ANDROID MOBIL OPERATSION TIZIMI




Download 114.22 Kb.
bet3/8
Sana15.03.2024
Hajmi114.22 Kb.
#173135
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Mobil qurilmalarning operatsion tizimlari
Tolalali materiallarga birlamchi ishlov berish (Q.Xolmirzayev), Integral geometriya deb nimaga aytiladi, b9dfc910-3bc1-4d3e-bc63-391790c2bfa3, Elektronika Ixlos, geoMI
ANDROID MOBIL OPERATSION TIZIMI
Android - Linux yadrosida yaratilgan portativ (tizimli) operatsion tizim bo'lib, Kommuniqatorlar, planshetli kompyuterlar, elekron kitoblar, raqamli pleyerlar, qo'l soatlari, netbuklar va smartbuklarda ishlatiladi. Google tomonidan sotib olingan Android Inc. kompaniyasi tomonidan yaratilgan. Keyinchalik Google tizim rivojlanishi bilan shug'ullanadigan Open Handset Alliance (OHA) ittifoqini tuzdi. Android yordamida Java dasturlarni tuzish mumkin. Android Native Development Kit Sida va boshqa tillarda yoziladigan dasturlarni yaratadi.
Android - mobil telefonlar uchun jahonda eng mashhur operatsion tizimi paydo bo'lganligiga atigi besh yil bo'lganligiga hatto ishonging ham kelmaydi. Quyida Android tizimi haqida batafsil ma'lumotlar berilgan.
Android (yunoncha so'z bo'lib, ikki bo'g'ini - "erkak" va "o'xshash") -"odamsifat robot" ma'nosini ifoda etadi. Balki mana shuning uchun Android operatsion tizimi logotipida robot tasvirlangandir.
Android operatsion tizimining yaratilishi tarixi 2002-yillardan boshlangan. Mana shu davrda Google korporatsiyasi yaratuvchilari E. Rubinning dasturiy ishlanmalari to'plami bilan qiziqib qoladilar. Dastlab mobil qurilmalar uchun yangi operatsion tizimni yaratish loyihasi bilan katta maxfiylik ostida TAndroid Inc. Kompaniyasi shug'ullangan, ushbu kompaniyani keyinchalik Google sotib oladi.
Tadqiqot jarayonida ilmiy bilishning obyektivlik usulidan foydalanildi. Mazkur tadqiqot jarayonida Android operatsion tizimining yaratilish tarixi obyektiv ochib berildi. Bugungi kundagi turizmning rivojlantirish bosqichlari mantiqiy izchillik jihatdan tadqiq qilindi. Tadqiqot jarayonida Raxmatov M. N. ning "Informatsion texnika vositalari" nomli o'quv qo'llanmasi metodologik manba bo'lib olindi.
Android - Linux yadrosiga asoslangan kommuniqatorlar, planshetli kompyuterlar, elektron kitoblar, raqamli musiqa uskunalari, qo'l soatlari, netbuklar va smartbuklar uchun portativ (tarmoqli) operatsion tizimdir. Dastlab, Android Inc. kompaniyasi tomonidan yaratila boshlangan, uni keyinchalik Google sotib olgan. Keyinchalik Google Open Handset Alliance (OHA) alyansini tashkil qildi, u hozirda
ham platformani qo'llab-quvvatlash va yanada rivojlantirish bilan shug'ullanadi. Android Google tomonidan ishlab chiqilgan kutubxona orqali qurilmani boshqaruvchi Java-ilovasini yaratishga imkon beradi. Android Native Development Kit Si va boshqa tillarda yozilgan ilovalarni yaratadi.
2012-yilning uchinchi choragida sotilgan smartfonlarning 75 foizida Android
operatsion tizimi o'rnatilgan.
Rasm - 11. HTC Dream (T-Mobile G1) - Android OT asosida birinchi smartfoni
2008-yil sentabr oyida birinchi versiyasi chiqarilgandan so'ng tizimga bir necha yangiliklar kiritilishi sodir bo'ldi. Ushbu yangiliklar odatda, aniqlangan xatolarni tuzatish va tizimga yangi funksiyani kiritish bilan bog'liq bo'ldi. Tizimning har bir versiyasi yangilik sifatida o'zining kodli nomi bilan ataldi. Kod nomlari alifbo tartibida berildi. 2012-yil noyabr oyiga kelib, tizimning 14 ta versiyasi yaratildi. Bu versiyasi - 4.1 Jelly Bean («qo'shimchasi bilan chaynash obaki») deb nomlandi. 2013-yil 31 oktabr kuni, tizimning navbatdagi yangi versiyasi yaratildi. Bu versiyasi -4.4 KitKat deb nomlandi. 2014 yil 3 noyabrda tizimning 5.0 versiyasi yaratildi. Bu versiyasi - 5.0 Lollipop deb nomlandi. 2015 yil 28 mayda tizimning 6.0 versiyasi yaratildi. Bu versiyasi - 6.0 Marshmallow deb nomlandi. 2016 yil tizimning oxirgi
versiyasi yaratilishi ko'zda tutilgan bo'lib, u 7.0 Nougat deb nomlanadi1.
Androidning yangilangan versivalari
wwwwvwvwwvwv\iH- îmmaBmmmîMwv WWWWlhWWWW
Mobile Tablet Vtor
1.0 1.1 1.5 1. 52.0 2.1 2.2 2.3 40 4.1 4.2 4.3 4.4 5.0 51 6.0 7.0
3.0 3.13.2
4.4w 4.4w.2 50.2w , WWw .5JJW. 1.3 1.4 i...... 2.0
2009 ¿CIO 2011 2012 2013
Eski versiyasi Aktual versiyasi
(Mb versiyasi Kevins! versiyasi
2014 2015 2016
I Jorivversivasi
Rasm - 2. Android versiyalarining yangilanish bosqichlari (29.02.2016)2
1 Manba: https://ru.wikipedia.org/wiki/Android_Nougat
2 Manba: https://ru.wikipedia.org/
Scientific Journal Impact Factor
Android operatsion tizimini Apple qurilmalariga - iPhone, iPod Touch va iPad larga Openiboot nomli maxsus dastur yordamida o'rnatish muvaffaqiyatli tajribasi ham mavjud, u ushbu qurilmalarda turli operatsion tizimlarni, shu jumladan, Android operatsion tizimini ham ishga solish uchun mo'ljallangan.
Ko'pchilik Androidning ko'p tarmoqli imkoniyatlari va yashirin funksiyalari borligini taxmin qilsalar kerak, lekin iste'molchi Androidning sirlaridan uni boshqarish jarayonida smartfon yoki planshetning qo'shimcha imkoniyatlaridan foydalanilgani kabi xabardor bo'lib, foydalana olmasliklari mumkin. Chunki mavjud muloqot oynalaridan foydalanishning qulayligini oshirish hamda qurilmadan estetik zavq olinishini ta'minlash maqsadida ayrim funksiyalar yashirin tarzda berilgan.
Android dasturining afzalliklari:
- Android operatsion tizimida ishlovchi mobil qurilmalar Gmail, Google Docs, Maps va boshqa Google kompaniyasining xizmatlari bilan to'liq ishlay oladi.
- Android market hozirgi kunda eng zo'r dasturiy ta'minot Web-saytlaridan hisoblanadi va Android uchun juda ko'p bepul dasturlar mavjud.
- Android kommunikatorlari yordamida xohlagan mobil aloqa operatorini tanlash imkoniyati mavjud.
- Android platformasi paydo bo'lganiga uncha ko'p vaqt bo'lmagan bo'lsa ham, u bir qancha imkoniyatlarni taqdim etadi va shunga yarasha Androidda ishlaydigan qurilmalarning narxi ham unchalik baland emas.
- Android bu to'liqligicha ochiq operatsion tizim hisoblanadi.
- Android ko'p jarayonli operatsion tizim, ya'ni unda bir vaqtning o'zida bir necha dasturlar ishlash imkoniyati mavjud.
- Android qurilmalarini hammasida virtual klaviatura mavjud. Ba'zi Android qurilmalarida ham virtual, ham haqiqiy klaviatura mavjud bo'ladi.
- Android operatsion tizimi faqatgina kommunikatorlarda emas, balki planshet kompyuterlar, netbuklar va boshqa gadjetlarda ham ishlay oladi.
Androidning imkoniyatlari, asosan, yosh va o'rta yoshli foydalanuvchilarga mo'ljallangan.
Usta foydalanuvchilarning menga bu kerak emas, bu qiziqarli emas degan fikrga borishlari noto'g'ri. Chunki qurilmalarning sirlarini anglangan sari yangi imkoniyatlari ochilib boraveradi. Kimki bu yo'lni bosib o'tgan bo'lsa oldinga qarab boraversin.

Download 114.22 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 114.22 Kb.