Nizom I. Umumiy qoidalar




Download 85.64 Kb.
bet1/4
Sana20.01.2024
Hajmi85.64 Kb.
#141695
  1   2   3   4
Bog'liq
furqat kadastr mustaqil ish transport
6-sinf ingliz tili ish reja YANGI, 1-mavzu. Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli -fayllar.org, РАБОТА НАД ТЕКСТОМ ГОРДАЯ ГОРА, CHIMQOʻRGʻON SUV OMBORI

Avtomobil yo‘llari davlat kadastrini yuritish tartibi to‘g‘risida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Avtomobil yo‘llari davlat kadastri (AYDK) “Davlat kadastrlari to‘g‘risida”, “Avtomobil yo‘llari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 16-fevraldagi 66-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat kadastrlari yagona tizimi (DKYaT)ni yaratish va yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizomga, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga va mazkur Nizomga muvofiq yuritiladi.
2. AYDK — bu avtomobil yo‘llari obyektlari, ularning jug‘rofiy holati, huquqiy maqomi, miqdor va sifat tavsiflari va iqtisodiy baholash to‘g‘risidagi yangilanib turiladigan ishonchli axborot tizimi.
3. AYDK DKYaTning tarkibiy qismi hisoblanadi hamda avtomobil yo‘llari obyektlarini hisobga olish va ularning holatini baholash maqsadida yuritiladi.
4. Mavjud bo‘lgan va qurilayotgan avtomobil yo‘llari, maxsus inshootlar hamda O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan avtomobil yo‘llarining boshqa obyektlari AYDK obyektlari hisoblanadi.
5. O‘zbekiston Respublikasi Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi AYDKni yuritish bo‘yicha vakolatli organ hisoblanadi.
6. AYDK davlat hokimiyati va boshqaruv organlarini, O‘zbekiston Respublikasi Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasini, manfaatdor yuridik va jismoniy shaxslarni avtomobil yo‘llari obyektlari to‘g‘risidagi ishonchli kadastr axborotlari bilan ta’minlash uchun mo‘ljallangan.
7. Quyidagilar AYDKni yuritishning asosiy prinsiplari hisoblanadi:
O‘zbekiston Respublikasining avtomobil yo‘llari obyektlarini to‘liq qamrab olish;
makon koordinatalarining yagona tizimini va yagona topografiya asoslarini qo‘llash;
barcha obyektlar bo‘yicha kadastr axborotlarini shakllantirishning yagona metodologiyasi;
kadastr axborotlarining ishonchliligi, ko‘rgazmaliligi va hujjatliligi;
kadastr axborotlarining ochiqligi.
8. AYDKni yuritish avtomobil yo‘llari obyektlarini xatlash, hisobga olish, baholash bilan ta’minlanadi hamda davlat yer kadastri kadastr axborotlaridan hamda binolar va inshootlar davlat kadastridan majburiy foydalanilishini nazarda tutadi.
9. Avtomobil yo‘llari obyektlariga tegishli bo‘lgan yer uchastkalari, binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun belgilangan tartibda vakolatli organlar tomonidan amalga oshiriladi.
10. Avtomobil yo‘llari obyektlariga tegishli bo‘lgan, davlat yer kadastridan AYDKga berilayotgan yer uchastkalari to‘g‘risidagi yer-kadastr axborotida maqsadli foydalanilishi bo‘yicha erning tarkibi to‘g‘risidagi, yer uchastkalariga bo‘lgan huquq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi (shu jumladan yerdan foydalanishda servitutlarda belgilangan mavjud cheklashlar va taqiqlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar), erning miqdori va sifati to‘g‘risidagi ma’lumotlar bo‘lishi kerak.
11. Bino va inshootlar davlat kadastridan AYDKga berilayotgan avtomobil yo‘llari obyektlariga tegishli bo‘lgan binolar va inshootlar to‘g‘risidagi kadastr axborotida ulardan maqsadli foydalanilishi, huquqlarning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi, asosiy miqdor va sifat tavsiflari to‘g‘risidagi ma’lumotlar bo‘lishi kerak.
12. AYDKni yuritish qog‘oz va/yoki elektron manbalarda amalga oshiriladi.
13. Avtomobil yo‘llari obyektlari to‘g‘risidagi tizimlashtirilgan kadastr axboroti DKYaTga belgilangan tartibda beriladi.
14. AYDKni yaratish va yuritish ishlarini moliyalashtirish O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yo‘l jamg‘armasi mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi.

Download 85.64 Kb.
  1   2   3   4




Download 85.64 Kb.