• Toshkent-2024 2-Topshiriq 1.Psixika va ongning rivojlanishini tahlil qilish (Venn diagrammasi, Bumerang usullari asosida) Psixika
  • 2-Amaliy ish Guruh: 830-21 Bajardi: Nazarova Gulshoda Tekshirdi




    Download 50.04 Kb.
    bet1/5
    Sana13.04.2024
    Hajmi50.04 Kb.
    #194471
      1   2   3   4   5
    Bog'liq
    Фараби, Doston 44, Amaliy ish 3 kt, 1669273974, mustaqil ish kt, 1676703608, Dildora KT 2, 1667456553 (1), 1701008181(1), 1712071492 (1), 1711359245, Xotirani diagnostika qilish metodlari, 1712769568, 1712861885, Mustaqil ishning xajmi va uni rasmiylashtirish tartibi

    O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR VAZIRLIGI
    MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI


    Pedagogika va Psixologiya


    2-Amaliy ish

    Guruh: 830-21
    Bajardi:Nazarova Gulshoda
    Tekshirdi : Yusupova Zamira

    Toshkent-2024

    2-Topshiriq


    1.Psixika va ongning rivojlanishini tahlil qilish (Venn diagrammasi, Bumerang usullari asosida)
    Psixika (yunoncha psychiros-ruhiy) - yuksak darajada tashkil topgan materiya - miyaning funksiyasi. Uning mohiyati tuyg‘u, idrok, tasavvur, fikr, iroda va boshqalar ko‘rinishida aks ettirishdan iboratdir. Inson ongi o‘z mohiyatiga ko‘ra, hayvonlarning instinktiv, individual va intellektual harakat formalaridan batamom boshqacha, nihoyatda murakkab hodisadir.
    Psixika o'zga alohida bir olam emas: u organik hayotning yuksak shakllaridan bo'lib, faqat hayvonlar bilan odam larga xosdir. Hayvonlar bilan odam , o'simliklardan farq qilib, yolg'iz organik havotga ega bo'libgina qolmay, balki, shu bilan birga, psixik hayotga ham egadir. Lekin, ma'lum ki. hayvonlarning psixik hayoti odam ning psixik hayotiga qaraganda soddaroqdir. Odam psixikasi hayvonlar psixikasidan sifat jihatidan farq qiladi. Odamda psixik hayotning yuksak shakli — ong bor. Odam ongli zotdir.
    Psixikaning odamga xos bo‘lgan oliy darajasini ong tashkil etadi. Ong psixikaning oliy, uni yaxlit bir xolga keltiruvchi shakli bo‘lib, kishining mehnat faoliyatida, boshqalar bilan (til yordamida) doimiy muloqot qilish jarayonida shakllanishining ijtimoiy-tarixiy shart-sharoitlari natijasi hisoblanadi. Shu ma‘noda ong «ijtimoiy mahsul» bo‘lib anglangan borliqdan bo‘lak boshqa narsa emasdir. Ongning strukturasi, ya‘ni tarkibining muhim psixologik ta‘rifi qanday? Uning birinchi ta‟rifi nomining o‘zidayoq berilgan bo‘lib, ong deganidir. Kishining ongi bizning tevarak-atrofimizni qurshab turgan olam haqidagi bilimlar majmuasidan tarkib topdi. Ongning yashash usuli va ong u nimaningdir borligi bilimdir. Shunday qilib ongning strukturasiga muhim bilish jarayonlari kiradiki ular yordamida odam o‘zbilimlarini doimo boyitib boradi. Bu jarayonlar qatoriga sezgilar va idrokni, xotirani hayol va tafakkurni o‘tkazuvchi qo‘zg‘atuvchilarning bevosita aks etishi natijasida ongda borliqning o‘sha momentda kishi tasavvurida hosil bo‘lgan hissiy manzarasi gavdalanadi. Xotira ongda o‘tmish obrazlarini qaytadan gavdalantirsa, hayol ehtiyoj ob‘yekti bo‘lgan, ammo hozirgi paytda yo‘q narsaning obraz modelini hosil qiladi. Tafakkur umumlashgan bilimlardan foydalanish yo‘li bilan masalaning hal 18 etilishini ta‘minlaydi. Aytib o‘tilgan psixik bilish jarayonlaridan istalgan birning batamom barbod bo‘lishi u yoqda tursin, buzilishi yo izdan chiqishi ham ongning barbod bo‘lishiga olib keladi. Ongning ikkinchi ta‟rifi-unda sub‘yekt bilan ob‘yekt o‘rtasida fanni farqlanishining o‘z ifodasini topishi, ya‘ni odam «men» degan tushuncha bilan
    «men emas» degan tushunchaga nima tegishli ekanini aniq biladi. Tirik organizmlar dunyosi tarixida birinchi bo‘lib undan ajralib chiqqan va o‘zini atrofmuhitga qarama-qarshi qo‘ygan inson o‘z ongida ushbu qarama-qarshilik va tofovutni saqlab kelmoqda. Jonli mavjudotlar ichida uning o‘zigina bilishga, ya‘ni psixik faoliyatni o‘zini tadqiq etishga yo‘naltirishga qodirdir. Odam o‘z xatti- xarakatlarini va umuman o‘zini o‘zi ongli ravishda baholaydi. «Men»ning emas
    «men emas» dan ajratilishi-har bir kishi bolalaigida boshdan kechiradigan yo‘l bo‘lib, uning o‘zini o‘zi anglashi jarayonida yuz beradi. Ongning uchinchi ta‟rifi- odamning maqsadni ko‘zlovchi faoliyatini ta‘minlashdir. Faoliyatning maqsadlarini yaratish ongning funksiyasi kiradi. Bunda faoliyat motivlari yuzaga keladi va chamalab chiqiladi, irodaviy qarorlar qabul qilinadi, xarakatlarni bajarishning qanday borishi hisobga olinadi, unga tegishli tuzatishlar kiritiladi va
    x.z. «Kishi tabiat tomonidan berilgan narsalar bilan birga o‘zining ongli maqsadini
    ham amalga oshiradi, bu maqsad qonun sifatida, kishining ish usulini va bu ishning xarakterini belgilab beradi va kishi o‘z irodasini ana shu maqsadga bo‘ysundirishi lozim»;-deb ta‘kidlagan edi. Maqsadni ko‘zlovchi faoliyatning amalga oshirilishida, uning muvofiqlashtirilishida va yo‘nalishida kasallik oqibatida yoki biron-bir boshqa sabablarga ko‘ra har qanday buzilishning yuz berishini ongning buzulganligi deb qaramoq kerak. Nihoyat ongning to‟rtinchi ta‟rifi-uning tarkibiga muayyan munosabatning kirganligidir. Ya‘ni «Mening o‘z muhitimga bo‘lgan munosabatim mening ongimdir». Kishi ongiga muqarrar ravishda his-tuyg‘ular olami kirib keladi. Undamurakab ob‘yektiv va eng avvalo odamning o‘zi ham jalb etilgan ijtimoiy munosabatlar o‘z aksini topadi. Bu o‘rinda ham boshqa ko‘pgina hollarda bo‘lgani kabi patalogiya normal ongning mohiyatini yaxshiroq anglab olishga yordam beradi. Ayrim ruhiy kasalliklarga chalinganda ongning buzilganligi aynan his-tuyg‘ular va munosabatlar sohasidagi buzilish bilan belgilanadi: bemor bunga qadar behad sevgan onasini suymaydigan bo‘lib qoladi, yaqin kishilari to‘g‘risida zarda bilan gapiradi va xakozo.

    2.Sezgi turlari va uning psixofiziologik asoslari.
    Sezgilar xilma-xil boladi. Turli-tuman sezgini qaysi sezgi organlari yordami bilan hosil qilsak, ularni o'sha organlarga qarab odatda, quyidagi turlarga, ya’ni ko'rish sezgilari, eshitish sezgilari, hid bilish sezgilari, ta ’m (maza) bilish sezgilari, teri sezgilari, muskul-harakat sezgilari va organik sezgilarga ajratiladi. Sezgi organlari qayerda ekanligiga va qayerdan qo'zg'alishiga qarab, ularni uch guruhga ajratish mumkin: eksteroretseptorlar, proprioretseptorlar va interoretseptorlar.
    Eksteroretseptorlar organizmning sirtida boladi — ko'rish, eshitish, hid bilish, ta ’m (maza) bilish, teri sezgisi, muskul harakat sezgisi va organik sezgi organlari shu jum- ladandir.
    Bu a’zolar tashqi sezgi a’zolari deb ataladi. Organizmimizdan tashqaridagi narsa va hodisalarning xossalari ana shu a’zolar yordami bilan aks ettiriladi. Shu
    a’zolar orqali kelib chiqadigan sezgilar (ko'rish, eshitish sezgilari va hokazo) eksterioretseptiv sezgilar deb ataladi.
    Proprioretseptorlar muskul, pay va boylamlarda boladi. Organizmimiz va undagi ayrim a ’zolarining turli harakatlarini va vaziyatini ana shu a’zolar yordami bilan sezamiz. Bu a’zolar proprioretseptiv sezgilar deb ataladi. Muskul harakat sezgilari (knestetik sezgilar) va muvozanat sezgilari (statik sezgilar) shular jumlasidandir.
    Interoretseptorlar gavdamiz ichidagi organlar — teri, me’da, ichak, jigar, o'pkada boladi. Ovqat hazm qilish, nafas olish, qon aylanish organlari va shunga o'xshash ichki organlardagi jarayonlar (qo'zg'alishlar) vujudga keltiradigan sezgilar shu retseptorlar yordami bilan belgilanadi. Bu sezgilar interoretseptiv sezgilar deb ataladi. Organ sezgilar degan sezgilar shu jumladandir.


    Download 50.04 Kb.
      1   2   3   4   5




    Download 50.04 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    2-Amaliy ish Guruh: 830-21 Bajardi: Nazarova Gulshoda Tekshirdi

    Download 50.04 Kb.