• (Master of Business Administration-MBA) “Moliya va moliya texnologiyalari” mutaxassisligi magistranti Annotatsiya
  • Kalit so’zlar
  • 143 moliya tizimi rivojlanishining zamonaviy tendensiyalari (bank sohasida) Madaminov Farrux Farxodovich




    Download 0.68 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet1/2
    Sana12.03.2023
    Hajmi0.68 Mb.
    #45057
      1   2
    Bog'liq
    moliya-tizimi-rivojlanishining-zamonaviy-tendensiyalari-bank-sohasida
    Mustaqil TSQI, 11, 1-dedlayn. Kompyuter arxitekturasi, Tojiboyev Diyorbek


    143 
    MOLIYA TIZIMI RIVOJLANISHINING ZAMONAVIY 
    TENDENSIYALARI (BANK SOHASIDA) 
    Madaminov Farrux Farxodovich 
    5A230202 –“Biznesni boshqarish”
    (Master of Business Administration-MBA) 
    “Moliya va moliya texnologiyalari” mutaxassisligi magistranti 
    Annotatsiya: maqolada moliya tizimini rivojlantirishda zamonaviy tendensiyalardan 
    foydalanishning mohiyati haqida fikrlar bayon etilgan. 
    Kalit so’zlar: innovatsion iqtisodiyot, milliy innovatsion tizim, inson kapitali, ilmiy-
    texnik taraqqiyot, milliy iqtisodiyot raqobatbardoshligi, tatqiqot, mamlakatning innovatsion 
    salohiyati. 
    Bugungi kunda respublikamizda raqamli iqtisodiyotning rivojlanishi natijasida, 
    tijorat banklarining yangi innovatsion elektron xizmatlariga talabi yanada ortgan. Aholi 
    o‘rtasida bank binosiga bormasdan, birgina telefon, kompyuter yoki boshqa informatsion 
    texnologiyalar orkali ko‘plab amaliyotlarni bajarish imkoniyati ommalashgan. 
    SHuningdek, tanlangan tashkilotning mobil ilovasi yoki rasmiy saytiga kirib, kerakli 
    malumotni olish, turli to‘lovlarni amalga oshirish, buyurtma berish va shikoyat yoki 
    etirozlar yo‘llash mumkin.
    Hozirda elektron bazaga jamlangan axborotlarning rakamlashtirilganligi natijasida 
    avvallari ma’lum muddat kutishga to‘g‘ri keladigan bank amaliyotlarini bir necha soniyada 
    o‘tkazish imkonini beruvchi dasturlar, qurilmalar yaratilgan.
    Hayotimizga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining mana shunday shiddat
    bilan kirib kelishi jahon xo‘jalik aloqalarining globallashuvini, tovar va xizmatlar, shu 
    jumladan, moliyaviy xizmatlarni yetkazib beruvchilar bozorida raqobatni keskin 
    kuchaytirib yubordi.
    Bank 
    tizimida 
    zamon 
    talablariga 
    mos 
    holda 
    axborot-kommunikatsiya
    texnologiyalarini keng joriy qilish va shu orqali ko‘plab bank xizmatlarini avtomatlashtirish 
    ishlari jadallashgan.
    O‘zbekiston Respublikasining 2020-2025 yillarga mo‘ljallangan bank


    144 
    tizimini isloh qilish strategiyasida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini 
    keng joriy etish, tijorat banklarining biznes jarayonlarini avtomatlashtirish va masofaviy 
    bank xizmatlari turlarini kengaytirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida tijorat 
    banklarini korporativ transformatsiya qilish jarayonida zamonaviy axborot-
    kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish sohasida asosiy vazifalar belgilab olingan:
    ➢ masofaviy bank xizmatlari, shu jumladan, kontaktsiz to‘lovlar soni va qamrovini 
    kengaytirish;
    ➢ avtomatlashtirilgan skoring tizimi, raqamli identifikatsiyalash va kredit
    konveyerlaridan keng foydalanish;
    ➢ bank ma’lumotlari va tizimlarining axborot xavfsizligini kuchaytirish;
    ➢ bank sohasidagi yangi konsepsiya va texnologiyalarni keng joriy etish
    (fintex, raqamli bank).
    Bu vazifalarni amalga oshirishdan ko‘zlangan maqsad respublikamizda
    raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish asnosida aholining moliyaviy va huquqiy savodxonligini 
    oshirish, mamlakatimizning xalqaro maydondagi integratsiyasini jadallashtirishdan iborat.
    O‘zbekiston bank tizimida so‘nggi yillarda bank xizmatlarining sifati va
    ko‘lamini oshirish bo‘yicha qator ishlar amalga oshirildi. Lekin jahonda bo‘layotgan
    o‘zgarishlar, globallashuv jarayoni, raqobatbardoshlikni haddan ziyod rivojlanishi, tijorat 
    banklarining transformatsiya jarayonini yanada faollashtirish, mijozlarga ko‘rsatilayotgan 
    bank xizmatlarini yangi bosqichga olib chiqish zaruratini yuzaga keltiradi.
    Respublikamizda so‘nggi 4 yilda bank tizimini transformatsiya qilish hamda 
    rivojlantirish bo‘yicha to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sirga ega maqbul qaror va farmonlar qabul 
    qilindi:
    «O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida»gi qonun (yangi
    tahrirda);
    «Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida»gi qonun (yangi tahrirda);
    «To‘lovlar va to‘lov tizimlari to‘g‘risida»gi qonun;
    “Valyuta siyosatini liberallashtirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora- 


    145 
    tadbirlar to‘g‘risida”gi (PF-5177-son, 02.09.2017);
    “Respublika bank tizimini yanada rivojlantirish va barqarorligini oshirish
    chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi (PQ-3270-son, 12.09.2017);
    “2020-2025 yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasining bank
    tizimini isloh qilish strategiyasi to‘g‘risida” (PF-5992, 12.05.2020)
    farmonlar.

    Download 0.68 Mb.
      1   2




    Download 0.68 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    143 moliya tizimi rivojlanishining zamonaviy tendensiyalari (bank sohasida) Madaminov Farrux Farxodovich

    Download 0.68 Mb.
    Pdf ko'rish