12- MODUL. KORXONANI BOSHQARISHNI TASHKIL QILISH.
MODULE 12. ORGANIZATION OF ENTERPRISE MANAGEMENT.
REJA:
Boshqaruv jarayonini tashkil etish haqida tushuncha
Boshqaruv jarayonida loyihalashni tashkil etish
Boshqaruvning tashkiliy strukturasi
Ixtironi tashkil etish.
Patentshunoslikni tashkil etish.
Ratsionalizatorlik takliflarini tashkil qilish.
Ratsionalizatorlik takliflarini hujjatlartirish.
Ratsionalizatorlik takliflari uchun berilgan arizani ko‘rib chiqish tartibi.
Ilmiy izlanishlarni tashkil qilish.
Davlat byudjeti va xo‘jalik shartnomalari asosida olib boriladigan ilmiy ishlarni tashkil etish
Boshqaruv jarayonini tashkil etish haqida tushuncha
Boshqaruv jarayoni tartibga solingan bo‘lishi kerak, aks holda u samarasiz bo‘lib qolishi mumkin. Boshqaruv jarayonini tashkil etish - uni har tomonlama tartibga solishi jarayonni amalga oshirishdagi aniqlik, ketma -ketlik va ruxsat etilgan chegaralarni aniqlovchi vositadir. Boshqacha qilib aytganda, boshqaruv jarayonini tashkil etish bu ijtimoiy - iqtisodiy tizimda hamkorlikda mehnat qilish bitimlari talablariga asosan boshqaruv jarayonining maqsadga muvofiq vaqt va fazoda qurish demakdir. Boshqaruv jarayonini tashkil etish, umuman olganda quyidagilardan tashkil topadi:
ishlarni bosqichlar bo‘yicha taqsimlash va biriktirish, ularni ketma - ketligi va muddatlarini belgilash, me’yorlash, intizomli jazo choralarini belgilash va boshqaruv jarayonini amalga oshirish bo‘yicha majburiy talablarni kiritish;
boshqaruv jarayonini tashkil etishning ahamiyati va mohiyati. Agar boshqaruvni samarali takomillashuvi boshqaruv tizimi strukturalarini oqilona qurish hisobiga erishilsa, boshqaruvning takomillashuvi ko‘p jihatdan uni tashkil etish bilan aniqlanadi. Ya’ni boshqaruv tizimidagi kerakli bo‘g‘inlarni borligi, ularni belgilangan tashkiliy maqomda faoliyat ko‘rsatishi, ushbu bo‘g‘inlarni turli boshqaruv jarayonlarida ishtirok etish mezonlari o‘zgarib turishi; hozirgi vaqtda boshqaruv jarayoni xarakteri uni strukturasi emas, balki aksincha boshqaruv jarayoni strukturasi xarakterini aniqlaydi;
ilmiy - texnik taraqqiyot sohasida shakllanayotgan tendensiyalar boshqaruv jarayonini tashkil etish darajasini oshirishda salmoqli rol o‘ynaydi. Hozirgi kunda ishlab chiqarishni boshqarishda ko‘proq kompleks xaraktyerdagi muammolar kelib chiqmoqda. Ularni yyechimi esa, tashkiliy jihatdan tarqoq tashkilot yoki boshqaruv tizimi bo‘g‘inlari ixtiyorida bo‘lmoqda. Ularning muloqotlari va hamkorliklari amaldagi nizomlarda ko‘zda tutilmagan va boshqaruvni o‘zgarmasligiga qaratilmagan;
boshqaruv jarayonini tashkil etish ilmiy - texnik taraqqiyot sharoitida boshqaruv tizimi birligini ta’minlashda muhim omil deb hisoblanadi. Boshqaruv jarayonini tashkil etish boshqaruv tizimi tarkibidagi ma’lum bir kamchiliklar o‘rnini to‘ldirishga imkon beradi. Lekin boshqaruv tarkibini kamchiliklari ayrim holatlarda boshqaruv jarayonini tashkil etishdagi kamchiliklardan kelib chiqadi.
Boshqaruv jarayoni tashkil etishni takomillashtirishga oid zamonaviy masalalar quyidagilardan tashkil topadi:
boshqaruv jarayonlarini jadallashtirish, uni ilmiy tashkil etish, murakkab jarayonlarni mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish;
boshqaruv jarayonini maqsadli yo‘naltirilganligini, ishlab chiqarishni rivojlantirish muammolarini hal etishda maqsadli ketma-ketlikni ta’minlash;
boshqaruv qarorlarini ishlab chiqarish sikllarini boshqaruv jarayonidagi muolajalarini qisqartirish imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda qisqartirish;
boshqaruv jarayonini axborot jihatdan tartibga solish, boshqaruv qarorini vaqt va sifat xarakteristikalar bo‘yicha tartibga solish, boshqaruvni zamonaviy texnikasidan oqilona foydalanish.
Boshqaruv jarayonini tashkil etish quyidagilarni belgilashni:
uni har xil sikllarini, bosqichlarini va jarayonlarini bajarish ketma-ketligini, shuningdek ayrim sharoitlarda birdaniga barobariga bir necha ishlarni baja-rish;
ba’zi bir turdagi ishlarni bajarish muddatlari va ularni boshqaruvini intensifikatsiyalash omillari bo‘yicha guruhlarga ajratish;
boshqaruv jarayoni va uni barcha jarayonlarini me’yoriy darajada va o‘z vaqtida bajarish uchun kerakli axborotlarni kelishi;
boshqaruv tizimining turli bo‘g‘inlarini boshqaruv jarayonini bosqichlari bo‘yicha ishtirok etish tartibini;
ma’lum bir ish turlari uchun zarur bo‘lgan boshqaruv jarayonining muolajalarini (kelishuv, muhokama, munosabatni bildirish, tasdiqlash, ma’lumot berish va h.k. operatsiyalar) o‘z ichiga oladi.
10.2. Ishlab chiqarishni boshqarishni tashkil etish prinsiplari
Boshqaruv jarayonini tashkil etish ishlab chiqarishni boshqarishning umumiy prinsiplariga bo‘ysunadi. Umumiy prinsiplardan tashqari boshqaruv jarayonini tashkil etishni asosiy qoidalari sifatida boshqaruv dinamikasini aks ettiruvchi prinsiplar quyidagilardan iborat:
1) boshqaruv jarayonini tashkil etishda ishlab chiqarishda boshqaril-maydigan jarayonlar borligini hisobga olish muhim ahamiyatga ega. Chunki ular obyektiv ravishda ishlab chiqarish jarayoniga ta’sirini o‘tkazadi. Boshqarilmay-digan jarayonlar turli ko‘rinishda bo‘lishi mumkin. Ishlab chiqarishga ta’sir etmaydigan, ayrim hollarda boshqariladigan jarayonlar ishlab chiqarishga ta’sir etuvchi jarayonlar, lekin boshqaruvda kelishuv va tartibga solishga imkon bermaydigan, boshqaruv jarayonini takomillashmagani tufayli boshqariladigan va boshqarilmaydigan jarayonlarning o‘zaro nisbati ijtimoiy - iqtisodiy tizimlarni boshqariluvchanligini aks ettiradi. Boshqaruv jarayonini tashkil etish, maksimal darajadagi boshqaruvchanlikni ta’minlash, uning asosiy prinsipi hisoblanadi;
boshqaruv jarayoni qo‘zg‘atuvchi ta’sirlarni yo‘qotishga emas, balki ko‘zlangan maqsadlarga erishish uchun yo‘naltirilgan bo‘lishi kerak. Bunday yo‘naltirish ko‘p jihatdan boshqaruv jarayonini tashkil etilishi bilan aniqlanadi. Boshqaruv jarayonida maqsad ijtimoiy psixologik yoki ma’naviy turtki sifatida ta’sir etishi mumkin, lekin maqsad boshqaruv jarayonini tashkiliy omili ham bo‘lishi kerak, buning uchun boshqaruv jarayonidagi maqsadlarni tashkiliy jihat-dan rasmiylashtirish zarur. Ulardan baholash, nazorat qilish, rag‘batlantirish va h.k.ni mezonlari sifatida foydalanishi kerak;
boshqaruv jarayonini tashkil etish mavjud ish sharoitlarini har tomon-lama hisobga olishni ta’minlashi kerak. Shuningdek, umumiy maxsus, har xil va aniq ishlarni hisobga olishda ularni bog‘lash zarur. Ushbu prinsip namunaviy reglament va me’yorlarni ishlab chiqish va boshqaruv jarayoniga joriy etish katta ahamiyatga ega. Shuningdek, axborotlarni harakatlanish sxemalari, hujjatlarni unifikatsiyalash va boshqalarni hisobga olish zarur. Ushbu prinsipni qo‘llanilishida boshqaruvni markazlashgan darajasi ko‘rinadi;
boshqaruv tizimi bosqichlari va bo‘g‘inlari bo‘yicha ishlarni bir maromda taqsimlanishi boshqaruv jarayonini tashkil etishda katta ahamiyatga ega. Bu o‘z navbatida boshqaruv jarayonini maromliligini ta’minlaydi. Ko‘p hollarda bajarilayotgan ishlarda navbatlarni hosil bo‘lishi boshqaruv jarayonlarini izidan chiqadi, uni maromliligini buzadi. O‘z vaqtida qarorlar qabul qilishga to‘sqinlik qiladi. Bu o‘z navbatida ishlab chiqarish jarayoniga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Boshqaruv jarayonida turli operatsiyalarni bajarish shartlarni tezlashtirishni tashkil etishda asosiy prinsip hisoblanadi;
boshqaruv jarayonini axborot ta’minotini tashkil etish aniqlangan boshqaruv muammolari bo‘yicha kerakli va yetarli darajadagi axborotlarni o‘z vaqtida kelib tushishini ta’minlashga qaratilgan bo‘lishi kerak. Axborotlar harakati boshqaruv jarayoni ehtiyojlari bilan kelishilgan holda tashkil etilishi lozim;
boshqaruv jarayonini tashkil etishda uning muolaja qismini iloji boricha soddalashtirish katta ahamiyatga ega. Bu yerda kerakli muolajalarni asoslanish prinsipiga rioya qilinishi lozim. Shuningdek, ularni tashkiliy ahamiyatiga e’tibor berish kerak. Hozirda ko‘p muolajalar qo‘shimcha himoya sifatida amalga oshirilmoqda, ya’ni mas’uliyatni bir shaxsdan boshqasiga o‘tkazish, u yoki bu qarorlar yuqori tu-ruvchi organlar vizalari bilan sun’iy ravishda kuchaytirish va h.k;
boshqaruv jarayoni o‘zining har bir siklida boshqaruv tizimini bir pog‘onasidan boshqasiga faoliyatni o‘tishini ifodalaydi. Bu o‘tishlar turlicha bo‘lishi kerak. To‘g‘ri tashkil etish boshqaruv jarayonidagi ortiqcha yoki behuda harakatlarni oldini oladi yoki ularni minimal darajaga tushiradi;
boshqaruv jarayonini vaqtda va fazodagi kelishuvi uni tashkil etishda muhim o‘rinni egallaydi. Aksariyat hollarda boshqaruv jarayonining fazoviy namoyon bo‘lishi uni amalga oshirish vaqti bilan ziddiyatga duch keladi. Bu boshqaruv samarasini pasaytiradi va boshqaruv jarayonini to‘xtashiga olib keladi. Korxonalarni hududi kengayishi tufayli boshqaruv kommunikatsiyalari uzaymoqda, shuning uchun fazo va vaqt birligidagi kelishuv muhim ahamiyatga ega;
boshqaruv jarayoni odamlar tomonidan amalga oshiriladi, tabiiyki u subyektiv sifatlarga bog‘liqdir, lekin subyektiv omillar boshqaruv jarayonida turli rolni o‘ynashi mumkin va turli ko‘rinishda ifodalanishi mumkin. Boshqaruv jarayonini tashkil etilishi, uni subyektiv omillarga ta’sirini yo‘qotishi zarur;
boshqaruv jarayonini tashkil etishda me’yorlar va reglamentlar, instruksiyalarni oqilona kombinatsiyalash katta rol o‘ynaydi. Boshqaruv jarayonini faqat bitta reglament asosida tashkil etish mumkin emas. Chunki reglamentda ishlab chiqarish jarayonida kelib chiqadigan barcha holatlarni batafsil ko‘zda tutish imkoniyati yo‘q;
zamonaviy texnik vositalardan foydalanish shakllari boshqaruv jara-yonini tashkil etilishiga mos kelishi kerak. Shakllarni ishlab chiqishda boshqaruv jarayoni xususiyatlari, xarakterli tomonlari va aniq sharoitlar hisobga olinishi kerak.
Boshqaruv jarayonini tashkil etish prinsiplari uni takomillashtirish bo‘yicha barcha savollarni hal etilishida muhim rol o‘ynaydi. Ushbu boshqaruv jarayonini tashkil etish prinsiplari o‘zaro bog‘liq va kompleks tarzda aniqlanishi kerak.
Boshqaruv jarayonida loyihalashni tashkil etish
Boshqaruv jarayonini tashkil etishga ilmiy yondashishni muhim elementi loyihalash hisoblanadi. U boshqaruvni barcha sharoitlarda oldindan tahlil qilishga asoslanishi kerak. Bunday tahlil bir necha yo‘nalishlarni o‘z ichiga oladi:
boshqaruv jarayonini mazmuni jihatdan tahlil qilishda strategik maqsadlar, holatlar xususiyati, yechilayotgan muammoni xarakteri bo‘yicha kerakli turini aniqlashga xizmat qiladi;
boshqaruv jarayonining iqtisodiy tahlili. Bu tahlil boshqaruvga kerakli bo‘lgan xarajatlarni aniqlash, boshqaruv xarajatlarini umumiy ishlab chiqarish xarajatlariga nisbiy ulushini baholashga xizmat qiladi;
boshqaruv jarayonining tashkiliy tahlili. Bu tahlil noformal munosabatlarni baholashni ko‘zda tutadi, shuningdek, boshqaruv jarayonini tashkil etish turini tanlashdan kelib chiqadigan ijtimoiy-psixologik oqibatlar, subyektiv omillar rolini aniqlashga xizmat qiladi;
axborot oqimlari tahlili. Bu tahlil boshqaruv jarayonida axborot oqimlarini oqilona munosabatlarini belgilash uchun kerak. Axborot tahlili quyidagilarni o‘z ichiga oladi. Axborotlarni yig‘ish, saqlash, izlash, uzatish va qayta ishlashda zamonaviy boshqaruv texnikasini qo‘llash imkoniyatlarini o‘rganish. Tahlillar asosida boshqaruv jarayonini tashkil etishni loyihalash amalga oshiriladi.
Loyihalash quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha amalga oshiriladi:
boshqaruv jarayonida ishlarni mantiqiy asoslangan va oqilona bajarilish ketma ketligini loyihalash;
boshqaruv muolajalarini loyihalash;
boshqaruv jarayonidagi vaqt sarfini loyihalash;
boshqaruv jarayonini fazoviy jihatdan loyihalash;
boshqaruv jarayonini pog‘ona bo‘g‘inlarini o‘zaro harakatlarini loyihalash.
Boshqaruvning tashkiliy strukturasi
Ishlab chiqarish birlashmalarinining boshqaruv strukturasi turli - tumandir. Boshqaruv idoralari o‘rtasida aloqalarning turiga qarab boshqaruv tizimi uchta asosiy turga:
muntazam (chiziqli);
funksional;
aralash turlarga bo‘linadi. Bularni ko‘rib chiqishdan oldin boshqaruv apparati-ning tuzilishiga to‘xtalib o‘tish lozim.
Boshqaruv apparatining tuzilishi deganda, boshqaruv apparati va ular orasidagi bog‘lanishlar tushuniladi. Boshqaruv apparatining tarkibi - bir-biri bilan bog‘langan teng huquqli birliklar va bo‘g‘inlar bilan to‘ldirish uchun tashkiliy tuzilishdan iborat. Har bir bo‘linma o‘z vazifasiga ega bo‘lib, bo‘linma bajaradigan vazifalar doirasida, uning faoliyat chegaralarini, vakolatlarini va javobgarligini belgilaydi.
Tuzilish bo‘linmalari rasmiy va norasmiy aloqalarga bo‘linadi. Rasmiy aloqalar, eng avvalo, rahbarlar bilan bo‘ysunuvchilar o‘rtasidagi aloqalardir (tik aloqalar). Ular rahbarlikning va bo‘ysunuvchilarning turiga qarab farq qiladi. Agar rahbarlik to‘laqonlik bo‘lib, quyi bo‘linmalar faoliyatiga doir barcha masalalarga dahldor bo‘lsa, bu xildagi aloqa muntazam aloqa deyiladi.
Rahbarlik cheklangan bo‘lsa, bu holda aloqa funksional bo‘ladi. Bo‘linmalar o‘rtasida, vertikal aloqadan tashqari yopiq aloqalar mavjud bo‘lib, ular muvofiqlashtirish va hamkorlik qilish tarzidagi aloqalardir. Boshqaruv tizimida asosiy o‘rinni rasmiy aloqalar egallaydi. Lekin norasmiy aloqalar ham muhim ahamiyatga egadir. Bularga korxonaning ta’minotchilar, mahsulot iste’mol qiluvchilar, tadqiqot va ishlab chiqarish tashkilotlari o‘rtasidagi aloqalari kiradi. Muntazam tuzilish bu tuzilishning eng sodda turi bo‘lib, unda har bir rahbar o‘ziga ishonib topshirilgan bo‘linma faoliyatini yakkaboshchilik asosida boshqaradi va hamma zarur qarorlarni mustaqil ravishda qabul qiladi. Muntazam tuzilishli boshqaruvda rahbar hamma zarur vakolatlarga ega bo‘ladi va o‘zining xo‘jalik faoliyati natijalari uchun to‘la javob beradi.
Boshqaruv tuzilishi ko‘p bosqichli bo‘lganda bir bosqichga tegishli tashkilotlarning har bir guruhini idora qilish ko‘lamlariga qarab, yuqori bosqichda o‘zining rahbar tashkilotiga ega bo‘ladi. Masalan, ikkinchi bosqichdagi idoralar guruhi uchinchi bosqichdagi rahbar bo‘g‘iniga va uchinchi bosqichdagi idoralar guruhi to‘rtinchi bosqichdagi rahbarlik bo‘g‘iniga ega va h.k., unda barcha tizim bo‘limlari muntazam ravishda boshqariladi, shuningdek, boshqaruvning barcha masalalari bitta yo‘nalish bo‘yicha yechilib, har qaysi bo‘g‘in bitta rahbarga va bir necha bo‘ysinuvchilariga ega bo‘ladi. Xodimlar faqat o‘z rahbariga hisobot beradilar. Bo‘linmalar o‘rtasida muntazam bog‘lanish o‘rnatiladi. Rahbarlar ish yuzasidan o‘z xodimlari bilan bevosita bog‘lanish o‘rnatadilar va ularning oldida o‘z harakatlari, ish natijalari to‘g‘risida hisobotlarni beradilar. Bu bilan teng huquqli tuzilish birliklari negizida yopiq bog‘lanish yo‘qligi va xodimlarning ixtisoslashmaganligi bilan boshqa turdagi boshqaruv tuzilishidan ajralib turadi (10.1-rasmga qarang).
Muntazam tuzilishning afzalligi shundaki, boshqarishda ijro etish intizomi ancha yuqori bo‘ladi, qarorlarni qabul qilish davri qisqaradi. Lekin bu ishchilarning ijodiy qobiliyatini yanada yuzaga chiqarish uchun rag‘batlantirmaydi, qarorlarni sifatli bo‘lishi kafolatlanmaydi. Boshqaruvning ushbu tuzilishi o‘zining ayovsizligini kuchaytirib, ishlab chiqarish xo‘jalik faoliyatiga epchil mos ravishda ta’sir etish qobiliyatini yo‘qotadi. Muntazam boshqaruv tizimi sodda, barqaror masalalarni yechishga qo‘l keladi. Bu tuzilish doirasida mukammal masalalarni yechish ancha mushkul bo‘ladi. Muntazam boshqaruv tizimi turining oddiy mahsulotning barqaror turlarini ishlab chiqaradigan kichik tashkilotlarda qo‘llash juda yaxshi samara beradi. Boshqacha qilib aytganda, muntazam boshqaruv tizimi boshqaruvning quyi pog‘onalarida qo‘llanadi. Yirik sanoat korxonalarida ishlab chiqarish rivojlangan sari va ishlab chiqarishni ixtisoslashtirish va kooperatsiyalashtirish, kombinatsiyalashtirish jarayoni keng tarqalganligi sababli muntazam boshqaruv turini boshqa turdagi boshqaruv tizimi siqib chiqarmoqda, uning o‘rniga funksional boshqaruv tizimi qo‘llanilmoqda.
Funksional boshqaruv tizimi. Bu boshqaruv tizimi rahbarni va tizim bo‘linmalarini har xil vazifalarga va aniq bo‘linmalarda boshqaruv faoliyatini ixtisoslashtirishga qaratilgan bo‘lib, har bir boshqaruv bo‘g‘iniga muayyan masalalar biriktirib qo‘yiladi. Masalan, biri boshqaruv idorasini rejalashtirish bilan, ikkinchisi texnologik, uchunchisi ta’minot, to‘rtinchisi mahsulot sifatini nazorat qilish va h.k. lar bilan shug‘ullanadi. Bunda rahbarning vakolatlari ancha cheklangan bo‘lib, qabul qilinayotgan qarorlarning sifatini yaxshilashga imkoniyat yaratadi. Funksional bo‘linmalar bevosita barcha quyi tizim bo‘linmalarining faoliyatini boshqaradi. Bunda ular umumiy ish natijalariga javob bermasdan, faqat o‘zlari bajaradigan boshqaruv faoliyatigagina javob beradilar. Bu funksional bo‘linmalar huquq doiralarining javobgarlik doirasidan ancha keng bo‘lishiga olib keladi.
Funksional turdagi boshqaruv tizimida va funksional bo‘linmalar o‘z o‘rnini topadi. Bunda muntazam boshqaruv tizimi har xil boshqaruv bosqichlarida joylashgan bo‘lib, yuqori va quyi deb ataladi. Funksional tizimi esa bitta bosqich sathida bir tekis joylashgan bo‘lib, tizimi bo‘linmalari orasida muntazam va funksional bog‘lanish o‘rnatilgan bo‘ladi.
Muntazam boshqaruv tizimi
Funksional boshqaruv tizimining afzallik tomoni shundaki, unda boshqaruv faoliyati chuqur ixtisoslashgan bo‘ladi. Bu esa qabul qilinadigan qarorlarning bajarilish doirasi ortishiga imkon yaratadi, xodimlarning kasb mahorati ancha yuqori bo‘ladi, ishlab chiqarish xo‘jalik faoliyatida ko‘p maqsadli boshqarishga imkoniyat tug‘iladi. Funksional boshqaruv tizimi 10.2 - rasmda berilgan.
Muayyan boshqaruv tizimining bir qator kamchiliklari- funksional bo‘linmalarning ishlarini muvofiqlashtirish darajasi yuqori emasligi, rahbarlarning vazifalari va huquqlari unga muvofiqlashmaganligi, ishning pirovard natijalari uchun aniq va mas’ul xodimlarning yo‘qligi, funksional bo‘linmalar o‘rtasida ish yuzasidan nizolarning mavjudligi, boshqaruv apparatida ishga byurokratik munosabatda bo‘lish hollarining borligi ehtimoldan holi emas. Bu kamchiliklarni bartaraf etish uchun muntazam - funksional (aralash) turdagi boshqaruv tizimini qo‘llash mumkin.
Muntazam-funksional boshqaruv tizimi. Bunda asosiy boshqaruv tizimi muntazam boshqaruv hisoblanadi (10.3-rasmga qarang). Hamma boshqaruv bosqichlarida va mustaqil uchastkalarni boshqarish faoliyatida muntazam rahbarlar ajratiladi. Ularga ishlab chiqarish - xo‘jalik faoliyatini yakka boshchilik asosida boshqarish huquqi berilgan bo‘lib, u olingan natijalarga to‘liq javob beradi. Boshqaruvning muntazam turida ishlaydigan rahbarlarga malakali yordam ko‘rsatish uchun funksional va ma’muriy tashkilotlar tashkil etiladi. Bu tashkilotlarning vazifasi boshqaruv qarorini tayyorlash va rahbarlarga malakali yordam berishdan iborat.
|