|
Motor moylarining klassifikatsiyasi
|
bet | 1/3 | Sana | 05.12.2023 | Hajmi | 20,67 Kb. | | #111966 |
Bog'liq Motor moylarining klassifikatsiyasi 2 . Motor moylarining klassifikatsiyasi.
Ishlatilish sharoitiga va ekspluatatsion xossalari darajasiga ko‘ra motor moylari A, Б, В, Г, Д, Е guruhlarga bo‘linadi. Zamonaviy avtomobil dvigatellarida asosan Б, В, Г, Д, Е guruhlardagi moylar ishlatiladi. Б - guruhidagi moy - kichik tezlikdagi, В - guruhidagi moy - o‘rtacha tezlikdagi siqish darajasi o‘rtacha bo‘lgan dvigatellar uchun, Г- guruhidagi moy - yuqori tezlikdagi siqish darajasi yuqori bo‘lgan benzinli va dizelli dvigatellar uchun, Д- guruhidagi moy - yuqori tezlikdagi havo turbina yordamida bosim bilan kiritiladigan dizellar uchun, Е - guruhidagi moylar sekin yurar dizellar uchun mo‘ljallangan. Б, В, Г- guruhidagi moylarga - 6-16% gacha qo‘shilmalar kompozitsiyasi qo‘shiladi, Д - guruhidagi moylarga 15-18% qo‘shilmalar kompozitsiyasi qo‘shiladi.
Б, В, Г guruhidagi moylar yana kichik guruhlarga bo‘linadi. Birinchi kichik guruhdagi moylar (1 indeksli) benzinli dvigatellar uchun, ikkinchi kichik guruhdagi moylar (2 indeksli) dizellar uchun mo‘ljallangan, uchinchi kichik guruhdagi moylar (indeksiz) universal bo‘lib, benzinli dvigatellarda ham, dizelli dvigatellarda ham ishlatiladi.
Benzinli dvigatellarda: - yozda 100OC dagi qovushqoqligi 8-10 сСt qishda 100OC dagi qovushqoqligi 6-8сСt bo‘lgan moylar ishlatiladi.
Dizel dvigatellarida: -yozda 100OC dagi qovushqoqligi 10-12сСt qishda 100OC dagi qovushqoqligi 8сСt bo‘lgan moylar ishlatiladi.
Motor moylarining (GOST 17479.1-85)bo’yicha qovushqoqlik klassifikatsiyasi
Qovushqoqlik sinfi
|
Kinematik qovushqoqligi, mm2/s
|
100°C da
|
-18°C, da
|
4З
|
l4,1
|
2600
|
6З
|
l5,6
|
10400
|
6
|
5,6 dan 7,0 gacha
|
|
8
|
7,0 dan 9,3 gacha
|
-
|
10
|
9,3 dan 11,5 gacha
|
-
|
12
|
11,5 dan 12,5 gacha
|
-
|
14
|
12,5 dan 14,5 gacha
|
-
|
16
|
14,5 dan 16,3 gacha
|
-
|
3З /8
|
7,0 dan 9,3 gacha
|
1250
|
4З /6
|
5,6 dan 7,0 gacha
|
2600
|
4З /8
|
7,0 dan 9,3 gacha
|
2600
|
4З /10
|
9,3 dan 11,5 gacha
|
2600
|
5З /10
|
9,3 dan 11,5 gacha
|
6000
|
5З/12
|
11,5 dan 12,5 gacha
|
6000
|
5З /14
|
12,5 dan 14,5 gacha
|
6000
|
6З /10
|
9,3 dan 11,5 gacha
|
10400
|
6З /14
|
12,5 dan 14,5 gacha
|
10400
|
6З /16
|
14,5 dan 16,3 gacha
|
10400
|
Markalanishi. Motor moylarining har bir rusumini shartli belgilari harflar va raqamlardan iborat. Ular qabul qilingan klassifikatsiyaga muvofiq, moyning vazifasini va guruhini, uning kinematik qovushqoqlikligini ko‘rsatadi. Masalan, M-10Г2 yoki M-10Г1 – moylari quyidagicha o’qiladi: «10» - moyning 100OC dagi qovushqoqligi 10сСt ga tengligini bildiradi. Ekspluatatsion xossasiga ko‘ra, yuqori darajada kuchaytirilgan dizel dvigatellariga Г(2), benzinli dvigatellar uchun Г(1) guruhdagi moylar ishlatilishini bildiradi. Bundan tashqari, klassifikatsiyasiga ko‘ra quyultirilgan qishki va qovushqoqlik xossalari yaxshilangan universal moylar ham chiqariladi. Masalan, M-4з 8В, bu yerda – «4» raqami - qovushqoqlik klassini bildiradi (-18 OC da u 2600сСt.dan yuqori bo‘lmasligi kerak), "з" xarfi - moy tarkibida quyultiruvchi qo‘shilmalar borligini bildiradi.
Benzinli dvigatellarda yuqori darajada kuchaytirilgan dvigatellarning ishonchli ishlashi uchun Г1 guruhdagi moylar (qishki M-8Г1 va yozgi M-12Г1) barcha mavsumbop quyultirilgan M-6з 10Г1 moylari ishlatiladi. Har bir guruh chegarasida 100OC da moy yettita kinematik qovushqoqlik sinfiga ega bo‘lishi mumkin: 4, 6, 8, 10, 12 ,14 va 16 mm2s.
Zamonaviy kuchaytirilgan traktorlar, og‘ir yuk ko‘taradigan avtomobillar dizellarida moy juda qiyin sharoitlarda ishlaydi. Shuning uchun bu dvigatellarda ishlatiladigan moylar neftni bevosita haydash yo‘li bilan olingan yuqori sifatli va yaxshilab tozalangan mahsulotlarga qo‘shilmalar qo‘shib tayyorlanadi.
Hozirgi vaqtda dizellarda ishlaydigan traktorlar, kombaynlar, og‘ir yuk ko‘taradigan avtomobillarda ishlatiladigan moylarga qo‘shilmalar miqdori ko‘proq qo‘shiladi. Bu dvigatellar yuqori haroratda, katta yuk(nagruzka) ostida va katta tezlikda ishlaydi. Shuning uchun bularga ishlatiladigan moylar yuqori sifatli bo‘lishi kerak. Dizel dvigatellarida В, Г guruhdagi moylar eng ko‘p tarqalgan. Ularga yuvish-disperslash qo‘shilmalari, oksidlanish va yeyilishga qarshi qo‘shilmalar kompozitsiyasi qo’shiladi.
Yuqori darajada kuchaytirilgan dizel dvigatellarida harorat yuqori bo’lib, yuklanish katta, shuning uchun ularda moylash materiallarining ish sharoiti ham og‘ir. Shu sababli, ularda ishlatiladigan Г guruhidagi motor moylariga 14% gacha qo‘shilmalar kompozitsiyasi qo‘shiladi.
M-10Г2 - moyning 100 OC dagi qovushqoqligi 10сСt ga teng. Ekspluatatsion xossasiga ko‘ra, yuqori darajada kuchaytirilgan dizel dvigatellariga Г(2) guruhdagi moylar ishlatiladi.
Dizel dvigatellarida В, Г guruhdagi moylar eng ko‘p tarqalgan. Ularga yuvish-disperslash qo‘shilmalari, oksidlanish va yeyilishga qarshi qo‘shilmalar kompozitsiyasi qushiladi.
Yuqori darajada kuchaytirilgan dizel dvigatellarida harorat yuqori, yuklanish katta, shuning uchun ularda moylash materiallarining ish sharoiti ham og‘ir. Shu sababli, ularda ishlatiladigan Г guruhdagi motor moylariga 14% gacha qo‘shilmalar kompozitsiyasi qo‘shiladi.
|
| |