• Dilfuzaxon Abdullayevaning
  • Tarix darslarida sulolalar tarixini o‘qitish va tushuntirish yo‘llari




    Download 5.47 Mb.
    bet3/12
    Sana24.07.2023
    Hajmi5.47 Mb.
    #77210
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
    Bog'liq
    D.Abdullayeva ma\'ruzalar
    Reja Ijtimoiy pedagogikaning mazmuni, maqsad va vazifalari, Reference-315191100883 (3), KOREYA, NamQI yakuniy bilet, CHO’YAN OLISHDA KECHADIGAN ASOSIY FIZIK-KIMYOVIY JARAYONLAR, Состав нефти, Kuchaytirgichlar, ашяяя, 6-ma\'ruza, Etika. Estetika., 5-mavzu. Axborot-kommunikasiya texnologiyalari vositalarini ta’limiy maqsadlarda samarali va havfsiz ishlatishning pedagogik va ergonomik shart-sharoitlari, 1669565540, 72851-Matematikaning dolzarb masalalariga bag‘ishlangan ilmiy m, 1702923485
    Tarix darslarida sulolalar tarixini o‘qitish va tushuntirish yo‘llari


    Geneologiya fani va uning ahamiyati.Tarix darslarini o‘qitishda sulolar tarixi muhim o‘rin egallaydi. Fanda bu soha “Geneologiya” deb nomlanib, turli davrdagi davlatlarda hukmronlik qilgan sulolar, ularni kelib chiqish tarixi, o‘zaro aloqalari, tarixiy jarayondagi o‘rni chuqur tahlili etiladi. Geneologiya yunon tilidan olinib “avlodnoma”, “nasabnoma” ma’nolarini anglatadi. Geneologiya fani qadimiy fanlardan biri hisoblanadi. Hamma vaqt va hamma zamonlarda u yoki bu xonadondagi shaxsning geneologiyasi ko‘pchilikni qiziqtirgan. Sharqda geneologiya arab tilida “shajara” deb tarjima qilingan va shu nom bilan mashhur bo‘lgan. Qadim zamonlardan boshlab, hamma davrlarda yuz bergan har xil voqealar, dehqonlar va qullar qo‘zg‘oloni, islohotlar, o‘zaro urushlar va boshqa voqealarda ham shajaralarning roli katta bo‘lgan. Yevropa davlatlarida nikohdan oldin bo‘lg‘uvchi kelin yoki kuyov xonadoni shajarasi albatta o‘rganilgan. Ikkala xonadonning jamiyatda tutgan mavqei, shajaralari qadimiy va obro‘li deb topilgandagina bu xonadonlarda nikoh bog‘lanishi mumkin edi. Shuning uchun ham nikoh va qarindoshlik rishtalarini bog‘lashdan oldin har bir oila o‘zining nafaqat jamiyatda tutgan o‘rnibalki shajarasini ham yana bir karra yodga olishiga to‘g‘ri kelar edi. Yillar o‘tishi bilan og‘zaki genealogik ma’lumotlar asta-sekin qog‘ozga tushiriladigan bo‘ldi. XVII-XVIII asrlar G‘arbiy Yevropada geneologiya fanining rivojlanishida “oltin asr” deb nomlanadi. Endilikda geneologiya ilmiy jihatdan asoslanishi, hujjatlar bilan isbotlanishi, tanqidiy jihatdan o‘rganilishi va shunga o‘xshash bir necha talablarga javob bermog‘i lozim edi. Bu sohani Yevropadagi rivojlanishini ko‘rib o‘tsak. Genrix VIII (1509-1547) hukmronlik paytidan to XVII asrning oxirigacha geroldlar tomonidan dvoryanlar va aslzodalarning geneologiyasini o‘rganish, qayta ko‘rib chiqish, haqiqiy yoki qalbaki ekanligini aniqlash vazifasi qo‘yilgan edi. Tekshirish natijasida ayrim geneologiyasini soxtalashtirgan dvoryan yoki aslzodalar aniqlanib graflikning katta shaharlarida xochlarga osib qo‘yilgan. Bu esa geneologiya naqadar muhim tarmoq bo‘lgani va hatto insonlarni taqdiriga ham ta’sir ko‘rsata olganini ko‘rish mumkin. 3 XVIII-XIX asrlarda geneologiya masalalariga qiziqish Belgiya, Gollandiya, Vengriya, Polsha, Rossiya, Skandinaviya mamlakatlari va AQShda o‘sdi. XX asrning birinchi yarmida Vena universiteti professori O.Forst de Battalining olib borgan ishlari diqqatga sazovor va katta ahamiyatga molikdir. Olim o‘z tadqiqotida geneologiyaning yangi qirralarini, manbalarni o‘rganishdagi usul va bir qancha yangi g‘oyalarni olg‘a surdi. Bu masalalar keyinchalik Fransiya, Germaniya, Belgiya, Angliya mutaxassislari tomonidan o‘rganilib, amalga tadbiq etildi. Tarix darslarida sulolar tarixidan foydalanish orqali o‘quvchilarga shajaraning muhim jihatlarini aniqlash, hukmdorlar va ularning avlodlarini o‘zaro bo‘gliqlikda o‘rganish, sulolaviy kurashlar, avlodlar o‘rtasidagi ichki nizolarni aniqlash hamda bu o‘zaro munosabatlarni mamlakat siyosiy tarixiga ta’sirini kuzatishda muhimdir. Shajarani turli usullar orqali o‘quvchilarga yetkazish mumkin. Avlod geneologiyasini jadvallar orqali tasvirlash ham geneologiyada keng foydalanadigan usullardan hisoblanadi. Genealogik jadvallar doirasimon, vertikal yoki gorizontal ko‘rinishda bo‘lishi mumkin. Jadvallar orqali avlod geneologiyasini tasvirlash bir tomondan qulay bo‘lsada, ikkinchi tomondan ko‘pgina savollarga javob bera olmasligi aniqlangan. Jadval orqali shaxsning ismi, taxallusi, unvoni, hayot yo‘llari, nikoh miqdori va ayrim qo‘shimcha ma’lumotlar tasvirlana oladi. Zamonaviy geneologiya fani avlod haqida ko‘proq ma’lumot berish lozimligini talab qilmoqda. Tarixiy shaxslarning hayoti haqida ma’lumot, tibbiy ma’lumotnoma hamda qaysi manbalarga tayangan holda ushbu shajara tuzilganligi haqidagi ma’lumotnomalar juda aniq bo‘lishini talab etadi. Jadvallar esa bunday keng ma’lumot bera olishga qodir emas. Geneologiya fani Yordamchi tarix fanlari qatorida nafaqat oldinga qo‘yilgan katta vazifalar bilan, balki boy manbalarga ega bo‘lmog‘i lozim. Geneologiyada asosiy manba sifatida avlodiy yozma hujjatlar, jadvallar, geroldlar kollegiyasi tomonidan berilgan yoki tasdiqlangan hujjatlar xizmat qiladi. Ma’lumki, shajara yoki geneologiya – kishilarning kelib chiqishi, ajdodlari va qon-qarindoshlik aloqalari majmuidir. Uni tarix fanini o‘qitishdagi o‘rni qolgan yordamchi fan sohalaridan kam emas. Podshohlar, hukmdorlar, afsonaviy qahramonlarning nasl-nasabiga qiziqish qadim zamonlardayoq bo‘lgan, lekin o‘rta asrlarda shajara imtiyozli tabaqalarning paydo bo‘lishi va ularning avlod-ajdodlarini rasmiylashtirishga qiziqishning kuchayishi bilan alohida ahamiyat kasb etgan. Bu o‘z navbatida XV asrdan boshlab shajara o‘rtasidagi nikoh aloqalari haqida guvohlik beruvchilarning paydo bo‘lishga olib kelgan. Shu davrlardan 4 urug‘ yoki bir-biriga yaqin bir necha urug‘ a’zolarining nasl-nasab daftarlari tuzila boshladi. O‘rta Osiyoda shajaraga oid dastlabki yirik asarlar XII-XIV asrlarda paydo bo‘lgan. Ayniqsa, Abulg‘oziy Bahodirxonning “Shajarayi turk” va “Shajarai tarokima” nomli mashhur asarlari XV-XVII asrlardagi mug‘ul va turk urug‘lari va hukmdorlari haqida qimmatli ma’lumotlar beradi. Sulolalar tarixi bo‘yicha manbalar va faktlar. O‘rta Osiyoda nasab daftarlariga xo‘jalar, sayyidlar va boshqalar ega bo‘lib, bu hujjatlar ularning payg‘ambar, sahobalar, tarxon, beklar naslidan kelib chiqqanligini ko‘rsatuvchi dalil sifatida, shuningdek soliq to‘lash, xalq hasharlariga chiqish va b. ishlarda alohida imtiyozga, umuman jamiyat hayotida yuqori mavqega ega bo‘lish uchun xizmat qilgan. Shajara hujjatlari dastlab shaxsning siyosiy mavqeyi tufayli katta mablag‘ evaziga va “guvohlar” ishtirokida hukmdorlar huzurida tuzilgan va ularning muhr bilan tasdiqlangan, keyinchalik hukmdorlar avvalgi muhrlarini ko‘rib, tasdiqlab beraverishgan. Ma’lumki, O‘zbekiston tarixida sulolar juda ko‘p bo‘lib, ular chuqur o‘rganish orqali o‘lka tarixini yanada yaxshiroq bilish imkoniyati paydo bo‘ladi. Bu imkoniyatni amalga oshirish uchun geneologiya fani muhimdir. O‘zbekiston tarixida eng ko‘p o‘rganiladigan mavzulardan biri Amir Temur va Temuriylar davri bilan bo‘gliq bo‘lib, buyuk sarkardaning sulolasini o‘rganish natijasida bu davlat tarixini, uning asoslarini yaxshiroq imkoni paydo bo‘ladi. Tarixiy manbalarning bergan ma’lumotiga qaraganda, Amir Temur vafot qilganda, uning xotinlaridan to‘rttasi – Saroy Mulk xonim, Tuman og‘o xonim, Tukal xonim va Ruh Parvar og‘o xonimlar hali hayot edilar. Shuningdek, Sharafuddin Ali Yazdiy va Fasih Xavofiyning bergan ma’lumotlariga ko‘ra, Amir Temur vafot qilgan vaqtda undan 2 o‘g‘il, 19 nevara va 15 chevara, jami 36 shahzoda hayot edi. Bulardan tashqari sohibqironning kichik qizi – Sulton Baxt begim va katta qizi – Og‘o begimdan tug‘ilgan o‘g‘il – Sulton Husayn Mirzo nomli nevarasi ham bor edi. Bu ma’lumotlarni o‘quvchilarga jadval ko‘rinishida yoki klaster usulida ko‘rsatib berish samarali hisoblanadi. Sohibqiron Amir Temurning to‘rt o‘g‘li va ikki qizi bo‘lgan. Katta o‘g‘li Muhammad Jahongir Mirzo bo‘lib, 1356 yilda tavvallud topgan. Onasi Turmush Og‘odir. Ikkinchi o‘g‘li Umarshayx Mirzo bo‘lib, 1356 yilda tavallud topgan. Onasi To‘lin Og‘odir.Uchinchi o‘g‘li Mironshoh Mirzo bo‘lib, onasi Minglibek Og‘odir. U 1366 yilda tavallud topgan.To‘rtinchi o‘g‘li Shohrux Mirzo bo‘lib, 1377 yilda tug‘ilgan. Onasi Tag‘oy Turkon Og‘odir. Sohibqironning katta qizi O‘gi Begi Xonimdir. Tarixchi Xondamirning bergan ma’lumotiga qaraganda, O‘gi Begi xonimning onasi Turmush Og‘adir. Shuningdek, O‘gi Begi xonimning qaysi yilda tug‘ilgani haqida aniq ma’lumot uchramaydi. 5 Sharafiddin Ali Yazdiyning yozishicha O‘gi Begi xonim husn bobida tenggi yo‘q, aql-idrokda benazir bo‘lgan. Amir Temur bu qizini nihoyatda yaxshi ko‘rgan va o‘ziga yaqin tutgan ekan. O‘gi Begi xonimni amir Musoning o‘g‘li Muhammadbekka nikoh qilganlar. O‘gi Begi Muhammadbekdan bir o‘g‘il tuqqan, ismi sharifini Sulton Husayn Mirzo deb ataganlar. Tarix darslarida sulolalar tarixini o‘qitish va tushuntirishning ahamiyati. O‘zbekiston tarixini o‘rganishda Zahiriddin Muhammad Bobur o‘rni ham muhimdir. Uning tarixini va sulolasini o‘rganish orqali XV-XVI asr Movaraunnahr, Afg‘oniston va Hindiston siyosiy tarixini ham o‘rganish imkoniyati paydo bo‘ladi. O‘qubvchilarni dunyoqarashi ortishiga sabab bo‘ladi. Zahiriddin Muhammad Bobur mashhur «Boburnoma» asarining bir necha sahifalarida o‘zining xotinlari va farzandlarining ismini yozib qoldirgan. Lekin Bobur podshohning xotinlari, o‘gillari va qizlarining mukammalroq ro‘yxatini uning qizi Gulbadan beg‘gimning “Humoyunnoma” asarida uchratish mumkin. Chunonchi, Bobur besh yasharlik vaqtidayoq Samarqandda o‘z amakisi – Samarqand hukmdori Sulton Ahmad Mirzoning qizi Oysha Sulton begimga beshikketti qilingan va unga uylangan. Boburning ikki xotini Oysha Sulton begim va Zaynab Sulton begim haqida eslatib o‘tdik. Bobur Mirzoning uchinchi xotini Mohim begim edi. Mohim begim Bobur podshoh haramidagi barcha xotinlag‘ridan o‘ktami edi. Mohim begim husng‘latofatda beniyoz, aqlg‘idrokda benuqson, tadbirkor va xushfe’l ayol bo‘lgan. Kezi kelganda saltanat ishlarida yetuk maslag‘hatdon ham edi. Mohim begimdan besh farzand dunyoga keladi. Jumladan, Humoyun Mirzo, Borbo‘l Mirzo, Mehr Jahon begim, Eshon Davlat begim va Foruq Mirzo. Bulardan faqat Humoyun Mirzodan boshqasi yoshligidayoq o‘lib ketadilar. Bobur podshohning to‘rtinchi xotini Gulruh begim edi. Bobur podshoh Gulruh begimga 1508 yilda uylangan edi. Gulruh begimdan Komron Mirzo, Askariy Mirzo, Shohruh Mirzo, Sulton Ahmad Mirzo va Guli’zor begimlar tug‘ilgan. Biroq Komron Mirzo bilan Askag‘riy Mirzodan boshqalari yoshligida vafot qilganlar. Bobur podshohning beshinchi xotini Dildor begim edi. Dildor begimdan Gulrang begim, Gulchehra begim, Hindol Mirzo, Gulbadan begim va Olur Mirzolar tug‘ilganlar. Olur Mirzo o‘limidan keyin savdoyi bo‘lib qolgan onasi Dildor begim harholda keyinchalik yana sog‘ayib ketgan bo‘lishi ehtimol, chunki Dildor begimning Humoyunshoh hukmdorlik davrida ham saroy yig‘ilishlarida, anjumanlarida ishtirok qilgani haqida Gulbadan begim mufassal ma’lumot beradi. Oltinchi xotini Ma’suma Sulton begim haqida o‘tgan sahifalarda eslatildi. Bobur podshohning yettinchi xotini Mehri begim edi, undan bitta qiz tug‘ilib, ismini Mehrjon begim deb ataganlar.Bobur podshohning sakkizinchi 6 xotini Afg‘oniy og‘acha edi. U Malik Mansur Yusufzayning qizi edi. Afg‘oniy Og‘achaning asli nomi Bibi Mubarakadir. Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, sulolalar tarixini o‘qitish orqali o‘quvchilarda ma’lum bir shaxs, siyosiy davr, hukmdor va uning oilasi, kelib chiqishi va nasl nasabi haqida ma’lumot olish uchu muhimdir. Fan va texnoloya yutuqlaridan foydalangan holda uni o‘quvchilarga yetkazib berish dars sifati va mazmunini yanada oshishiga yordam beradi.

    Furqat tuman 12-umumiy o’rta ta’lim maktabi ijtimoiy fanlar metodbirlashmasi rahbari Dilfuzaxon Abdullayevaning 1-chorakda ta‘lim va tarbiya jarayonini zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etishdagi faolligi yuzasidan ,,Tarix darslarida sulolalar tarixini o‘qitish va tushuntirish yo‘llari ” mavzusida metdbirlashma a’zolari uchun bergan tavsiyasi haqida





    Download 5.47 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




    Download 5.47 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Tarix darslarida sulolalar tarixini o‘qitish va tushuntirish yo‘llari

    Download 5.47 Mb.