olamining xilma xilligi. (4 soat)
    R E J A :
    1. Zoologiya fanining vazifalari.
    2. Sodda hayvonlar tipi vakillarining tuzilishi va hayoti.
    3. Umurtqasiz hayvonlar vakillarining xilma-xilligi.
    4. Umurtqali hayvonlar vakillarining xilma-xilligi va yashash muhitiga moslanishi.
    5. Hayvonot olamining tabiatdagi va inson hayotidagi ahamiyati.


    Tayanch iboralar: zoologiya, hayvonot olami, sodda hayvonlar, umurtqasiz hayvonlar, umurtqali hayvonlar, kovakichlilar tipi, hashoratlar sinfi, baliqlar sinfil sudralib yuruvchilar sinfi, tovushqonsimonlar turkumi yirtqichlar turkumi.

    Yer yuzida hayvonot olami ham o`simliklar singari tarqalgan. Ularning shimoliy muz qutblaridan tortib janubiy kengliklargacha, shuningdek, cho `l, dasht, tog` zonalarida ham uchratish mumkin.


    Hayvonot olami juda ham xilma-xildir. Hozirgi paytda yer yuzida 1500 mingdan ortiq hayvon turlari ma`lum. Hayvonlarning xilma-xillig, tuzilishi, xulq-atvori, ko`payishi, rivojlanishi, kelib chiqishi, tabiatda va inson hayotidagi rolini o`rganadigan fan zoologiya deb ataladi. Zoologiya so‘zi zoon - hayvon va logos - ta'limot, ya'ni fan degan ikkita grekcha so‘zdan kelib chiqqan.Hayvonlar bilan osimliklar murrakkab tuzilishga ega bolib ularning umumiy oxshashlik tomonlari xam bor. Masalan: ularning xar ikkalasi xam xujayralardan tuzilgan ikkalasi xam oziqlanadi osadi rivojlanadi kopgina xayotiy jarayonlari xam juda oxshash ketadi. Bularning xammasi hayvonlar bilan osimliklar birbiriga qarindosh ekanligini, ular bir negizdan tarqalganligini ko`rsatadi. Lekin shu bilan birga ular o`rtasida katta farqlar xam bor. Masalan: hayvonlar - geterotrof, o`simliklar esa avtotrof organizmlardir. Xayvonlar yuradi, xarakat qiladi, noqulay sharoitdan qulay sharoitga o`tadi. O`simliklar esa bir xil sharoitda ekiladimi o`sha er sharoitga moslashsa o`sadi, moslasha olmasa nobud bo`ladi. Shuning uchun xam hayvonlar soni o`simliklarga nisbatan 3 barobar ortiqdir.
    Sodda hayvonlar tipi. Mazkur tipning vakillari eng sodda tuzilishga ega bo`lgan bir hujayrali hayvonlardan iborat. Ularni sodda hayvonlar deyilishiga sabab ham tanasining bitta hujayradan tashkil topganligidandir.
    Eng sodda hayvonlarning ko`pchiligi mikroskop ostida ko`rinadigan juda mayda organizmlardir. Ularning kattaligi 50-100 mm dan 1-2 mm gacha bo`ladi. Sodda hayvonlar yer yuzida keng tarqalgan. Ular hamma yerda: chuchuk va sho`r suvda, ham tuproqlarda, hovuz, ariq, ko`lmak suvlarda, dengiz va okeanlarda, ba`zi vakillarini hatto hayvon va odam organiznida ham uchratish mumkin. Bir hujayrali yoki sodda hayvonlarning tanasi tashkil etadigan xujayralarni ko`p xujayralardan farqi shundaki, U bitta xujayradan iborat bo`lsa xamki murakkab tuzilishga ega bo`lib, murakabligi xujayra ayrim qisimlarining deferinsiallanganligi ularning har xil funksiyalari bajarishga layoqatlanganligidandir. Xujayraning ba`zi qismlari xarakatlantirish vazifasini bajarsa, ba`zilari ovqat qabul qilish yoki ovqat hazm qilishga, boshqalari esa ortiqcha suvni va dissimilyasiya mahsulotlarini hujayradan chiqarib yuborishga moslashgan. Hujayraning ixtisoslashgan bu qismlari organella yoki organoidlar deb ataladi. Buni uning tipik vakili bo`lgan infuzoriya hujayrasida ko`rish mumkin.
    Hujayra tarkibida bir yoki bir nechta yadro, protoplazma, vakuollar bo`ladi.Jinssiz ko`payganda infizoriya hujasrasidagi yadro ikkiga bo`linadi. Undan ikkita yangi organizm hosil bo`ladi. Eng sodda hayvonlar jinssiz va jinsiy yo`llar bilan ko`payadi. Lekin ularda jinsiy ko`payishga nisbatan jinssiz ko`ayish ko`p uchraydi. Buning yana bir isboti shuki ko`p xujayrali xayvonning xujayrali diferensialangan bo`lib muayyan vazifani bajarishga moslashgan. Ular ma`lum bir tomonga har xil darajada ixtisoslashgan. Bitta xujayradan tashkil topgan sodda xayvonlarning hujayrasi esa ana shularning xammasini bir xujayra ichida joylashtirib, barcha xayotiy vazifalarni bajaradi va mustaqil yashashga qodir bo`ladi. Sodda xayvonlar olami nixoyatda katta va xilma-xildir. Hozirgi vaqtda ularning turi 15000 tadan ortadi.
    Bulardan tashqari tabiatda ularning xili aniqlanmagan, ayni paytda parazitlik qilib yashaydigan juda ko`p turlari ham bor .Sodda hayvonlarga amyoba, infuzoriya-tufelka, evglena, volvoks va boshqalar kiradi. Amyoba iflos suvli havzalar tagida yashovchi, kattaligi 0,2-0,5 mm keladigan mayda organizmdir. «Amyoba» o`zgaruvchi degan manoni bildirib, u hamisha o`z shaklini o`zgartirib turadi. Amyobaning hujayrasida yadro, protoplazma va ovqat hazm qilish vakuolasi bor. Tana tuzilishi sodda, yolg`on oyoqlar chiqarib bir joydan ikkinchi joyga harakat qiladi.Bu vaqtda ular oziqni o`rab olib, ovqat hazm qilish vakuoli hosil bo`ladi ba uning vositasida oziqlanadi. Amyoba butun tanasining yuzasi bilan nafas olib, suvda erigan kislorod protoplazmaga sizib o`tadi.

    Download 92.67 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




    Download 92.67 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    10-mavzu. Hayvonot olamining xilma xilligi. (4 soat) r e j a

    Download 92.67 Kb.