• Kalit so‘zlar
  • O’quvchilarining badiiy tasavvurlarini rivojlantirishda tasviriy san’at mashg’ulotlarining ahamiyati




    Download 234.27 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet1/2
    Sana20.05.2023
    Hajmi234.27 Kb.
    #62347
      1   2
    Bog'liq
    o-quvchilarining-badiiy-tasavvurlarini-rivojlantirishda-tasviriy-san-at-mashg-ulotlarining-ahamiyati (1)
    talabalarning-manzara-ishlash-zharayonidagi-bazi-muammolar, O`zbеkistоn rеspublikasi оliy va o`rta maхsus ta’lim vazirligi u (1), d6e2f2b58ed21b81785e6636df674ecc HAYKALTAROSHLIK, Zamonaviy binolar aks etgan manzara kompozitsiyasini bajarish, 181-184, 307-Текст статьи-696-1-10-20201220 (1), 2#039;ruza. Xolis fonda yalang‘och erkak gavdasi (1), Академик рангтасвир дарслик 21 22 2 2, БМИ ҲАЙКАЛТАРОШЛИК


    O’quvchilarining badiiy tasavvurlarini rivojlantirishda 
    tasviriy san’at mashg’ulotlarining ahamiyati 
     
    Moxidil Zavqiy qizi Abdualimova 
    Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika universiteti 
     
    Annotatsiya: Maqola 
    umumiy o‘rta ta’lim maktablarida tasviriy san’at darslarini 
    tashkil etishda uning turlari, o‘quvchilarni badiiy-estetik tarbiyalashda tasviriy 
    faoliyatlarning roli, yoshlarni komil inson qilib shakllantirish uchun o‘quvchilarni 
    rasm ishlashga o‘rgatish va ularni badiiy fikr doirasini kengaytirish masalalariga 
    qaratilgan. Shuningdek, bu o‘quv predmeti o‘quvchilarda milliy istiqlol g‘oyalarini 
    shakllantirishda, ayniqsa axloqiy, vatanparvarlik, mehnatsevarlik ruhida tarbiyalashda 
    katta imkoniyatlarga ega ekanligi ta’kidlangan.
    Kalit so‘zlar: tasviriy san’at, rangtasvir, haykaltaroshlik, grafika, rangshunoslik, 
    kolorit, komil inson, badiiy tarbiya.
    The importance of visual art classes in developing the artistic 
    imagination of students 
    Mokhidil Zavki kizi Abdualimova 
    Chirchik State Pedagogical University of Tashkent region 
    Abstract: The article describes its types in the organization of visual art lessons 
    in general secondary schools, the role of visual activities in the artistic and aesthetic 
    education of students, teaching students how to paint in order to form young people 
    into perfect people and their artistic thinking. aimed at expanding its scope. It was also 
    noted that this subject has great potential in forming the ideas of national independence 
    in students, especially in educating them in the spirit of morality, patriotism, and hard 
    work. 
    Keywords: fine art, painting, sculpture, graphics, color science, color, perfect 
    person, artistic education. 
    Mamlakatimiz ta’lim tizimining hozirgi bosqichida ta’lim mazmuni va 
    metodikasiga, uning sifat va samaradorligiga yangi talablar qo‘yilmoqda. O’zbekiston 
    Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasida “Uzluksiz 
    ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, sifatli ta’lim ehtiyojlariga muvofiq yuqori 
    "Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor - 3.567 (SJIF)
    July 2022 / Volume 3 Issue 7
    www.openscience.uz / ISSN 2181-0842
    250


    malakali kadrlar tayyorlash siyosatini davom ettirish”
    1
    ustuvor vazifa sifatida 
    belgilangan. Kompetentli yondashuv asosida bo‘lajak tasviriy san’at o‘qituvchilarida 
    badiiy idrokni rivojlantirish texnologiyalarini takomillashtirish hamda talabalar 
    innovatsion faoliyatining reproduktiv, produktiv, qisman izlanuvchi va kreativ 
    darajalarini puxta egallashlari uchun pedagogik shart-sharoit va didaktik 
    imkoniyatlarni ta’minlash dolzarblik kasb etadi. 
    Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida tasviriy san’at darslarining asosiy maqsadi 
    o‘quvchilarning badiiy-estetik tarbiyasi bilan bog‘liq bo‘lib, u yoshlarni komil inson 
    qilib shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Tasviriy san’at darslari 
    o‘quvchilarning tasvirlash malakalarini o‘stiribgina qolmay, balki ularni badiiy fikr 
    doirasini kengaytiradi, ijodiy qobiliyatlari, kuzatuvchanligini, ko‘rib eslab qolish 
    xotirasini rivojlantiradi. Shuningdek, ushbu o‘quv predmeti o‘quvchilarda milliy 
    san’atni chuqur egallash, milliiy istiqlol g‘oyalarini shakllantirishda, ayniqsa axloqiy, 
    vatanparvarlik, mehnatsevarlik ruhida tarbiyalashda katta imkoniyatlarga ega.
    Tasviriy san’atning asosiy vazifalaridan biri bu o‘quvchilarni estetik, xususan, 
    badiiy tarbiyalash ekan, u hayotdagi, tabiatdagi, san’atdagi, kishilarning 
    munosabatlaridagi go‘zalliklarni to‘liq idrok etishni shakllantirishdir. Zotan go‘zallik 
    kishilarning aqliga, qalbiga, irodasiga ta’sir etib, ma’naviy dunyosini boyitadi. 
    Hayotga estetik munosabatda bo‘lish ilhomning asosi bo‘lib, mehnatni quvonch va 
    ma’naviy manbaga aylantirishga yordam beradi. 
    Jamiyatimizning har bir kishisi qaysi sohada ish olib borayotganligidan qat’iy 
    nazar, go‘zallik va nafosatni ko‘ra olishi, tushuna bilishi kerak. O’quvchilarni estetik 
    jihatdan tarbiyalash maqsadida o‘qituvchi ularga tabiatdagi go‘zalliklarni, shakl va 
    ranglarning turli-tumanligini ko‘rsatadi. Bolalarda quvonch, hayajon baxsh etguchi 
    tabiat go‘zalliklari, so‘z bilan tasvirlab bo‘lmas rang birikmalari uzoq vaqtlargacha 
    ularning xotirasida saqlanib qoladi. Manzara, daraxtlar, barglar va gullarning o‘ziga 
    qarab rasmini chizish, ularning o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rganish orqali bolalar 
    tabiatga ko‘proq qiziqadigan bo‘ladilar. Bunday darslar bolalarga dunyoni keng va 
    atroflicha ko‘ra olishga, shuningdek ko‘rish orqali olgan taassurotlari doirasini 
    kengaytirishga, narsalar haqida aniq va to‘liq tushunchalar hosil qilishga yordam 
    beradi. Rasm chizish jarayonida bolalar narsalarning shakli, o‘lchovlari, fazodagi 
    holati, rangi kabilarni diqqat bilan o‘rganadilar. 
    Tasviriy san’atda borliqni idrok etish mashg‘ulotlarida o‘quvchilar tabiatdagi, 
    tevarak-atrofdagi jonli va jonsiz narsalarni, shuningdek, voqea va hodisalarning shakli, 
    tuzilishi, o‘lchovlari, rangi va boshqa xususiyatlarini bilib oladilar. Bulardan 
    o‘zlarining tasviriy faoliyatlarida foydalanadilar. Shu bilan birga bu blok 
    1
    Ўзбекистон Республикаси Президентининг “Ўзбекистон Республикасини янада ривожлантириш бўйича 
    Ҳаракатлар стратегияси тўғрисида”ги фармони // Ўзбекистон Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами. – 
    Тошкент, 2017. –Б.39 
    "Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor - 3.567 (SJIF)
    July 2022 / Volume 3 Issue 7
    www.openscience.uz / ISSN 2181-0842
    251


    mashg‘ulotlari bolalardagi kuzatuvchanlikni, xotirani, tasavvurni, estetik idrokni 
    rivojlantirib boradi. Borliqni estetik idrok etish mashg‘ulotlari odatda mavzuli 
    kompozitsiyalarni bajarishdan oldin o‘tkaziladi. Buning uchun mavzuga oid ob’ektlar 
    yaxshilab kuzatiladi va o‘rganiladi. 
    Shuning uchun ham tabiat qo‘yniga qilingan sayohat vaqtida dars jarayonida 
    o‘quvchilar ayrim ob’ektlarning qalamda yoki bo‘yoq bilan qoralamasini chizib, 
    ranglamalarini ishlaydilar. 
    O’quvchilar mavzu bilan bog‘liq bo‘lgan o‘simliklar, gullar, qushlar, hayvonlar, 
    baliqlarni kuzatadilar, tabiatning turli fasllaridagi ko‘rinishlari (quvonchli, g‘amgin, 
    o‘ychan va hokazo) haqida tasavvurga ega bo‘ladilar va ularni o‘zlari chizgan 
    rasmlarida tasvirlaydilar. Tevarak-atrofdagi predmet va amaliy san’at buyumlarini 
    o‘rganish, ularni ma’lum miqdorda shakli, rangi, tuzilishini tahlil qilish va 
    umumlashtirish ba’zi bir hodisalarni kengroq va chuqurroq bilib olish imkonini beradi. 
    Umumta’lim maktablarida naturaga qarab rasm ishlash mashg‘ulotlari eng zarur 
    va qiziqarli turlaridan hisoblanadi. Bu mashg‘ulotlar o‘quvchilarda shakllarning 
    tuzilishi, uning fazoda joylashuvi, ularning tuzilish belgilari haqida tasavvurga ega 
    bo‘lish imkonini beradi hamda tasvirlash malakalarini o‘stiradi.
    O’quvchilarda narsalarning tuzilishi, shakli, ranglarini ko‘ra bilish va tahlil qilish 
    hamda tasvirlash malakalarini shakllantirishdan iborat. Shuningdek, o‘quvchilar avval 
    tasvirlanayotigan narsaning umumiy va estetik jihatdan ahamiyatli tomonlarini aniqlab 
    oladilar. Keyin esa narsaning qismlari va detallarini aks ettirishni o‘rganadilar. Shu 
    nuqtai nazarga ko‘ra sinfda kuzgi gullar, meva va sabzavotlar, estetik ahamiyatga ega 
    bo‘lgan predmetlar, o‘yinchoqlarga qarab ularning rasmlarini ishlash maqsadga 
    muvofiq. Naturaga qarab rasm ishlash darslari davomida bajariladigan ranglavhalarda 
    o‘quvchilar shakllarda ranglarning ko‘rinishi, tipik belgilari nimalardan iboratligini 
    aniqlaydilar.
    Naturaga qarab rasm ishlash mashg‘ulotlarida bolalar e’tibori ranglar uyg‘unligini 
    idrok qilishni rivojlantirishga, akvarel yoki guash bo‘yoqlari bilan asliga qarab, eslab 
    qolish va tasavvur qilib chizishga qaratiladi. 
    Naturaga qarab rasm ishlash mashg‘ulotlarida o‘qituvchi bolalar e’tiborini 
    tasvirlanayotgan ob’ektlarning go‘zlligiga, ranglarning hamohangligi va shakl 
    mutanosibligiga, tasvirlanayotgan buyumlar orasidagi o‘zaro mantiqiy bog‘liqlik 
    kabilarga qaratadi. 
    Naturaga qarab haykal ishlash mashg‘ulotlari ham o‘quvchilar uchun qiziqarli 
    mashg‘ulot turi bo‘lib, naturani ko‘ra bilish, uning asosiy shaklini, hajmini, tuzilishi va 
    o‘zaro nisbatlarini ajrata olishga o‘rgatadi. Shuningdek, bunday mashg‘ulotlarda 
    haykaltaroshlikda qo‘llaniladigan material va asboblar bilan ishlash yuzasidan 
    muayyan bilim, malakalar rivojlantiriladi. Bulardan tashqari o‘quvchilar tuzilishi 
    "Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor - 3.567 (SJIF)
    July 2022 / Volume 3 Issue 7
    www.openscience.uz / ISSN 2181-0842
    252


    jihatdan unchalik murakkab bo‘lmagan haykallarni alohida-alohida va yaxlit loy 
    bo‘laklaridan ishlash yo‘llarini o‘rganadilar.
    Bunday darslarda bolalar hajmli haykallar ishlaydilar. Natura uchun narsaning 
    tashqi tuzilishi, o‘lchov nisbatlari aniq ko‘rinib turadiganlari tanlab olinadi. Natura 
    olingach, uni har tomonlama diqqat bilan kuzatish, qismlarning o‘zaro bog‘liqliklarini 
    va farqini taqqoslash zarur bo‘ladi.
    Haykaltaroshlik ishlarida natura hajmdor qilib tasvirlanayotganligi tufayli ish 
    jarayonida turli tomonlarga aylantirib turiladi. Mashg‘ulot o‘tkazilayotgan xonada 
    yorug‘lik chap tomondan tushishi va naturaning shakli yaqqol ko‘rinib turishi 
    maqsadga muvofiqdir.
    O’quvchilar burgut, savat ko‘targan qiz haykallarini o‘ziga qarab haykalini 
    ishlashga oid mavzular qiziqarli hisoblanadi. Natura topilmagan taqdirda, ularning 
    rasmlariga qarab haykal ishlashga ruxsat etiladi.
    Kompozitsiya mashg‘ulotlari uch qismdan iborat: 1.Rangtasvir kompozitsiyasi; 
    2.Dekorativ kompozitsiya; 3.Haykaltaroshlik kompozitsiyasi. 
    Rangtasvir kompozitsiyasi mavzu asosida, xotira va tasavvurlardan rasmlar 
    ishlashdan tashkil topadi. Bunda tanlangan mavzuga ko‘ra, uning elementlari qog‘oz 
    yuzasida bir-biriga bog‘liq holda joylashib, yaxlit kompozitsiyani hosil qiladi.
    Rangtasvir kompozitsiyasi mashg‘ulotlari asosan tabiat manzaralarini va 
    hodisalarini aks ettiruvchi mavzularda rasm ishlashga asoslanadi. 
    To‘rtinchi sinfda rangtasvir kompozitsiyasi mashg‘ulotlarining vazifalari 
    narsalarning shakli, rangi, ularning go‘zalligi haqida tushuncha berish, eng qiziq 
    mavzu tanlay olish, qog‘ozda rasmini to‘g‘ri joylashtirishga o‘rgatish kabilardan 
    iboratdir. Rangtasvir kompozitsiyasi mashg‘ulotlarning asosiy maqsadi o‘quvchilarni 
    ijodiy tafakkuri, tasavvuri va fantaziyasini kerakli darajada rivojlantirishdir. 
    Shu maqsadda to‘rtinchi sinfda “O’zbekiston go‘zal diyor”, “Kuzgi ishlar”, 
    “Yaylovda”, “Qishlog‘imiz (shahrimiz) qurilishlari” kabi mavzularda rangtasvirda 
    kompozitsiya ishlash nazarda tutilgan.
    Mashg‘ulotlarning bu turi o‘ziga qarab rasm ishlashga qaraganda ancha murakkab 
    bo‘lib, u o‘quvchilardan ham, o‘qituvchilardan ham katta mas’uliyat talab etadi. 
    Shuningdek, mavzuli kompozitsiya ishlayotganda, bolalar rasmda tasvirlanishi 
    kerak bo‘lgan ob’ekt bilan tanishadilar. Undagi ba’zi bir narsalarning xomaki 
    chizmalarini ishlashlari ham mumkin. 
    Odatda o‘qituvchi bolalarga bir mavzudagi bir necha mazmunni tavsiya etadi. 
    O’quvchilar esa ulardan birini tanlab, shu asosda kompozitsiya tuzadilar. Mavzu 
    asosida rasm chizishda o‘quvchilar naturaga qarab rasm ishlash, dekorativ 
    kompozitsiya, borliqni idrok etish darslarida olgan bilim va malakalariga tayanadilar. 
    Mavzu asosida kompozitsiya ishlashda bo‘yoqlardan foydalanish murakkab 
    vazifalardan hisoblanadi. Chunki, bunda ko‘rgazmali vosita va metodik usullardan 
    "Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor - 3.567 (SJIF)
    July 2022 / Volume 3 Issue 7
    www.openscience.uz / ISSN 2181-0842
    253


    to‘g‘ri foydalanilgan holdagina o‘quvchilarning rangshunoslikka oid bilim va 
    malakalarni to‘g‘ri o‘zlashtirishlariga erishiladi.
    Dekorativ kompozitsiya-to‘rtburchak va doira shaklidagi naqshlarning 
    namunasidan ko‘chirish va mustaqil ijodiy naqsh ishlash, ertaklar asosida illyustratsiya 
    ishlash singarilarni qamrab oladi. 
    U o‘quvchilarga turmushda uchraydigan narsalarning vazifalari, ularning shakli, 
    bezak elementlarining o‘zaro bog‘liqligi haqida tushunchalar beradi hamda yuksak 
    mahorat bilan tasvirlangan narsalarni didsiz, pala-partish ishlangan narsalardan farq 
    qila bilishga o‘rgatadi.
    Dekorativ kompozitsiya darslarida o‘quvchilarga har qanday naqshning bezak 
    gullari tevarak-atrofdagi narsa va hodisalardan olinganligi haqida tushuncha beriladi. 
    Binobarin, naqsh ishlash mashg‘ulotlarida rasm ishlovchi real shaklni o‘zgartirishi, uni 
    soddalashtirishi, unga yangi detallar qo‘shishi mumkinligi qayd qilinadi. 
    O’quvchilar naqsh namunalaridan ko‘chirish darslarida naqsh chizishning o‘ziga 
    xos xususiyatlari, ritm, simmetriya va uning ahamiyati bilan tanishadilar, ranglarning 
    nomlarini o‘rganadilar, bo‘yoq va ularni ishlatish ustida amaliy ish olib boradilar.
    Mustaqil ravishda ijodiy naqsh chizdirish orqali o‘quvchilarning ijodiy qobiliyati, 
    fantaziya va tafakkuri o‘stiriladi. Bunda ular avvallari ko‘rgan naqshlarga o‘xshatib 
    mustaqil nashq ishlashlari natijasida naqsh chizishdagi kompozitsiya qoidalarini 
    o‘zlashtirib oladilar.
    Adabiy asarlarga illyustratsiyalar ishlash o‘quvchilarning eng qiziqarli 
    mashg‘ulotlaridan bo‘lib, unda bolalar ertak, hikoya, masaldagi mazmunni, unda 
    qatnashgan qahramonlarning obrazlarini ifodalashga harakat qiladilar.
    Haykaltaroshlik 
    kompozitsiyasi-real 
    haykaltaroshlik 
    va 
    dekorativ 
    haykaltaroshliklarga bo‘linadi. Real haykaltaroshlikda o‘quvchilar o‘qituvchi 
    tomonidan tavsiya etilgan mavzularda haykallarni asliga o‘xshatib ishlaydilar. Bunda 
    o‘quvchilar tasviriy san’at mashg‘ulotlarining boshqa turlaridan orttirilgan bilim, 
    ko‘nikma va malakalariga tayanadilar.
    Haykaltaroshlik mashg‘ulotlarida o‘quvchilar loy yoki plastilinni dumaloqlash, 
    bosib yalpaytirish, siqimlab cho‘zish, ortiqcha qismlarini maxsus sidirgich yordamida 
    olib tashlash, stek bilan ishlash usullarini o‘zlashtiradilar.
    Haykaltaroshlik mashg‘ulotlarida ikki xil ish uslubi mavjud: 
    1. Yaxlit loy bo‘lagidan tasvir hosil qilish. 2. Alohida-alohida loy yoki plastilin 
    bo‘laklariga ishlov berish orqali haykal ishlash.
    To‘rtinchi sinfda bolalar haykaltaroshlik kompozitsiyasi bilan shug‘ullanishni 
    davom ettirib, uchinchi sinfdagiga qaraganda ancha murakkab vazifalarni hal qiladilar.
    Shunga ko‘ra to‘rtinchi sinfda “Futbolchi bola”, “Childirmachi va raqqosalar” 
    mavzusida haykaltaroshlikdan kompozitsiya ishlash belgilangan. Bularni bolalar 
    "Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor - 3.567 (SJIF)
    July 2022 / Volume 3 Issue 7
    www.openscience.uz / ISSN 2181-0842
    254


    yakka yoki guruh bo‘lib bajaradilar. Kompozitsiyadagi obrazlarga qarab guruhdagi 
    bolalar soni kam yoki ko‘p bo‘lishi mumkin.

    Download 234.27 Kb.
      1   2




    Download 234.27 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’quvchilarining badiiy tasavvurlarini rivojlantirishda tasviriy san’at mashg’ulotlarining ahamiyati

    Download 234.27 Kb.
    Pdf ko'rish