• Metodbirlashma rahbari: D.Abdullayeva “O‘zbekiston tarixi” faniga oid to‘garaklarni tashkil etish: muammo va yechimlar, zamonaviy fan hamda texnologiya yutuqlardan foydalanish
  • Dilfuzaxon Abdullayevaning
  • O‘zbekiston tarixi




    Download 5.47 Mb.
    bet6/12
    Sana24.07.2023
    Hajmi5.47 Mb.
    #77210
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
    Bog'liq
    D.Abdullayeva ma\'ruzalar
    Reja Ijtimoiy pedagogikaning mazmuni, maqsad va vazifalari, Reference-315191100883 (3), KOREYA, NamQI yakuniy bilet, CHO’YAN OLISHDA KECHADIGAN ASOSIY FIZIK-KIMYOVIY JARAYONLAR, Состав нефти, Kuchaytirgichlar, ашяяя, 6-ma\'ruza, Etika. Estetika., 5-mavzu. Axborot-kommunikasiya texnologiyalari vositalarini ta’limiy maqsadlarda samarali va havfsiz ishlatishning pedagogik va ergonomik shart-sharoitlari, 1669565540, 72851-Matematikaning dolzarb masalalariga bag‘ishlangan ilmiy m, 1702923485
    MA’LUMOT

    2 023-yil 12-dekabr kuni metodbirlashma a’zolari bilan ta‘lim va tarbiya jarayonini zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etish bo’yicha ,, O‘zbekiston Respublikasida ta’lim sohasida olib borilayotgan davlat siyosati, ta’limga oid va bola huquqlari to‘g‘risida qabul qilingan normativ hujjatlar mazmun-mohiyati” mavzusida o’quv seminar tashkkillandi. O’quv seminarda metodbirlashma rahbari D.Abdullayeva Hozirgi kunda pedagoglarning huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirishda, eng avvalo, taʼlim-tarbiyaning tizimli va uzviy ravishda olib borilishiga alohida eʼtibor qaratish, ularga huquqiy ong va huquqiy madaniyatni chuqur singdirish, taʼlim sohasiga oid qabul qilingan maʼyoriy hujjatlarning mazmun-mohiyatini keng targʻib qilish asosiy masalalardan bir hisoblanadi. Shu sababli ular normativ-huquqiy hujjatlarini bilishi va kasbiy faoliyatida foydalana olish koʻnikmalariga ega boʻlishlari lozimligini aytib o’tdi.


    .


    Metodbirlashma rahbari: D.Abdullayeva
    O‘zbekiston tarixi” faniga oid to‘garaklarni tashkil etish: muammo va yechimlar, zamonaviy fan hamda texnologiya yutuqlardan foydalanish

    To‘garaklarni tashkil etish ahamiyati Sinfdan tashqari tarbiyaning asosiy maqsadi o‘quvchilarni iloji boricha ko‘proq to‘garak ishlariga jalb etib, ularning dunyoqarashini har tamonlama rivojlantirish, badiiy didini, tabiatga, ona Vatanga bo‘lgan mehr-muhabbatini, o‘z milliy tarixi bilan faxrlanish xissi oshirishdir. Mazkur maqsadni amalga oshirishda maktablarda darsdan tashqari to‘garak ishlari olib boriladi. Milliy g‘oya, milliy va umumbashariy qadriyatlarga asoslangan demokratik tamoyillarni amalda qaror toptirish, inson huquqlari va qadr-qimmatini ulug‘lovchi, Vatanga sadoqatli, yuksak ma’naviyatli yoshlarni tarbiyalashga qaratilgan tadbirlarni quyidagi tamoyillarga asoslanib o‘tkazish: – yoshlar ongi va qalbini loqaydlik, befarqlik kabi illatlardan forig‘ etish; –o‘quvchilarda barcha ko‘rinishdagi salbiy holatlarga qarshi kurashuvchanlik ruhini yaratish va rivojlantirish; – yoshlarning ongi va siyosiy madaniyati darajasini hamda ilmiy salohiyatini yuksaltirish asosida ularning demokratik jarayonlar kirishuviga ko‘maklashish. Global fikrlaydigan o‘quvchilarni tayyorlash sohasida: –yoshlarni mustaqil bilim topish jarayonida aqliy quvvatlari va vaqtlarini samarali sarflashga o‘rgatish; – milliy qadriyatni yaxshi bilgan va ularni e’zozlagan hamda jamiyat ichida qabul qilingan axloq va odob normalariga rioya qilishga o‘rgatish. Sinfdan tashqari mashg‘ulotlarning asosiy maqsadlaridan biri o‘quvchilarda o‘z davlati tarixiga qiziqishni rivojlantirishga intilishdir.


    Tarix fanidan sinfdan tashqari ishlarning asosiy vazifalariga quyidagilar kiradi: •o‘quvchilarning tarixiy materialni izlashda mustaqilligini rivojlantirish;
    •sinfdan tashqari ishlarning asosiy shakllari orqali ijodiy fikrlash va qobiliyat;
    •milliy tarixga bag‘ishlangan tadbirlarda o‘quvchilarda vatanparvarlik tuyg‘usini tarbiyalash;
    •turli tarixiy davrlarning voqealari, tarixiy shaxslari, madaniyati va hayotini o‘rganishga intilishni chuqurlashtirish;
    •o‘z Vatani tarixi qadrlash va asrashga o‘rgatishdan iborat.
    Fan to‘garaklari yo‘nalishi, mazmuni, ish metodi, o‘qish vaqti va boshqa jihatlari bilan ajralib turadi. Ular o‘quvchilarning qiziqish va qobiliyatlarini rivojlantirish, o‘qishga ijobiy munosabatni shakllantirishga yordam beradi. To‘garaklar o‘qishni hayot bilan aloqasini kuchaytiradi, fanlararo bog‘liqlikni rivojlantiradi. Fan to‘garaklarida o‘quvchilarning ishlari o‘quv jarayonini faollashtiradi, o‘qish sifatini oshirishga yordam beradi.Shundan kelib chiqqan holda, har bir darsdan tashqari mashg‘ulotlarga DTS tomonidan o‘rnatilgan talablar mavjud.
    Davlat talablarining maqsadi:
    •maktabdan tashqari ta’lim tizimi faoliyatini mamlakatning ijtimoiy vaiqtisodiy taraqqiyoti istiqbollari, jamiyat ehtiyojlari, fan texnika yutuqlariga asosanyo‘lga qo‘yish: •ta’lim va kadrlar tayyorlash sohasida shaxs, jamiyat va davlat manfaatlarini himoya qilish; •sifatli kadrlar tayyorlash tizimini rivojlantirish;
    •o‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish orqali ularning kasb hunar sirlarini o‘rganishga bo‘lgan qiziqishlarini rivojlantirish;
    •o‘quvchilarning intellektual va jismoniy rivojlanishi, milliy madaniyat vaumuminsoniy qadriyatlar bilan tanishtirilishini ta’minlash; Davlat talablarining vazifalari: •o‘quvchilarga ta’lim va tarbiya berish uchun har tomonlama yondashuvnita’minlash; •o‘quvchilarga o‘zlarining maktabdan tashqari ta’lim bo‘yicha nazariy vaamaliy bilimlarini shakllantirishda yordam berish;
    •har bir o‘quvchining bilim darajasi va ijodiy imkoniyatlarini aniqlash va rivojlantirish;
    •o‘quvchilarni o‘qitish va tarbiyalash sifatini yaxshilash maqsadida o‘quvtarbiya va uslubiy ishlarni takomillashtirish;
    •o‘quvchilar o‘z qiziqishlari bo‘yicha kasb hunarning boshlang‘ich sir lariniegallashlarida ota onalarga ko‘maklashish;
    •o‘quvchilarning mustaqil bilim olishlari va ijodiy mehnat qilishlariga shartsharoitlar yaratish; •maktabdan tashqari ta’lim sifatini yanada oshirish;
    •maktabdan tashqari ta’lim to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa vazifalarning amalga oshirilishini ta’minlashdan iborat. Maktabdan tashqari ta’lim o‘quvchilarning qiziqish va xohishlariga muvofiq ularning darsdan bo‘sh vaqtlarida amalga oshiriladi hamda o‘quv-tarbiya jarayonini to‘ldiradi.
    Maktabdan tashqari ta’limga quyidagi yo‘nalishlarda Davlat talablari qo‘yiladi:
    •madaniy – estetik yo‘nalish;
    •ilmiy yo‘nalish;
    •texnik yo‘nalish;
    •sport yo‘nalishi;
    •tajriba – naturalistik yo‘nalishi;
    •sayyohlik – o‘lkashunoslik yo‘nalishi. Ilmiy yo‘nalishda fan asoslari bo‘yicha qo‘shimcha ta’lim beriladi hamda fanlar va tillarni o‘rgatish uchun to‘garak va kurslar tashkil etiladi.
    Ilmiy yo‘nalishda ta’lim oluvchilar o‘z to‘garaklariga mos ravishda quyidagilar haqida bilim, ko‘nikma va malakalarga ega bo‘lishlari lozim:
    •fan nazariyalari va ularning ilmiy asoslari;
    •fanlarning rivojlanishida hissa qo‘shgan buyuk vatandoshlarimiz va jahon mutafakkirlari;
    •mohir kasb-hunar egasi va mutaxassis bo‘lib etishishida fanlarning o‘rni va ularning o‘zaro bog‘liqligi;
    •fan asoslari bo‘yicha olgan qo‘shimcha bilimlaridan amaliyotda foydalana olish va boshqalar. O‘lkashunoslik turkumi bo‘yicha “Yosh o‘lkashunos”, “Tarixiy o‘lkashunoslik”, “Yosh muzeyshunos” va shu kabi boshqa to‘garaklar tashkil etiladi.
    O‘lkashunoslik turkumida ta’lim oluvchilar o‘z to‘garaklariga mos ravishda quyidagilar haqida bilim, ko‘nikma va malakalarga ega bo‘lishlari lozim:
    •o‘lkaning ijtimoiy-iqtisodiy geografiyasi;
    •o‘lkaning yirik geografiya, tarix, biologiya, arxeologiya, muzeyshunoslik va adabiyot fanlarining etuk namoyandalari;
    •o‘lkaning joy nomlari, qadimgi va ayni paytdagi tabiiy geografik sharoiti (geologik tuzilishi, relefi, iqlimi, suv resurslari, o‘simlik va hayvonot olami, tuproqlari);
    •o‘lkaga oid tarixiy va geografik xaritalar; o‘z o‘lkasidagi tog‘ tizmalari va cho‘qqilari;
    •o‘z o‘lkasidagi tabiiy resurslar hamda ulardan oqilona foydalanish;
    •o‘lkadagi shoir va yozuvchilarning hayoti va ijodi; •mavjud sheva va lahjalar; muzeylarning shakllari va turlari;
    •muzey ashyolari va kolleksiyalari tasnifi;
    •muzey kolleksiyalarini saqlash;
    •o‘lkadagi muzeylar va aholiga xizmat ko‘rsatish tartibi;
    •maktab muzeylarini tashkil etish;
    •milliy muzey fondi va davlat katalogi; •muzeylar va muzeyshunoslik ishlarini tashkil etish;
    •adabiy, tarixiy o‘lkashunoslik muzeylarini tashkil etish uchun qo‘lyozmalar, toshbosmalar, bosmaxonalarda chop etilgan jurnal, gazeta, kitob, albom va boshqa materiallarni to‘plash. To‘garaklar va maktabdan tashqari ta’lim uchun ajratilgan o‘quv yuklamasi hajmi 6 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun to‘garak mashg‘ulotlari haftalik va yillik o‘quv yuklamasining eng kam hajmi quyidagicha: •barcha yo‘nalishlar bo‘yicha haftalik o‘quv yuklamasining eng kam hajmi birinchi o‘quv yilida 4 akademik soatni, keyingi o‘quv yillarida 6 akademik soatni tashkil etadi; •barcha yo‘nalishlar bo‘yicha yillik o‘quv yuklamasining eng kam hajmi birinchi o‘quv yilida 144 akademik soatni, keyingi o‘quv yillarida 216 akademik soatni tashkil etadi; •6 yoshdagi bolalar uchun to‘garak mashg‘ulotlari 35 daqiqa davomida o‘tkaziladi va u haftada 2 akademik soatdan, bir o‘quv yilida 72 akademik soatdan oshmasligi lozim. To‘garak kontingenti. To‘garakda har bir guruhdagi to‘garak a’zolarining soni birinchi o‘quv yilida 10 nafardan, ikkinchi va undan keyingi o‘quv yillarida esa 8 nafardan kam bo‘lmasligi lozim. Guruhda bu o‘quvchilar soni minimal hisoblanadi. Guruhdagi o‘quvchilar soni birinchi o‘quv yilida 19 nafargacha, ikkinchi va keyingi o‘quv yillarida 15 nafarga bo‘lishi mumkin. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘quvchilarning qiziqishlari bo‘yicha tashkil etiladigan to‘garaklarning me’yoriy hujjatlari quyidagilar: I. To‘garak mashg‘ulotlari jurnali II. To‘garak o‘quv rejasi (rejasi) III. To‘garak faoliyati monitoringi jildi IV. To‘garak mashg‘ulotlari tahlili To‘garak ishining mazmuni a'zolarining yoshiga, bilim saviyalari va malakalariga qarab turlicha bo‘ladi. 5-6-sinf o‘quvchilari uchun tashkil etilgan tarix to‘garagining asosiy vazifasi o‘quvchilarda tarixni o‘rganishga paydo bo‘la boshlagan qiziqishni rivojlantirish, ularni tarixiy materiallar ustida mustaqil va ijodiy ishlay boshlashga o‘rgatishdan iboratdir. 7-8-sinflarda, ayniqsa 9-sinflarda tashkil etilgan to‘garak tematikasi, uning mazmuni o‘quvchilarning o‘sib borayotgan talablariga to‘la javob beradigan bo‘lishi kerak. Maktab tajribasida 9-sinflardagi o‘quvchilar uchun tashkil etilgan to‘garaklarda mamlakat iqtisodiyotiga, xalq xo‘jaligining yuksalishiga doir masalalarni o‘rganishga katta e'tibor berilganini ko‘ramiz. Tarix yoki tarixiy-o‘lkashunoslik to‘garagida o‘quvchilarning qiziqishlariga qarab har xil masalalar; harbiy-tarixiy, ulug‘ kishilar, tarixiy arboblar va mashhur qahramonlarning biografiyasi, madaniyat va san’at tarixi, tarixiy-o‘lkashunoslik 6 materiallari, kundalik voqealar va boshqalar o‘rganiladi. To‘garak o‘quvchilarni tarixiy tadqiqotning ba’zi tomonlari bilan ham ma’lum darajada tanishtiradi.Masalan, yosh arxeologlar, yosh arxivshunoslar to‘garagida o‘quvchilar arxeologiya ishlarini olib borish, arxivda ishlash malakalarini egallaydilar. To‘garakda doklad qilishga, axborot berishga, ko‘rsatmali qurollar tayyorlash va eskilarini ta'mirlashga, ta'limning texnika vositalari bilan ishlashga o‘rganadilar. Tarixiy-o‘lkashunoslik va kundalik siyosat to‘garaklarining faoliyati ko‘proq yuqori sinf o‘quvchilarining kichik yoshdagi o‘quvchilar va aholi orasida olib boradigan targ‘ibot ishlari bilan bog‘langan bo‘ladi. To‘garakda tarixiybiografik mavzularni o‘rganish o‘quvchi yoshlarni tarbiyalashda muhim ahamiyatga ega. Agarda o‘rta yoshdagi o‘quvchilar uchun kishilarning jangdagi qahramonligi, jonbozligi qiziqarli va tushunarli bo‘lsa, yuqori sinflardagi o‘quvchilarni olim, tadqiqotchi va davlat arboblarining ichki dunyosi, yirik olim bo‘lgunga qadar bosib o‘tgan yo‘li qiziqtiradi. Shu sababdan 7-8- sinflarda va o‘rta maxsus ta'lim tizimida to‘garaklar tematikasining asosiy mazmunini ko‘pincha biografik xarakterdagi mavzular tashkil etadi. To‘garakda harbiy o‘tmishni o‘rganish alohida ahamiyat kasb etadi.Masalan, 5-6-sinf o‘quvchilari to‘garagida qadimgi dunyo, o‘rta asrlardagi harbiy texnikani o‘rganish mumkin.7-9-sinflardagi o‘quvchilarning to‘garaklarida urush va harbiy san’at tarixining nazariy masalalari o‘rganiladi. Shunday qilib, sinfdan tashqari ishlarning muhim formasi bo‘lgan tarix to‘garagi ham o‘quvchilariiig tarixni o‘rganishga qiziqishini oshiradi, olgan bilimlarini chuqurlashtirish va kengaytirishga hamda mustaqil ijodiy ishlay bilish sohasida malakalarini hosil qilishlariga yordam beradi. To‘garaklarda zamonaviy fan va texnologiya yutuqlaridan foydalanish. Tarix dasrlaridan to‘garak tashqil qilishda quyidagi interfaol metodlardan foydalanishni dars samaradorligini ortishda ahamiyati katta. Jumladan: «Kichikma’ruza». Kichik ma’ruza zamonaviy ta’limning effektiv usullaridan biri hisoblanadi. Amal qilish mexanizmi qo‘yidagicha: o‘qituvchi 10-20 minut ichida ma’ruza o‘qiydi. O‘quvchilar diqqat bilan quloq solishadi. Ma’ruza o‘qib bo‘lganidan so‘ng, o‘qituvchi o‘quvchilarga 3-5 minut vaqt berib ma’ruzaning asosiy mazmunini tezis shaklida konspekt qilishga imkon beradi. Konspekt tuzish jarayonida o‘quvchilar noaniqliklarni bartaraf etish maqsadida o‘qituvchiga yoki bir-birlariga savollar berishlari mumkin.
    Ta’lim jarayonida axborot – kommunikatsiya texnologiyalardan foydalanishdagi quyidagi bosqichlarga e’tiborni qaratish kerak:
    –Ta’lim oluvchilarga o‘quv materiallarini taqdim etish va tushuntirish bosqichi;
    – Kompyuter bilan o‘zaro muloqot jarayonida o‘quv materiallarini o‘zlashtirish bosqichi;
    – O‘zlashtirilgan bilim, ko‘nikma va malakalarni takrorlash hamda mustahkamlash bosqichi; – Erishilgan yutuq va natijalarni o‘zini o‘zi tekshirish orqali, nazorat qilish bosqichi;
    – Oraliq va yakuniy nazorat bosqichi;
    – O‘zini – o‘zi, shuningdek, oraliq va yakuniy nazorat bosqichlari natija va xulosalarga ko‘ra o‘quv materiallarining taqsimlanishi, tasniflanishi, tizimga solinishini korreksiyalash, tuzatishlar kiritish bosqichi.
    Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, axborot texnologiyalarni qo‘llash bo‘yicha yaratilayotgan o‘quv reja va dasturlarni yaratish, tuzish yuqorida keltirilgan bosqich - yo‘nalishlarni alohida – alohida modullashtirish, loyiha sifatida kiritish yaxshi natijalarga olib keladi. Bundan tashqari to‘garaklarda zamonaviy texnologiyalar yordamida yozma matnlar ustida ishlashi mumkin.Bosma matnlar o‘quvchilar tarixiy bilimlarining asosiy manbai bo‘lgani kabi o‘qituvchining bilim manbaining asosini tashkil etadi. Matnlar ustida ishlash o‘quvchilar bilimini kengaytiradi, tarixiy fakt va hodisalarning mohiyatini, ularning qonuniyatlarini chuqurroq tushunib olishlariga yordam beradi. Maktab o‘quvchilari har xil matnlar ustida ishlab mustaqil ish ko‘rish masalasini hosil qiladilar va tarixiy tadqiqot ishlarining dastlabki usullari bilan amaliy ravishda tanishadilar.

    Furqat tuman 12-umumiy o’rta ta’lim maktabi ijtimoiy fanlar metodbirlashmasi rahbari Dilfuzaxon Abdullayevaning 3-chorakda ta‘lim va tarbiya jarayonini zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etishdagi faolligi yuzasidan ,,O‘zbekiston tarixi faniga oid to‘garaklarni tashkil etish: muammo va yechimlar, zamonaviy fan hamda texnologiya yutuqlardan foydalanish” mavzusida metdbirlashma a’zolari uchun bergan tavsiyasi haqida





    Download 5.47 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




    Download 5.47 Mb.