4 – amaliu ish. Hot potatoes dasturidan foydalanib mashq qiluvchi elektron kurslarini yaratish




Download 16,3 Kb.
bet1/2
Sana06.12.2023
Hajmi16,3 Kb.
#112398
  1   2
Bog'liq
4 - amaliy ish


4 – amaliu ish. Hot potatoes dasturidan foydalanib mashq qiluvchi elektron kurslarini 
yaratish  

Hot Potatoes dasturi tarmoqda sinov mashqlarini tashkil qilish imkonini beradi.


Unda yaratilgan mashqlarni ixtiyoriy brauzer (Internet Explorer, Mozilla, Opera,
Chrome, Finiks, Safari, Google,…) bilan ta’minlangan kompyuterda qo‘llash
mumkin. Mashqlar HTML va JavaScript da yaratiladi lekin siz bu tillar haqida
hech qanday tushunchaga ega bo‘lmasdan ham dasturni qo‘llashinigiz mumkin.
Aytmoqchimanki, bu dasturda dasturlash tillaridan xabari bo‘lmagan
foydalanuvchi ham bemalol unda har xil turdagi interaktiv mashqlarni yarata
olishi mumkin. Siz bajarishingiz kerak bo‘lgan harakat sinov mashqidagi
ma’lumot(savol, javob)larni kiritish va so‘nggi amal
Создать Веб-
страницы tugmasini bosishdan iborat bo‘ladi. Hattoki, dastur interfeysini
o‘zbek tilida tashkil qilishingiz mumkin (Выбор-ИнтерфейсПеревод
интерфейса). Shuni ta’kidlash kerakki, dastur HTML va JavaScript tillarida
ishlashni biladigan mutaxassislar uchun unda ixtiyoriy o‘zgartirishlar kiritish
imkonini beradi.
Hot Potatoes da beshta sinov mashqlarini yaratuvchi dasturlar mavjud bo‘lib ular
quyidagilar:
JQuiz dasturida to‘rt xil turdagi sinov mashqlarini tashkil qilishi mumkin:
alternativ, qisqa javobni yozish, gibrid (qisqa javobning savoli bir necha
urinishlardan so‘ng alternativ savol ko‘rinishiga keladi), multi tanlovli(bunda

ta’lim oluvchi berilgan variantlardan bir nechtasini to‘g‘ri deb tanlab olishi


mumkin).
Alternativ sinov mashqida ta’lim oluvchi javob variantlaridan birini tanlaganida
quyidagi holat yuz beradi. Agar javob to‘g‘ri bo‘lsa, :-) (smayl) aks holda X
belgisi chiqadi. Shu bilan birga ta’lim oluvchi berilgan javob nima uchun to‘g‘ri
yoki noto‘g‘riligi haqida izohni ko‘rishi mumkin. Agar javob noto‘g‘ri berilgan
bo‘lsa, ta’lim oluvchi to‘g‘ri javobni topgunicha tanlashda davom etadi.
Baholash albatta mos ravishda urinish sonlariga nisbatan belgilanadi. Ta’lim
oluvchi to‘g‘ri javob berishi bilan bahosi belgilanadi(1rasm). Lekin dastur ta’lim
oluvchi to‘plagan bahosini yo‘qotmagan holda, qolgan alternativ javoblarning
izohlari bilan ham tanishib chiqish imkonini beradi. Buning uchun alternativ
javoblar tugmasini bosish kerak bo‘ladi. Bu imkoniyat ta’lim oluvchida
alternativ fikrlashni rivojlantirib, Yechim variantlarini taqqoslash va baholash
ko‘nikmasini shakllantiradi.
JQuiz ning qisqa javobni yozish sinov mashqi ko‘rinishida esa, ta’lim oluvchi
javobni yozishi kerak bo‘ladi (2-rasm). Bunda ta’lim oluvchi Hint tugmasidan
foydalanishi mumkin. Bu tugma so‘zni tashkil etuvchi harflarini bittadan
ko‘rsatib, yordam berish vazifasini o‘taydi. Bunda baholash mos ravishda
murojaatlar soniga bog‘liq bo‘ladi. Sinov mashqining bu shakli so‘zlarni yodda
tutishga undash bilan birgalikda, uni orfografik xatosiz yozishni o‘rgatadi.
Gibrid sinov mashqida alternativ savol bilan qisqa javobni yozish mashqi
kombinatsiyalashadi. Ya’ni ta’lim oluvchi bir necha Hint yordamchi tugma
urinishlardan so‘ng ham javobni yozishda qiynalsa(3-rasm), Check tugmasini
bosishi bilan savol alternativ ko‘rinishda namoyon bo‘ladi(4-rasm). Albatta
bunda ham baholash mos ravishda murojaatlar soniga bog‘liq bo‘ladi.

Multi tanlovli sinov mashqi tashkil qilinganda javob variantlaridan bir
nechtasi to‘g‘ri
bo‘lishi mumkinligi nazarda tutilishi lozim. Ta’lim oluvchi to‘g‘ri javoblarni
barchasini tanlamaguncha baho e’lon qilinmaydi(5-rasm). Bu sinov mashqi
an’anaviy alternativ test sinovidn farq qilib, ta’lim oluvchi fikrlash doirasini
kengaytiradi.
JCloze dasturida sinov mashqi quyidagicha tashkil qilinadi. Gapning orasiga
shunday
kiritish maydonchalar tashkil qilinadiki, bu maydonchadagi so‘zlar gapning
kaliti hisoblanadi. Ya’ni kalit so‘z gapni to‘ldiradi. Bunday maydonchalarni
xohlagancha tashkil qilish mumkin. Har bir kalit so‘zga yordamchi izohlar
tashkil qilish mumkin. Shu o‘rinda ta’lim oluvchi yana Hint yordamchi tugmaga
murojaat qilib to‘g‘ri javobning harfma-harf tashkil qilishi ham mumkin(6-
rasm). Undan tashqari dastur bir necha kalit so‘zlar ro‘yxatini
tashkil qilishi va ta’lim oluvchi to‘g‘ri so‘zni tanlash orqali ham javob berish
shaklini tashkil qilish mumkin. Buning uchun fayl konfiguratsiyasini
o‘zgartirish kerak.
JCross dasturida krossvordlar yaratish mumkin. Setkani xohlagan o‘lchamda
tashkil qilish mumkin. YUqoridagi dasturlarda aytib o‘tilganidek, yordamchi
Hint yordamchi tugma imkoniyati bunda ham mavjud (7-rasm). Sinov
mashqini krossvord ko‘rinishida tashkil qilish, sinovni qiziqarli mashg‘ulotga
aylantiradi. Bunda ta’lim oluvchi savollarga javob berish jarayonida, so‘zlarni
orfografik yozilishini ham o‘rganadi.

JMix dasturi gapdagi so‘zlar aralashmasidan mashq yaratadi. Bunda to‘g‘ri
javobni aniqlash uchun bir necha so‘zlarni to‘g‘ri ketma-ketligini tashkil qilish
kerak. Ya’ni gapdagi ketma-ketlik aralash ko‘rinishda taklif qilinadi. Bu sinov
mashqida ta’lim oluvchi o‘yin o‘ynayotgandek xis qiladi o‘zini (8-rasm). Sinov
mashqini bajarish jarayonida, gaplarni grammatik tuzilishini to‘g‘ri tashkil
qilishni ham avtomatik ravishda o‘rganib boradi.
JMatch dastur mos keluvchi javoblarni topish sinov mashqini yaratadi. Chap
tomonda
o‘zgarmas ro‘yxat tashkil qilinadi. O‘ng tomonda esa aralash holda javoblar
ro‘yxati tashkil qilinadi(9-rasm). Bunda ta’lim oluvchi o‘zaro moslikni topishi
kerak. Sinov mashqini boshqotirma echishga qiyoslash mumkin.

Download 16,3 Kb.
  1   2




Download 16,3 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



4 – amaliu ish. Hot potatoes dasturidan foydalanib mashq qiluvchi elektron kurslarini yaratish

Download 16,3 Kb.