|
19-mavzu. D-elementlarining umumiy tavsifi metallarning umumiy sharhi metallarning umumiy tavsifi
|
bet | 1/2 | Sana | 02.12.2023 | Hajmi | 160,83 Kb. | | #109874 |
19-MAVZU. D-ELEMENTLARINING UMUMIY TAVSIFI
Metallarning umumiy sharhi
METALLARNING UMUMIY TAVSIFI
Xozitgi kunda bizga ma’lum bo’lgan 118 elementdan 98 tasi metallardir. Yer yuzidagi minerallar va tirik organizmlar uchun metallar va ularning birikmalari muhim ahamiyatga ega. Metallarning atomlari va ionlari muhim birikmalar tarkibiga kiradi va insonlar, hayvonlar hamda o’simliklarning tirikligini ta’minlashda ishtirok etadi.
Metallarning tabiati o’ziga xos – bu kimyoviy elementlar atomlari tashqi va tashqidan oldingi qavatdagi elektronlarini oson beradi xamda shu sababli musbat zaryadli ionlarga aylanadi.
Odatda barcha metallar atom radiusi katta, tashqi lektron qavatida oz ya’ni, 1 tadan 3 tagacha elektron bo’ladi. Bundan germaniy, qalay, qo’rg’oshin (4 ta elektron), surma, vismut (5 ta elektron) va poloniy (6 ta elektron)lar mustasno. Metal atomlari uchun elektromanfiylik qiymatining past bo’lishi va qaytaruvchilik xossasiga egalik xosdir.
D.I.MENDELEYEV DAVRIY SISTEMASIDA METALLAR
D.I.Mendeleyev davriy sistemasida berilliydan astatga tomon diagonal chiziq o’tkazilsa uning quyi tomonida metallar joylashganligini ko’ramiz. Diagonalga yaqin joylashgan elementlar masalan, berilliy, alyuminiy, titan, germaniy va surma ikki hil xarakterga ega va metallar bilan ta’sirlashadi.
1 va 2 guruhning s-elementlari metallardan iborat bo’lib, ular asosan boshlang’ich davrlardan boshlangan. Shu bilan birga 3 guruhning p-elementlari (bordan tashqari), 4 gruhning germaniy, qalay, qo’rg’oshin elementlari, 5 guruhning surma, vismut va d va f oila elementlari metallardir.
METALL – ELEMENTLARNING ELEKTRON TUZILISHLARI
Metallar elektron tuzilishiga kora s-, p-, d- va f-metallarga bo’linadi.
s-metallar 1 va 2 guruhda joylahgan. P-metallar davriy sistemaning 13, 14, 15, 16 gruhlarida joylashgan. Ularning tashqi electron qavatida germaniy, qalay, qo’rg’oshin (4 ta elektron), surma, vismut (5 ta elektron) va poloniy (6 ta electron) tashqari barchasida 1 tadan 3 tagacha elektronlar bo’ladi.
s va p-metallarning valent elektronlari haqidagi ma’lumot quyidagi jadvalda ko’rsatilgan;
|
| |