• Kirishmali yarim o‘tkazgichlar
  • Donor sathlar
  • Donor kirishmali kremniy
  • Yarim o‘tkazgichda donor kirishma atomlarining energetik sathi
  • Yarim o‘tkazgichda donor atomlarining ionlashishi
  • 13-ma’ruza. Aralashmali yarim o’tkazgichlar, ularning elektr o‘tkazuvchanligi reja




    Download 327.4 Kb.
    bet1/3
    Sana08.04.2023
    Hajmi327.4 Kb.
    #49765
      1   2   3
    Bog'liq
    2 5350700167509055484
    Mustaqil ish mavzulari, 05 05 pedagoglar bilan o\'zaro hamkorlik ish rejasi 2021 yil, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sh. M. Mirziyoevning ma’navi-fayllar.org, 0808, java dasturlash tilida lugat yaratish, Форензика– компьютерная криминалистика, Ortiq Abdullayev Kurs ishi (7), 3 Amaliy, Mustaqillik yillarida davlat boshqaruvi tizimida amalga oshirilgan (2), tests for english, [@informatika team] 5 sinf 100 savol 100 javob, 8-b sinf to\'garak, «texnologiya ta’limi va uni o’qitish metodikasi», 09 03 Defektologning bolalarni roʻyxatga olish va roʻyxatdan chiqarish

    13-MA’RUZA. ARALASHMALI YARIM O’TKAZGICHLAR, ULARNING ELEKTR O‘TKAZUVCHANLIGI


    Reja:

    1. Aralashmali yarim o‘tkazgichlarda tok tashuvchi zaryadlar konsentratsiyasi.

    2. Aralashmali yarim o‘tkazgichlarda donor va aksеptor aralashmalar.

    3. Aralashmali yarim o‘tkazgichlarning o‘tkazuvchanligi.



    Kirishmali yarim o‘tkazgichlar
    Hattoki yetarlicha toza bo‘lgan yarim o‘tkazgichlarda o‘zining xususiy energetik sathlarini hosil qiluvchi kirishma atomlari mavjuddir. Bu energetik sathlar, yarim o‘tkazgichning taqiqlangan sohasida valent sohasi shipi va o‘tkazuvchanlik sohasi tubidan har xil masofalarda joylashishi mumkin. Ayrim hollarda, yarim o‘tkazgichga kerakli elektrofizik xususiyatlarni berish uchun, ataylab, kirishma atomlarini kiritadilar.
    Kirishma atomlari energetik sathlarining asosiy turlarini ko‘rib chiqamiz.


    Donor sathlar
    Kremniy olmos tipidagi kristall panjaraga ega bo‘lgani uchun, bu panjarada har bir atomning to‘rtta eng yaqin qo‘shnisi bor, ular bilan 4 ta valent elektronlari orqali kovalent bog‘lanishni hosil qiladi. Kremniy panjarasining tekislikdagi shartli ravishda ko‘rinishi rasmda tasvirlangan.



    Donor kirishmali kremniyning kristall panjarasi

    Faraz qilaylik, kremniy kristalida bir qism kremniy atomlari o‘rniga besh valentli mishyak atomlari joylashtirilgan bo‘lsin. 4 ta qo‘shni atomlar bilan kovalent bog‘lanishni o‘rnatish uchun mishyak atomi 4 ta valent elektronlarini sarflaydi, beshinchi elektron bu bog‘lanishlarni o‘rnatishda qatnashmaydi. Mishyak atomi, dielektrik singdiruvchanligi e = 12 bo‘lgan kremniy kristall panjarasi muhitida bo‘lgani uchun, 5–elektron mish’yak atomi yadrosi bilan 12 marta susaygan bog‘lanishda bo‘ladi va mish’yak atomi maydonida o‘z harakatini davom ettiradi.





    Yarim o‘tkazgichda donor kirishma atomlarining energetik sathi
    Maydonning susayganligi sababli, 5 –elektron orbitasining radiusi 12 marotaba ortadi, uning mish’yak atomi bilan bog‘lanish energiyasi e2 = 144 marta kamayib, Ed – 0,01 eV qiymat atrofida bo‘ladi (rasm).
    Elektronga bunday energiyani uzatganda u mish’yak atomidan uzilib, kremniy panjarasida erkin harakat qilish imkoniga ega bo‘ladi, shunday qilib o‘tkazuvchanlik elektroniga aylanadi.
    “Sohalar” nazariyasi tili bilan bu jarayonni shunday tasavvur qilish mumkin: Valent va o‘tkazuvchanlik sohalari orasidagi taqiqlangan sohada mish’yak atomi beshinchi elektronining energetik sathi paydo bo‘ladi (rasm). Bu energetik sath o‘tkazuvchanlik sohasi tubining yaqinida Ed» 0,01 eV energetik masofada joylashadi.
    O‘tkazuvchanlik sohasida elektronlarni hosil qiluvchi kirishmalar donorlar deb ataladi, ularning energetik sathlari donor sathlar deb ataladi.



    Yarim o‘tkazgichda donor atomlarining ionlashishi

    Donor kirishmalarga ega bo‘lgan yarimo‘tkazgichlar, elektron yarimo‘tkazgichlar yoki n – tipdagi yarimo‘tkazgichlar deb ataladi.





    Download 327.4 Kb.
      1   2   3




    Download 327.4 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    13-ma’ruza. Aralashmali yarim o’tkazgichlar, ularning elektr o‘tkazuvchanligi reja

    Download 327.4 Kb.