• Dilfuzaxon Abdullayevaning
  • O‘zbekiston tarixi




    Download 5.47 Mb.
    bet1/12
    Sana24.07.2023
    Hajmi5.47 Mb.
    #77210
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
    Bog'liq
    D.Abdullayeva ma\'ruzalar
    Reja Ijtimoiy pedagogikaning mazmuni, maqsad va vazifalari, Reference-315191100883 (3), KOREYA, NamQI yakuniy bilet, CHO’YAN OLISHDA KECHADIGAN ASOSIY FIZIK-KIMYOVIY JARAYONLAR, Состав нефти, Kuchaytirgichlar, ашяяя, 6-ma\'ruza, Etika. Estetika., 5-mavzu. Axborot-kommunikasiya texnologiyalari vositalarini ta’limiy maqsadlarda samarali va havfsiz ishlatishning pedagogik va ergonomik shart-sharoitlari, 1669565540, 72851-Matematikaning dolzarb masalalariga bag‘ishlangan ilmiy m, 1702923485

    O‘zbekiston tarixi” fanini o‘qitishda xorijiy tajriba va yutuqlardan foydalanish

    Guruhlarda hamkorlikda o‘qitish faoliyatini tashkil etish texnologiyasining mazmun mohiyati Hamkorlikda o‘qitish g‘oyasi turli mamlakatlardagi jumladan, Amerikadagi J.Xopkins universiteti professori R.Slavin (1990), Minnesot universiteti professorlari R.Jonson, D.Jonson (1987), Kaliforniya universiteti professori J.Aronson (1978), Isroildagi Tel-Aviv universiteti professori Sh.Sharan (1988) tomonidan ishlab chiqilgan.


    Amerika olimlari tomonidan ishlab chiqilgan hamkorlikda o‘qitish asosan talabalarda DTS va fan dasturida qayd etilgan bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirish, Isroil va Yevropa olimlari tomonidan tavsiya etilgan hamkorlikda o‘qitish yuqorida qayd etilganlar bilan bir qatorda, ko‘proq talabalar tomonidan o‘quv materialini qayta ishlash, loyihalash faoliyatini rivojlantirish, o‘quv bahsi va munozaralar o‘tkazishni nazarda tutadi. Mazkur g‘oyalar bir-birini to‘ldiradi, didaktik jihatdan boyitadi va bir-birini taqazo etadi. Hamkorlikda o‘qitish g‘oyasi didaktikada 1970-yillarda paydo bo‘lgan. Hamkorlikda o‘qitish texnologiyasi Buyuk Britaniya, Kanada, G‘arbiy Germaniya, Avstraliya, Niderlandiya, Yaponiya, Isroil mamlakatlari ta’lim muassasalarida keng qo‘llanila boshlagan. Hamkorlikda o‘qitishning asosiy g‘oyasi o‘quv topshiriqlarni nafaqat birgalikda bajarish, balki hamkorlikda o‘qishni o‘rganishdir. Hamkorlikda o‘qitish har bir o‘quvchini kundalik qizg‘in aqliy mehnatga, ijodiy va mustaqil fikr yuritishga o‘rgatish, shaxs sifatida ongli mustaqillikni tarbiyalash, har bir o‘quvchida shaxsiy qadr-qimmat tuyg‘usini vujudga keltirish, o‘z kuchi va qobiliyatiga bo‘lgan ishonchni mustahkamlash, tahsil olishda ma’suliyat hissini shakllantirishni ko‘zda tutadi. Hamkorlikda o‘qitish texnologiyasi har bir o‘quvchining tahsil olishdagi muvaffaqiyati guruh muvaffaqiyatiga olib kelishini anglagan holda muntazam va sidqidildan aqliy mehnat qilishga, o‘quv topshiriqlarini sifatli bajarishga, o‘quv materialini puxta o‘zlashtirishiga, o‘rtoqlariga hamkor bo‘lib, o‘zaro yordam uyushtirilishiga zamin tayyorlaydi. Hamkorlikda o‘qitish metodlari. O‘qituvchi ta’lim jarayonida hamkorlikda o‘qitish metodlaridan foydalanish maqsadida quyidagilarni: 3 – qaysi mavzularni hamkorlikda o‘qitish metodlaridan foydalanib o‘rganish mumkinligini aniqlashi va mazkur darslarni taqvim-rejada belgilashi; – ushbu mavzu bo‘yicha o‘quvchilarga tavsiya etiladigan o‘quv topshiriqlari va ularni bajarish yuzasidan ko‘rsatmalarni tayyorlashi; – hamkorlikda o‘qitish metodlaridan foydalanib o‘tiladigan dars turi, dars strukturasi va borishini loyihalashi; – o‘tgan va yangi mavzular yuzasidan o‘quvchilar bilimini nazorat qilish uchun test topshiriqlarini tuzishi kerak. Mazkur metodlardan foydalanganda shuni nazarda tutish kerakki, o‘quvchilar o‘z sheriklari bilan hamkorlikda o‘quv topshiriqlarni to‘g‘ri bajarishlari barobarida guruh a’zolarining faolligi, hamkorlikning vujudga kelishi, ular o‘rtasidagi muloqotda muloqot madaniyati tamoyillariga amal qilinishi ham hisobga olinadi. Shunday qilib, guruh a’zolari bir vaqtning o‘zida ikkita topshiriqni bajaradi: 1. Akademik topshiriq - bilish va ijodiy izlanish orqali o‘quv topshiriqlaridan ko‘zlangan maqsadga erishish; 2.Ijtimoiy-psixologik topshiriq - dars davomida yuksak muloqot madaniyatiga ega bo‘lish, odob osoyishtaligini saqlash; O‘qituvchi har ikkala topshiriqning yuqori saviyada bajarilishini nazorat qiladi. O‘qituvchi tarix ta’lim jarayonida hamkorlikda o‘qitish metodlaridan foydalanishi uchun ushbu texnologiyaning o‘ziga xos xususiyatlariga oid bilim, ko‘nikma va malakalarni, o‘quvchilarning mustaqil ishlari, o‘quv bahsi va munozaralarni samarali tashkil etish yo‘llarini egallagan, o‘quvchilarda esa darslik, ilmiy-ommabop adabiyotlar ustida mustaqil va ijodiy ishlash, o‘z fikrini qisqa va aniq bayon etish, fikrlarni asoslash va dalillash, mantiqiy fikr yuritish, o‘quv bahsi va munozaralarda faol qatnashish ko‘nikmalari shakllangan va ongli intizom vujudga kelgan bo‘lishi lozim. Hamkorlikda o‘qitish texnologiyasining bir nechta metodlari mavjud: Komandada (jamoada) o‘qitish (R.Slavin)da o‘quvchilar teng sonli ikkita komandaga ajratiladi. Har ikkala komanda bir xil topshiriqni bajaradi. Komanda a’zolari o‘quv topshiriqlarini hamkorlikda bajarib, har bir o‘quvchi mavzudan ko‘zda tutilgan bilim, ko‘nikma va malakalarni o‘zlashtirishiga e’tiborni qaratadi. Masalan, 9-sinf O‘zbekiston tarixi darsligidan “Jadidchilik harakati namoyondalari va ularning faoliyati” mavzusida jamoviy dars tashkil qilish mumkin.
    • Sinf ikki teng jamoaga bo‘linadi.
    • Jamoa berilgan mavzu yuzasidan birgalikda ishlaydi.
    • Umumiy taqdimot qilinadi.
    • Har bir jamoa a’zosi o‘z fikrini bildiradi.
    • Faoliyat o‘qituvchi tomonidan nazorat qilinadi va baholanadi.
    Hamkorlikda o‘qitish texnologiyasi mualliflaridan biri bo‘lgan R.Slavinning ta’kidlashicha, o‘quvchilarga topshiriqlarni hamkorlikda bajarish bo‘yicha ko‘rsatma berilishi etarli emas. O‘quvchilar o‘rtasida tom ma’nodagi hamkorlik, har bir o‘quvchining qo‘lga kiritgan muvaffaqiyatidan quvonish, birbiriga sidqidildan yordam berish hissi, qulay ijtimoiypsixologik muhit vujudga kelishi zarur. Mazkur texnologiyada o‘quvchilarning bilimlarni o‘zlashtirish sifatini aniqlashda ularni bir-biri bilan emas, balki har bir o‘quvchining kundalik natijasi avval qo‘lga kiritilgan natija bilan taqqoslanadi. Shundagina o‘quvchilar o‘zining dars davomida erishgan natijasi komandaga foyda keltirishini anglagan holda ma’suliyatni his qilib, ko‘proq izlanishga, bilim, ko‘nikma va malakalarni puxta o‘zlashtirishga intiladi. Kichik guruhlarda hamkorlikda o‘qitish.Bu yondashuvda kichik guruhlar 4 ta o‘quvchidan tashkil topadi. O‘qituvchi avval mavzuni tushuntiradi, so‘ngra o‘quvchilarning mustaqil ishlari tashkil etiladi. O‘quvchilarga berilgan o‘quv topshiriqlari 4 qismga ajratilib, har bir o‘quvchi topshiriqning ma’lum qismini bajaradi. Topshiriq yakunida har bir o‘quvchi o‘zi bajargan qism yuzasidan fikr yuritib, o‘rtoqlarini o‘qitadi, so‘ngra guruh a’zolari tomonidan topshiriq yuzasidan umumiy xulosa chiqariladi. O‘qituvchi har bir kichik guruh axborotini tinglaydi va test topshiriqlari yordamida bilimlarni nazorat qilib baholaydi. O‘quvchilarning kichik guruhlardagi o‘quv faoliyati o‘yin (turnir, musobaqa) shaklida, individual tarzda xam tashkil etilishi mumkin. Masalan, 9-sinf O‘zbekiston tarixi darsligidan “Rossiya podsholigining O‘rta Osiyoga istilochilik yurishi bosqichlari” mavzusida kichik guruhlarda dars tashkil qilish mumkin.
    • 1-guruh Birinchi bosqich – 1847 – 1865- yillar.
    • 2-guruh Ikkinchi bosqich – 1865 – 1868 -yillar.
    • 3-guruh Uchinchi bosqich – 1873 – 1879- yillar.
    • 4-guruh To‘rtinchi bosqich – 1880 – 1885- yillar.
    O‘quvchilar bilimlarni puxta egallashning yagona yo‘li o‘z hamkorining axborotini diqqat bilan tinglash ekanligini anglagan holda, mushohada yuritishga, kerakli ma’lumotlarni daftarga yozishga harakat qiladi. Bu erda o‘qituvchi faqat o‘quvchilarning mustaqil ishlarini tashkil etadigan tashkilotchi vazifasini bajaradi. Dars oxirida o‘qituvchi o‘quvchilarning bilim darajasini test topshiriqlari yordamida aniqlaydi. Har bir o‘quvchining bilimi sifatidagi o‘sish hisobga olinadi. 5 O‘quvchilar bilimi test savollari yordamida individual tarzda o‘tkazilib nazorat qilinadi va baholanadi. Guruh a’zolarining ballari jamlanadi, eng yuqori ball to‘plagan guruh g‘olib sanaladi. Xulosa qilib aytganda, o‘qitish jarayonining samaradorligi o‘qituvchi tomonidan o‘quvchilarning bilish faoliyatini o‘qitish vazifalari va maqsadlariga muvofiq tashkil eta olish ko‘nikmalarini egallaganlik darajasiga bog‘liq bo‘ladi.
    Furqat tuman 12-umumiy o’rta ta’lim maktabi ijtimoiy fanlar metodbirlashmasi rahbari Dilfuzaxon Abdullayevaning 1-chorakda ta‘lim va tarbiya jarayonini zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etishdagi faolligi yuzasidan ,,Tarix fanini o‘qitishda elektron darsliklar va tarixiy manbalardan foydalanish” mavzusida o’tgazgan davra suhbati haqida



    Download 5.47 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




    Download 5.47 Mb.