Metodbirlashma rahbari: D.Abdullayeva




Download 5.47 Mb.
bet9/12
Sana24.07.2023
Hajmi5.47 Mb.
#77210
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
D.Abdullayeva ma\'ruzalar
Reja Ijtimoiy pedagogikaning mazmuni, maqsad va vazifalari, Reference-315191100883 (3), KOREYA, NamQI yakuniy bilet, CHO’YAN OLISHDA KECHADIGAN ASOSIY FIZIK-KIMYOVIY JARAYONLAR, Состав нефти, Kuchaytirgichlar, ашяяя, 6-ma\'ruza, Etika. Estetika., 5-mavzu. Axborot-kommunikasiya texnologiyalari vositalarini ta’limiy maqsadlarda samarali va havfsiz ishlatishning pedagogik va ergonomik shart-sharoitlari, 1669565540, 72851-Matematikaning dolzarb masalalariga bag‘ishlangan ilmiy m, 1702923485
Metodbirlashma rahbari: D.Abdullayeva
Zamonaviy tarix darsi va unga qo‘yilgan talablar


Dars o‘quv va tarbiyaviy ishning asosiy tashkiliy shakli. Tarix kursi oldiga qo‘yilgan ta’lim – tarbiya vazifalarini amalga oshirishning eng muhim shartlaridan biri har bir sinfda o‘qitiladigan tarix kursining tutgan o‘rni, uning ta’lim-tarbiyaviy vazifalari, har bir bo‘lim va bo‘limdagi mavzular, hatto har bir darsda o‘tiladigan mavzuning ham juz’iy vazifalari oldindan aniq belgilab olingandan keyingina tarix o‘qitishga kirishish maqsadga muvofiq bo‘ladi. O‘rta ta’lim tizimida tarix o‘qitishning maqsad va vazifalarini muvaffaqiyatli amalga oshirish birinchi navbatda o‘qituvchining har bir darsning ta’lim-tarbiya vazifalarini oldindan aniq va to‘g‘ri belgilab ola bilishiga bog‘liqdir. Bu ham, o‘z navbatida, o‘qituvchining darsning ta’lim-tarbiya vazifalarini to‘g‘ri belgilash metodi va usullari haqidagi nazariy bilim va malakalarining darajasiga bog‘liqdir. O‘rta ta’lim tizimida tarix kursi oldiga qo‘yilgan ta’lim-tarbiya vazifalarini amalga oshirishning eng muhim shartlaridan biri har bir darsning ta’lim-tarbiya vazifalarini, shuningdek, uning boshqa darslar sismavzusida to‘tgan o‘rnini aniq belgilash va shu vazifalarni amalga oshirishdan iboratdir. Lekin har qanday tarbiyaviy vazifani ham, bir yoki bir necha darsda yoki sinfdan tashqari mashg‘ulotlarda o‘tkaziladigan ayrim tadbirlar vositasida batamom mukammal hal qilib bo‘lmaydi. Har bir tarix darsida va darsdan tashqari mashg‘ulotlarda tarix o‘qitish oldiga qo‘yilgan g‘oyaviy va tarbiyaviy vazifalarning qandaydir bir elementi amalga oshiriladi. Shuning uchun ham o‘qituvchi har bir tarix darsiga tayyorlanishda bu dars oldin o‘tilgan darslarning davomi, bu darsda hal qilinishi kerak bo‘lgan ta’lim-tarbiya vazifalari esa oldingi yoki kelgusi darslarda bajariladigan ta’lim va tarbiya vazifalarining ajralmas bir tarkibiy qismi ekanligini unutmasligi kerak. Ilmiy dunyoqarashniig asosini tashkil etuvchi muhim tushunchalarni o‘quvchilar asta sekinlik bilan, bir qancha darslar davomida o‘zlashtirib boradi, yangi tushunchalar keyingi dars materiallari asosida konkretlashib, yangi mazmun bilan boyiydi. Keyingi dars o‘quvchilarningavvalgi darslarda olgan bilimi, orttirgan malakalarini kengaytiradi, ularda yangi tushunchalarhosil qiladi. O‘quvchilar tarixiy protsesslarni keng va chuqurroq tushunadigan bo‘lib boradi. 3 O‘qituvchi har bir navbatdagi darsni rejalashtirar ekan, butun tarix kursining bir qismi bo‘lgan bu darsda ta’lim va tarbiya vazifalarining qaysi bo‘lagi yoki elementi qay darajada, qanday materiallar asosida va qaysi tomonini hal qilishi, o‘quvchilarni qanday umumiy xulosalarga olib kelishi, qanday tarixiy tushunchalarni aniqlashi yoki kengaytirishi, qanday yangi g‘oyalar tushuntirilishi, ularni qay tarzda tanishtirishi kerakligini puxta o‘ylab olishi zarur. O‘qituvchi butun tarix kursining ta’lim-tarbiya vazifalarini ayrim mavzularning ta’lim-tarbiya vazifalari bilan bog‘lab rejalashtirmog‘i kerak. Mavzular bo‘yicha rejalashtirish mavzularni o‘qitishning metodik sismavzusini ishlab chiqishga yordam beradi. Mavzular bo‘yicharejalashtirganda har bir mavzuning butun tarix kursida tutgan o‘rni va roli aniqlab olinadi. Material tanlash va uni izchillik bilan joylashtirish, darsda qo‘llaniladigan butun didaktik usullar va metodik vosita-larning hammasi darsning bosh g‘oyasiga, uning ta’lim va tarbiya vazifalarini hal etish maqsadiga bo‘ysundirilishi kerak. Shuning uchun ham har bir darsning bosh g‘oyasi va uning ta’lim-tarbiya vazifalarini aniqlash o‘qituvchining darsga tayyorlanishida eng muxim bosqichni tashkil qiladi. Tarix darsiga tayyorlanishning bu muhim bosqichi eng mas’u-liyatli bo‘lishi bilan birga,ishning eng qiyin tomoni hamdir. Tarix darslarining bosh g‘oyasini, uning ta’lim-tarbiya vazi-falarini aniq belgilash, ayniqsa, yosh, tajribasiz o‘qituvchilar uchun qiyin ko‘chadi. Ular ko‘pincha darsning ta’limiy vazifalari bilan tarbiyaviy vazifalarini aniq ajrata olmay, ularning birini ikkinchisi bilan aralashtirib yuboradilar yoki konkret dars materialini, uning mazmunini xisobga olmay, tarbiyaviy vazifalarni umumiy ravishda belgilash bilan cheklanib qo‘ya qoladilar. Bunday o‘kituvchilardan ko‘pincha, - shu darsingizda qanday muhim tarbiyaviy vazifalarni hal qilishingiz kerak edi, - degan savolga,- o‘quvchilarni milliy ruhda tarbiyalashni ko‘zda tutdim,— degan mazmundagi umumiy javob olinadi. Ko‘p yillik pedagogik amaliyot tajribasi shuni ko‘rsatadiki, o‘qituvchilar uchun darslarning maqsadini, ta’lim-tarbiya vazifalarini belgilash eng muhim, mas’uliyatli ish bo‘lish bilan birga, chuqur bilim, malaka va mahoratni talab qiladigan juda murakkab ishdir. Binobarin, yuqori malakali tarix o‘qituvchilarini tayyorlashda bu muhim masalaga alohida e’tibor berish talab qilinadi. Tarix darslarining g‘oyaviy mazmunini, uning ta’lim-tarbiyaviy vazifalarini belgilashdanimalarga e’tibor berish kerak? Avvalo shuni aytish kerakki, tarix darslarining g‘oyaviy mazmuni, ta’limtarbiya vazifalari tarix programmasida berilgan material mazmuniga qarab belgilanadi. O‘qituvchi darsda tarixiy voqealar va ayrim faktlarni bayon qilar ekan o‘quvchilar uchun ularni bilishning qanday ahamiyati borligini jiddiy o‘ylab ko‘rishi, eng muxim va xarakterli tarixiy faktlarni ayniqsa kengroq qilib gapirib va 4 tahlil; qilib berishi, voqealarning mohiyati, uning qonuniyatlari va tarixiy ahamiyatini ochib ko‘rsatishi lozim. Zamonaviy tarix darsi, unga qo‘yiladigan talablar. Tarix darslarining asosiy mazmunini tashkil etuvchi tarixiy voqeaning mohiyatini, uni keltirib chiqargan sabablarini, uning qonuniyatlari, ahamiyati va natijalarini chuqur o‘rganish asosidagina darsning g‘oyaviy mazmunini, ta’lim-tarbiya vazifalarini to‘g‘ri va aniq belgilash mumkin. O‘qituvchi tarix darsining mazmuni, ta’lim-tarbiyaviy vazifalarini belgilashda tarixiy asarlari va davlat hujjatlariga asoslanib ish ko‘rishi kerak. Davlatining hujjatlari tarixo‘qitishning nazariy va metodologik asosini tashkil etadi.Asarlar yuqoridagi namunalarda keltirilganidek, ba’zi mavzularnigina emas, balki butuntarix kursining mazmuni, ta’lim-tarbiya vazifalarini belgilashda o‘qituvchi uchun asosiymetodologik manba bo‘lib xizmat qiladi. Shuningdek, darsda ulardan foydalanish o‘qitishningg‘oyaviy, ilmiy-nazariy saviyasini oshirishga yordam beradi. Mavzuni zamonaga bog‘lab o‘rganish uning mazmunini chuqurroq anglab olishga yordam beradi, mavzuni o‘rganishga ko‘proq qiziqtiradi, uni aktuallashtiradi, darsning ta’lim-tarbiyaviy ahamiyatini oshiradi. Tarixni hozirgi zamon bilan bog‘lash uchun avvalo, butun kishilik jamiyati tarixini ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti va almashinib turishi muqarrar ekanligi haqidagi bayon qilib. Tarix darslarining g‘oyaviy mazmuni ta’lim-tarbiya vazifalarini belgilashda tarix o‘quv dasturining uqtirish xati ham katta ahamiyatga egadir. Bu xatda tarix kursining ta’lim-tarbiyadagi roli, vazifalari va mazmuni aniq ko‘rsatib berilgan. Shuning uchun ham har bir darsga tayyorlanishdaDTS va o‘quv dasturining uqtirish xatidagi ko‘rsatmalar nazarda tutiladi. Tarixdan metodik qo‘llanmalar hamda maxsus metodik adabiyotlar ham katta rol o‘ynaydi.O‘qituvchi tarix darslarining ta’lim-tarbiya vazifalarini belgilashda albatta ulardan foydalanishikerak.To‘g‘ri, tarixning hamma bo‘limlari bo‘yicha ham darslarning ta’lim-tarbiya vazifalarinianiq belgilab olishga yordam beruvchi ko‘rsatmani topish qiyin. Shuning uchun bu sohada har bir o‘qituvchi shaxsan o‘z tajribasi, ijodiga tayanishi kerak bo‘ladi. Darsga puxta tayyorgarlik ko‘rish, uning ta’lim-tarbiya vazifalarini to‘g‘ri va aniq belgilab uyg‘unlashtirib olib borishning o‘zi kifoya qilmaydi. Muhitning metodik vosita darsda ta’limtarbiyani uyg‘unlashtirib borishga yordam beradigan metod va vositalardan to‘g‘ri, o‘rinlifoydalana bilishdir. Tarix o‘qitishda ta’lim bilan tarbiyani uyg‘unlashtirib borishga yordam beradigan metod vavositalar nimalardan iborat? Tarix bilimlarining tarbiyaviy ta’siri shu bilimlarning qay daraja tarixiy faktlarga asoslanganligi va ularni darsda ishonchli hamda emotsional tarzda ochib berilishiga bog‘liqdir. O‘quvchilar tarixiy faktlarning to‘g‘riligini tushunib 5 borishlari va faktlar asosida chiqarilganxulosalar ular uchun ishonchli bo‘lmog‘i lozim. Shuningdek, o‘quvchilar bayon etilganfaktlarning shu jihatdan to‘g‘riligiga komil ishonch hosil qilishlari ham zarur.Tarix o‘qitishning muhim vazifasi — tarixiy hodisalarga berilgan ilmiy baholarni vao‘rganilayotgan material yuzasidan chiqarilgan boshqa xulosalarni o‘kuvchilarga ishonarli qilibtushuntirib berishdan iboratdir. Ma’nosini yaxshi tushunmasdan yodlab olingan xulosalar o‘quvchilar uchun ishonarli bo‘lmaydi, tafaqur bilan, emotsional kechinmalari natijasida, tushunib, bi-lib olingan xulosalar ishonarli bo‘ladi. Tarix ilmi o‘quvchilarning tarixiy faktlarga, xalqlarning faoliyatiga, ijtimoiy sinflarning namoyandalariga, ijtimoiy ideologiya va shu kabilarga emotsional munosabatini uyg‘otadi. Tarixiy bilimlarni o‘zlashtirishning emotsionalligi bilimlarning puxta egallanishida, tarixga qiziqishni oshirishda, tarixiy faktlarni tahlil qilish va umumlashtirishda, bu bilimni o‘rganishda, umuman o‘quvchilarning faolligini kuchaytirishda muhim o‘rin tutadi. Tarix darslari mavzularining uzviyligi va didaktik jihozlanishi. O‘qituvchi tarix fanining bugungi kun talablari va o‘rta ta’lim tizimida tarixi kursining maqsad, vazifalariga javob beradigan eng muhim tarixiy faktlarni tanlay bilishi, ularni o‘quvchilar ongiga jonli va obrazli qilib yetkaza bilishi lozim. O‘quvchilar ko‘z o‘ngida o‘tmish va hozirgi zamon voqealari to‘g‘risida jonli va yorqin tasavvur hosil qila bilish, ularda emotsiya uyg‘o-tish, ijtimoiy hayotning yaxlit manzarasini gavdalantirish, bi-limlarni ongli va puxta o‘zlashtirishning muhim shartlaridan-dir. Shunga erishish keraqi, har bir ayrim va hatto qisqacha bayon qilingan tarixiy fakt, har bir geografik nom va shaxslar-ning faoliyati ham konkret obrazlar yordamida o‘rganiladigan bo‘lsin. Obrazli tasvir, obrazli bayon o‘quvchilarbilimining ilmiy va puxta bo‘lish shartlaridan biridir. O‘rta ta’lim tizimida tarix kursining maqsadi, ta’lim-tarbiyaviy vazifalari va mazmunini bilish tashkiliy formasi uchun tarix o‘qitishning ilmiy asoslarini egallab olishning o‘zi kifoya qilmaydi.Tarix kursini o‘qitish, uni o‘quvchilarning o‘rganishi ham darsda va darsdan tashqaridagi mashg‘ulotlarda ham davom etadi. O‘rta ta’lim tizimida va ta’lim-tarbiya ishlarining asosiy tashkiliy formasi darsdir. Zotan, tarix darslari tizimida har bir darsning tutgan o‘rni va ahamiyatini to‘g‘ri belgilash, darsning ilmiyligi va g‘oyaviyligini ta’minlash, bilish qonuniyatlari va maqsadga muvofik, o‘quv formalari hamda o‘quvchilarning o‘quv ishini turi tashkil etishga yordam beradigan, unga mos pedagogik jarayonni ilmiy asosda tashkil etish aloxida akamiyatga egadir. Tarix darslarini turlarga bo‘lish problemasitarix o‘qitish metodikasi taraqqiyotining bosqichlarida metodistlar tomonidan turlicha hal etibkelindi. Darslarni turlarga bo‘lish masalasida ikki asosiy yo‘nalish mavjud edi: birinchi yo‘nalish tarafdorlari o‘qitish jarayonining qonuniyatlariga asoslanib, 6 darslarni turlarga ajratadilar. Ularning fikricha, darslarni turlarga bo‘lishda, ularga xarakteristika berishda ko‘proq O‘rta ta’lim tizimida tarix kursi mazmunini o‘zlashtirish jarayonining u yoki bu zvenosiga asoslaniladi. Darslarni turlarga bo‘lishning bu printsipini S.V.Ivanov birmuncha to‘laishlab chiqqan edi. Ikkinchi yo‘nalishning vakillaridan biri I.N.Kazantsevdir. Ular dars turlari klassifikatsiyasiga asosan darsni o‘tkazish usullarini asos qilib oladilar. Tarix o‘qitish metodikasi sohasida prof. V.N.Bernadskiy ham tarix darslari klassifikatsiyasiga metodik usullarni asos qilib oladi va tarix darslarini quyidagi turlarga bo‘ladi: O‘rta ta’lim tizimida lektsiyasi, hikoya qilib berish darsi, tarixiy hujjatlarni tahlil qilish, badiiy adabiyotlardan foydalanish darsi, o‘quvchilarning dokladlariga asoslangan dars, prezident asarlarini o‘qish va tahlil qilish darsi, kino darsi, ekskursiya materiallari asosida o‘tkaziladigan darslar va hokazo. Shuningdek, V.N.Bernadskiy turli usullar yordamida o‘tkaziladigan umumlashtiruvchi takrorlash darslarini ham alohida gruppalarga bo‘ladi. Biroq, A.A.Vagin o‘sha asarida asosli ravishda ta’kidlaganidek, dars turlari klassifikatsiyasiga, dars o‘tkazishning metodik usullarini asos qilib olib bo‘lmaydi. Chunki dars o‘tkazish metodi ham, dars turlari ham uning mazmuni va ta’lim qonuniyatlari bilan belgilanadi, tanlangan o‘qitish metodi va dars tipi o‘z navbatida uning g‘oyaviy mazmuni, ta’lim-tarbiya vazifalarini ado qilishga xizmat etadi. Shunga qaramay V.N.Bernadskiy tomonidan tavsiya qilingan dars turlari, o‘sha davr uchun juda katta ahamiyatga ega bo‘ldi, negaki, tarix darslarini xilma-xil strukturada o‘tkazish mumkinligini ko‘rsatib berdi. Darsliklarda to‘lib-toshib turgan faktik materiallardan o‘qituvchi dars davomida arangfoydalanib ulgurar edi. Dars vaqti o‘tgan mavzuni so‘rash, yangi mavzuni bayon etish, mustahkamlash va uyga vazifa berishga yetardi, xolos. Xullas, ta’limning hamma protsesslari shoshma – shosharlik bilan o‘tardn. O‘quvchilarning materialni puxta o‘zlash-tirishni va malaka hosil qilishning muhim manbai va vositasi bo‘lgan hujjatlar va ko‘rsatmali qurollar ustida olib boriladigan mustaqil ishlarni qilishga vaqt yetishmas edi. Ayni vaqtda o‘quvchilarning mustaqil ishlarini tashkil etish uchun zarur qo‘llanmalar va tarixiy hujjatlardan iborat to‘plamlarning yetarli emasligi, darsliklarning metodik ko‘rsatmalarida savol va topshiriqlar berilmasligi ham darsda o‘quvchilarning aqliy faoliyatini aktivlashtirish, mustaqilligini o‘stirish ishini qiyinlashtirar edi. O‘zligini anglashga intilgan har bir xalq o‘tmishini bilishi zarur. Tarixni o‘rganish umuminsoniy qadriyatlarning mohiyatini anglab yetish uchun, barcha xalqlarning umumjahon tarixiy jarayonida qatnashib, jahon madaniyati hazinasiga qay darajada hissa qo‘shganligini bilish uchun ham muhimdir. Yoshlarni tarixdan oladigan bilimlarini takomillashtirishning usullari turlichadir. Jumladantarix o‘qitish samaradorligini oshiradigan vositalardan biri 7 darsda arxiv materiallaridanfoydalanishdir. Dars o‘quv jarayonining asosiy bo‘g‘ini sifatida yoshlarga fan asoslarinio‘rgatishda muhim o‘rin tutadi. Metodist P.S.Leybengrub ta’limning asosiy tashkiliy formasi bo‘lgan dars tuzilishi jihatidan tor sxemaga, qat’iy bir qolipga tushib qolganligi tarix o‘qitish oldiga qo‘yilgan vazifalarni muvaffaqiyatli amalga oshirishni qiyinlashtirayotganini, ayni vaqtda bu hol o‘qitishda har xil metod va usullardan foydalanishga to‘sqinlik qilayotganini, o‘quvchilarning darsga qiziqishini ham pasaytirayotganini to‘g‘ri ta’kidladi. Tarix darsining quyidagi 4 ta tipini tavsiyaetdi: Ta’lim jarayonining barcha elementlarini o‘z ichiga olgan, 1) aralash dars; 2) to‘liq yoki qisman yangi mavzuni o‘rganishga bag‘ishlangan dars; 3)umumlashtiruvchi — takrorlash darsi; 4) bilimlarni tekshirish va hisobga olish darsi. Shuni aytish kerakki, P.S.Leybengrub shu masalaga bag‘ishlangan asarlarida ham O‘rta ta’lim tizimida i tajribasida ilg‘or o‘qituvchilar qo‘llanib kelayotgan dars turlarining hammasini ko‘rsatmagan bo‘lsada bu masalani o‘rtaga qo‘yib, matbuot sahifasida munozara boshlab berishi g‘oyat foydali ish bo‘ldi. Shundan so‘ng, 1957 yilda A.Vaginning tarixdarslari turlariga bag‘ishlangap risolasi e’lon qilinadi. Avtor bu risolasida V.G.Kartsev va P.S.Leybengrublar ko‘rsatganidek, tarix darslarining turlari to‘rtta emas, balki ko‘pligini, ularni turli formalarda olib borish zarurligini pedagogik jihatdan isbotlab berishga harakat qiladi. Darslar mohiyatiga qarab turlarga ajratiladi. Tarix darslarining mohiyatini ta’lim jarayonitashkil qiladi. Demak, ta’lim jarayonining ob’ektiv qonuniyatlariga asoslanib, tarix darslarini turlarga bo‘linishi masalasini to‘g‘ri hal qilish mumkin. Darsning har xil turlariga xarakteristika berishda o‘quvchilarni tarixiy voqealarni idrok qilishga tayyorlash, materialni tahlil qilishga, asosiy tarixiy faktlar, tushunchalar va qonuniyatlarni anglab olishga, umumlashtirishga, olgan bilimlaridan zarur paytda foydalanishga o‘rgatish kabi ta’lim jarayonlari e’tiborga olinadi. Tarixdarslarini turlarga bo‘lishda uning bir turini boshqa turlaridan ajratib qarash yaramaydi. O‘qituvchi o‘quv materialini bayon qilish jarayonida uni tahlil qilib boradi vaumumlashtiradi. Biroq, ba’zi murakkab mavzular va bo‘limlar yuzasidan maxsus tahlil qilish darslari, tarix kursining g‘oyaviy mazmuni, ta’lim qonuniyatlari bilan bog‘lab maxsus umumlashtiruvchi – takrorlash darslari o‘tkaziladi. Har bir darsda, o‘quvchilarda xarita, har xil kartinalar, illyustratsiyalar ustida ishlash, jadvallar, reja va konspekt tuzish ko‘nikma va malakalari hosil qilish
yuzasidan ish olib boriladi. Demak, o‘qitishning ilmiy asosda tashkil qilinishi o‘qituvchining darsda 8 har xil vazifalarni muvaffaqiyatli bajara bilishiga bog‘liq. Tarixo‘qitish tarixiy voqealarni bayon qilib berish va uni navbatdagi darsda so‘rashdan iborat emas.O‘qituvchi o‘quvchilarni tarixiy voqealar ustida mustaqil fikrlashga, o‘rganilgan tarixiymateriallardan tegishli xulosalar chiqarib olishga, uni umumlashtirishga, mavzular va umumankursning asosiy masalalarini puxta o‘zlashtirib olishga, turli matnlar, xaritalar bilan mustaqil ishlay bilishga, reja, konspekt, xronologik va sinxronistik jadvallar tuzishga, ma’ruza vareferatlar tayyorlashga, diagrammalar mazmunini tushunishga o‘rgatishi lozim. Dars turlari. Dars turlariga xarakteristika berishda ta’lim jarayonining qonuniyatlari, uning asosiy bosqichlari (o‘quvchilarni tarixiy voqealarni idrok etishga tayyorlash, material bilan tanishtirish, uni tahlil qilish, umumlashtirish, mustahkamlash, ko‘nikma va malakalar hosil qilish, olgan bilimni ishga solishga o‘rgatish va tekshirish) asos qilib olinadi. Tarixni o‘rganishning har bir bosqichi materialning mazmuniga qarab, o‘ziga muvofiq shakl oladi. Tarix darsining turi o‘rganilayotgan mavzuning g‘oyaviy mazmuniga va o‘quv-ta’limiy va tarbiyaviy vazifalariga qarab belgilanadi. Binobarin, ta’lim qonuniyatlarini amalga oshirish va mavzuni o‘rganishda foydalaniladigan dars turlarini unga muvofiqlashtirib borishning aniq usullari tarix dasturi materialining mazmuniga qarab belgilanadi. Maktabda tarix o‘qitishning maqsadi, ta’lim – tarbiyaviy vazifalari va mazmunini bilish uchun tarix o‘qitishning ilmiy asoslarini egallab olishning o‘zi kifoya qilmaydi. Tarix fannnio‘qitish uchun, uni o‘quvchilarning o‘rganishi ham darsda, ham darsdan tashqarimashg‘ulotlarda davom etadi. Maktabda ta’lim - tarbiya ishlarining asosiy tashkiliy shakli darsdir. Binobarin, tarix darsining o‘quvchilarga bilim berish, ularni vatanparvar ruhda tarbiyalash va komil inson bo‘lib yetishishidagi orni beqiyosdir. Shuni alohida qayd etib o‘tish lozimki, O‘zbekiston Respublikasi tarix darsiga bo‘lgan umumiy psdagogik va didaktik talablar asosida zamonaviy dars variantlarini eksperimental tajribalar asosida ishlab chiqish shu kunga qadar biron tadqiqotchi olim yoki amaliyotchi o‘qituvchining ilmiy izlanish ob’yekti bo‘lmagan. Zamonaviy tarix darsiga bo‘lgan talab nima bilan belgilanadi? Tarix ta’limi davomida o‘quvchi yoshlarni tarixiy bilim va ko‘nikmalar bilanqurollantirib, ularni o‘tmishda va bugungi kunimizda sodir bo`layotgan ijtimoiy hodisalarinito‘g‘ri baholash va xulosalar ilmy – uslubiy va didaktik jihatdan to‘g‘ri tashkil etilgan tarixta’limi dars jarayonida samara beradigan turli – tuman shakl va usullardan foydalanishni taqozoetadi. Tarix o‘qitish deganda faqatgina o‘qituvchini voqealar to‘g‘risidagi hikoyasini tinglash – u, kelgusi darsda uni o‘quvchilardan so`rashgina emas, balki, tarix o‘qitish jarayonida biz o‘quvchilarimizni fikrlash va tarixiy voqealarini tahlil 9 etish, o‘rganilayotgan tarixiy material asosida xulosalar chiqarish va ularni umumlashtirish, tafakkur etish, o‘rganilayotgan hamma mavzular va kursning yetakchi g`oyalarini ongli ravishda mustahkam o`zlashtirib olish, ularni tarixiy hujjatlar ustida mustahkam ishlab, rejalar va konspekt, xronologik va sinxronologik jadvallar tuzishga, ularni tahlil etishga, qisqacha ma’ruzalar tayyorlashga, tarixiy xaritalar bilan ishlash va to‘g‘ri tarixiy mo`ljal olishga qunt bilan o‘rgatish jarayoniga aytiladi. Bugungi kunda o‘quvchilarni o‘qishga qiziqishlari borasida turlicha yondashish, qiziqishlarini bir xil emasliklari yaqqol ko‘zga tashlanmoqda. Ularni o‘rab turgan ijtimoiy muhit o‘quvchi yoshlarimiz dunyoqarashlarida o‘z tamg‘alarini qoldirmoqda. Bunday sharoitda tarix o‘qituvchisining vazifasi sinfda mavjud bo‘lgan barcha o‘quvchilar diqqat – e’tiborlarini ularga nisbatan diferensiatsiya usulini qo‘llab, bir vaqtda ularning hammalari uchun maqbul bo‘lgan tarixiy materilni bayon qilish bilan, ikkinchi tomondan har bir o‘quvchining qiziqishlarini hisobga olgan holda unga individual yondashmoqqa harakat qilmog‘i kerak. Dars jaryonida o‘quvchilar faoliyatiga differensial yondashuv qanday nazorat etilsa,ularning uy vazifalarini bajarishlarini nazorat etish ham shunday amalga oshirib borilmog‘i kerak. Shuni aloxida takidlab o‘tish lozimki, tarix darsining mazmuni mustaqil O‘zbekiston Respublikasining yoshlar orasida olib boriladigan mafkuraviy ishlar vaznfalariga mos kelishi, tarix o‘rganishning turmush bilan aloqasini bog‘langanligida, O‘zbekiston kelajagi buyuk davlat bo‘lishini nazariy va amaliy ishlar bilan bog‘lab olib borishga yo‘naltirilgan bo‘lmog‘i kerak. Tarix darslari samaradorligini oshirib borish uchun o‘qituvchi tarix fanining rivojlanib borishini doimiy ravishda kuzatib bormog‘i lozim. Ayniqsa, yuqori sinf o‘quvchilarini tarixdan chop etilayotgan yangi asarlar mazmuni bilan tanishtirib borishlari o‘quvchi yoshlarda tarixni o‘rganishga bo‘lgan qiziqishlarini yanada o‘sishiga olib keladi.

Download 5.47 Mb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Download 5.47 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Metodbirlashma rahbari: D.Abdullayeva

Download 5.47 Mb.