5 – mavzu: Axborotlarni himoyalash




Download 82.83 Kb.
bet1/5
Sana14.12.2022
Hajmi82.83 Kb.
#34861
  1   2   3   4   5
Bog'liq
5-MA\'RUZA
8-мавзу.Маданият, цивилизация ва қадриятлар фалсафаси, YAMAN TURIZMI

5 – mavzu: Axborotlarni himoyalash.


Reja:

  1. Himoyalangan axborotga tahdidlar tushunchasi va uning tuzilishi

  2. Axborot xavfsizligiga tahdidlarning toifalanishi

  3. Axborot himoyasi vositalarini va usullarini tasniflash



      1. Himoyalangan axborotga tahdidlar tushunchasi va uning tuzilishi. Umumiy yo‘nalishga ko‘ra axborot xavfsizligiga tahdidlar quyidagilarga bo‘linadi:

  • O‘zbekistonning maʼnaviy ravnaqi sohalarida, maʼnaviy hayot va axborot faoliyatida fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlari va erkinliklariga tahdidlar;

  • mamlakatning axborotlashtirish, telekommunikatsiya va aloqa vositalari industriyasini rivojlanishiga, ichki bozor talablarini qondirishga, uning mahsulotlarini jahon bozoriga chiqishiga, shuningdek mahalliy axborot resurslarini yig‘ish, saqlash va samarali foydalanishni taʼminlashga nisbatan tahdidlar;

  • Respublika hududida joriy etilgan hamda yaratilayotgan axborot va telekommunikatsiya tizimlarining meʼyorida ishlashiga, axborot resurslari xavfsizligiga tahdidlar.

Axborot hisoblash tizimlarida axborot xavfsizligini taʼminlash nuqtai nazaridan o‘zaro bog‘liq bo‘lgan uchta tashkil etuvchini ko‘rib chiqish maqsadga muvofiq:

    1. axborot;

    2. texnik va dasturiy vositalar;

    3. xizmat ko‘rsatuvchi personal va foydalanuvchilar.

Har qanday axborot hisoblash tizimlarini tashkil etishdan maqsad foydalanuvchilarning talablarini bir vaqtda ishonchli axborot bilan taʼminlash hamda ularning konfedensialligini saqlash hisoblanadi. Bunda axborot bilan taʼminlash vazifasi tashqi va ichki ruxsat etilmagan taʼsirlardan himoyalash asosida hal etilishi zarur.
Axborot tarqab ketishiga konfedensial maʼlumotning ushbu axborot ishonib topshirilgan tashkilotdan yoki shaxslar doirasidan nazoratsiz yoki noqonuniy tarzda tashqariga chiqib ketishi sifatida qaraladi.
Tahdidning uchta ko‘rinishi mavjud1.

      1. Konfedensiallikning buzilishiga tahdid shuni anglatadiki, bunda axborot unga ruxsati bo‘lmaganlarga maʼlum bo‘ladi. Bu holat konfedensial axborot saqlanuvchi tizimga yoki bir tizimdan ikkinchisiga uzatilayotganda noqonuniy foydalana olishlikni qo‘lga kiritish orqali yuzaga keladi.

      2. Butunlikni buzishga tahdid hisoblash tizimida yoki bir tizimdan ikkinchisiga uzatilayotganda axborotni har qanday qasddan o‘zgartirishni o‘zida mujassamlaydi. Jinoyatchilar axborotni qasddan o‘zgartirganda, bu axborot butunligi buzilganligini bildiradi. Shuningdeq dastur va apparat vositalarning tasodifiy xatosi tufayli axborotga noqonuniy o‘zgarishlar kiritilganda ham axborot butunligi buzilgan hisoblanadi. Axborot butunligi - axborotning buzilmagan holatda mavjudligidir.

      3. Xizmatlarning izdan chiqish tahdidi hisoblash tizimi resurslarida boshqa foydalanuvchilar yoki jinoyatchilar tomonidan ataylab qilingan harakatlar natijasida foydalana olishlilikni blokirovka bo‘lib qolishi natijasida yuzaga keladi. Axborotdan foydalana olishlilik - axborot aylanuvchi, subʼektlarga ularni qiziqtiruvchi axborotlarga o‘z vaqtida qarshiliklarsiz kirishini taʼminlab beruvchi hamda ixtiyoriy vaqtda murojaat etilganda subʼektlarning so‘rovlariga javob beruvchi avtomatlashtirilgan xizmatlarga tayyor bo‘lgan tizimning xususiyatidir.




2. Axborot xavfsizligiga tahdidlarning toifalanishi. Axborot xavfsizligiga tahdidlar darajasiga ko‘ra quyidagicha toifalanishi mumkin:

        1. shaxs uchun:

  • axborotlarni qidirish, olish, uzatish, ishlab chiqish va tarqatish bo‘yicha fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlari va erkinliklarini buzilishi;

  • fuqarolarni shaxsiy hayot daxlsizligi huquqidan mahrum qilish;

  • g‘ayriixtiyoriy zararli axborotlardan fuqarolarning o‘z sog‘liqlarini himoya qilish huquqlari buzilishi;

  • intellektul mulk obʼyektlariga tahdid.

    1. jamiyat uchun:

  • axborotlashtirilgan jamiyatni qurishga to‘siqlar;

  • jamiyatning maʼnaviy yangilanish, uning maʼnaviy boyliklarini saqlash, fidoyilik va xolisliq mamlakatning ko‘p asrlik maʼnaviy anʼanalarini rivojlantirish, milliy, madaniy merosni targ‘ib qilish, axloq meʼyorlari huquqlaridan mahrum qilish;

  • zamonaviy telekommunikatsiya texnologiyalarini taraqqiy etishi, mamlakat ilmiy va ishlab chiqarish potensialini rivojlantirish va saqlab qolishga qarshilik qiluvchi muhitni yaratish.




v) davlat uchun:

  • shaxs va jamiyat manfaatlari himoyasiga qarshi harakatlar;

  • huquqiy davlat qurishga qarshilik;

  • davlat boshqaruv organlari ustidan jamoat nazorati institutlarini shakllantirishga qarshi harakatlar;

  • shaxs, jamiyat va davlat manfaatlarini taʼminlovchi davlat boshqaruv organlari tomonidan qarorlarni tayyorlash, qabul qilish va tatbiq etish tizimini shakllantirishga qarshilik;

  • davlat axborot tizimlari va davlat axborot resurslari himoyasiga to‘siqlar;

  • mamlakat yagona axborot muhiti himoyasiga qarshi harakatlar.


Download 82.83 Kb.
  1   2   3   4   5




Download 82.83 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



5 – mavzu: Axborotlarni himoyalash

Download 82.83 Kb.