2016 yilgi Davlat Investitsiya dasturi




Download 13.67 Kb.
Sana24.03.2017
Hajmi13.67 Kb.
#1599

Statistika

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 25 dekabrdagi PP-2458 – sonli Qarori bilan “2016 yilgi Davlat Investitsiya dasturi” tasdiqlangan bo`lib, joriy yilda Aniq manzilli ro`yhatdagi 154 ta yirik va ustuvor ahamiyatga ega loyihalar doirasida 4,0 mlrd.doll.dan ziyod horijiy investitsiyalar va kreditlar o`zlashtirilishi ko`zda tutilgan. 
Ushbu investitsiya dasturining manzilli qismiga asosan neftegaz, kimyo, tekistil, farmasevtika sanoati, shuningdek, ichimlik suvi sifatini yaxshilash, erlarni meliorativ holatini yahshilash, sog’liqni saqlash, ta’lim, avtomobil yo’llari qurish kabi yo’nalishlarida yangi yuqori texnologik ishlab chiqarish yirik va strategik muhim investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirish ko’zda tutilgan.
2016 yilning 3-chorak yakunida Davlat Investitsiya dasturining Aniq manzilli qismidagi 154 ta loyihalar doirasida xorijiy investitsiyalar va kreditlarni o`zlashtirish bo`yicha belgilangan reja ko`rsatkichlarini bajarilishi 100,5% ni tashkil etdi. 
Tashqi iqtisodiy aloqalar investitsiyalar va savdo vazirligining hisobot davrida ushbu loyihalarning o’z vaqtida amalga oshirilishi borasida doimiy davlat monitoring olib boriladi. 
Xorijiy investitsiyalarning asosiy o’zlashgan qismi neftegaz sanoati (27,3%), kommunikatsiya va axborotlashtirish (12,6%), energetika (10,6%), transport ta’minlovi (9,6%), avtomobil yo`llarini rivojlantirishga (7,9%), kichhik biznes sub’ektlarini rivojlantirish bo’yicha kredit yo’nalishi (7,8%), yengil sanoatga (5,2%), va boshqalarga to`gri keldi. 
Hisobot davrida Investitsiya dasturi doirasida respublikamiz iqtisodiga 10 dan ortiq xorijiy davlatlar jumladan, XXR, Rossiya, Germaniya, Janubiy Korea, Yaponiya, Niderlandiya, Buyuk Britaniya, Malayziya va boshqa shu kabi davlatlar investitsiyalari jalb qilindi. 

Joriy yilning 9 oyi yakunlari bilan eksport faoliyatiga 835 korxona jalb etildi. 246 ta yangi maxsulot turlari eksporti amalga oshirildi. Shu bilan birga, milliy mahsulotlarning eksport geografiyasi 52 ta yangi chet el bozorlariga kengaydi. 
Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi hamda Savdo sanoat palatasi bilan birgalikda respublika tadbirkorlari, kichik va xususiy tadbirkorlik sub'ektlarini 71 ta chet el ko'rgazma va yarmarkalaridagi ishtiroki ta'minlandi. 

Download 13.67 Kb.




Download 13.67 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



2016 yilgi Davlat Investitsiya dasturi

Download 13.67 Kb.