• Metodbirlashma rahbari: D.Abdullayeva Tarix darslarini o‘qitishda yozma manbalardan foydalanish
  • Dilfuzaxon Abdullayevaning
  • O‘zbekiston tarixi




    Download 5.47 Mb.
    bet7/12
    Sana24.07.2023
    Hajmi5.47 Mb.
    #77210
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
    Bog'liq
    D.Abdullayeva ma\'ruzalar
    Reja Ijtimoiy pedagogikaning mazmuni, maqsad va vazifalari, Reference-315191100883 (3), KOREYA, NamQI yakuniy bilet, CHO’YAN OLISHDA KECHADIGAN ASOSIY FIZIK-KIMYOVIY JARAYONLAR, Состав нефти, Kuchaytirgichlar, ашяяя, 6-ma\'ruza, Etika. Estetika., 5-mavzu. Axborot-kommunikasiya texnologiyalari vositalarini ta’limiy maqsadlarda samarali va havfsiz ishlatishning pedagogik va ergonomik shart-sharoitlari, 1669565540, 72851-Matematikaning dolzarb masalalariga bag‘ishlangan ilmiy m, 1702923485
    MA’LUMOT

    2 023-yil 23-fevral kuni metodbirlashma a’zolari bilan ta‘lim va tarbiya jarayonini zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etish bo’yicha ,,O‘zbekiston tarixi faniga oid to‘garaklarni tashkil etish: muammo va yechimlar, zamonaviy fan hamda texnologiya yutuqlardan foydalanish” mavzusida muhokama bo’lib o’tdi. Metodbirlashma rahbari D.Abdullayeva to‘garaklarni tashkil etish ahamiyati sinfdan tashqari tarbiyaning asosiy maqsadi o‘quvchilarni iloji boricha ko‘proq to‘garak ishlariga jalb etib, ularning dunyoqarashini har tamonlama rivojlantirish, badiiy didini, tabiatga, ona Vatanga bo‘lgan mehr-muhabbatini, o‘z milliy tarixi bilan faxrlanish xissi oshishini, mazkur maqsadni amalga oshirishda maktablarda darsdan tashqari to‘garak ishlari olib borilishini, milliy g‘oya, milliy va umumbashariy qadriyatlarga asoslangan demokratik tamoyillarni amalda qaror toptirish, inson huquqlari va qadr-qimmatini ulug‘lovchi, Vatanga sadoqatli, yuksak ma’naviyatli yoshlarni tarbiyalashga qaratilgan tadbirlarni quyidagi tamoyillarga asoslanib o‘tkazish: – yoshlar ongi va qalbini loqaydlik, befarqlik kabi illatlardan forig‘ etish; –o‘quvchilarda barcha ko‘rinishdagi salbiy holatlarga qarshi kurashuvchanlik ruhini yaratish va rivojlantirish; – yoshlarning ongi va siyosiy madaniyati darajasini hamda ilmiy salohiyatini yuksaltirish asosida ularning demokratik jarayonlar kirishuviga ko‘maklashish. Global fikrlaydigan o‘quvchilarni tayyorlash sohasida: –yoshlarni mustaqil bilim topish jarayonida aqliy quvvatlari va vaqtlarini samarali sarflashga o‘rgatish; – milliy qadriyatni yaxshi bilgan va ularni e’zozlagan hamda jamiyat ichida qabul qilingan axloq va odob normalariga rioya qilishga o‘rgatish ekanligini,sinfdan tashqari mashg‘ulotlarning asosiy maqsadlaridan biri o‘quvchilarda o‘z davlati tarixiga qiziqishni rivojlantirishga intilish ekanligini aytib o’tdi.




    Metodbirlashma rahbari: D.Abdullayeva


    Tarix darslarini o‘qitishda yozma manbalardan foydalanish (7-sinf O‘zbekiston tarixi misolida)


    Tarixiy manba deganda uzoq o‘tmishdan qolgan, tabiat va jamiyatning ma’lum bosqichdagi kechmishini o‘zida aks ettirgan moddiy va ma’naviy yodgorliklarni tushunamiz. O‘qituvchining bayonining ilmiyligini, asosli va dalillarga boyitilishini va ishonchliligini ta’minlash maqsadida tarixiy manbalardan foydalanadi. Bunda albatta o‘qituvchi tarixiy asarlarning mavzuni o‘qitishdagi asosiy o‘rnini aniqlab olishi, asarning birinchi darajadagi asosiy manba ekanligini, ya’ni asarda tarixiy voqealar ob’ektiv va xolis yoritilgan bo‘lishini aniqlashtirishi – bu yozma manbalardan foydalanishda asosiy shart ham hisoblanadi. Chunki shunday yozma manbalar ham borki ularga tarixchi tanqidiy yondashishi, boshqa manbalar bilan qiyosiy tadqiq va tahlil etgachgina dars jarayoniga jalb qilishi talab etiladi. Demak, tarixchi-pedagog manbashunoslikka oid adabiyotlarning tahlilini ham amalga oshiradigan mutaxassis bo‘lishi ham talab etilar ekan. Buning uchun o‘qituvchi manbashunoslikka oid qo‘llanma va xrestomatiyalardan foydalanishi, ularda barcha mavzularga tegishli bo‘lgan tarixiy yozma yodgorliklarning o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rganmog‘i lozim. Tarixiy fakt va voqealar bayoni inson xarakteri, ma’lumot beruvchi shaxs, gurux, firqa, sulola, mazxab va mamlakatlar manfaati yo‘lida turlicha talqin qilinishi mumkin. Masalan, O‘zbekiston yaqin tarixi mamlakatimizning XIX asr ikkinchi yarmi va XX asr boshlaridagi siyosiy voqealar turli davrlarda, manbalarda va turli mualliflar tomonidan turlicha talqin qilinmoqda. Bular o‘z davrida yaratilgan yozma yodgorliklar, tarixiy xujjatlar va solnomalarda qanday bayon qilingan? Sovet davrida qanday tushuntirildi? Va nixoyati mustaqillik sharoitida tarixiy adolatni tiklash, manbalar asosida xolis va ob’ektiv bo‘lib o‘tgan voqealarni bilishimiz mumkin va kerak. Bu esa manbashunoslik fanisiz, manbalarga ilmiy yondoshuvsiz mumkin emas. Chunki, o‘sha davrdagi yozma yodgorliklar aksariyati arab alifbosi asosidagi yozuvimizda, bir qismi rus tilida ham bitilgan va o‘sha davrga xos tarixiy xususiyatlarga ega. Xulosa, manbashunoslik fani yurtimiz tarixi to‘grisida xolis bilim olishga, o‘zligimizni anglashga, boy va qadimiy madaniyatimizni bilishga xizmat qiluvchi tarix fanining muhim sohalaridan biridir. 3 Manbashunoslik fani maktablarda tarix fanini o‘qitishning asosiy va muhim sohalaridan biri bo‘lib, turli (moddiy, etnografik, yozma va boshqa) manbalarni o‘rganish hamda ulardan ilmiy foydalanishning nazariy va amaliy jihatlarini o‘rganadi. Tarixiy hujjatlar ustida ishlashda o‘quvchilar ularni nima uchun xizmat qilishini, tanishilayotgan hujjatlar qachon va kimlar, qaysi tabaqa namoyandalari tomonidan yaratilganini, ulardan nimalarni bilib olish mumkinligini, qanday masalalarni bilib olishda hujjatlarga murojaat qilish kerakligini anglab, tushunib olishlari lozim. Tarixiy manba deganda nimani tushunamiz? Tarixiy manba deganda uzoq o‘tmishdan qolgan, tabiat va jamiyatning ma’lum bosqichdagi kechmishini o‘zida aks ettirgan moddiy va ma’naviy yodgorliklarni tushunamiz. Moddiy yodgorliklarga - qadimiy obidalar, manzilgoh va mozorlar, shaharlar, qasr va qal’a harobalari, uy-ro‘zg‘or buyumlari va boshqalar kiradi. Ma’naviy yodgorliklar deganda qadimgi yozuvlar, xalq og‘zaki ijodi namunalari, afsonalar, yozma yodgorliklar – bitik, qo‘lyozma kitob, hujjatlar va arxiv materiallari tushuniladi. Umuman, tarixiy manba inson ijtimoiy faoliyati natijasida paydo bo‘lgan va uning xususiyatlarini o‘zida aks ettirgan moddiy va ma’naviy yodgorliklardan iboratdir. Ularni o‘rganadigan fanni biz manbashunoslik deymiz. Manbashunoslik fani ijtimoiy fan sohasida asosan ikki xil bo‘lishi mumkin: tarixiy manbashunoslik va adabiy manbashunoslik. Bizning maqsadimiz tarixiy manbashunoslikni o‘rganish orqali o‘quvchilarga tarixning ajib qirralarini ochib berishdir. Manbashunoslik fanining vazifalariga kelsak, tarixiy manbalarni qidirib topish, ularni ro‘yxatga olish, turkumlash, chuqur va atroflicha tadqiq etish, manbada o‘z aksini topgan yoki bayon etilgan voqealar, keltirilgan faktlarni to‘la va xolisligini aniqlash, manbaning O‘zbekiston tarix fanini taraqqiyotini o‘rganish va o‘qitishdagi ahamiyatiga baho berish, manbashunoslikning asosiy vazifasi hisoblanadi. Tarixiy manbalarning turlari va qo‘llanishi. Tarixiy manbalarni, ularning umumiy xarakteri, o‘tmishni o‘zida aks ettirishga qarab quyidagi olti asosiy guruhga bo‘lish mumkin. Moddiy (ashyoviy) manbalar. Ma’lumki, kishilik jamiyati tarixi kariyb 40 ming yillik davrni o‘z ichiga oladi, lekin yozuv paydo bo‘lganiga esa ko‘p vaqt o‘tganicha yo‘q. Masalan, sivilizatsiyaning ilk o‘choqlaridan biri bo‘lmish Markaziy Osiyoda dastlabki yozuv oromiycha xat negizida taxminan eramizdan avvalgi birinchi ming yillik o‘rtalarida paydo bo‘lgan. Xat tarixchisi Erkin Oxunjonovning ma’lumotiga ko‘ra, yurtimizda arab istilosiga qadar o‘n sakkiz 4 yozuv turi mavjud bo‘lgan ekan. Lekin, afsuski, ko‘hna tariximizni o‘zida aks ettirgan yozma yodgorliklarning katta qismi bizning zamonamizgacha etib kelmagan. Ularning ko‘pchiligi boskinchilik urushlari vaqtida, qolaversa tabiiy ofatlar oqibatida yo‘q bo‘lib ketgan. Ilk tarixning ayrim lavhalari o‘tmishdan qolgan va insonning ijtimoiy faoliyati bilan bog‘lik bo‘lgan moddiy yodgorliklarda, aniqrogi ularning bizgacha saqlangan qoldiqlari etib kelgan. Xullas, moddiy (ashyoviy) manba deganda ibtidoiy odamlar istiqomat qilgan va dafn etilgan joylar, ularning mehnat va urush qurollari, bino va turli inshootlar (qal’a va qasrlar, hammomlar va karvonsaroylar, hunarmandchilik ustaxonalari hamda suv inshootlari va boshqalar)ning qoldiqlari, uy-ro‘zgor buyumlari va zeb-ziynat taqinchoqlari tushuniladi. Moddiy yodgorliklarni qidirib topish va o‘rganish ishlari bilan arxeologiya ilmi shug‘ullanadi. Moddiy manbalar yordamida biz 7-sinf O‘zbekiston tarixi darsligining ilk o‘rta asr davlatlariniga tegishli ma’lumotlarini mazmunli va to‘liq ochi berish imkoniga ega bo‘lamiz. Masalan, Xorazm davlati, xioniylar, kidariylar va eftallar davlatlari, shuningdek, Turk xoqonligi davlati mavzusini tushuntirishda moddiy manbalar juda qo‘l keladi. Etnografik manbalar. Xalqlarning kelib chiqishi bilan bog‘liq bo‘lgan ma’lumotlar etnografik manba hisoblanadi. Masalan, xalq, qabila va urug‘ nomlari, inson qo‘li va aql–zakovati bilan yaratilgan qurol va buyumlarning naqsh va bezaklari, kishilar ongida, shuningdek, og‘zaki va yozma adabiyotda saqlanib qolgan o‘tmish urf-odat va an’analari, kishilarning turmush tarzi etnografik manba hisoblanadi. Bularning barchasini etnografiya ilmi tekshiradi va o‘rganadi. Lingvistik manbalar. Lingvistik manbalar deb tilimizdagi, aniqrog‘i uning leksik so‘z boyligi tarkibidagi uzoq o‘tmishdan qolgan, ijtimoiy – iqtisodiy, ma’muriy va yuridik atamalar, masalan, xiroj - o‘rta asrlarda aholidan, asosan dehqonlardan olinadigan asosiy soliq; ushr – daromadning o‘ndan bir qismini tashkil etgan soliq; zakot – chorva va mulkdan kambag‘allar uchun yiliga bir marta olinadigan soliq; suyurg‘ol – shaxzodalar va amirlarga toju-taxt oldida ko‘rsatgan katta xizmatlari uchun beriladigan yer-suv mulki; cherik - qo‘shin; qorovul - qo‘shinning oldi va yon tomonlarida boradigan maxsus harbiy bo‘linma; xalifa – Muhammad (s.a.v.) payg‘ambarning o‘rinbosari, o‘rta asrlarda arab musulmon feodal davlatining boshligi; mirishkor – miri+shikor, podshox va xonlarning ov qushlari va ov hayvonlarini tasarruf etuvchi mansabdor; mirob – suv taqsimoti bilan shug‘ullanuvchi mansabdor; qozi – shariat asosida ish yurituvchi sud’ya; yorlig‘ - o‘rta asrlarda hukmdor tarafidan beriladigan rasmiy xujjat; vaqfnoma – masjid, madrasa, xonaqox va mozorlarga in’om e’tilgan yer - suv haqidagi tuzilgan maxsus xujjat va boshqa atamalar juda ko‘p uchraydi. 5 Bu va shunga o‘xshash atamalar shubhasiz qimmatli tarixiy ma’lumot bo‘lib, ajdodlarimizning ijtimoiy–siyosiy hayotini o‘rganishga yordam beradi. Ularning kelib chiqishi va etimologiyasini lingvistika fani o‘rganadi. Xalq og‘zaki adabiyoti. Og‘zaki adabiyot madaniyatning eng qadimgi qismi bo‘lib, uning ildizi ibtidoiy jamoa va ilk feodalizm tuzumiga borib taqaladi. Og‘zaki adabiyotning ayrim namunalari qadimgi yunon tarixchilari, shuningdek, Tabariy, Mas’udiy, Beruniy, Firdavsiy, Ibn al-Asir kabi sharq olimlarining asarlari orqali bizgacha etib kelgan. Kayumars, Jamshid va Siyovush haqidagi afsonalar, Amort va Sparetra, To‘maris va Shiroq hakidagi qissalar shular jumlasidandir. Yozma manbalar. Tarixiy manbalarning muhim va asosiy turidir. Insonning ijtimoiy faoliyati, aniqrog‘i kishilarning o‘zaro munosabatining natijasi o‘laroq yaratilgan va o‘sha zamonlarda sodir bo‘lgan ijtimoiy-siyosiy voqealarni o‘zida aks ettirgan manba sifatida o‘rta asr (VI-XIX asrlar) tarixini o‘rganishda muhim o‘rin tutadi. Yozma manbalar o‘z navbatida ikki turga bo‘linadi. Rasmiy xujjatlar (yorliqlar, farmonlar, inoyatnomalar, moliyaviy-xisobot daftarlari, rasmiy yozishmalar). Ijtimoiy-siyosiy, ayniqsa, iqtisodiy munosabatlarga oid masalalarni o‘rganishda rasmiy xujjatlar, moliyaviy - xisobot daftarlari va yozishmalarning ahamiyati benihoya kattadir. Rasmiy xujjatlar ijtimoiy-siyosiy hayotni ma’lum yuridik shaklda bevosita va ko‘p hollallarda aynan qayd etishi bilan qimmatlidir. Lekin ularning orasida, ayniqsa, rasmiy yozishmalarda soxtalari ham uchrab turadi. Shuning uchun ham ulardan foydalanilganda diqqat-e’tibor va zo‘r ehtiyotkorlik talab qilinadi. Darslarni yoritishda manbalarda foydalanish usullari. O‘qituvchi hujjatlar ustida ish olib borganda, undan biron ijtimoiy-siyosiy voqea yoki faktni talqin etish uchun foydalanish jarayonida, bitta manba bilan kifoyalanmasdan, o‘xshash bir necha xujjat, manbalarni ko‘tib o‘rganmoq zarur, chunki bitta xujjatda faqat bir kelishuv yoki fakt ustida gap boradi. Shuning uchun faqat bir xujjat bilan ma’lum ijtimoiy-siyosiy masala ustida qat’iy fikr yuritib, umumlashtirib qat’iy xulosaga kelib bo‘lmaydi. Tarixiy, geokosmografik, hamda biografik asarlar to‘grisida shuni aytish kerakki, ular hukmron sinfning topshirig‘i bilan yozilgan va shu tufayli ularning sahifalarida ko‘proq podshoxlar va xonlarning, amirlar va yirik din vakillarining hayoti va faoliyati yoritilgan, moddiy boylik yaratuvchi mehnatkash xalqning tarixi esa ko‘p hollarda chetlab o‘tilgan. Mojaz rasm-miniatyuralar. X-XIX asrlar davomida qo‘lyozma kitoblarini ziynatlash uchun yaratilgan nafis mo‘jaz rasmlar ham tarixiy manba bo‘lib xizmat qiladi. Yurtimiz tarixi va moddiy ashyolar, hunarmandchilik, kiyim-kechak, me’morlik obidalari va umuman moddiy madaniyatimiz xususiyatlarini 6 o‘rganmoqchi va o‘rgatmoqchi bo‘lsak, nafis mo‘jaz tasviriy san’at namunalariminiatyura rasmlar qimmatli manba rolini o‘taydi. Chunki ularda tarixiy ashyolar tasviri aynan, ba’zan badiiy ijod xususiyatlariga moslashtirilgan holda aks ettiriladi. Masalan, buyuk musavvir Kamoliddin Bexzodning “Samarqanddagi Bibixonim masjidining masjida qurilishi” nomli mashhur rasmini eslatish kifoya. Bu rasmda XV asrdagi qurilish jarayoni, unda ishtirok etayotgan ustalar to‘grisida mukammal tasavvur beriladi.Bunday rasmlardan tarixni o‘rganishda, o‘quvchilarga o‘sha zamon to‘g‘risida ma’lumot berishda, tasviriy vosita sifatida unumli foydalanish mumkin. Manbashunoslikka oid adabiyotlarni tahlili. Bizning tariximiz juda boy, yozma yodgorliklarimiz ko‘p bo‘lishiga qaramay, o‘z madaniy merosimizni butun boyligini namoyish etadigan, uning o‘ziga xos xususiyatlari va jahon madaniyati xazinasiga xissa bo‘lib qo‘shilganlarini alohida ko‘rsatdigan manbashunoslik fani sohasida yaratilgan mukammal dasrlik va qo‘llanmaga ega emasmiz. Shu sababli o‘qituvchilarda bu borada biroz qiyinchilik mavjud. Shunga qaramay, ba’zi tarixchi-manbashunos olimlar tomonidan nashr qilingan asarlar juda qimmatli hisoblanadi. Masalan, B.Ahmedovning “O‘zbekiston tarixi manbalari” darsligi mukammal manbashunoslik ishlaridan biri. A.A.Madraimov tomonidan tuzilgan “Manbashunoslikdan ma’ruzalar” ishida ilk bor arab, fors va turk tilidagi tarixiy manbalar xususiyatlarini xarakterlashga xarakat qilingan va manbalalar to‘grisidagi ma’lumotlar manba nomi ostida berilishi bilan ajralib turadi. Yuqorida tilga olingan ishlardan foydalanish natijasida o‘quvchilarda davr to‘g‘risida yanada to‘liq ma’lumot olish imkoni paydo bo‘ladi. Tarixiy manba va hujjatlar ustida ishlashning turli usullari bor.
    1. O‘qituvchi tarixiy hujjatni o‘zi tahlil qilib berishi mumkin.
    2. Tarixiy xujjatlarni o‘qituvchining bevosita rahbarligida o‘quvchilar darsda tahlil qilishi mumkin.
    3. O‘qituvchi o‘quvchilarga ma’lum hujjatlarni uyda mustaqil tahlil qilib kelishni topshirishi mumkin.
    Tushunish qiyin bo‘lgan murakkab tarixiy hujjatlarni o‘qituvchining o‘zi o‘qiydi, tahlil qilib izohlab beradi. O‘quvchilar matnni kuzatib borishadi va o‘qituvchining tushuntirishlarini diqqat bilan tinglaydilar. Yuqori sinflarda hujjat izoh berib o‘qiladi. O‘quvchilarga ularning bilim va malakalariga yarasha tushunarli hujjatlar tanlab berilgan va hujjatlar ustida mustaqil ishlashni ilgari ham mashq qilib ko‘rgan bo‘lsalar o‘qituvchi vazifa qilib bergan hujjatlarni mustaqil o‘qib, puxta tushunib olishlari mumkin. Lekin bunda ham o‘qituvchi bu ishga rahbarlik qiladi, qiyin joylarini o‘qituvchi rahbarligisiz, oson joylarini o‘quvchilarning o‘zlari 7 mustaqil o‘rganadilar.Xo‘jalik, yuridik va shu kabi boshqa qiyinroq xarakterdagi hujjatlar o‘qituvchi rahbarligida tahlil qilinadi. 7-sinfda o‘tiladigan Amir Temur bilan bog‘liq mavzularni oladigan bo‘lsak, bu mavzularni yoritishda Nizomiddin Shomiy “Zafarnoma”, Sharafiddin Ali Yazdiy “Zafarnoma”, Ibn Arabshoh “Ajoyib al-maqdur fi tarixi Taymur”, Ibn Xaldun “Tarjimai holi”dan, Rui Gonsales de Klavixo, Hofizi Abruning “Zubdut attavorix”dan, Fasix Ahmad al-Xavofiyning “Mujmal-i Fasixi” kabi asarlardan foydalansa bo‘ladi. VIII sinfdan boshlab ba’zi darslar soatining bir qismi yoki butun dars hujjatlar ustida ishlashga bag‘ishlanadi. O‘quvchilarning darsda va uydagi mustaqil ishlariga talab ortib boradi. Tarixiy hujjatlar asosida qisqacha axborot va referatlar tayyorlash, hikoya qilishga tayyorlanish, insho yozish va h.k. O‘quvchilarning hujjatlar ustidagi mustaqil ijodiy ishlari qatoriga kiradi. O‘quvchilarni xujjatlarni o‘rganishga qiziqtirish, bunga ularda ishtiyoq uyg‘otish kerak. Buning uchun ularga xujjatlar ma’lum davrning moddiy yodgorligi va yangi bilimlarni egallashning muhim manbalaridan biri ekanligini alohida uqtirish lozim. O‘quvchilar qadimgi dunyo tarixining kirish qismida yozma manbalar haqida ma’lum tushuncha hosil qiladilar. Keyinchalik bu tushunchalar turli manbalarni yoki yodgorliklarni o‘rganib borish, turli muzey va yozma manbalar bilan tanishish jarayonida konkretlashib, boyib, kengayib boradi. Shunday qilib, tarixiy hujjatlar o‘qituvchi bayonini aniqlashtiradi, mazmunini chuqurlashtiradi, unga aniqlik kiritadi, ishonarli bo‘lishini ta’minlaydi, o‘quvchilarning bilish faoliyatini, fikrlashini faollashtiradi, bilimlari puxta va mustaxqam bo‘lishiga yordam beradi, bilim olishning yangi usullari, ilmiy tadqiqot shakllari bilan tanishtiradi.
    Furqat tuman 12-umumiy o’rta ta’lim maktabi ijtimoiy fanlar metodbirlashmasi rahbari Dilfuzaxon Abdullayevaning 1-chorakda ta‘lim va tarbiya jarayonini zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etishdagi faolligi yuzasidan ,, Tarix darslarini o‘qitishda yozma manbalardan foydalanish” mavzusida metdbirlashma a’zolari uchun bergan tavsiyasi haqida



    Download 5.47 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




    Download 5.47 Mb.