19-Mavzu: Rangli lentalar yordamida gullar va toʼqilgan iplardan foydalanib
applikatsiya ishlari bajarish.
Reja:
1.
Rangli lentalar va iplar haqida ma’lumot.
2. Iplar va rangli lentalar yordamida turli o`yinchoqlar tayyorlash usuli.
1. Rangli lentalar va iplar haqida ma’lumot. T
urli xil ranglar
atlas lentalari turli
maqsadlarda ishlatiladi. Ulardan esdalik sovg’asi, turli xil gullar,
soch uchun tasma, turli
bezaklarni tayyorlashda ishlatish mumkin. Lentalarni eni 0,5smdan 5 smgacha bo’ladi.
Ip olish uchun ishlatiladigan tola turiga qarab ip tabiiy, sunʼiy, kimyoviy xillarga boʻlinadi. Iplar
dastlabki, birlamchi va ikkilamchi turlarga ham ajratiladi. Dastlabki ip boʻylama yoʻnalishda
qismlarga boʻlinmaydi. Bularga elementar va yakka (mono ip) iplar kiradi.
Birlamchi ip
toʻqimachilik tolalaridan tayyorlanadigan kalava ip, bir necha
elementar iplardan eshib
olinadigan kompleks iplardan iborat. Ikkilamchi iplar bir necha birlamchi ipni pishitib olinadi.
Iplar bir xil toladan hamda har xil toladan (tabiiy tola bilan boshqacha tabiiy tola, sunʼiy tola
bilan tabiiy tolani aralashtirib) tayyorlanishi mumkin. Iplarni pishitish
yoki pishiqlik darajasi
ularning ishlatilishiga bog’liq. Masalan: gazlama toʻqish uchun asosiy ip (tanda) koʻp pishitiladi,
arqoq ip esa kamroq pishitiladi, trikotaj toʻqish uchun ip yanada kam pishitiladi. Pilla tolalaridan
yigirilgan ipak ip; viskoza, asetat, kapron va boshqa kimyoviy tolalardan kompleks iplar olinadi.
B
ezak iplar olish texnologiyasi ham bor. Ular, asosan, matolar va trikotaj mahsulotlarning ustki
qismini bezashda ishlatiladi. Kaprondan olingan yakka ip paypoq toʻqish sanoatida ishlatiladi.
Toʻqimachilik tolalaridan tashqari, kauchuk va boshqalardan ip olinadi.
Yuqorida aytilgan
iplarning hammasi toʻqimachilik sanoatining xom ashyosi hisoblanadi. Bulardan tashqari, uy-
roʻzgʻorda va xalq xoʻjaligida ishlatiladigan iplar ham bor. Bularga turli tikish (gʻaltak iplar),
chatish, kashtachilik, attorchilik va jarrohlikda ishlatiladigan iplar kiradi.
2. Iplar va rangli lentalar yordamida turli o`yinchoqlar tayyorlash usuli.
Ipdan sakkizoyoq yasash Sakkizoyoq yasash uchun sizga kerak bo‘ladi: rangli ip, qaychi va
rangli qog‘oz. Xo‘sh, sakkizoyoqni ipdan qanday yasash mumkin?
Rangli ip olib, uni o‘rtasidan
bog‘lang. Bosh qismi bo‘ladigan tomonini belgilab oling va boshqa rangdagi ipni barcha iplar
tagidan o‘tkazib bog‘lang.
Oyoqlar uchun ipni teng bo‘laklarga ajrating. So‘ngra ularni mayda qilib o‘rib chiqing.
Uchlarini ip bilan bog‘lang. Mana, sakkizoyoq ham tayyor bo‘ldi! Endi rangli qog‘ozdan gulchalar
yasab, o‘yin chog‘ingizning oyoq larini bezatishingiz mumkin.
Buning uchun sizga kerak bo‘ladi: silikatli kanselariya
yelimi va plastmassali idish; oq
g‘altakli ip (¹40–60); ip uchun shisha idish; qaychi; yo‘g‘on va uzun igna; o‘yinchoq shar; rangli
qog‘oz. Bolalar o‘yinchoq sharini oling. Uni puflab shishiring. G‘altak ipni shisha idishga soling.
Ignaga ip o‘tkazing va silikat yelim idishga ninani sanching. So‘ngra ninani sug‘urib, latta bilan
artib olib qo‘ying..
Chap qo‘lingizga
sharni olib, yelimli ipni shoshmasdan sharga o‘rab chiqing. Ipni sharga
mahkamroq o‘rashga harakat qiling. Ip qancha kam o‘ralsa, shakl shuncha nafis ko‘rinish kasb
etadi. Shundan so‘ng quritish uchun qo‘ying. 4 soat o‘tgach, ip orasidagi sharni igna bilan teshib
olishingiz mumkin. Bunday shakllardan har xil o‘yinchoqlar, archa bezaklari yasash mumkin
Ipni qattiq ishqalash, burash man etiladi, chunki bu ipning sifatini pasayishiga olib keladi.
Iplardan turli tuman ko’rgazmali o’yinchoqlar yasash mumkin.