26- MAVZU.
PARCHIN VA PARCHINLI BIRIKMALAR.
Reja:
1. Parchinlash turlari.
2.Qo‘lda va mexanizatsiyalash
vositasida parchinlash
Parchinlash turlari
Ikki yoki undan ortiq detallarni parchin mixlar bilan biriktirish
parchinlash deb ataladi.
Bu turdagi birikmalarni ajratishga ehtiyoj tug‘ilsa, parchin mixlarni
sindirib detallarni
bo‘laklarga bo‘lish mumkin. Parchin mixli biriktirish usuli metall konstrutsiya,
balkalar
yasashda, kemasozlik, samolyotsozlikda hamda ko‘prik va fermalar qurishda keng qo‘llaniladi.
Parchinlash quyidagi jarayonlardan iborat:
parchinlab biriktiriladigan detallarni teshish yoki parmalash;
teshiklardan parchin mix kallagiga moslab
rax hosil qilish;
yashirin kallaklari uchun zenkovkalash usuli bilan konus sirt yasash;
teshikka parchin mixlarni qo‘yish;
parchin mixning biriktirilgan detaldan chiqib turgan uchini pachoqlab unga shakl berish.
Parchinlash ikki usulda-qizdirish va sovuq usulda bajarilishi mumkin. Chilangarlik
ishlarida parchinlashning faqat sovuq usulidan foydalaniladi. Qizdirish
usuli maxsus sehlarda
qo‘llaniladi. Bunda parchin mixni 1000
-1100
S da qizdirib teshikka tiqiladi. Parchin mix
sovugandan keyin biriktiriladigan metallar tortiladi. Mixning uchida
qattiq zarb berish yoki
presslash yordamida kallak hosil qilinishi mumkin.
Qo‘llaniladigan asbob, jihoz hamda parchin mixga beriladigan zarba yoki bosim turlariga
ko‘ra parchin mixlar uch turga bo‘linadi:
dastakli asboblar zarbasi uchun;
pnevmatik bolg‘alar zarbasi uchun;
press
usuli uchun parchin mixlar;
Parchin mixlar hisobiga detalning og‘irlashuvi, zarb ta’sirida teshiklarda parchin
mixlarning bo‘shashib qolishi, detallarni biriktirishda
operatsiyalarni zenkovkalash, ishlashda
ortiqcha shovqin va tebranishlarning odam organizmiga salbiy ta’siri
detallarni parchinlab
biriktirishning
kamchiliklari
hisoblanadi.
Shuning
uchun
ham
parchinlash
usulini
takomillashtirish bilan birga ishlab chiqarishda yig‘ish-biriktirishning maqbul usuli bo‘lgan
elektr-gaz payvandlari keng qo‘llaniladi. Bundan tashqari, issiqqa chidamli yelimlar (VK 32-
200, VK 32-250, IP-9) bilan detallarni yopishtirib birikmalar hosil qilinadi.