• Mavzu: Ochiq kalitli shifrlash algoritmlari dasturiy modulini ishlab chiqish. “ Axborot xavfsizligi” yo`nalishi Bajardi
  • Toshkеnt - 2023 MUNDARIJ
  • 2 BOB. Ochiq kalitli shifrlash algoritmlarini dasturiy modulini ishlab chiqis h ......
  • Xulosa 37 Foydalanilgan adabiyotlar 40 Kirish
  • Va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi




    Download 134.97 Kb.
    bet1/10
    Sana30.05.2023
    Hajmi134.97 Kb.
    #67389
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
    Bog'liq
    Abdurasulov Alijon-Individual-2(beta)
    Kompyuter arxitekturasi, kompyuter arxitekturasi 2-topshiriq (1), OLIMPIADA, Cholponning, 7-m.Qattiq diskni klonlash, 14-m.Video tizim va qurilmalar ishlashni diagnostikasi qilish, 9-m.Tizim bloklarining turlari., Jahon iqtisodiyotining globallashuvi to\'G\'risidagi ilmiy konseps, 2-sinf Matematika fanidan Bo\'lishga doir masalalar dars ishlanma 1, Substations (35 kV) eng, gilam yuvish, Maydonlar nazariyasi, Doc5, Множественное число имен существительных-fayllar.org






    O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI
    VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
    MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
    TОSHKЕNT AХBОRОT TЕХNОLОGIYALARI UNIVЕRSITЕTI

    «Kriptologiya» kafеdrasi


    INDIVIDUAL LOYIHA


    Mavzu: Ochiq kalitli shifrlash algoritmlari dasturiy modulini ishlab chiqish.
    Axborot xavfsizligi” yo`nalishi


    Bajardi: 712-20AXF guruh talabasi Abdurasulov A.D.


    Ilmiy rahbar: Olimov I.S.


    Toshkеnt - 2023


    MUNDARIJ


    KIRISH 3


    1 BOB.Ochiq kalitli kriptotizm va unga qo’yilgan talablar 5
    1.1. Ochiq kalitli kriptotizm haqida tushuncha 5
    1.2. Ochiq kalitli kriptotizmga qo’yilgan talablar 10
    1.3. Ochiq kalitli kriptotizmda kalitlarni boshqarish 18
    2 BOB. Ochiq kalitli shifrlash algoritmlarini dasturiy modulini ishlab
    chiqish ......22
    2.1. Ochiq kalitli kiriptotizming matematik modeli 22
    2.2. Ochiq kalitli shifrlash algoritmilarini tahlili 24
    2.3. Ochiq kalitli shifrlash algoritmini dasturini ishlab chiqish 32
    Xulosa 37
    Foydalanilgan adabiyotlar 40
    Kirish

    Yurtimizda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini davlat boshqaruvi, iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha va kundalik hayotga izchil joriy etish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Internet tarmog‘iga ulanish qamrovini kengaytirish va tezligini oshirish, dasturiy ta’minot, telekommunikatsiya sohasida yetakchi xorijiy kompaniyalar bilan aloqa o‘rnatish muhim vazifalardan sanaladi.


    Axborotning himoyalashning aksariyat mexanizmlari asosini shifrlash tashkil etadi. Axborotni shifrlash deganda ochiq axborotni (dastlabki matnni) shifrlangan axborotga o’zgartirish (shifrlash) va aksincha (rasshifrovka qilish) jarayoni tushuniladi.
    Axborotni qayta akslantirish yordamida himoyalash muammosi inson ongini uzoq vaqtlardan buyon bezovta qilib kelgan. Kriptografiya tarixi – inson tili tarixi bilan tengdosh. Hatto dastlabki xat yozish ham o’z-o’zicha kriptografik tizim hisoblangan, chunki qadimgi jamiyatda faqat alohida shaxslargina xat yozishni bilganlar. Qadimgi Yegipet va Qadimgi Hindistonning ilohiy kitoblari bunga misol bo’la oladi.
    Xat yozishning keng tarqalishi natijasida kriptografiya alohida fan sifatida vujudda keldi. Dastlabki kriptotizimlardan eramizning boshlaridayoq foydalanilgan. TSezar o’z xatlarida tizimli shifrlardan foydalangan.
    Kriptografik tizimlar birinchi va ikkinchi jahon urushlarida jadal rivojlandi. Urush yillaridan so’ng va hozirga qadar hisoblash vositalarining jadal rivojlanishi kriptografik usullar yaratishni tezlashtirdi va ularning mukammalligini oshirdi.
    Bir tomondan, kompyuter tarmoqlaridan foydalanish kengaydi, jumladan, Internet global tarmog’i. Bu tarmoqda begona shaxslardan himoyalanishi zarur bo’lgan hukumat, harbiy, tijorat va shaxsiy xarakterga ega bo’lgan axborotning katta hajmi harakatlanadi.
    Boshqa tomondan, qudratli kompyuterlar, tarmoqli va neyronli hisoblash texnologiyalarining paydo bo’lishi ochish mumkin emas deb hisoblangan kriptografik tizimlarning obro’siga putur yetkazdi.
    Kriptologiya – axborotni qayta akslantirib himoyalash muammosi bilan shug’ullanadi (kryptos – maxfiy, sirli, logos - fan). Kriptologiya ikki yo’nalishga bo’linadi – kriptografiya va kriptoanaliz. Bu ikki yo’nalishning maqsadlari qarama-qarshi.
    Odamlar bugungi kunda Internet orqali uydan chiqmasdan turib, bank operatsiyalari kabi kundalik ishlarini bajarishlari mumkin. Odamlar xarid qilish ehtiyojlarini Internet orqali ham amalga oshiradilar, bu esa elektron tijoratning o'sish sur'atini oshirdi. So‟nggi vaqtlarda axborot texnologiyalari kundalik hayotimizga kirib, muhim hukumat loyihalaridan tortib oddiy maishiy muammolarni yechishni ham qamrab olmoqda. Yangi texnologiyalar cheksiz imkoniyatlar va kata foyda keltirishi bilan birgalikda yangi muammolarni ham paydo qilmoqda. Ulardan biri axborotni olishi mumkin bo‟lmagan shaxslar qo‟liga tushishidan himoyalash muammosidir. RSA algoritmining kuchi raqamlarni asosiy omilga ajratishda qiyinchilik darajasida. Ochiq kalit "n" - "p" va "q" o'zgaruvchilarida saqlangan ikkita raqamni ko'paytirish. "p" va "q" qiymatini aniqlash uchun faktorizatsiya jarayoni "n" qiymatiga bog'liq. Agar "n" faktorlar hisoblansa, "m" qiymatini aniqlash oson. "E" qiymati ma'lum bo'lsa-da, "d" kalitini hisoblash oson emas, chunki "m" qiymati noma'lum. RSA algoritmining afzalliklari turli xil hujumlardan, ayniqsa qo'pol kuch hujumlaridan himoya qilish tizimidir. Buning sababi shundaki, parolni hal qilishning murakkabligini kalit juftlik ishlab chiqarish jarayoni vaqtida katta "p" va "q" qiymatlarini aniqlash orqali aniqlash mumkin. Natijada "n" sezilarli bo'shliqni yaratadigan sezilarli raqam va bu RSA ni hujumga chidamli qiladi. Biroq, shaxsiy kalitning o'lchami juda katta bo'lsa, shifrni ochish jarayoni juda sekin bo'ladi, ayniqsa katta xabar o'lchamlari uchun. Shuning uchun, RSA odatda parol shifrlash va PIN raqami kabi kichik xabarlarni shifrlash uchun ishlatiladi.
    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi “2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi PF 60-sonli farmoni bilan tasdiqlangan “2022–2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi”da fuqarolarning axborot olish va tarqatish erkinligi borasidagi huquqlarini yanada mustahkamlash borasida bir qator vazifalar, jumladan, shaxsiy va sir saqlanishi lozim bo‘lgan ma’lumotlarni Internet tarmog‘ida oshkor qilish bilan bog‘liq daxlsizlik huquqi buzilishining oldini olish va kiberjinoyatchilikning oldini olish tizimini yaratish vazifalari qo‘yilgan [1].
    Bundan tashqari 2020–2023 yillarga mo‘ljallangan kiberxavfsizlikka doir milliy strategiya asosida Qonunchilik palatasi tomonidan 2022-yil 25-fevralda qabul qilingan va Senat tomonidan 2022-yil 17-martda ma’qullangan “Kiberxavfsizlik to‘g‘risida”gi qonun loyihasi ishlab chiqildi. Ushbu qonun rasman kuchga kirmagan bo‘lsa ham qonunning asosiy maqsadi kiberxavfsizlik sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat. Mazkur qonunda kiberjinoyatlarning oldini olish, aniqlash va bartaraf etish bo‘yicha barcha zarur choralarni ko‘rish alohida ta’kidlab o‘tilgan [2]. Yuqorida qayd etilgan hamda mazkur faoliyatga tegishli boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishga mazkur ish ma’lum darajada xizmat qiladi.
    Individual loyiha ishining maqsadi: Ochiq kalitli shifrlash algoritmlari dasturiy modulini ishlab chiqishdan iborat.
    Ishni bajarishda quyidagi vazifalarni bajarish lozim:

    • Ochiq kalitli kriptotizm haqida tushuncha.

    • Ochiq kalitli kriptotizmga qo’yilgan talablar.

    • Ochiq kalitli kriptotizmda kalitlarni boshqarish.

    • Ochiq kalitli shifrlash algoritmini dasturini ishlab chiqish.

    Individual loyiha ishi kirish, 2 ta qism, xulosa, adabiyot ro’yhati va ilovadan iborat.
    1-bob nazariy qism: bu qismda ochiq kalitli kriptotizm va unga qo’yilgan talablar va ochiq kalitli kriptotizmda kalitlarni boshqarish va kalitlarni generatsiya qilish haqida to’liq ma’lumotlar berildi.
    2-bob asosiy qism: bu qismda ochiq kalitli shifrlash algoritmlariga tegishli RSA shifrlash algoritiming C++ dasturlash tilida dasturiy moduli ishlab chiqildi, ochiq kalitli kiriptotizming matematik modeli bo’yicha ma’lumot berildi, RSA va El-Gamal shifrlash algoritmlari tahlil qilindi.


    1. Download 134.97 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Download 134.97 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi

    Download 134.97 Kb.