• Xususiy yarimo‘tkazgichlarda zaryad tashuvchilar kontsentratsiyasi va Fermi sathining holati
  • Xususiy yarim o‘tkazgichning energetik diagrammasi
  • Kirishmali yarim o‘tkazgichlarda Fermi sathi holati va zaryad tashuvchilar kontsentratsiyasi
  • 13-ma’ruza. Aralashmali yarim o’tkazgichlar, ularning elektr o‘tkazuvchanligi reja




    Download 327.4 Kb.
    bet2/3
    Sana08.04.2023
    Hajmi327.4 Kb.
    #49765
    1   2   3
    Bog'liq
    2 5350700167509055484
    Mustaqil ish mavzulari, 05 05 pedagoglar bilan o\'zaro hamkorlik ish rejasi 2021 yil, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sh. M. Mirziyoevning ma’navi-fayllar.org, 0808, java dasturlash tilida lugat yaratish, Форензика– компьютерная криминалистика, Ortiq Abdullayev Kurs ishi (7), 3 Amaliy, Mustaqillik yillarida davlat boshqaruvi tizimida amalga oshirilgan (2), tests for english, [@informatika team] 5 sinf 100 savol 100 javob, 8-b sinf to\'garak, «texnologiya ta’limi va uni o’qitish metodikasi», 09 03 Defektologning bolalarni roʻyxatga olish va roʻyxatdan chiqarish
    Aktseptor energetik sathlar
    Yana faraz qilaylik, kremniy kristall panjarasidagi bir qism kremniy atomlari o‘rnini 3 valentli Bor (V) atomlari egallagan bo‘lsin. 4 ta qo‘shni atomlar bilan kovalent bog‘lanishni hosil qilish uchun bor atomiga bitta elektron yetishmaydi. Bu yetishmaydigan elektronni qo‘shni kremniy atomlaridan olishi mumkin. Bu holda ham qo‘shimcha elektronni olish uchun taxminan Ea» 0,01 eV energiya zarur bo‘ladi.
    To‘ldirilmagan bog‘lanish kovakni eslatadi va kremniyning valent sohasida bo‘sh vakant holatni hosil qiladi. Rasmda bor kirishma atomiga ega bo‘lgan kremniyning sohaviy tuzilishi tasvirlangan. Valent sohasi shipining yaqinida Ea» 0,01 eV masofada bor atomining elektronlar egallamagan energetik sathi joylashgan. Nisbatan yuqori bo‘lmagan temperaturalarda valent sohasidagi elektronlar bu energetik sathlarga o‘tib, bor atomlari bilan bog‘lanish hosil qiladi va kristall panjarada harakat qilish ehtimolligini yo‘qotadilar, elektr o‘tkazuvchanlikda ishtirok eta olmaydilar. Musbat zaryad tashuvchilar faqat valent sohasida hosilbo‘lgan kovaklardan iborat bo‘ladi.
    Yarim o‘tkazgichning valent sohasidan elektronlarni tortib oluvchi kirishmalar – aktseptorlar, ularning energetik sathlari – aktseptor sathlar deb ataladi.
    Aktseptorlarga ega bo‘lgan yarim o‘tkazgichlar kovakli yarim o‘tkazgichlar yoki r – tipli yarim o‘tkazgichlar deb ataladi.
    Xususiy yarimo‘tkazgichlarda zaryad tashuvchilar kontsentratsiyasi va Fermi sathining holati
    Yarimo‘tkazgichlarda erkin zaryad tashuvchi gazning xususiyatlarini belgilovchi asosiy parametrlardan biri m –ximiyaviy potentsialdir. Elektron va kovakli gazlar uchun, ximiyaviy potentsial oddiygina qilib Fermi sathi deb ataladi. Ma’lumki, metallarda Fermi sathi o‘tkazuvchanlik sohasidagi elektronlar bilan to‘lgan oxirgi energetik sathni belgilaydi. T = 0 K da Fermi sathidan pastdagi barcha energetik sathlar elektronlar bilan to‘lgan, undan yuqoridagi energetik sathlarning barchasi bo‘shdir.
    Metallarda elektron gazning kontsentratsiyasi o‘tkazuvchanlik sohasidagi holatlar soni bilan bir xil bo‘ladi, shuning uchun bu gaz aynigan gaz hisoblanadi va elektronlarning holatlar bo‘yicha taqsimoti Fermi–Dirak statistikasi bilan ifodalanadi. Bunday gazdagi elektronlar kontsentratsiyasi temperaturaga deyarli bog‘liq emas.
    Xususiy va kam aralashmali yarim o‘tkazgichlarda elektron yoki kovak gazlari aynimagan gazlardir va ularning holatlar bo‘yicha taqsimlanishi Maksvell–Boltsman klassik statistikasi bilan ifodalanadi. Bundan yarimo‘tkazgichlarda erkin zaryad tashuvchilar kontsentratsiyasi Fermi sathi va temperaturaga bog‘liqdir.




    Xususiy yarim o‘tkazgichning energetik diagrammasi

    Temperatura absolyut noldan sezilarli farqli bo‘lganda T = 0 K, bu yarim o‘tkazgichning o‘tkazuvchanlik sohasida erkin elektronlar va valent sohasida kovaklar hosil bo‘ladi. Ularning kontsentratsiyasini n va p deb belgilaymiz. Elektronlar kinetik energiyasining hisob boshi qilib o‘tkazuvchanlik sohasining tubini qabul qilamiz. Shu sathga yaqin masofada, o‘tkazuvchanlik sohasida dE energiya oralig‘ini ajratib olamiz.


    Rasmda xususiy yarim o‘tkazgich keltirilgani va elektron gaz aynimagan bo‘lganligi sababli, dE energiya oralig‘idagi dn elektronlar kontsentratsiyasini Maksvell – Boltsman taqsimotiga asoslanib hisoblashga urinib ko‘ramiz:



    ,
    ,
    ,

    Aynimagan yarim o‘tkazgichlarda m – manfiy qiymatga ega bo‘ladi va Fermi sathi o‘tkazuvchanlik sohasining tubidan pastda joylashadi.


    O‘tkazuvchanlik sohasidan Fermi sathigacha bo‘lgan energetik masofani m va valent sohasi shipidan bu sathgacha bo‘lgan energetik masofani deb belgilaymiz va ular taqiqlangan soha kengligi bilan quyidagicha bog‘lanadi:

    bu yerda Eg – taqiqlangan sohaning kengligi. T temperaturada o‘tkazuvchanlik sohasidagi elektronlarning kontsentratsiyasini 0 dan eng yuqori energetik sath - Eyu gacha energiya oralig‘ida integrallash bilan topamiz:
    , Е ortishi bilan funktsiyasi juda tez kamayib borishini e’tiborga olsak, integrallash chegarasini 0 dan ¥ gacha deb olish mumkin


    ,
    Bu funktsiyaning yechimi xususiy yarim o‘tkazgichning o‘tkazuvchanlik sohasidagi elektronlar kontsentratsiyasining ifodasini beradi:
    ,

    Xuddi shu amallarni valent sohasidagi kovaklar uchun qo‘llab ularning kontsentratsiyasi uchun quyidagi munosabatga ega bo‘lamiz:


    ,

    (9) va (10) – ifodalarda mn va mp elektron va kovaklarning effektiv massalaridir. Shu ifodalardan ko‘rinib turibdiki, Fermi sathi bilan sohalar o‘rtasidagi energetik masofa kengayishi bilan shu sohaga tegishli zaryad tashuvchilar kontsentratsiyalari (n va p) kamayib boradi.


    Aynimagan yarim o‘tkazgichlarda, belgilangan biror T – temperatura uchun, elektronlar bilan kovaklar kontsentratsiyalarining ko‘paytmasi o‘zgarmas kattalikdir.


    ,

    Xususiy yarim o‘tkazgichlarda o‘tkazuvchanlik sohasidagi elektronlar kontsentratsiyasi ni valent sohadagi kovaklar kontsentratsiyasi pi ga tengdir: chunki, valent sohadan o‘tkazuvchanlik sohasiga qancha elektron o‘tsa, shuncha bo‘sh energetik o‘rinlar, ya’ni kovaklar hosil bo‘ladi. Shuning uchun (9) – va (10) – ifodalarning o‘ng tomonlarini tenglashtirsak, quyidagi ifodaga ega bo‘lamiz:



    Bu ifodani m ga nisbatan yechib, xususiy yarim o‘tkazgichning Fermi sathi holatini aniqlaymiz:

    T = 0 K bo‘lgan holda ga teng, ya’ni Fermi sathi taqiqlangan sohaning qoq o‘rtasida joylashgan. Temperatura ortishi bilan, agar mp >mn bo‘lsa, Fermi sathi o‘tkazuvchanlik sohasi tubi tomon siljiydi, mn >mp bo‘lsa, valent sohasi shipi tomon siljiydi. Lekin bu siljishlar shunchalik kichikki, ularni ayrim hollarda e’tiborga olmasa ham bo‘ladi (rasm).
    Fermi sathining qiymatini (, xususiy yarim o‘tkazgichlardagi elektron va kovaklar kontsentratsiyasini aniqlashimiz mumkin:





    ular taqiqlangan soha kengligi va temperaturaga bog‘liqdir. Xususiy yarimo‘tkazgichlardabelgilangan T – temperatura uchun elektronlar va kovaklar kontsentratsiyalarining ko‘paytmasi o‘zgarmas kattalikdir:

    Kirishmali yarim o‘tkazgichlarda Fermi sathi holati va zaryad tashuvchilar kontsentratsiyasi



    Download 327.4 Kb.
    1   2   3




    Download 327.4 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    13-ma’ruza. Aralashmali yarim o’tkazgichlar, ularning elektr o‘tkazuvchanligi reja

    Download 327.4 Kb.