|
17-mavzu. Sanoatda raqamli texnologiyalardan samarali foydalanish. “Sanoat 0” konsepsiyasi reja
|
bet | 1/3 | Sana | 13.12.2023 | Hajmi | 3,39 Mb. | | #117649 |
Bog'liq 17-MAVZU
17-MAVZU. SANOATDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARDAN SAMARALI FOYDALANISH. “SANOAT-4.0” KONSEPSIYASI
Reja:
17.1. “Sanoat-4.0” konsepsiyasining mohiyati va rivojlanishi
17.2. Sanoat 4.0 komponentlari
Raqamlashtirish natijasida global iqtisodiyotda inqilob ro‘y bermoqda. Sanoat korxonalari uchun raqamli iqtisodiyot vositalarini joriy qilish tovarlarni bozorga kirish vaqtini kamaytirishi, mahsulotlar va xizmatlarning sifatini yaxshilashi va yangi biznes modellaridan foydalanishi imkoniyatini beradi.
15.1. “Sanoat-4.0” konsepsiyasining mohiyati va rivojlanishi
Sanoatda raqamli iqtisodiyotning vositalari deganda korxonaning barcha jismoniy aktivlarini raqamlashtirish va ularni korxonaning biznes sheriklari ma’lumotlari bilan raqamli ekotizimlarga birlashtirish vositasi tushuniladi. Amalda, bunday vositalar qo‘llaniladigan yangi texnologiyalarning juda keng doirasini anglatadi (17.1-rasm).
17.1-rasmdan ko‘rinib turganidek, sanoat tarmog‘ida raqamli iqtisodiyot vositalarini uch guruhga bo‘lish mumkin:
vertikal va gorizontal qiymat zanjirlarini raqamlashtirish va birlashtirish uchun vositalar;
raqamli biznes modelini yaratish uchun ishlatiladigan vositalar, uning ishlashi va mijozlar kirishini ta’minlaydigan vositalar;
sanoat korxonalari tovarlari va xizmatlari takliflarini raqamlashtirish uchun vositalar.
17.1-rasm. Sanoatda raqamli iqtisodiyot instrumentlari
Sanoat 4.0 – mamlakat va biznes raqobatbardoshligini oshirishga qaratilgan raqamli texnologiyalar (Sanoat 4.0) kirib borishi bilan bog‘liq ishlab chiqarish jarayonlarida yuzaga keladigan munosabatlar yig‘indisi hisoblanadi. Sanoatni internetlashtirishga qaratilgan nemis davlat tashabbuslaridan farqli ravishda, O‘zbekiston Respublikasi uchun «Sanoat 4.0» atamasi iqtisodiyotning barcha tarmoqlarini raqamli o‘zgartirishni anglatadi.
Lyuding fon Bertalanfi tizimlar umumiy nazariyasiga muvofiq, har bir tizim jarayonlar va teskari aloqalarni o‘zgartiradigan kirish va chiqishga ega bo‘ladi. Agar «Sanoat 4.0» atamasining mazmunini tizimlar nazariyasi tilida tushuntirdigan bo‘lsak, bunda quyidagini tushunish kerak: «Sanoat 4.0» bu – onlayn-texnologiyalar yordamida tizim bo‘g‘inlari (odamlar, mashinalar, DATA- markazlar) o‘rtasida raqamli shaklda ma’lumot almashinish zaruriy elementi hisoblangan ishlab chiqarish jarayonlari zanjiridan iborat tizimdir.
«Sanoat 4.0» bu
|
| |