• Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar
  • 1-asosiy savol bo’yicha darsning maqsadi
  • 1-asosiy savolning bayoni
  • 2-Ma’ruza mashg’uloti Ajratilgan vaqt-2 soat. Mavzu: Elektron darsliklarning xususiyatlari va afzalliklari Asosiy savollar




    Download 21.41 Kb.
    bet1/2
    Sana27.04.2024
    Hajmi21.41 Kb.
    #209696
      1   2
    Bog'liq
    2-ma\'ruza mashg\'uloti
    Reja kirish I. Bob. XIX asrda Buxoro amirligidagi ijtimoiy-siyos, tikuvchilik, Maktabda tasviriy san`at mashg`ulotlarining turlari. Uslubiy qo`llanma , ARISTOTEL,Farabiy,Kantnin\' nazariyasi, Akademiyaliq jaziwdan Esse Menin\' doslarim ko\'p pe yamasa Tanislarim, Mavzu Daromadlarning taqsimlanishi, tengsizlik va qashshoqlik r-fayllar.org, Kenesbaev A.slayd, file (1) (5), 4-Mustaqil ish (1), Ishi rl va rc-zanjirlarini o zgaruvchan chastotalarda, mustaqil ishi, 17) 5A330101-Kompyuter ilmlari va dasturlash texnologiyalari, Mavzu Birinchi tur xosmas integrallarining yaqinlashuvchanligi-www.hozir.org, Ermatova Sitora, Plagiat haqida tushuncha

    2-Ma’ruza mashg’uloti
    Ajratilgan vaqt-2 soat.


    Mavzu: Elektron darsliklarning xususiyatlari va afzalliklari
    Asosiy savollar:
    1. An’anaviy bosma va elektron darsliklarning umumiy jihatlari.
    2. Elektron darsliklarning o’ziga xos xususiyatlari va afzalliklari.


    Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar:
    An’anaviy bosma darsliklar, elektron darsliklar, axborot texnologiyasi, kompyuter, kompyuter grafikasi, multimedia.


    Kerakli jihoz va vositalar: kompyuter, videoprorektor, taqdimot materiallari, o’quv adabiyotlari, tarqatma materiallar.


    Mavzuga oid asosiy muammolar:
    1. An’anaviy bosma va elektron darsliklarning umumiy jihatlari faqat ma’lumot berishdan iborat. Siz ushbu fikrga qo’shilasizmi yoki qo’shilmaysizmi? Sizningcha yana qanday umumiy jihatlar bo’lishi mumkin. Javobingizni izohlang.
    2. Elektron darsliklarning o’ziga xos xususiyatlaridan biri ma’lumotlarni turli xil ko’rinishlarda ta’lim oluvchilarga etkazib berishdir. Sizningcha elektron darsliklarning yana qanday xususiyatlari mavjud. Javobingizni izohlab bering.


    1-asosiy savol bo’yicha darsning maqsadi: Talabalarga an’anaviy bosma va elektron darsliklarning umumiy jihatlari haqida ma’lumot berish.


    Identiv o’quv maqsadlari:
    1. An’anaviy bosma va elektron darsliklarning farqli jihatlari haqida so’zlab bera oladi.
    2. An’anaviy bosma va elektron darsliklarning umumiy jihatlarini izohlay oladi.


    1-asosiy savolning bayoni:
    XX asrning 80-chi yillarida kompyuterlarning keng tarqalishi ta’lim sohasida nafaqat yangi texnikaviy, balki didaktik imkoniyatlarni ham yaratdi. Kompyuterlarning asosiy afzalliklari ularning yaqinlashuvchanligi, muloqotning oddiyligi va albatta, grafikaviy imkoniyatlaridir. O’quv kompyuter tizimlarida grafikaviy illyustratsiyalarni qo’llash faqat ta’lim oluvchilarga axborotni uzatish tezligini oshirish va uni tushunish intensivligini oshirish imkoniyatini berib qolmasdan, balki ularda intuitsiya, sezgirlik, obrazli fikrlash kabi qobiliyatlarini rivojlantiradi. Xotira hajmi katta bo’lgan elektron vositalar va global telekommunikatsion muhitlarning paydo bo’lishi o’z ichida gipermatnli, multi va gipermedia texnologiyalarni, virtual tizimlarni qo’llaydigan o’quv dasturli vositalarni yaratishga olib keldi. Bunday tizimlardan foydalanish lazerli kompakt disklarda elektron dasturlar, ma’lumotnomalar, kitoblar va boshqa manbalarni ko’plab adadlashtirish imkoniyatini yaratdi.
    Mamlakatimiz uzluksiz ta’lim tizimiga kirib kelayotgan zamonaviy kompyuterlar asosida ta’lim muassasalarini axborotlashtirishga intilish jarayoni ta’limda elektron darsliklarni yaratish uchun yo’l ochib berdi.
    Elektron darslik va bosma darslik quyidagi umumiy jihatlarga ega:
    - o’quv materiali bilimlarning ma’lum sohasi bo’yicha bayon qilinadi;
    - o’quv materiali fan, texnika, texnologiya va madaniyatning zamonaviy yutuqlari darajasida yoritiladi;
    - o’quv materiali darsliklarda tizimli bayon qilinadi, ya’ni darslikning yaxlitligini ta’minlaydigan, ma’noli munosabat va aloqali ko’plab elementlardan tashkil topgan butun tugallangan asarni o’zida tasvirlaydi.
    Elektron darslikning bosma darsliklardan farqli belgilari quyidagilardan iborat:
    - Har bir bosma darslik o’qitish jarayonining ma’lum boshlang’ich va yakuniy darajasini tavsiflaydi. Aniq bir o’quv fani bo’yicha elektron darslik murakkablikning bir necha darajasidagi materialni o’z tarkibida saqlashi mumkin. Bunda ular har bir daraja uchun interfaol tartibotda bilimlarni tekshirish uchun ko’p variantli topshiriqlarni o’z tarkibida saqlagan bo’ladi.
    - Elektron darslikda ko’rgazmalilik bosma darslikdagidan ko’ra yuqoriroqdir. Elektron darsliklarda ko’rgazmalilik animatsiyalar, tovush kuzatishlar, giperjo’natishlar, videolavhalar va boshqa multimediyali texnologiyalardan foydalanish bilan ham ta’minlanadi.
    - Elektron darslik sinov topshiriqlari va testlarining ko’p variantliligi, ko’pdarajaliligi va xilma-xilligini ta’minlaydi. Elektron darslik barcha topshiriq hamda testlarni interfaol va ta’lim beruvchiga tartibli berilishga imkoniyat yaratadi. Noaniq javob paytida tushuntirishlar va izohlar orqali aniq javob berishga erishish mumkin.
    - Elektron darslikni yaratish va tarqatishda bosmaxona ishlari bajarilmaydi. Elektron darsliklar o’zining tuzilishi bo’yicha ochiq tizim bo’lib hisoblanadi. Ularni ishlatish jarayonida to’ldirish va takomillashtirish mumkin.
    - Elektron darslikning ta’lim oluvchilar bilan yaqinlashuvi bosma ko’rinishdagi darsliklardan ko’ra yuqoriroq. Elektron darslikka talab oshganda uning adadini osongina oshirish mumkin, tarmoq bo’yicha jo’natish mumkin.
    - Foydalanishda va ishlab chiqish maqsadlariga bog’liq ravishda ko’p funktsiyaliligini ta’minlash uchun elektron darsliklar turli xildagi tuzilmalarga ega bo’lishi mumkin. Masalan, darslarda foydalanish uchun aniq bir fan bo’yicha o’quv dasturiga mos keladigan elektron darslikni yaratish va o’quv materialini mavjud mavzuiy rejalashtirish asosida berish mumkin. Elektron darsliklarni mavzuiy rejalashtirishga bog’lamasdan, balki shunchaki aniq ta’lim bosqichi bo’yicha o’quv rejasiga rioya qilib ishlab chiqish ham mumkin.



    Download 21.41 Kb.
      1   2




    Download 21.41 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    2-Ma’ruza mashg’uloti Ajratilgan vaqt-2 soat. Mavzu: Elektron darsliklarning xususiyatlari va afzalliklari Asosiy savollar

    Download 21.41 Kb.