• Muntazam-funksional boshqaruv tizimi
  • Ixtironi tashkil etish Ixtiro
  • Patentshunoslikni tashkil etish Patent
  • Ratsionalizatorlik takliflarini tashkil qilish Ratsionalizatorlik takliflari
  • Ratsionalizatorlik takliflarini hujjatlartirish A. Ratsionalizatorlik taklifi uchun arizani hujjatlashtirish
  • B. Ratsionalizatorlik taklifiga ariza berish tartibi
  • Ratsionalizatorlik takliflari uchun berilgan arizani ko‘rib chiqish tartibi
  • Ilmiy izlanishlarni tashkil qilish
  • Ilmiy-texnik va texnologik ijodiyot
  • Davlat byudjeti va xo‘jalik shartnomalari asosida olib boriladigan ilmiy ishlarni tashkil etish Davlat byudjeti
  • 12- modul. Korxonani boshqarishni tashkil qilish. Module 12. Organization of enterprise management




    Download 77,07 Kb.
    bet2/2
    Sana09.11.2020
    Hajmi77,07 Kb.
    #12378
    1   2

    Funksional boshqaruv tizimi.

    Funksional idora bo‘linmalari, unda ishlaydigan mutaxassislar soni boshqaruv faoliyatining xarakteri va uning hajmiga bog‘liq. Boshqaruvni funksional asosida tashkil etish murakkab masalalarni yechishga imkon yaratadi va uning ixtisoslashishi boshqaruv samaradorligining kasb mahorati darajasining o‘sishini ta’minlaydi. Muntazam rahbarlar oldida turgan vazifalarni hal qilish uchun zarur vakolatlarni muntazam - funksional boshqaruv tizimi o‘z ichiga oladi. Ular malakali funksional va shtat maslahatchilariga ega bo‘ladi. Bunday yordamchilarga ega bo‘lishda xo‘jalik faoliyati bir tomondan yengillashadi, boshqa tomondan esa, olinadigan maslahatlar qarama - qarshi bo‘lgani sababli murakkablashadi. Muntazam rahbarning asosiy vazifasi taklif etilgan ijobiy va salbiy maslahatlar ichidan maqsadga muvofiqligini aniqlash va uni uzil - kesil qabul qilishdan iborat. 






    Muntazam-funksional boshqaruv tizimi

    Boshqaruvning muntazam - funksional tizimi turida muntazam - funksional va shtabli bo‘linmalar qo‘llaniladi. Bu bo‘linmalar o‘rtasida har xil o‘zaro bog‘lanishlar mavjud bo‘lib, ishlab chiqarish ko‘lamining doimiy ravishda o‘sishi, boshqaruv mehnatining yanada murakkablashishi, yangi boshqaruv vazifalarining ajralib chiqishi bo‘linmalar ixtisosining chuqurlashishiga olib keladi. Bu esa boshqaruv mehnatini samaradorligini oshirishga imkon yaratadi.

    Boshqaruvning muntazam funksional tuzilishining foydali tomoni aniq ish natijalariga javobgar mas’ul shaxslarning mavjudligidan, xodimlarning kasb mahoratini o‘sishidan iborat.

    Doimiy o‘zgaruvchi ishlab chiqarish - xo‘jalik faoliyatiga ko‘nikmaslik darajasini balandligini, mustaqillik va rasmiyatchilikka moyillik, teng huquqli yopiq bog‘lanishlar muvofiqlashtirilishining murakkabligi, ishlab chiqarish birlashmasi yiriklashgani sari buyruqbozlik kuchayishlar muayyan boshqaruv tizimining kamchiligi hisoblanadi. Kamchiliklarga qaramay mazkur boshqaruv tizimi respublikamiz sanoatida keng ko‘lamda tarqalgan. Hozirgi vaqtda barcha korxonalar, zavodlar, kombinatlar, ilmiy ishlab chiqarish birlashmalarida mazkur boshqaruv tizimini qo‘llamoqdalar. 

    Ishlab chiqarishning tez sur’atlar bilan o‘sishi korxonalar va birlashmalarda boshqaruv tizimining murakkablashishiga olib keldi. Natijada ishlab chiqarish xo‘jalik faoliyatida o‘zgaruvchan masalalarni hal etishda muntazam fukncional boshqaruv tizimida yetarli ko‘nikish va mutanosiblik mavjud bo‘lganligi sababli ba’zi bir muammolar kelib chiqadi. Bu muammolarni bartaraf etish uchun dasturli - maqsadli boshqaruv uslubi ishlab chiqiladi. Bu uslub aniq maqsadlarga erishish uchun muntazam - funksional bo‘linmalarning mayda bo‘lakchalarini yaratishni ko‘zda tutadi. Bular jumlasiga yangi turdagi buyumlarni ishlab chiqish va joriy etish, ishlab chiqarishni qayta tiklash, iste’molchilarnig mavjud talablarini qondirish va boshqa ko‘p masalalar bo‘yicha alohida bo‘lakchalarni yaratish kiradi. Dasturli maqsadli usulni qo‘llash boshqaruv tizimini ancha murakkablashtiradi. Dasturli - maqsadli usul ishlab chiqarish birlashmalarining boshqaruv tizimini barqarorlashtirib dinamik ravishda o‘zgaruvchan masalalarga tez ta’sir ko‘rsatadi.

    Ixtironi tashkil etish

    Ixtiro - bu amaliyotda texnika va texnologiya muammolarini yechish imkonini beruvchi, belgilangan mezonlarga javob beradigan yangi g‘oyadir. O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligiga asosan quyidagilarni ixtiro deb tan olingan:


    • qurilmalar - har xil konstruksiyalar, buyumlar va h.k.;

    • usullar­ - turli texnik va texnologik jarayonlar;

    • moddalar-qotishmalar, kompozitsiyalar, birikmalar va h.k.;

    • mikroorganizmlar shtamplari, o‘simlik va hayvonlarning hujayralari tuzilishi;

    • ilgari ma’lum bo‘lmagan qurilmalar, usullar, moddalar va mikroorganizm shtamplarining yangi maqsadda qo‘llanilishi.

    O‘zbekiston Respublikasining Qonunchiligiga muvofiq quyidagi yyechimlar va obyektlar ixtiro deb tan olinmaydi:

    • qonunchilikka asoslangan ilmiy nazariyalar, matematik usullar, xo‘jalikni tashkil etish va boshqarish usullari (kalendar reja, to‘rsimon grafik, qurilish bosh rejasi, texnologiya kartalar), har xil jadvallar, shartli belgilar, qoidalar, bino va inshootlarni rejalashtirish loyihalari va sxemalari, insoniylik va axloqiylik tamoyillariga zid bo‘lgan yechimlar va hokazo.

    Agar berilgan ixtiro ishlab chiqarishga tadbiq etilganda ko‘zlangan texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlari amaldagidan past ko‘rsatkichga ega bo‘lsa u ixtiro deb hisoblanmaydi.

    Patentshunoslikni tashkil etish

    Patent - davlat nomidan barcha obyektlarga beriladigan va muayyan hududda ma’lum bir vaqt oralig‘ida amal qilinadigan muhofaza hujjatidir.

    Xalqaro patent tasnifi bo‘yicha asosiy nashr - bu sinflar ko‘rsatkichi bo‘lib, u 8 ta bo‘limni tashkil qiladi:



    1. Insonning hayotiy ehtiyojlarini qondirish;

    2. Har-xil texnologik jarayonlar va transport;

    3. Kimyo va metallurgiya;

    4. To‘qimachilik va qog‘oz;

    5. Qurilish;

    6. Amaliy mexanika, matematika;

    7. Fizika;

    8. Elektronika.

    Xalqaro patent tasnifining har bir bo‘limi sinflarga bo‘linadi. Bunga 10 talik universal klassifikatorlar ham kiradi (UDK).

    Ratsionalizatorlik takliflarini tashkil qilish

    Ratsionalizatorlik takliflari - ariza bergan tashkilot yoki korxonaga texnik yangi va samarali xulosalari bor, konstruksiyalarni o‘zgartirish, ishlab chiqarish texnologiyasini, foydalanayotgan texnika yoki material tarkibini qanday o‘zgartirilganligini asoslab beradigan takliflar.

    Agar berilgan taklif korxona uchun yangi deb topilsa va ariza berilgan kunga qadar xuddi shunga o‘xshash xulosa:

    a) amaliyotga tadbiq etilmagan bo‘lsa;

    b) ma’muriyatni taklifi yoki qarori bilan korxonada texnik xizmat bo‘limlar taklifi ishlab chiqilmagan bo‘lsa;

    v) yuqori tashkilotlar tomonidan taklif etilmagan va informatsion jurnallarda yoritilmagan bo‘lsa;

    g) korxonaning hujjatlarda majburiy qo‘llash ko‘rsatilmagan bo‘lsa, u taklif rasmiylashtiriladi.

    Taklif, agar uni tadbiq etilganda iqtisodiy, texnik ko‘rsatkichlari ijobiy samara bergan bo‘lsa, u kerakli deb topiladi. Korxona taklifdan foydalangan taqdirda mehnat unumdorligini oshirishi, mahsulot sifatini yaxshilashi, xom ashyodan, mehnat resurslaridan iqtisod qilishi hamda texnika xavfsizligi va mehnat sharoitini yaxshilash kabi natijalarga erishishi mumkin.

    Ratsionalizatorlik takliflari quyidagi hollarda qabul qilinmaydi:

    ishlab chiqarilgan mahsulotni mustahkamligi kamaysa, ishlatish muddati qisqarsa;


    • aniq texnik mulohazalarga ega bo‘lmasa;

    • qabul qilgan korxonaning texnologik va konstruktorlik talabiga to‘g‘ri kelmasa;

    • ishlab chiqarish texnologiyasini, yangi texnikani, material va detallarni tavsifi o‘zgarmasa;

    • tashkil etish va texnik tasnifga ega bo‘lgan tadbirlarni tadbiq etilganda ijobiy natija bermasa (ish joyini holatini, material - texnik ta’minotni, hisobotni, ishlar grafigini, ta’mirlash ishlarini, xom ashyoni olib kelishni va uni tushirish, tiklash saqlash kabi ishlarni yaxshilash);

    • mahsulotni shartnomada ko‘rsatilgan vaqtida etkazib berish, yo‘l sharoitlari hisobga olinmasa;

    • bino va inshoot ichidagi jihozlarni boshqatdan o‘rnatilganda texnologik jarayonga salbiy ta’sir etsa;

    • asbob konstruksiyalarini o‘zgartirish natijasida olinadigan diagramma, jadval, grafik, nomogramma tuzilishlariga salbiy ta’sir etsa;

    • matematik usullar va kompyuterlarni qo‘llashda hisobotlarni olish qiyinlashsa.


    Ratsionalizatorlik takliflarini hujjatlartirish
    A. Ratsionalizatorlik taklifi uchun arizani hujjatlashtirish

    Ariza talab qilingan me’yorga muvofiq to‘ldirilishi kerak. Har bir texnik xulosalar uchun alohida tuzilishi kerak. Arizada taklifning nomi, muallifning familiyasi, ismi, sharifi, agar muallif ilmiy jamoa guruhi bo‘lsa, unda ularning F.I.Sh., ish joyi, lavozimi, ma’lumoti, tug‘ilgan yili va yashash joyining manzili ko‘rsatilishi va ularning imzolari bo‘lishi kerak.

    Arizaning «Taklifning ta’rifi» qismida taklif qilinayotgan konstruksiyani, ishlab chiqarish texnologiyasini, qabul qilingan texnika materiali tarkibi ko‘rib chiqilib, uning kamchiliklari ochib tashlanadi va yangi berilayotgan taklifni texnik xulosalari, ishlab chiqarishga tadbiqi, amaliyotda qo‘llanilishi, iqtisodiy yoki ijobiy tomonlari isbotlanadi.

    Taklifga qo‘shimcha qilib grafik materiallar (chizma, sxema, eskiz), texnik-iqtisodiy hisobotlar beriladi, agar bir vaqtning o‘zida boshqa korxonaga ham berilgan bo‘lsa, ular ham ko‘rsatiladi. Arizada va grafik materiallarda mualliflar imzosi va to‘ldirilgan kun yoziladi.



    B. Ratsionalizatorlik taklifiga ariza berish tartibi

    Muallif qayerda ishlashidan qat’iy nazar ratsionalizatorlik takliflari ariza bergan korxonaga beriladi.

    Agar bir vaqtning o‘zida taklif bir necha korxonada qabul qilingan bo‘lsa, unda o‘sha korxonalarning vazirligiga beriladi. Ariza quyidagi sharoitlarda qabul qilinmaydi:

    ariza talabga muvofiq to‘ldirilmagan va qayd qilish jurnaliga yozilmagan bo‘lsa;

    taklif korxonaga yoki vazirlikka qarashli bo‘lmagan taqdirda.

    Ratsionalizatorlik takliflari uchun berilgan arizani ko‘rib

    chiqish tartibi

    Qabul qilingan ariza korxonaning qaysi bo‘limiga taalluqli bo‘lsa, u o‘sha yerga ko‘rib chiqish uchun yuboriladi.

    Agar vazirlikning o‘zida ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lsa, u holda vazirlik tasarrufidagi ilmiy-tekshirish, loyiha-konstruktorlik va texnologik tashkilotlarga tekshirish uchun yuboriladi.

    Xulosa qismida berilgan taklifning texnik yechimlari tasdiqlangan, yangilik va foydaliligi ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak. Arizaning «Xulosa va takliflar» qismiga xulosa bergan mutaxassisning familiyasi, ismi sharifi va uning imzosi, kuni yozib qo‘yiladi.

    Taklif bo‘yicha quyidagi qaror qabul qilinadi:



    • ratsionalizatorlik taklifi tan olinib, uni ishlab chiqarishga tadbiq etish;

    • taklifni tekshirish uchun yuborish;

    • taklifni qaytarib berish.

    Ariza korxonaga berilgan bo‘lsa 15 kun ichida, vazirlikka berilgan bo‘lsa 1,5 oy ichida xulosa qabul qilinishi kerak. Qabul qilingan xulosa mulohazasi muallifga yetkazilishi kerak.

    Ratsionalizatorlik taklifini tan olishda korxona rahbaridan tashqari uning o‘rinbosarlari, bosh muhandis, bosh menejer, bosh iqtisodchilar qatnashadilar. Shundan keyin korxona jurnaliga qayd qilinadi va arizaning «Qaror qabul qilish» qismiga o‘zlarining mulohazalarini yozadilar. Qaror qabul qilingandan so‘ng bir oy muddat ichida muallifga guvohnoma beriladi.


    Ilmiy izlanishlarni tashkil qilish
    Innovatsion loyihalarni amalga oshirish ko‘p jihatidan individual tajriba, bilimlar va tadbirkorlik aloqalari natijasida kelib chiqadi. Hozirgi paytda har tomonlama o‘rganib chiqilgan biznes-rejaning mavjud bo‘lishiga qaramay har qanday oqilona tanlangan loyihalarning tijorat tomonlarini olg‘a suradigan, amaliy natijalarni ta’minlaydigan mutaxassis-menejerlar bo‘lmasa korxona samarali kechmaydi.

    Innovatsion loyihalarini aniq va oqilona boshqarish, ularni samarali amalga oshirishning bosh mezoni va oxirgi natijasi, tegishli korxonaning taraqqiyot kafolati hisoblanadi. Bu o‘z navbatida ko‘p jihatidan menejerning shaxsiyati, uning professional tayyorgarligiga bog‘liq bo‘ladi. Texnika va texnologiya yo‘nalishida mehnat qilayotgan menejerlar innovatsion faoliyati, iqtisodiyot, buxgalteriya hisobi va audit, soliq va moliya sohalaridagi zamonaviy bilimlarni egallagan, boshqarishning turli usullaridan foydalanishni bilishi, tadbirkorlik etikasi qoidalarini o‘zlashtirgan bo‘lishi kerak.

    Ilmiy-texnik ijodiyotda samarali foydalanilayotgan menejment usullari jahon va O‘zbekiston amaliyotida ham ma’lum. Masalan, Oksford innoveyshion kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan Innovatsion Astion Tool-Kit qo‘llanmasini innovatsiyalarni boshqarishning muayyan usuliga misol keltirishimiz mumkin. Bu qo‘llanmada innovatsiya g‘oyalarini shakllanishidan tortib, uni foydalanishigacha bo‘lgan davrdagi ishlarni ketma-ketligi bo‘yicha tavsiyalar berilgan.

    Ko‘rsatilgan usulning mohiyati quyidagi bosqichlardan iborat:

    korxona «sog‘ligini» tekshirish hamda innovatsiyani tadbiq etishdagi to‘siqlarni aniqlash;


    • innovatsiya faoliyatida olingan obyektni to‘g‘ri tanlash;

    • kompaniya intellektual aktivlarini baholash va istiqbolli patentlar reestrini tuzish. 

    • innovatsiyani amalga oshirish bo‘yicha marketing strategiyasini ishlab chiqish;

    • litsenziya shartnomalarini tuzish;

    • g‘oyalardan foydalanishga qaror qabul qilish va aniq innovatsiyalarni amalga oshirish.



    Ilmiy-texnik va texnologik ijodiyot

    Korxonani boshqarishda va uni iqtisodiy siyosatini rejalashtirishda intellektual aktivlar, ixtirolarni boshqarish strategiyasini yaratishda asosiy o‘rinni egallaydi.

    G‘arb amaliyotiga ko‘ra, har bir innovatsion loyiha kompaniyaning ishlab chiqarish strategiyasiga muvofiq kelishi kerak, intellektual mulkni boshqarish esa, qiymatni haqiqiy boshqarishga olib kelishi kerak.

    Intellektual mulk obyektlarini boshqarish jarayonini «DouKemikal» kompaniyasining tajribasida ko‘rishimiz mumkin. Mazkur usul quyidagi asosiy bosqichlardan iborat:

    kompaniya portfelidagi intellektual aktivlarni tasniflash, shuningdek, ulardan foydalaniladigan maqsadlarni va bu obyektlar uchun mulk huquqlari qanday tarzda (kimga) amalga oshirilishini tahlil qilish;


    • intellektual aktivlarni narxini aniqlash, ularni xarid qilish va kuchda saqlash uchun zarur bo‘lgan xarajatlarni aniqlash;

    • bo‘lajak kapital qo‘yilmalar to‘g‘risida qaror qabul qilish;

    • yangi bilimlar portfelini yig‘ish va jarayonni muntazamlik asosida takrorlash.

    Bu jarayon kompaniya va uning asosiy raqobatchilarining bozordagi ahvolini tahlil qilishga, ilmiy-tadqiqot yo‘nalishlari va intellektual mulk obyektlarini himoya qilish to‘g‘risida tezkor ravishda qaror qabul qilishga imkon beradi.

    Mazkur tizim bo‘yicha intellektual aktivlarni boshqarishda ishlatiladigan muhim mezonlar quyidagilar hisoblanadi:



    • biznesga kerak bo‘ladigan ixtirolarni qayta ishlash va ko‘rib chiqish vaqti;

    • patent va boshqa muhofaza hujjatlarining amal qilish muddati tugaguncha rejalashtirilgan xarajatlar;

    • biznes uchun foydalanilayotgan patentlar va litsenziyalar tarkibining foizi;

    • rejalashtirilgan xarajatlar.

    Korxona ishini optimallashtirish uchun quyidagi savollarni ko‘rib chiqish kerak.





    1. Korxona faoliyatining qaysi sohalari eng muhim ahamiyatga ega?

    2. Bu sohalarning qaysi birida ilmiy tadqiqotni qo‘llash muhim natija beradi?

    Jahon miqyosida raqobat taraqqiyotining zamonaviy yo‘nalishlari shuni ko‘rsatadiki, mahsulot va xizmatlar qiymatiga hissa qo‘shadigan intellektual aktivlarni yaratish va ularni boshqarishdan iborat bilimlarini yaratish jarayoni korxonalarni muvaffaqiyatli faoliyat ko‘rsatishiga yo‘naltiradi.

    Xulosa qilib aytganimizda, intellektual mutlaq huquqlarning amaliy qiymati oshadi, shuningdek ilmiy izlanishlar natijasi menejment sohasida izlanuvchan menejerlarga ehtiyoj ortadi.



    Davlat byudjeti va xo‘jalik shartnomalari asosida

    olib boriladigan ilmiy ishlarni tashkil etish

    Davlat byudjeti orqali olib boriladigan ilmiy ishlar-moliyaviy ta’minlangan ilmiy texnik ishlar bo‘lib, ular institut kafedralarida yoki ilmiy tekshirish institutlarida olib borilayotgan fanlarning nufuzli yo‘nalishlari bo‘yicha ilmiy-texnik ishlar asosida olib boriladi. Mazkur ilmiy yo‘nalish Respublika fan va texnologiya markazining fundamental va Davlat ilmiy-texnika dasturi bo‘yicha bajariladigan ilmiy-tadqiqotlar ko‘rik tanloviga jo‘natiladi va bu tanlovda grantli o‘rinni egallasa, shu mavzuni 3 yilgacha muddatda bajarish uchun mablag‘ ajratiladi. 

    Xo‘jalik shartnomalari asosida ilmiy ishlarni bajarishda korxona va tashkilotlarni buyurtmasi asosida ulardagi muammoli masalalarni, tajriba, loyiha-texnologik va konstruktorlik ishlarini bajarishga qaratilgan. Buning uchun korxona bilan institut ish hajmini hisobga olgan holda to‘g‘ridan-to‘g‘ri kelishuv-shartoma asosida ilmiy ishlarni amalga oshiradi.


    Tayanch iboralar:

    Ixtiro, patent, qurilmalar, usullar, moddalar, ratsionalizatorlik takliflari, ratsionalizatorlik takliflarni hujjatlashtirish, ariza berish tartibi, arizani ko‘rib chiqish tartibi, menejment sohasi, ilmiy izlanishlarni tashkil etish, ilmiy-texnik ijodiyot, texnologik ijodiyot, ilmiy ishlar.

    Boshqaruv jarayoni, boshqaruv tizimi, boshqaruv jarayonida ishtirok etish mezonlari, ilmiy - texnik taraqqiyot tendensiyalari, boshqaruv bo‘g‘inlari, jadallashtirish, tezlashtirish, mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish, kelishuv, muhokama, munosabat bildirish, boshqaruvni umumiy prinsiplarining dinamikasi, boshqariladigan va boshqarilmaydigan jarayonlar, qo‘zg‘atuvchi ta’sirlar, namunaviy reglament va me’yorlar, boshqaruv jarayonini maromliligi, muolaja qismi, vaqt va fazodagi kelishuv, tashkil etish prinsiplari, ilmiy yondashish, tashkil etishni loyihalash, boshqaruv jarayonini tahlillari, mazmun jihatdan, iqtisodiy, tashkiliy, ijtimoiy-iqtisodiy, axborot oqimlari, loyihalash yo‘nalishlari, boshqaruvdagi tashkiliy tuzilishlar, muntazam, funksional, muntazam-funksional, dasturiy-maqsadli, boshqaruv apparati, vertikal va gorizontal aloqalar.
    Nazorat savollari


    1. Jarayon deb nimaga aytiladi?

    2. Boshqaruv jarayoni deganda nimani tushunasiz?

    3. Boshqaruv jarayonini tashkil etish qanday maqsadlarga bog‘liq?

    4. Boshqaruv jarayonini tashkil etish nimalardan iborat bo‘ladi?

    5. Boshqaruv jarayonini tashkil etish takolmillashtirishga oid zamonaviy masalalar nimalardan tashkil topadi?

    6. Boshqaruv jarayonini tashkil etish qanday belgilarni o‘z ichiga oladi?

    7. Boshqaruv jarayonini tashkil etishni prinsiplarini sanab bering.

    8. Boshqaruv jarayonini loyihalash nimadan iborat?

    9. Boshqaruv jarayonini loyihalashning nechta yo‘nalishi bor?

    10. Boshqaruv jarayonini loyihalash qanday tahlil qilinadi?

    11. Boshqaruv jarayonini loyihalarida qaysi yo‘nalishlarga amal qilinadi?

    12. Boshqaruv tizimini 3 ta asosiy turini aytib bering.

    13. Boshqaruv apparatining tuzilishi deganda nimani tushunasiz?

    14. Boshqaruv apparatining tarkibi nimalardan iborat?

    15. Norasmiy va rasmiy aloqalar nima?

    16. Muntazam tuzilish deganda nimani tushunasiz? Uning mohiyati, kamchiliklari bormi, bo‘lsa sanab bering.

    17. Funksional boshqaruv tuzilishining o‘ziga xos xususiyati nimalardan iborat? Buning afzallik tomonlari va kamchiliklari bormi?

    18. Muntazam-funksional boshqaruv tizimi to‘g‘risida nimalar deya olasiz?

    19. Dasturiy - maqsadli tizimni mohiyatini tushuntirib bering. Buning ham yutuqlari va kamchiliklari bormi?

    20. Boshqaruvni tashkiliy strukturasini takomillashtirishning qanday yo‘llarini bilasiz?

    Download 77,07 Kb.
    1   2




    Download 77,07 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    12- modul. Korxonani boshqarishni tashkil qilish. Module 12. Organization of enterprise management

    Download 77,07 Kb.