Mavzu: MEXANIK UZATMALAR VA ULARNING TURLARI.
Reja:
1. Umumiy tushuncha va ma’lumotlar.
2. Mexanik uzatmalar, tavsiflari, sinflanishi.
3. Tezlikni o’zgartirish usullari.
Ma’lumki, mashina va mexanizmlarni xarakatga
keltirish uchun avvalam bor
biror energiya manbai (ichki yonish dvigateli, bug’ mashinasi, elektr dvigatel)
bo’lishi kerak. Ko’pincha, energiya manbai sifatida foydalaniladigan mexanizmlarni
ishlashi mashinaning xarakatdagi ish bajaruvchi qasmga qo’yilgan talablardan farq
qiladi. Masalan, avtomobilni turgan joyidan qo’zg’atish vaqtida uning g’ildiragidagi
burovchi moment katta qiymatga ega bo’lishi kerak. Bunga g’ildiraklarning aylanish
sonini kamaytirilishi hisobiga erishiladi. Demak, avtomobilning
normal xarakatini
tahminlash uchun ma’lum aylanish soni bilan ishlab turgan dvigateldan
foydalanilgan xolda, g’ildirak tezligini boshqarish va lozim bo’lgan taqdirda xarakat
yo’nalishini o’zgartirish zaruriyati tug’iladi. Ko’pchilik elektrik dvigatellarning
ishlash tartibi (rejimi) bir-biri-dan farq qiladi. Ularni bir-biriga
moslashtirish turli
uzatmalar vositasida amalga oshiriladi.
Uzatmalar deb, energiya manbai bilan mashinaning ish bajaruvchi qismi
oraliqida joylashib, ularni o’zaro bog’lovchi hamda
xarakatni talab qilingandek
o’zgartiradigan mexanizmlarga aytiladi.
Mashinasozlikda mexanik, elektrik, pnevmatik, va gidravlik uzatmalardan
foydalanadi. Mashina detallari kursida mexanik uzatmalar o’rganilib, boshqalari
maxsus kurslarda yoritiladi. Uzatmalarning energiya manbai bilan ish bajaruchi
qismi o’rtasida joylashadi va buning sabablari quyidagilar:
a) energiya manbai (masalan elektr dvigatel) valining aylanish sonining ishchi
valning aylanish sonidan kattaligi;
b) burovchi moment qiymatlarini uzatma vallarining aylanish soni hisobiga
o’zgartirish mumkinligi;
c) elektr dvigatel validagi aylanma harakatni ilgarilama, tebranma
va boshqa
harakatlarga aylantirishi.
Mexanik uzatmalar harakatni bir valdan boshqa vallarga uzatib, asosan ikki
turga bo’linadi:
a) ishqalanish hisobiga ishlaydigan uzatmalar (friktsion, tasmali);
b) ilashish hisobiga ishlaydigan uzatmalar (tishli, chervyakli va zanjirli).
Mexanik uzatmalarni tashkil etuvchi asosiy detallar o’zaro tutashib turadi
(tishli,
chervyakli, friktsion) yoki egiluvchan bo’g’in (tasma, zanjir) orqali
bog’langan bo’ladi.
Bundan tashqari, bu uzatmalar vallarining o’zaro
joylashuviga qarab, parallel,
kesishgan va ayqash turlariga, uzatish sonining o’zgarishiga qarab esa, uzatish soni
o’zgarmas, pog’anali o’zgaruvchan va pog’anasiz o’zgaruvchan turlariga bo’linadi.
Ishqalanish hisobiga ishlovchi uzamalarning asosiy detallari (g’ildirak, shkiv va
shu kabilar)
silliq sirtga, ilashish hisobiga ishlayiganlarda esa (tishli g’ildirak,
chervyak va shu kabilar) katta burovchi momentning uzatilishini ta’minlaydigan
tishlarga ega bo’ladi.
Uzatmalarda xarakatni energiya manbaidan qabul qilib oluvchi valni
yetaklovchi val deb, bu valdan xarakatni qabul qilib ish bajaruvchi qismga uzatuvchi
valni esa yetaklanuvchi val deb ataladi.
Agar uzatma bir necha pog’onali bo’lsa, har bir pog’ananing energiya manbai
tomonidagi birinchi val ikkinchi valga nisbatan yetaklovchi,
ikkinchi val esa
pog’anadagi yetaklanuvchi val bo’ladi.
Uzatmalarning asosiy tavsiflari: vallardagi
R –quvvat (Vt),
T -burovchi moment
(N∙m) va
ω – burchak tezlik (cek
-1
) yoki
n – aylanishlar soni (min
-1
).
Qo’shimcha tavsiflari:
η - foydali ish koeffitsienti,
F
t
- aylanma kuch (N) va
U -
uzatish soni.
1- rasm.
Uzatmalarni loyihalash uchun ularning kamida birinchi va oxirgi vallarining
quvvati hamda aylanish sonlari yoki burchak tezliklari berilgan bo’lishi kerak (1-
rasm).
Vallardagi quvvat va burchak tezliklar ma’lum bo’lganda ulardagi burovchi
moment quyidagicha aniqlanadi.