Shu sababli, o’quv qo’llanmaning




Download 114.22 Kb.
bet1/8
Sana15.03.2024
Hajmi114.22 Kb.
#173135
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Mobil qurilmalarning operatsion tizimlari
Tolalali materiallarga birlamchi ishlov berish (Q.Xolmirzayev), Integral geometriya deb nimaga aytiladi, b9dfc910-3bc1-4d3e-bc63-391790c2bfa3, Elektronika Ixlos, geoMI

KIRISH
"Axborot xavfsizligi" ta’lim yo’nalishida "Mobil tarmoq xavfsizligi" fanining mazmuni quyidagicha belgilangan: fanning maqsadi talabalarga simsiz va mobil texnologiyalar bo’yicha zamonaviy va istiqbolli nazariy va amaliy bilimlarni berish. Fanni o’rganish axborotni uzatish muhitidan foydalanish, topologiya, standartlar, texnologiyalar, xavfsizlik masalalarini o’z ichiga oladi. Shuning bilan birga axborot yaxlitligining buzilishi, simsiz va mobil axborot tarmoqlaridan ruxsatsiz foydalanish, ularning ishga layoqatligining buzilishi kabi muammolar ko’rilishi lozim.
Radioaloqa, radioelektron tizimlar, radio va optik signallarni shakllantirish va uzatish, radioto’lqinlarning tarqalishi asoslarini bilish fanni o’zlashtirishdagi dastlabki qadam hisoblanadi.
Shu sababli, o’quv qo’llanmaning birinchi bobi radiosignal turlari va ularning asosiy xarakteristikalariga, ko’p nurlilikning signal tarqalishi ta’siriga, chastotalar spektri taqsimotiga, ko’pchilik foydalanuvchi tizim turlariga bag’ishlangan.
Ikkinchi bobda mobil tizimlarni qurish prinsiplari, mobil tarmoq komponentlari, mobil tizimlarda chastotalar va vaqt taqsimoti strukturasi, mobil tizimlarni qurishning o’ziga xos xususiyatlari, uyali mobil tizimlarni qurish asoslari yoritilgan.
Uchinchi bob keng polosali foydalanishni ta’minlovchi lokal, shahar hamda global simsiz tizimlar va tarmoqlarni qurish masalalariga bag’ishlangan.
To’rtinchi bobda Yerning sun’iy yo’ldoshli mobil aloqa tizimlari, ularni qurish prinsiplari, strukturali va asosiy xarakteristikalari hamda Yerning sun’iy yo’ldoshli mobil aloqaning Internet texnologiyalarda ishlatilishi ko’rilgan.
Beshinchi bobda axborot xavfsizligiga tahdidlar tasnifi, mobil tizimlarda axborot xavfsizligiga asosiy tahdidlar, axborot xavfsizligini buzuvchining modeli keltirilgan.
Oltinchi bobda turli operatsion tizimlarda xavfsizlikni ta’minlash mexanizmlari ko’rilgan. Dunyoda keng tarqalgan Android va iOS operatsion tizimlar xavfsizligini ta’minlash mexanizmlarining qiyosiy tahlili keltirilgan.
Yettinchi bob mobil ilovalardagi tahdidlarga va zaifliklarga bag’ishlangan. Mobil qurilmalar uchun ilovalar tasnifi keltirilgan. Mobil ilovalarning namunaviy zaifliklari hamda mobil ilovalarning himoyalanganligiga tahdidlarning tahlili va baholanishi ko’rilgan.
Sakkizinchi bobning mazmuni - simsiz va mobil tarmoqlarda xavfsizlikni ta’minlovchi texnologiyalar. Simsiz va mobil tarmoqlar uchun IEEE 802.11 (Wi-Fi 802.11) bazaviy standart, EAP va IEEE 802.1x standartlari, IPSec protokollari yordamida axborotni himoyalash texnologiyalari ko’rilgan. Xavfsizlikni kompleks ta’minlovchi IEEE 802.11i standarti ham keltirilgan.
To’qqizinchi bobda mobil moliya xizmatlari modellari, mobil to’lovlarni amalga oshirishdagi mavjud tahdidlar va zaifliklarning tahlili hamda mobil to’lovlardan foydalanishda axborot xavfsizligini oshirish bo’yicha tavsiyalar ko’rilgan.
O’ninchi bob mobil bulutli texnologiyalarga bag’ishlangan. Mobil ilovalarning bulutli hisoblash tizimlari bilan o’zaro ta’sir arxitekturasi, mobil texnologiyalarda bulutli hisoblashlardan foydalanish muammolari, bulutli hisoblashlar modelidagi mobil agentlarning imkoniyatlari ko’rilgan. Bulutli hisoblashlarga tahdidlar tahlili va ulardan himoyalanish usullari keltirilgan.
O’n birinchi bobda mobil tizimlar xavfsizligining auditi va monitoringi masalalari ko’rilgan.
Android – Linux yadrosida yaratilgan portativ (tizimli) operatsion tizim boʻlib, Kommuniqatorlar, planshetli kompyuterlar, elekron kitoblar, raqamli pleyerlar, qoʻl soatlari, netbuklar va smartbuklarda ishlatiladi. Google tomonidan sotib olingan Android Inc. kompaniyasi tomonidan yaratilgan. Keyinchalik Google tizim rivojlanishi bilan shugʻullanadigan Open Handset Alliance (OHA) ittifoqini tuzdi. Android yordamida Java dasturlarni tuzish mumkin. Android Native Development Kit Sida va boshqa tillarda yoziladigan dasturlarni yaratadi. Android – mobil telefonlar uchun jahonda eng mashhur operatsion tizimi paydo bo‘lganligiga atigi besh yil bo‘lganligiga hatto ishonging ham kelmaydi. Quyida Android tizimi haqida batafsil ma’lumotlar berilgan. Android (yunoncha so‘z bo‘lib, ikki bo‘g‘ini – “erkak” va “o‘xshash”) – “odamsifat robot” ma’nosini ifoda etadi. Balki mana shuning uchun Android operatsion tizimi logotipida robot tasvirlangandir. Android operatsion tizimining yaratilishi tarixi 2002-yillardan boshlangan. Mana shu davrda Google korporatsiyasi yaratuvchilari E. Rubinning dasturiy ishlanmalari to‘plami bilan qiziqib qoladilar. Dastlab mobil qurilmalar uchun yangi operatsion tizimni yaratish loyihasi bilan katta maxfiylik ostida TAndroid Inc. Kompaniyasi shug‘ullangan, ushbu kompaniyani keyinchalik Google sotib oladi.
. Android – Linux yadrosiga asoslangan kommuniqatorlar, planshetli kompyuterlar, elektron kitoblar, raqamli musiqa uskunalari, qo‘l soatlari, netbuklar va smartbuklar uchun portativ (tarmoqli) operatsion tizimdir. Dastlab, Android Inc. kompaniyasi tomonidan yaratila boshlangan, uni keyinchalik Google sotib olgan. Keyinchalik Google Open Handset Alliance (OHA) alyansini tashkil qildi, u hozirda
ham platformani qo‘llab-quvvatlash va yanada rivojlantirish bilan shug‘ullanadi. Android Google tomonidan ishlab chiqilgan kutubxona orqali qurilmani boshqaruvchi Java-ilovasini yaratishga imkon beradi. Android Native Development Kit Si va boshqa tillarda yozilgan ilovalarni yaratadi. 2012-yilning uchinchi choragida sotilgan smartfonlarning 75 foizida Android operatsion tizimi o‘rnatilgan.

Download 114.22 Kb.
  1   2   3   4   5   6   7   8




Download 114.22 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Shu sababli, o’quv qo’llanmaning

Download 114.22 Kb.