12-mavzu: Kompozitsion materiallar, ularning xossalari va ishlatilishi.
Reja:
1. Kompozitsion materiallar haqida umumiy ma‟lumotlar.
2. Ularni olish, tarkibi, tuzilishi, xossasi va ishlatilish sohasi.
Kompozitsion materiallar an‟anaviy konstruktsion
materiallarga nisbatan
alohida xossalarga ega. Bu narsa ijobiy xususiyatli materiallarni va
konstruktsiyalarni yaratishga olib keldi.
Kompozitsion materiallar (k.m.) ikki va undan ortiq tashkil etuvchilardan-
komponentlardan tuzilgan murakkab material bo„lib, har xil usullar bilan
bog„langan va o„ziga xos xossalari bor.
Birinchi kompozitsion material frantsuz bog„boni J.Mone 1867
yilda
patentlangan (hovli gul tuvaklari, sim va sementdan yasalgan).
Samolyot konstruktsiyasida oynaplastik “stekloplastik” poliefir materiali
oyna tolasi bilan sinchlangan (“armirovan”) kompozitsion material 1942 yilda
qo„llanilgan.
Kompozitsion materiallar mashinasozlik apparati konstruktsiyalariga
qo„yilgan quyidagi talablarga javob beradi:
- yengil bo„lishligi;
-maksimal mustahkamlik va bikirlik;
-ishlash davrida maksimal ishlash resursi.
Shular uchun kompozitsion materiallar samolyotsozlikda ko„p qo„llanilgan.
СССРning “Ruslan” samolyotida 5,5 t. og„irlikdagi
konstruktsion
kompozitsion materiallardan yasalgan va 15 t. og„irlik iqtisod qilingan.
Hozirgi zamon transport samolyotlari konstruktsiyalarining 15-20%; harbiy
samolyotlarning 25-30%; harbiy vertolyotlarning 45-55%; strategik raketalarning
75-80% kompozitsion materiallardan yasalgan.
Kompozitsion materiallarga quyidagi xususiyatlar yig„indisi xos:
a)
Komponentlarning tarkibi, formasi va taqsimlanishi oldindananiqlangan;
b) Ikki va undan ortiq kimyoviy har xil materiallardan tarkibtopgan va bir-
birlari bilan ajralib turadilar;
v) Kompozitsion materialning xossalari har bir tashkil etuvchiningxossalari
bilan aniqlanadi;
g) Kompozitsion
materialning xossalari, tashkil etuvchilarningxossalaridan
farq qiladi;
d)
Kompozitsion
material
makromasshtab
miqyosida
birtanli,mikromasshtabda bir tanli emas;
e) Bu material tabiyatda uchramaydi va odamzodning ixtirosidir.
Geometrik ko„rsatkichlariga qarab tashkil etuvchilar har xil bo„ladi.
Butun
hajm bo„yicha uzluksiz-to„xtovsiz tarqalgan hamda kompozitsion materialning bir
butunligini ta‟minlovchi komponent-
matritsa deyiladi (1-matritsa). Uzlukli,
bo„lak-bo„lakli materiallar
sinchlovchi yoki puxtalovchi modda tashkil etuvchilar
ya‟ni armatura deb ataladi.
Matritsa bilan qo„shimchalar orasida maxsus yupqa qatlam bo„lib, u ajralish
yuzasini – 3 belgilaydi.
58-rasm .