• Android operatsion tizim.
  • Windows Mobile operatsion tizim




    Download 114.22 Kb.
    bet5/8
    Sana15.03.2024
    Hajmi114.22 Kb.
    #173135
    1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    Mobil qurilmalarning operatsion tizimlari
    Tolalali materiallarga birlamchi ishlov berish (Q.Xolmirzayev), Integral geometriya deb nimaga aytiladi, b9dfc910-3bc1-4d3e-bc63-391790c2bfa3, Elektronika Ixlos, geoMI
    Windows Mobile operatsion tizim. Ushbu operatsion tizim operatsion tizimlarni ishlab chiqarishda dunyo miqyosida etakchi hisoblanuvchi Microsoft kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan. Ushbu tizim shaxsiy kompyuterda ishlatiluvchi dasturiy interfeysdan foydalanadi. Bu dastur yozilishini ancha osonlashtiradi va foydalanuvchilarga qulay va tushunarli. Windows Mobile operatsion tizim komponentli, ko’p vazifali, ko’p oqimli va ko’p platformali operatsion tizim hisoblanadi. Shu tufayli ushbu operatsion tizim mobil qurilmalarda keng tarqalgan.
    Windows Mobile operatsion tizimning afzalliklari:
    - shaxsiy kompyuter versiyasi bilan o’xshashligi;
    - sinxronlashning qulayligi;
    - tarkibida ofis dasturlarining mavjudligi;
    - ko’p vazifaligi.
    Windows Mobile operatsion tizimning kamchiliklari:
    - uskunalarga talablarning yuqoriligi;
    - viruslar sonining ko’pligi;
    - ishlashidagi beqarorlik.
    Android operatsion tizim. Ushbu operatsion tizim Linux operatsion tizimga asoslangan va Open Handset Alliance tomonidan, Google madadi bilan ishlab chiqilgan eng yangi mobil operatsion tizimlardan biri hisoblanadi. Dastlabki koddan ochiq foydalanilgani tufayli ixtiyoriy ishlab chiqaruvchi o’zining ushbu operatsion tizim versiyasini yaratishi mumkin. Ilovalarni ishlab chiqaruvchilariga cheklashlarning katta bo’lmagan soni qo’yilgan. Shu sababli tekin va to’lovli ilovar to’plami mavjud.
    Android operatsion tizimning afzalliklari:
    - moslanuvchanlik;
    - ochiq dastlabki kodlar;
    -dasturlarning ko’pligi;
    - yuqori tezkorlik;
    - Google servislari bilan o’zaro aloqaning qulayligi;
    - ko’p vazifaligi;
    Android operatsion tizimning kamchiliklari:

    - doimo kam-ko’stini to’ldirish talab etiladi.
    iOS operatsion tizim. Ushbu operatsion tizim Apple kompaniyasi tomonidan taqdim etilgan bo’lib, faqat ushbu kompaniya mahsulotlarida tarqalgan. iPhone smartfonlarda, iPod pleyerlarda, iPad planshetlarda hamda Apple TV televizorga ulanadigan uskunalarda qo’llaniladi.
    iOS operatsion tizimning afzalliklari:
    - ishlatishda qulaylik;
    - madadlashning sifatli xizmati;
    - ishlashida ko’pgina muammolarni bartaraf etuvchi muntazam yangilashlar;
    - App Store da turli dasturlar to’plamini xarid qilish imkoniyati.
    iOS operatsion tizimning kamchiliklari:
    - norasmiy ilovalarni o’rnatish uchun djaylbreyk dasturiy ilovadan foydalanish zaruriyati;
    - operatsion tizimning blokirovkalangan xarakteri;
    - ko’p vazifalikning mavjud emasligi;
    - hujjatlarni o’rnatilgan muharirining yo’qligi.

    Download 114.22 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 114.22 Kb.