1–mavzu. Xolis fonda yalang‘och erkak gavdasi -6 soat.
Mashg‘ulot turi: Ma’ruza.
Tasvirlash vositalari: Moybo‘yoq, № 4, 8, 14 o‘lchamdagi mo‘yqalamlar, 75x60
o‘lchamdagi tagromga tortilgan xolst, eritgich (razbavitel, skipidar), moybo‘yoq,
bo‘yoq aralashtirish uchun palitra, yumshoq mato yoki salfetka, eritma uchun maxsus
idish, mo‘yqalamlarni yuvish uchun idsh va uayt-spirit
Reja:
Amaliy ish va uni bajarish bosqichlari:
1. Qiyofachi gavdasini yuzaga kompozitsion to‘g‘ri joylashtirish;
2. Nisbatlarni aniqlash, xarakterli jihatlarini topish;
3. Rang va tus munosabatlari va yoritilish xususiyatlarini hisobga olib rangtasvirni
davom ettirish;
4. Ishni umumlashtirish va yakunlash
Izoh: tasvir 60x75 o‘lchamli xolstda bajariladi.
Tayanch iboralar: Cheklangan ranglar, xolst, kompozitsiya, skipidar, rangli
gruntovka, konstruktiv tuzilish, perspektiva, obraz, aralash texnika, rang surtmalari
Baholash mezoni va ko‘rsatkichlari
Moybo‘yoqda portret ishlash
Uzoq muddatda quriydigan moybo‘yoqni kerakli rang tuslarini hosil qilish uchun
xolst yuzasiga shoshmasdan rang surtmalarini qo‘yib borish mumkin. Aynan sekin
qurishi uning afzal tomonlaridan biri hisoblanadi. Bo‘yoqning bu xususiyati
boshlovchi rassomning unda bemalol ishlash imkoniyatini beradi. Moybo‘yoq hali
qurimasdan ustidan yangi rang surtmalari qo‘yib, yoki ortiqcha bo‘yoq qatlamini
skipidarga botirilgan mato yordamida olib tashlab bo‘yoq surtmalari rangini
o‘zgartirish mumkin.
Qurish,
joylashtirish
Shakl, hajm
nisbatlarini
to‘g‘ri topish
Soya–yorug‘
munosabalar
ini
to‘g‘ri
topish
Tus
nisbatlarini
topish
Umumlashtir
ish,
yaxlitlash,
yakunlash
ishlari
Jami
ball
ball
ball
ball
ball
ball
ball
1
2
1
1
2
7
Portretni ishlar ekan rassom doimiy ravishda qo‘shimcha rang surtmalari yordamida
odam tanasi rangini o‘zgartirib boradi, shuning uchun tayyor portret ko‘rinishida
yashil, jigarrang, pushti, sariq va zarg‘aldoq rang tuslarini ko‘rish mumkin.
Asosdagi oq rang kuchini yumshatish uchun portretni ishlashni boshlashdan oldin,
rangtasvir ustalari xolstni rangli grunt bilan yopib chiqishni maslahat berishadi.
Bunday xolis tusli fonda och va to‘q kontrast tuslarni aniqlash oson kechadi.
Bu portretning yuz qismi rangtasvirning aralash texnikasida ishlangan. Portretni
erkin chiziqli qoralama bilan boshlab, keyin esa tusda podmalyovka ishlarini amalga
oshiramiz. Keyin yana yuzning xarakterli jihatlarini topish uchun yana chiziqlar
yordamida suratga ishlov beriladi va quyuq rang surtmalarida ishni tugatiladi.
Palitra
Moybo‘yoqda ishlashdan oldin palitrada bir necha bo‘yoq ranglarini aralashtirib
ranglarni tayyorlanadi. Undan keyin kerakli rang tusni topish uchun har doim yangi
eksperimentlar qilishning hojati qolmaydi. Portret ustida ishlashda qo‘llaniladigan
ranglarni aralashtirish yo‘llari ko‘rsatib boriladi. Palitraning pastki qismida sariq
kadmiy bilan qo‘shib asta-sekin inson tanasi rangining kerakli tusini ifodalash uchun
yashil va karmin bo‘yog‘i qo‘yilgan.
Kerakli moybo‘yoq ranglari:
Tabiiy siena, kuydirilgan siena, oxra,
krappmaren pushti, kobalt ko‘k, umbra
jjenaya, titan oqi, maysarang yashil, sariq
kadmiy, qora, karmin.
Asosni xolis rang bilan tuslab chiqiladi.
Moybo‘yoqda portret ishlash, birinchi
bosqich.
Paxtadan to‘qilgan matoni skipidarda
ho‘llang va siena bo‘yog‘ini surkab
chiqing. Agar kerak bo‘lsa bo‘yoq qatlami
och va shaffof rang hosil qilishi uchun yana
ozgina skipidar qo‘shish mumkin.
1. Ikkinchi bosqich
№4 o‘lchamdagi mo‘yqalam bilan naturalnaya siena
rangida qiyofachi yuzi va yelka qismi suratini chizib
chiqing. Yuz qismida alohida bo‘laklarining o‘zaro
munosabatlariga sinchiklab e’tibor bering. Bu
kщrinishda burunning uch qismi bo‘yinning yelka
bilan uchrashgan joyi bilan bitta chiziqda yotganini
kuzatish mumkin.
2. Uchinchi bosqich. Podmalevka
kuydirilgan
siena, tabiiy
siena va sariq
oxrani
aralashtirib yuzning soya qismiga rang berib
boshlang.
Aralashmaga
yana
ozgina
kuydirilgan sienani qo‘shib burun ostidagi
chuqur soyaga ishlov bering. Ozgina pushti
rang qo‘shib peshanadagi oraliq tusini
ifodalang. Yana ozgina pushtirang qo‘shib
o‘ng chakkasi va labiga ishlov bering.
Kobalt ko‘k, kuydirilgan umbra va oq
bo‘yoqda № 13 o‘lchamdagi mo‘yqalamda
kartinaning orqa planiga podmalevka bering.
3. To‘rtinchi bosqich. Soyalarni bo‘yash
O‘sha aralashma bilan ko‘ylakka ham rang
bering, keyin yana yuz qismiga ishlashga
o‘tiladi. № 6 o‘lchamdagi mo‘yqalamda sariq
oxra, tabiiy siena va kuydirilgan siena
aralashmasida yuzning soya qismini ishlab
chiqing. Iyak va burun ostida oq va pushti
ranglar
aralashmasida
bir
necha
rang
surtmalarini qo‘ying, keyin bo‘yinga maysarang
yashil
bilan
aralashtirilgan
yupqa
rang
surtmasini qo‘ying. Endi rang-tus o‘yinlarini
ifodalash vaqti keldi, u yuzning xarakterli
xususiyatlarini aniq ifodalashga yordam beradi. Vaqtincha orqa plan haqida
o‘ylamay turing,
u birinchi berilgan dastlabki rang bilan tura turadi,
chunki portretda asosiy maqsad faqat yuz bo‘lishi
kerak.
4.
Yuzning
yoritilgan
qismini
ishlashni
boshlaymiz
Kobalt ko‘k va maysarang yashil bo‘yoqlar
aralashmasida shakl va hajmni ifodalay boshlaymiz.
Sariq oxra, sariq kadmiy va ko‘proq miqdordagi oq
bo‘yoqni aralashtirib yorug‘lik tushib turgan o‘ng
ko‘z ustidagi peshana qisminiga ishlov beramiz.
5. To‘q tuslarga ishlaymiz
To‘q tusli qismlarni belgilash
uchun
ishlayotgan
portret
yuzini
sinchiklab
kuzating. Undan keyin
qora
bo‘yoqqa
ozgina
kuydirilgan
umbra
qo‘shing va iyak tagidagi
soyaga ishlov bering.
Boshning o‘ng tomonidagi
soch
bo‘laklarini
belgilab
chiqing.
Keyin
aralashmaga
ozgina
kuydirilgan umbra qo‘shib
portretdagi qosh, burun
chiziqlari va labga ishloa
bering.
Karkasli qoralama
Portretni ishlashni boshlashdan oldin, boshqa tasvirlash vositasida qoralamalar qilib
qo‘l va ko‘zingizni mashq qildiring. Masalan, geliyli ruchka yordamida bosh va yuz
shaklini ifodalaydigan karkasli qoralama bajaring. Peshana bo‘yicha o‘tadigan egri
chiziqlarni o‘rganing, ular na tus va na mayda bo‘laklarni, balki boshning bu qismi
aylana shakllarini ifodalaydi.
6. Tuslarni aniqlaymiz
Kuydirilgan umbraga ozroq qora bo‘yoqni
qo‘shing va iyak shaklini yana chizib chiqing.
Undan keyin ko‘ylakning rang berilmagan
qismlarini yopib chiqing. Karmin va sariq
kadmiy aralashmasida portret peshanasidagi
har xil tusli alohida qismlarga ishlang.
Yuzning soya tomonidagi to‘q qismini
ifodalash uchun aralashmaga ozroq tabiiy
siena qo‘shing.
7.
Yorug‘ tushib turgan qismini ishlashga
o‘tamiz
Oq va ozgina sariq kadmiyni aralashtirib
yuzning o‘ng tomonidagi yorug‘ tushib turgan
qismiga ishlashni boshlaymiz. Eng och joylar bu yerda ko‘zning ustki va pastki
qismi, burunning yontomoni hamda iyaklar atrofida joylashganligini ko‘ramiz.
8. Och tuslarda
ishlaaymiz
Oq
bo‘yoqning
kamroq
pushti
ranglar
bilan
aralashmasida
quloqni
yopib
chiqamiz. Keyin
esa oq bo‘yoqda
oxra
va
sariq
kadmiyni
aralashtirib
yorug‘
tushib
turgan peshana hamda bo‘yin qismlariga ishlov
bering. Ko‘ylakning yorug‘ tushib turgan qismiga toza oq rangda rang surtmalari
qo‘yib chiqing. Oq bo‘yoqqa oz miqdorda kobalt ko‘k rangni qo‘shib orqa planga
ishlov bering.
Mushtabeldan foydalanamiz
Mushtabel (uzun mustahkam yog‘och planka) moybo‘yoqda ko‘pincha katta
kartinalar ustida ishlashda foydalaniladigan asbob. Bir qo‘lda mushtabelning bir
uchidan ushlab, ikkinchi uchini xolst chekkasiga qadaymiz. Hosil bo‘lgan bu
“ko‘prik”ka tayangan holda xolstdagi hali qurimagan bo‘yoqlarni chaplab
yuborishdan qo‘rqmasdan ishni davom ettirishingiz mumkin.
9.
Iyak shakliga ishlaymiz
Ko‘k kobalt va oq bo‘yoqlarni aralashtirgan holda
ko‘ylakning soyadagi qismini ishlaymiz. №6
o‘lchamdagi
kuraksimon
mo‘yqalamni
olib
maysarang yashil bilan oq rang aralashmasida iyak
shakliga ishlov bering. Bu aralashmaga ozgina
kuydirilgan umbrani qo‘shing va ko‘z soqqasi
atrofidagi kulrang tuslarga ishlov bering.
10.
Mayda bo‘laklarga ishlov berish
Kuydirilgan umbra bo‘yog‘i yordamida og‘iz va
yuqori
lab
burmalaridagi
chegaralarni
aniqlashtiramiz.
Sariq
kadmiy
va
karmin
aralashmasida yoqaning chekkasiga ishlaymiz. Quloq bo‘shlig‘ini ishlash uchun
oqqa pushti rangni qo‘shib rang tayyorlang. № 13 o‘lchamdagi mo‘yqalam bilan
yonoq va ko‘z ustidagi shu’la tushib turgan joylarni aniqlashtiring.
11. Tushib turgan soyalarni chuqurlashtiramiz
Oq bo‘yoqqa oxrani aralashtiring, bo‘yinning iliq tuslarda orqa tomondan yoritilgan
qismiga rang surtmalari qo‘ying.
Oxra, sariq kadmiyning karmin
bilan aralashmasidagi yoqadan
bo‘yinga tushib turgan soyasiga
ishlov bering. Keyin kobalt
ko‘kni qora bilan aralashtirib
ko‘ylakdagi to‘q qismlarga rang
surtmalarini qo‘ying.
Oxirgi shtrixlar
12.
Sochga och ranglardan
qo‘shamiz
To‘q rangli sochlarga tushib turgan yorug‘lik ajoyib sariq va och jigarrang rang
tuslarini beradi. Oxra, maysarang yashil va tabiiy sienaning turli miqdordagi
aralashmalari yordamida bu shu’lalarni ifodalang.
13. Tuslarni aniqlaymiz
Tabiiy siena, karmin, sariq kadmiy va pushti
ranglarni
aralashtiramiz.
№ 6 o‘lchamdagi
kuraksimon mo‘yqalam yordamida peshana va chap
yonog‘ining soyadagi qismiga qizg‘ish tuslar
beramiz. Rang surtmalari peshana shakliga mos
bo‘lishiga e’tibor bering. Keyin yoqadan bo‘yinga
tushib turgan soya kuchini aniqlang. Va nihoyat
bo‘yin qismidagi quloq tagigacha bo‘lgan och sariq
tuslarni uzaytiring.
Bosqichma-bosqich moybo‘yoqda portret ishlash
natijasi
A - tana rangi
Portretning alohida qismlarida qizg‘ish tusdagi tana rangi yaxshi bilinib turibdi.
Shunday qilib tasvirlanayotgan portretdagi oftobda pishgan teri rangini ifodaladik.
B - tuslar yordamida “hajmni qurish”
Bo‘rtib chiqqan shakllar – masalan, peshana – har biri rang va tus jihatdan farq
qiladigan kichik-kichik alohida tekisliklar ko‘rinishida ifodalangan.
V – ortiqcha mayda bo‘laklarsiz
Ko‘ylak naqshini chizishga intilmadik, balkim, ko‘ylakka tushib turgan yorug‘likni
ifodaladik. Mana shunday kompozitsiya qoidalariga e’tibor natijasida tomoshabin
nigohi alohida mayda bo‘laklarga emas, balki portetning asosiy g‘oyasi bo‘lgan yuz
qismiga yo‘naltiriladi.
|