V semester 1-ma’ruza mashg’uloti Kutubxonalarning elektron xizmatlari




Download 57 Kb.
Sana17.10.2023
Hajmi57 Kb.
#88090
Bog'liq
1-ma\'ruza


  1. ASOSIY NAZARIY QISM (ma’ruza mashg‘ulotlari)

V semester
1-ma’ruza mashg’uloti


Kutubxonalarning elektron xizmatlari
Reja:

  1. Elektron kutubxona

  2. Elektron kutubxona tashkil etish ishlari

  3. Elektron katalog va elektron kutubxona bog’liqligi

Axborot-kutubxona texnologiyalarining zamonaviy taraqqiyotini elektron axborot resurslarisiz tasavvur qilish aslo mumkin emas. Elektron kutubxona foydalanuvchilarga eng yuqori darajadagi axborot xizmatlarini taqdim etish jarayoni bo‘lib, o‘zida muayan bir tizimli ulanishni, shuningdek, foydalanuvchilar uchun an’anaviy kutubxona xizmatlari nomenklaturasini kengaytirish hamda xizmat ko‘rsatish sifati va qulayligini oshirishni mujassamlashtirgan kutubxona muassasasining yangi ko‘rinishidir.


“Elektron kutubxona — navigatsiya va qidiruvning zamonaviy vositalari bilan ta’minlangan, tartibga solingan turli-tuman elektron hujjatlar (shuningdek, kitoblar) kolleksiyasidir. Elektron kutubxonalar o‘zida juda katta hajmdagi materiallarni jamlagan holda universal hamda ixtisoslashgan bo‘ladi.
Elektron kutubxona tashkil etish ishlari AQShda XX asrning 80-yillaridayoq boshlangan edi, Buuk Britaniyada esa 90-yillar boshida boshlangan. Odatda bu kabi ishlarni uncha katta bo‘lmagan mutaxassislar guruhi boshlab, keyinchalik bir necha yil davomida ular milliy dastur va xalqaro loyihalar maqomiga ko‘tariladi. Elektron kutubxonani tashkil etishda xorijda ko‘plab fondlar, qiziquvchi xususiy kompaniyalar, insonparvarlik tashkilotlari va hatto yakka shaxslar faol ishtirok etadi.
Elektron kutubxonadan foydalanish ta’lim jarayonini birmuncha jadallashtiradi. Bugungi kun foydalanuvchisi uchun elektron kutubxonadan foydalanishi uchun anchayin afzalliklarga ega. Jahon tajribasi shuni ko’rsatadiki, ta’limiy va ilmiy elektron resurslar qoida asosida huquqegalarining o’zlari yoki ularning roziligi bilan vujudga keladi. Ularning ko’pchiligi tijorat faoliyati negizida. Yuqoridagi mulohazaga eng to’g’ri keladigan yirik nashriyot uylaridan “Elsevier”, “Springer” lar misol bo’ladi.
So’nggi vaqtlarda ochiq havoladagi elektron ilmiy kutubxonalar paydo bo’ldiki, ulardan eng birinchi vakillar arXiv.org и PubMedCentral hisoblanadi.
Yangi axborot texnoliyalarining rivojlanishi kutubxonalarda axborot xizmatining yangi usul va shakllarini faol tadbiq qilishga olib keladi. Bugungi kunda kutubxona yangi axborot texnologiyalari, internet, telekomunikatsiyalardan foydalanib xizmat ko’rsatishning ko’pgina usullari mavjud. Biz ularni kutubxonalarning electron xizmati deb atadik.
Elektron katalog — elektron kutubxonaning asosiy elementi hisoblanadi. Elektron katalogi bo‘lmagan elektron kutubxonani «elektron kolleksiya» deb atash mumkin. Elektron kutubxona fondi elektron shakldagi resurslardan iborat bo‘lgani sababli, elektron resurslar tavsifmi tuzishga moljallangan «Dublin yadrosi» metama’lumotlaridan foydalanilishi maqsadga muvofiq. M a’lumki, an’anaviy kutubxona kataloglari kutubxona fondidan alohida joyda saqlanadi va katalog kitoblar fondini kitobxonga ochib berishga xizmat qiladi. Kitobxon katalogdan foydalanishi uchun kutubxona ga borishi kerak1. Elektron kutubxona elektron katalogining har bir elektron kartochkasi elektron kutubxonadagi har bir hujjatga bog'langan boladi va undan masofadan turib foydalanish mumkin.

Qisqartmalar


1. ARM – Axborot resurs markazi.


2. AKM – Axborot kutubxona markazi.
3. AIO` – Avtomatlashtirilgan ish o`rni.
4. AKAT – Avtomatlashtirilgan kutubxona - axborot tizimi.
5. KBT – Kutubxona bibliografik tasniflagich.
6. KShEK – Kitobxonning shaxsiy elektron kabineti.
7. MBBT – Ma`lumotlar bazasini boshqarish tizimi.
8. MB – Ma`lumotlar bazasi.
9. MARC – Machine-Readable Cataloguing record – mashina o`qiy oladigan kataloglashtirish yozuvi.
10. ShEK – Shaxsiy elektron kabinet.
11. IRBIS – Integrallashgan kutubxona axborot tizimi.
12. O`UK – O`nli universal klassifikatsiya.
13. EK – Elektron katalog.
Respublikamiz Prezidentining 2006 yil “Aholini kutubxona axborot bilan ta`minlashni tashkil etish” to`g`risidagi qarori ijrosini ta`minlash borasida kutubxonachilik ishi sohasida bir qator ishlar amalga oshirildi. Qarorda ko`zda tutilgan yangi tipdagi axborot-kutubxona, axborot-resurs markazlarini (AKM, ARM) tashkil qilish, katta mablag` va vaqt talab qiladigan murakkab masala hisoblanadi. Ma`lumki, zamonaviy talablarga javob beradigan kutubxonada avtomatlashtirilgan kutubxona-axborot tizimini (AKAT) yaratmasdan turib qarorda ko`zda tutilgan vazifalarni to`liq bajarish mumkin emas. AKATning ta`minotlari (dasturiy, texnik, axborot, lingvistik, tashkiliy-texnologik va kadrlar) orasidan bugungi kunda ko`pchilikning e`tiborida turgani bu dasturiy ta`minotdir [1, 2, 3, 4, 14]. O`zbekiston kutubxonalarida AKAT dasturiy ta`minoti sifatida Rossiyada ishlab chiqilgan IRBIS tizimining qo`llanilayotganligi diqqatga sazovordir. Integrallashgan kutubxona axborot tizimi (IRBIS) 1990 yillarning oxirlaridan boshlab O`zbekiston kutubxonalarida tatbiq qilina boshlagan bo`lsa-da, u bugungi kunda mamlakatimizning ko`pchilik AKM, ARM va kutubxonalarida o`z o`rnini topmadi. Buning birinchi sababi tizimning bahosi mamlaktimiz kutubxonalarining moliyaviy imkoniyatlariga mos emasligida bo`lgan bo`lsa, ikkinchi sababi tizimning O`zbekiston kutubxonalariga to`liq moslashtirilmaganligi bo`ldi. Tizim o`zbek tiliga tarjima qilinmadi, buning sababi “Axborot, kutubxonachilik va nashriyot ishi” (SIBID) turkumiga kiruvchi kutubxona standartlari o`zbek tilida mavjud emas edi. Kataloglashtirish qoidalari ham O`zbekiston kutubxonachilik ishi uchun “ochilmagan qo`riq” edi [9]. Ammo, shunga qaramay IRBIS tizimining O`zbekiston kutubxonachilik ishi rivojida juda katta ta`siri bo`ldi. Mamlakatimiz kutubxonachilari mazkur tizim orqali kutubxona jarayonlarini avtomatlashtirish to`g`risidagi tushunchalarga ega bo`ldilar, elektron kataloglashtirish nima ekanligini tushunib yetdilar va eng asosiysi xalqaro talablarga mos ravishda elektron bibliografik resurslar yaratish texnologiyalarini o`zlashtirdilar. An`anaviy kataloglashtirishdan elektron kataloglashtirishga o`tishdagi psixologik faktorlarni yengib o`tishda ham tizim o`zining ijobiy tomonlarini ko`rsata oldi. O`zbekistonda yaratilgan dastlabki “Namunaviy avtomatlashtirilgan kutubxona” (O`zbekiston Respublikasi FA asosiy kutubxonasida) ham IRBIS tizimi asosida tashkil qilindi. Bundan tashqari O`zbekistondagi bir qator yirik kutubxonalardagi EK bazasi mazkur tizim asosida shakllantirilmoqda, faqatgina Alisher Navoiy nomidagi O`zbekiston Milliy kutubxonasida yaratilgan EK bazasidagi bibliografik yozuvlar soni 150 000 dan ortib ketdi. Oliy ma`lumotli kutubxonachi kadrlar tayyorlashda ham IRBIS tizimi o`zining katta hissasini qo`shdi. MARC formatlar asosida kataloglashtirish usullari, adabiyotlarni qidirish, buyurtmalar berish va ularning avtomatlashtirilgan holda bajarilishini hamda kutubxona statistikasini yuritishni talabalar mazkur tizimdan foydalanib o`rgandilar. Milliy avtomatlashtirilgan kutubxona-axborot tizimini ishlab chiquvchilar ham tizimning avtomatlashtirilgan ish o`rinlari funksiyalaridan foydalanib o`z ishlanmalarini yaratishga kirishdilar. O`sha paytlardan boshlab O`zbekistonda elektron kataloglashtirish asri boshlandi.

Tavsiya etiladigan asosiy adabiyotlar:


1. Plemnek A.I, Sokolova N.V “Integratsiya I korporativnost elektronnix bibliotek” Universitetskaya kniga -2010
2. Axborot-kutubxona va axborot-resurs markazlari ishini tashkil etish A.Navoiy nomidagi O’zbekiston Milliy kutubxonasi nashriyoti 2020-y.
3. Axborot-kutubxona faoliyati to‘g‘risida: O‘zbekiston Respublikasining Qonuni: № O‘RQ - 280. 2011-y, 13-apr. // Xalq so‘zi,- 2011-y 14-apr.
4. Respublika aholisini axborot-kutubxona bilan ta’minlashni tashkil etish to‘g‘risida: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining №181-sonli qarori. 2006-y, 20 iyun // Xalq so‘z 2006-y, 21-iyun.
5. Mualliflik va turdosh huquqlar to‘g‘risida: O‘zbekiston Respublikasining Qonuni: № O‘RQ - 42. 2006-y. 20-iyul // Xalq so‘zi - 2006-y, 21-iyul.
6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va Foydalanuvchilik madaniyatini oshirish hamda targ‘ib qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar» dasturi to‘g‘risida Qarori 2017-yil, 13-sentyabr - (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017-y., 38-son, 1029-modda)
7. Рахматуллаев М.А. Мировые информационные ресурсы: Методическое пособие. - Тошкент: Фан ва технология, 2017-y, 196 стр. - ISBN978-9943-11-402-9
8. Рахматуллаев М.А. Информационные технологии в библиотеках. Методическое пособие по разработке проектов с использованием новых информационных технологий.-Ташкент: Национальная библиотека Узбекистана, 2003-y, 272 стр.
9. Каримoв У., Раҳматуллаeв М.А. Электрoн кутубxoна: яратиш тexнoлoгияси ва рeсурсларидан фoйдаланиш. (Мoнoграфия) - Т.: Алишeр Навoий нoмидаги Ўзбeкистoн Миллий кутубxoнаси нашриёти. 2010-y,136- б.
10. Новицкий А.В., Резниченко В.А., Проскудина Г.Ю. Создание научных архивов с помощю системы ЕПринтс // Российский научный электронный журнал «Электронные библиотеки». [Электронный nресурс]. URL: http://www.elbib.ru/index.phtml?page=elbib/rus/journal (дата обращения: 22.01.2010).
11. Теxнологии создания и использования научно-образовательной информации в сети электронныx библиотек: Ежегодный сборник. /По редакцией М.А. Раxматуллаева . – Т.: E-LINE, 2013-y. 130-б.
12. Раxматуллаев М.А. Модели корпоративной информационно-библиотечной сети. В сборнике «Новости науки Казаxстана». Научно-теxнический сборник . Алма Ата. НС НТИ. вып. 3 – 4, 2012-y с 9 - 17.
13. Раxматуллаев М.А. Каримов У. Корпоратив аxборот ресурс марказларини автоматлаштирилган тизими Монография. Ташкент., 2012-y, 120-б.
14. Раxматуллаев М.А. Информационное обеспечение университетов в корпоративной библиотечной сети «SOCIETY, INTEGRATION, EDUCATION». ROCEEDING of the International Scientific Conference. Volume II. May 23 - 24, 2014. Rezekne. Latvia. ISSN 1691-5887. 333 - 342 p.
15. Раxматуллаев М.А. Проблемы и решения по организации открытого доступа к информационным ресурсам: Сборник. //Теxнологии создания и использования научно-образовательной информации в сети электронныx библиотек - Ташкент: Изд. Национальной Библиотеки Узбекистана, 2011.-с.7-14.
16. Раxматуллаев М.А. Научно-образовательная информация в сети электронныx библиотек //Вестник БАЕ Научно-практический журнал. М.: Российская государственная библиотека. №2 , 2011-y, 25 - 26с.
17. Раxматуллаев М.А. Эволюция информационныx теxнологий в библиотекаx Узбекистана//KUTUBXONA.UZ. № 3(19).- с. 15 - 21
18. Раxматуллаев М.А., Еронина Е. Научно-образовательные ресурсы для информационно-библиотечныx учреждений в онлайновом доступе // Электрон кутубxона тармоқларида илмий-таълимий аxборотлар яратиш ва улардан фойдаланиш теxнологиялари-Technologies of scientific and educational information development and use in the network of electronic libraries- Теxнологии создания и использования научно-образовательной информации в сети электронныx библиотек: Тўплам /Масъул муҳаррир М.А. Раҳматуллаев. – Т.: ООО «E-LINE PRESS», 2013-y. 130-б. 7 - 25 с.
19. Руководство по наукометрии: индикаторы развития науки и теxнологии: [монография] М.А. Акоев, В.А. Маркусова, О.В. Москалева, В.В. Писляков. [под редакцией М.А. Акоева]. – Екатеринбург: изд-во Урал. ун-та, 2014. – 250 с.
20. Гибридные журналы открытого доступа / В.М. Московкин // Научно-теxническая информация. Сер. 1. Организация и методика информационной работы. – 2008. – № 11. – c. 22-25. Moskovkin_nti0811.pdf (329 Кб)
21. Институтциональные политики открытого доступа к результатам научныx исследований / В.М. Московкин // Научно-теxническая информация. Сер. 1. Организация и методика информационной работы. – 2008, – № 12. – c. 7 - 11. Moskovkin_nti0812.pdf (522 Кб)
22. From Michael Kurtz, American Scientist Open Access Forum, 28 September 2005 http://users.ecs.soton.ac.uk/harnad/Hypermail/Amsci/4807.html
Download 57 Kb.




Download 57 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



V semester 1-ma’ruza mashg’uloti Kutubxonalarning elektron xizmatlari

Download 57 Kb.