• Foyfalanilgan adabiyotlar
  • Parchin mixli birikmalar




    Download 307.5 Kb.
    Sana30.11.2022
    Hajmi307.5 Kb.
    #32582
    Bog'liq
    parchin mixli birikmalar
    kkkkk, Дастурлаш 2 рус, Электроника ва схема 1. ўзб, Веб дастурлашга кириш рус, Веб дастурлашга кириш узб, PPT Presentation, Klasterizatsiya-fayllar.org (1), Gat da malumotlar strukturasi va modellari, HARAKATNING MUSKULSIZ FORMALARI, Pedagogik faoliyatda muloqot, 2-mavzu. Borliq va rivojlanish falsafasi Reja, Matematika o\'qitish metodikasi, linux server 5, Doc2111

    Parchin mixli birikmalar
    Parchin mixli birikmalar bir yoki bir nechta detalni parchin mix vositasida ajralmaydigan qilib biriktirishda hosil qilinadi.

    7. l-rasm. Parchin mixli birikmalar:
    a - ustma-ust: b- uchma-uch bir ustqo'yimli va d- uchma-uch ikki
    tomonlama ustqo'yimli
    Parchin mix silindrsimon. bir uchiga kallak ko'rinishida shakl berilgan m a’lum uzunlikdagi clementdir. Odatda, parchin mixlar diametri 20 mm dan ortiq boMmagan alyuminiy, latun, mis, po'lat simlardan maxsus mashinalarda tayyorlanadi.
    Parchin mixning ikkinchi uchiga parchin birikma hosil qilish jarayonida parchinlab shakl beriladi. Parchin mixning parchinlanadigan qismi uzunligi taxminan l1= 1.5 dp hisobida olinadi. Po‘lat parchin mixlarning diametri dp < 12 mm bo'lsa, ular sovuqlayin. dp >12 mm bo'lsa, qizdirilgan holda parchinlanadi. Bu holda ularni qizdirish harorati t = 1000...1100 "Cgacha bo'lishi mumkin. Qizdirib parchinlashda hosil qilinadigan parchin mixli birikma choki sifatli, mustahkam va jips bo'ladi. Rangli metallar va qotishmalardan tayyorlangan parchin mixlar sovuqlayin parchinlanadi.
    7.2-rasmda standart po'lat parchin mixlarning shakllari keltirilgan.



    7.2-rasm. Standart parchin mixlar:
    a) yarim dumaloq kallakli; b)yassi kallakli; d)yashirin kallakli; e. f. g - yarim
    g'ovak tanali: h. i.j - g'ovak tanali (pistonlar).
    Parchin mix qo’viladigan detaldagi teshikning diametri standartdan parchin mix diametriga ko’ra aniqlanadi. Sovuqlayin va qizdirib parchinlashda mos holda
    d0 = dr +0.05 dr vа d0= dr + 0.1dr
    Parchin mixli birikmalarning afzalliklari: birikmaning yuqori ishonchliligi, parchin chok sifatini qulay tekshirish mumkinligi. zarbli va titrashli yuklaiishlarga qarshiligining yuqoriligi. qiyin payvandlanadigan va mutlaqo payvandlanmaydigan materiallardan tayyorlangan detallarni biriktirish imkoniyati. Kamchiliklari esa quyidagilardan iboratdir: tannarxining nisbatan yuqoriligi va parchin mixli birikmani hosil qilishning bir muncha qiyinligi, materialning ko’proq sarf bo'lishi. murakkab shakldagi detallarni biriktirishning mumkin emasligi. Parchin mixli birikmalarni amaliy qo'llash sohalari quyidagi hoiatlar bilan chegaralanadi:
    tugal ishlov berilgan detallarni biriktirishda o'z shaklini yo'qotish. payvandlash jarayonida detallarning termik bo'shashish xavfi bo'lganda;
    payvandlash mumkin bo'lmagan materiallarni biriktirish;
    katta zarbli va kuchlanish 1 i yuklanishlar ta’siri ostidagi birikmalar.
    Masalan. samolyotlarda 2.5 min gacha parchin mixlar ishlatiladi. Yuk ko‘tarish-tashish mashinalarida. avtomobilsozlikda, temir yo'l ko'priklarida va qozonlarni tayyorlashda ko'plab ishlatiladi.Parchin mixli choklar bir qatorli va ko'p qatorli; uchma-uch yoki ustma-ust bo'lishi mumkin. Bundan tashqari parchin mixlar parallel yoki shaxmat tartibida joylashishi mumkin. Ish sharoitiga ko‘ra esa bir qirqimli yoki ko‘p qirqimli turlari uchraydi. Parchin mixlar materiallari sifatida kam uglerodli po‘latlar Ст2, C t 3, Ст2кп, СтЗкп, 10, 15, Юкп, 15кп; legirlanganl2X18H9T po'lati; mis М3; latun J163, alyuminiy qotishmalari АД1, Д18, AMr 5 va boshqalar qo'llaniladi.
    Parchin mixli birikm alarni hisoblash
    Parchin mixli birikmalar ishlash sharoitiga binoan uch turga tasniflanadi: mustahkam chokli birikmalar (ko'priklar, fermalar) - birikmaning yetarli darajada mustahkam bo`lishi talab etilganda ishlatiladi. Mustahkam - jips chokli birikmalar - katta mexanikaviy kuchlar ostida
    ishlaydigan va parchin chok germetik bo`lishi talab etilgan (bug`qozonlari, avtoklavlar, katta bosim ostidagi idishlar) tuzilmalarda qo`llaniladi. Jips chokli birikmalar - birikma faqat germetik bo'lishi zarur bo'lgan hollarda (yoqilg'i, turli moylar, suv. suyuqliklami saqlash uchun ishlatiladigan idishlar) foydalaniladi.Parchin mixli birikmalarni hisoblashda tubandagi soddalashtirishlar qabul qilinadi: Yuklanish barcha parchin mixlarga teng ta’sir etadi deb qaraladi. Teshiklardagi kuchlanishlar jamlanishi e’tiborga olinmaydi. Parchin mix yonboshidagi va teshikcha devoridagi bosim baravar taqsimlangan deb olinadi. Kesuvchi kuchlanish parchin mixning ko'ndalang kesimida bir tekis, ravon taqsimlangan deb hisoblanadi. 7.3 va 7.4-rasmlarda parchin mixli birikmalarni mustahkamlikka hisoblashga doir shakllar keltirilgan.



    7.3-rasm. Parchin mixni va detallar devorini mustahkamlikka
    hisoblash tahlili

    7.4-rasm. Birikadigan varaqsimon detallarni cho'zilishga
    hisoblash tarhi
    Bitta parchin mixga keltirilgan ruxsat etiladigan yuklanish:





    Foyfalanilgan adabiyotlar:


    1. Shoobidov Sh.A. Mashina detallari. Texnika oily o`quv yurtlari uchun darslik. Тошкент: “O`zbekiston ensiklopediyasi”, 2014. -444 b.
    2. Kurganbekov M.M., Moydinov A. Mashina detallari: O`quv qo`llanma. I va II qismlar. -Toshkent: “O`zbekiston ensiklopediyasi”, 2014. -384 b.
    3. Ш.А. Шообидов Машина деталлари. Ўқув қўлланма. Тошкент 2004-120 б.
    4.Ш.А.Шообидов, С.У.Мусаев. «Юритмалар», Тасмали ва занжирли узатмаларни лойихалаш. Тошкент 2000-82 б.
    Download 307.5 Kb.




    Download 307.5 Kb.