• Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi ekspert komissiyalar to‘g‘risida NIZOM I. Umumiy qoidalar
  • II. Komissiyalarning vazifalari va huquqlari
  • 3-Amaliy mashg‘ulot. Mavzu




    Download 34.93 Kb.
    bet1/3
    Sana23.01.2024
    Hajmi34.93 Kb.
    #144151
      1   2   3
    Bog'liq
    3-Amaliy
    Mavzu genomika fanining rivojlanish istiqbollari-fayllar.org, 6topshiriq (1)

    3-Amaliy mashg‘ulot.
    Mavzu: Texnik jihatidan tartibga solish sohasidagi ekspert kengashining huquq va majburiyatlari. Texnik reglamentlarning loyihasini rasmiylashtirish.

    Vazirlar Mahkamasining


    2010-yil 10-maydagi
    86-son qaroriga
    1-ILOVA


    Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi ekspert komissiyalar to‘g‘risida
    NIZOM
    I. Umumiy qoidalar
    Ushbu Nizom texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi ekspert komissiyalarni shakllantirish va ularning faoliyatini tashkil etish tartibini, vazifalari va huquqlarini, shuningdek a’zolarining majburiyatlari va javobgarligini belgilaydi.
    1. Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi ekspert komissiyalar (keyingi o‘rinlarda Komissiyalar deb yuritiladi) ishlab chiqilgan umumiy va maxsus texnik reglamentlarni, texnik reglamentlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalarni ekspertizadan o‘tkazish, shuningdek reglamentlarni bekor qilish bo‘yicha takliflar hamda ular yuzasidan xulosalar tayyorlash uchun texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi davlat vakolatli organlari (keyingi o‘rinlarda vakolatli organlar deb yuritiladi) huzurida tuziladi.
    2. Komissiyalar o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga hamda boshqa qonun hujjatlariga, shuningdek ushbu Nizomga amal qiladi.
    3. Komissiyalarning tarkibi vakolatli organ rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
    II. Komissiyalarning vazifalari va huquqlari
    4. Quyidagilar Komissiyalarning asosiy vazifalari hisoblanadi:
    a) vakolatli organlar tomonidan o‘z vakolatlari doirasida texnik jihatdan tartibga solish sohasida kompleks va ishlarning oldindan bajarilishini ta’minlaydigan texnik jihatdan tartibga solish davlat tizimining asosiy yo‘nalishlarini rivojlantirishga doir ishlar rejalarini ishlab chiqish;
    b) texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar loyihalarini ko‘rib chiqish;
    v) ishlab chiqilgan umumiy va maxsus texnik reglamentlarni, texnik reglamentlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalarni ekspertizadan o‘tkazish, shuningdek amal qilish muddati tugagan texnik reglamentlarni bekor qilish bo‘yicha takliflar hamda ular yuzasidan xulosalar tayyorlash;
    g) o‘z vakolatlari doirasida xulosalar berish va texnik reglamentlarni tasdiqlash yoki ularni puxtalashtirish uchun qaytarish yuzasidan takliflar kiritish;
    d) texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi rejalar va tadbirlarni ishlab chiqishda texnik reglamentlar loyihalarini ishlab chiquvchi tashkilotlarga metodik yordam berish.
    5. Komissiya quyidagi huquqlarga ega:
    a) texnik reglamentlarni ekspertizadan o‘tkazishga davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, loyihalash, ilmiy-texnik va ilmiy-tadqiqot tashkilotlari, shuningdek xo‘jalik yurituvchi subyektlar mutaxassislarini jalb etish;
    b) ishlab chiquvchi tashkilotlardan hamda davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlaridan texnik reglamentlar loyihalari bo‘yicha zarur axborotlar olish;
    v) o‘z vakolatlari doirasida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga umumiy texnik reglamentlarga o‘zgartirish va/yoki qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida takliflar kiritish;
    g) davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlariga maxsus texnik reglamentlarni tasdiqlash, ularga qo‘shimchalar va/yoki o‘zgartirishlar kiritish yoki ularni bekor qilish to‘g‘risida takliflar kiritish;
    d) boshqa vakolatli organlar bilan kelishuv bo‘yicha davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari huzurida tuziladigan texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi ekspert kengashlari ishida qatnashish.

    Download 34.93 Kb.
      1   2   3




    Download 34.93 Kb.