• Amaliy mashg‘ulotni o‘tish bo‘yicha nazariy qism
  • 1 Amaliy mashg‘ulot




    Download 208.9 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet1/2
    Sana28.09.2022
    Hajmi208.9 Kb.
    #26490
      1   2
    Bog'liq
    0-mavzu. Biznes kommunikatsiya sillabus, Mustaqil ish1, Amaliyotdan mustaqil ish mavzulari, hisobot49, Parmalash va frezerlash ishlari texnologiyasi (I.Zairov), 10-lab, paxta-tozalash-korxonalari-to0grisida-umumiy-malumotlar-, 1-2-ma\'ruza, Izzat Sulton, Karimova Nafisa ijtimoiy ish, 1. Pedagogik mahorat tarkibiy qismlari qaysi qatorda to’g’ri ko’, Husnixat, Mavzu Bir va ko’p kaskadli kuchaytirgichlar, sinf rahbari daftari


    1 - Amaliy mashg‘ulot 
    Mashina detalari va asboblari uchun ishlash sharoitiga qarab 
    material 
    va termik va kimyoviy-termik ishlash tartibini tanlash bo‘yicha 
    masala yechish 
    Amaliy mashg‘ulotni o‘tishdan maqsad: 
    Talaba mashina detalari va asboblari uchun ishlash sharoitiga qarab, 
    material markasini tanlashni, tanlangan materialni asoslab berishni hamda 
    malum detal uchun termik va kimyoviy-termik ishlov berish tartibini 
    aniqlashi bo‘yicha masala yechishni o‘rganishi kerak. 
    Amaliy mashg‘ulotni o‘tish bo‘yicha nazariy qism: 
    Mashinasozlikda qollaniladigan metall va ularning qotishmalaridan 
    iborat bo`lgan materiallarga va ularning turlariga talab oshib bormoqda. 
    Materiallar bir qancha parametrlar asosida ajratib olinadi. Masalan, 
    materialning kimyoviy tarkibi, kerakli mexanik va texnologik xossalari, 
    detalning qayta ishlashdagi narhi va boshqa parametrlar asosida ajratib 
    olinadi. Zarur hollarda boshqa omillarni ham ko‘rib chiqish talab etiladi. 
    Bu 
    omillarga, 
    materialning 
    kamyob 
    yoki 
    kamyob 
    emasligi, 
    tayyorlanadigan detal uchun termik ishlash pechlari va asbob-
    uskunalarining mavjudligi kabilar kiradi. Shuning uchun material tanlash 
    birinchi navbatda, material guruhini to‘g‘ri tanlashni talab etadi, ammo 
    bu material markasini to‘g‘ri ekanligini anglatmaydi. 
    Quyida keltirilgan masalalarda material tanlash va uni qayta ishlash 
    holatlari keltirilgan. Har bir masalada ekspluatatsiya natijasida detallning 
    mustahkamligi ko‘rsatib o‘tilgan. Masalalarda detalarning birmuncha 
    soddaroq ish jarayonlari keltirilgan. Har bir sanoat tarmog‘ida shu 
    tarmoqning talabalariga javob beruvchi material turlari ishlab chiqilgan. 
    Bundan tashqari, masalalarda berilgan detal qotishmalarining xarakterli 
    tomonlari ko‘rsatib o‘tilgan. 
    Masalani yechish uchun mashina detalining ishlash sharoitini ko‘rib 
    chiqish hamda ish jarayonidagi kuchlanishlarni aniqlash zarur. Chunki, 
    detalni qayta ishlash va uning uchun material tanlash aynan, shu omillarga 
    asoslangan bo`ladi. Ko‘pgina adabiyotlarda asosiy materiallar, ularning 
    ishlatilishiga ko‘ra tasniflanadi. Masalan, konstruksion va uglerodli 
    po`latlar, asbobsozlik po`latlari, issiqqa-bardosh po`latlar, zanglamas 
    po`latlar, temir yo‘1 transporti uchun ishlatiladigan po`latlar, ressora-
    prujinali po`latlar, sharikopodshipnikli po`latlar hamda kompozitsion-


    polimer materiallar va boshqalar. Bunday tasniflash muxandis ishini 
    osonlashtiradi va uni kerakli materiallar sinfiga yo‘naltiradi hamda uzoq 
    tahlil va tanlashni oldini oladi. Ushbu maqsadda materialning asosiy 
    tasnifi, kimyoviy tarkibi, tuzilishi va texnikada qodlanilishini o‘rganib 
    chiqish tavsiya etiladi. 
    Masalalarni yechishda, talabalar mashina detalining ishlash 
    jarayonining muddatiga, talab etilgan xossalarning yuqori darajada 
    bo‘lishligiga alohida e’tibor qaratishlari lozim. Bularning barchasi 
    material tannarxini kamaytirishiga xizmat qiladi. Materialshunoslik 
    sohasida keng bilimga ega bo‘lmagan talabalar uchun bunday yondashuv 
    birqancha kamchiliklarni keltirib chiqarishi mumkin. Shuni ta’kidlab 
    o‘tish kerakki, bu texnologiya ishlab chiqarish jarayonida material tanlash 
    uchun ko‘pgina xossalarni aniqlab beradi. Masalan, plastiklik, 
    payvandlanuvchanlik va boshqa quymakorlik xossalari. Bundan tashqari, 
    bir xil markadagi materiallarni boshqa turdagi detalar uchun ham 
    ishlatilishi mumkin. Ko‘p seriali va katta hajmli detalarni tayyorlashda 
    termik tahlil usullarining kam xarajat turlarini ko‘rsatish kerak. Tarkibida 
    nikel, volfram, molibden bo`lgan qimmat legirlangan po`latlarni yoki 
    rangli metallarning mavjud qotishmalarini arzon materiallar bilan kerakli 
    talablarga javob bermagan hollardagina qo`llash tavsiya etiladi. 
    Tanlangan materialni asoslash kerak. 

    Download 208.9 Kb.
      1   2




    Download 208.9 Kb.
    Pdf ko'rish