5- seminar Mavzu: Sog‘lom turmush tarzi haqida xalq tajribasi. 1-Topshiriq




Download 23.66 Kb.
Sana21.01.2024
Hajmi23.66 Kb.
#142439
Bog'liq
6mmm
asoslash ogash, Ashyoviy dalillar haqida tushuncha, O’zbekistonda Prezidentlik boshqaruv tizimi, 84745, 1, Lokal tarmoqlar (lan) va ularning qurilish usullari lan tarmog‘-kompy.info, detalization 2023-09-01 2023-09-27 812, doimiy uz, Mavzu Fizik sathda kompyuter tarmog’larini himoyalash-azkurs.org, Тошлоқ МФЙ BIZNES REJA

5- Seminar Mavzu: Sog‘lom turmush tarzi haqida xalq tajribasi.
1-Topshiriq Sog‘lom turmush tarzi haqida xalq tajribasiga oid misoolar keltiring.
Abu Ali ibn Sino o’zining tib qonunlari va boshqa asarlarida gimnastik mashqlar, massaj, dieta, suv muolajasi, hammomni, juda ko’pgina kassaliklarda va kasallikning oldini olish maqsadida ishlatilishi haqida to’liq ma’lumot bergan.
Salomatlik, bu organizmning tabiiy holati bo’lib uning atrof-muhit bilan eng optimal o’zaro munosabatini ta’minlab turadi. Salomatlikning asosiy mazmuni jismoniy va ma’naviy kuchlarning uyg’unligi, nerv tizimining muvozanatda bo’lishi, chidamliligi, tashqi va ichki muhitning turli xildagi zararli ta’sirlariga qarshi turish qobiliyati hisoblanadi. Tevarak-atrofdagi o’zgarib turadigan sharoitlarga moslashib muvofaqiyat bilan mehnat qilish salomatlikning muhim belgisi hisoblanadi, chunki organizm tashqi muhit bilan muvozanatda turmasa, uning hayot faoliyatini va odamning mehnat qobiliyatining saqlab bo’lmaydi.
Odam o’z hayotini oqilona tashkil etish orqali faqat inson zotiga foyda keltirish bilangina cheklanib qolmaydi. SHunisi aniqki, «inson o’z sog’lig’ini asragan taqdirda tabiatni, hayot davomiyligini asragan bo’ladi». Demak, biz o’z sog’ligimizni asrash va oqilona hayot kechirish bilan tabiatni zararlanishdan va hayotni putur etishdan saqlaymiz. Shu tariqa tiriklik asoslarini saqlab qolamiz.
Sog’lom turmush tarzini tashkil etishda odam quyidagilarga katta e’tiborni qaratish kerak. Biz qanday ovqatlanishimiz, nimalarni iste’mol qilishimiz, nimani ichishimiz, qachon, qancha ichimlik ichishimiz kerak. Sof havodan qanday foydalanish kerak, qanday uxlash va qanday dam olish kerak, organizmni qanday qilib chiniqtirish kerak, kun tartibiga rioya qilish, va boshqalarga katta e’tibor qaratishimiz lozim.
Inson organizmining rivojlanishida harakat, muskul faoliyati, jismoniy ish muhim o’rin to’tadi, chunki uning hayot kechirishi, turmush tarzi bevosita faol harakatni taqozo qiladi. Bunday bog’lanish inson paydo bo’lganidan beri hayot kechirishning ajralmas qismi bo’lib, evolyutsion yo’l bilan mustahkamlangan.
Shu sababli harakat faqat yashash uchun kerak bo’lib qolmasdan (ovqat topib eyish, dushmandan o’zini himoya qilish, noqulay omillardan muhofazalanish va boshqalar), barcha tashqi va ichki a’zolarning me’yoriy ishlashi uchun zaruratga aylangan. Hozirgi sharoitda esa texnikaning tezlik bilan rivojlanishi, turmushda avtomatlashtirish va mexanizatsiyalashtirishning tobora keng ko’lamda qo’llanilishi insonning bevosita harakat qilishini ancha-muncha cheklab qo’ydi.
Faol harakatning cheklanishi bilan organizmdagi barcha a’zolarning me’yoriy ishlashi bo’ziladi, chunki ular asosan serharakat sharoitda o’z funktsiyalarini to’liq bajaradilar. Shuning uchun ham jismoniy tarbiya va sport bilan shug’ullanish kundalik turmushning ajralmas qismiga aylanishni taqozo etadi. Boshqacha qilib aytganda, bunday turmush tarzi jarayonida inson tanasidagi barcha a’zolar va tizimlarning harakatiga nisbatan bo’lgan tabiiy talabi qo’shimcha ravishda yuzaga keltiradigan serharakatlik bilan yoki jismoniy tarbiya va sport bilan shug’ullanish orqali qoplanishi kerak.
Faol harakat qilib yashash inson organizmining kasalliklarga kam chalinishini, xastalangandan keyin esa oson va tez to’zalib ketishini tegishli ravishda ta’minlaydi. Hayotda bunga ko’pgina jonli mislollar keltirish mumkin. Ma’lumki, ota-bobolarimizning turmush tarzi doimiy jismoniy ish qilib turish bilan bog’liq bo’lgan. Ko’pgina manbalarda ko’rsatishlaricha, bunday serharakatlik bo’lish kishi sihat-salomatligi uchun juda foydali hisoblanadi. SHu boisdan ham ular hozirgi paytda tez-tez uchrab turadigan ayrim surunkali kasalliklar bilan (qonda xolestirin moddasining ko’payib ketishi va bu bilan bog’liq xastaliklar, semizlik, qandli diabet, yurakning ishemik kasalligi va boshqalar) kam og’riganlar.
Bugungi kunda Respublikamizda oila turmush tarzini o‘rganish, oilada sog‘lom turmush tarzini yaratish borasida muhim ishlar amalga oshirilmoqda. Bu vazifa va muammolar oilaning sog‘lom bo‘lishi, ma’naviy va modiy farovonligini oshirishi, farzandlar tarbiyasining muhim omili bo‘lib xizmat qiladi. Sababi, faol yaratuvchanlikka asoslangan turmush tarzi jamiyat hayotining barcha sohalarida ijtimoiy faollik, oliy darajadagi fuqarolik sifati, aqliy, ma’naviy vajismonan sog‘lom, mehnatda, o‘zaro munosabatda, muloqotda yuksak madaniyatlilik, albiy hodisalarga murosasizlik bilan qarash, ularga qarshi kurashish, tabiatga nisbatan oqilona munosabatda bo‘lish, atrofdagilarga mehr-oqibatda bo‘lish kabi sifatlarni o‘zida mujassamlashtirgan bo‘ladi.
Darhaqiqat, oilada turmush tarzini sog‘lomligi kishilarni jamiyatda egallab turgan sotsial statuslarini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi. Chunki turmush tarzi kishilarning ma’naviy dunyosi bilan ham uzviy bog‘liqdir va ularning fikrlash tuyg‘usi borasida ham muhim o‘rin tutadi. Kishilarning turmush tarziga mavjud ijtimoiy shart-sharoitlar ma’lum darajada sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Kundalik hayot faoliyatida ularning axloqiy-estetik qarashlari, xulqi, muomalasi, hayotiy turmush tasavvurlari, ularning ichki dunyosiga, e’tiqodiga singib ketadi va turmush tarziga, fikrlash tarziga aylanadi. Turmush tarzining eng muhim ijtimoiy tomoni jamiyat a’zolarining ijtimoiy mehnati, o‘zaro munosabatlar, oila, kundalik turmushidagi faolligi, kishilarning jismoniy va ma’naviy imkoniyatlarini atrofdagi tabiiy va ijtimoiy muhit bilan qay tarzda namoyon bo‘lishidadir.
Bundan tashqari oilada sog‘lom turmush tarzini shakllantirish orqali jamiyatimiz a’zolarini, ayniqsa, yoshlarni milliy vatanparvarlik, insonparvarlik g‘oyalariga, shu bilan bir qatorda milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sadoqatli qilib tarbiyalashda muhim o‘rin tutadi. Xozirgi o‘tish davrida yoshlarni uzoq tarixga ega bo‘lgan madaniyatimizni yuksaltirishda ham oiladagi sog‘lom turmush tarzi o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Mana shularni inobatga olgan holda hukumatimiz tomonidan oilalarda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish va uni takomillashtirish uchun yetarli shart-sharoitlar yaratib berilmoqda. Chunki kishilarning turmushi jamiyat taraqqiyotining iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy va ma’naviy-madaniy jihatlarini o‘zida aks ettiradi va bu oiladagi sog‘lom muhitni belgilaydi. “Sog‘lom tanda sog‘ aql” degan xlqimizning ulug‘ bir naqli bor. Har bir odam sog‘lom bo‘lsagina yaxshi mehnat qilishi, ilhom bilan ijod qalamini tebrata olishi, yegan luqmasi taniga singishi, tiniqib, uxlay olishini bilsa-da, o‘sha sog‘ holatni saqlash, ham vujudga, ham aqlga, ham ruhga o‘z vaqtida madad berib turish kerakligini, bu faqat o‘zimizning manfaatimizga aloqadorligini ba’zan unitib ham qo‘yamiz.
Tani sog‘liq xalqimiz uchun eng muhim qadriyatlardan bo‘lishi bilan birgalikda u har birimizning dunyoqarashimiz, falsafamiz, mafkuramizning, oqilona turmush tarzimizning ajralmas bo‘lagi bo‘lmog‘i darkor. Shu bois ham davlat dasturining bandlarini sinchiklab o‘rganar ekanmiz, unda har bir shaxsning o‘z salomatligini saqlashga to‘g‘ri va mas’uliyatli munosabatda bo‘lishi, sog‘lom turmush tarzini eng avvalo o‘zi, qolaversa yaqinlari uchun tashkil etishga bog‘liq shart-sharoitlar o‘z ifodaini topganligining guvohi bo‘lamiz. Fuqarolar sog‘lig‘iga hukumatning bunday g‘amxo‘rligi biror bir boshqa davlatda yo‘q. Davlat dasturida “Sog‘lom oila” tarbiyaviy-ma’rifiy dasturini amalga oshirishga yo‘naltirilgan qator chora-tadbirlar belgilangan. Ularning ma’nosa shundaki, salomatlik, eng avvalo, mavjud muhitga, odamlarni bir-birlariga mehrli, muruvvatli blishlari g‘amxo‘rlikka va samimiyatiga to‘liq munosabatlariga bog‘liq. Shu ma’noda salomatlik psixologik kategoriya bo‘lib, uning sharti va sharoiti – sog‘lom oila muhitidir. Oilada ota-onaga ko‘p narsa bog‘liq. Ular oiladagi barcha hodisalarning balogardonlari sifatida eng avvalo o‘z sog‘liqlariga o‘zlari mas’ul ekanliklarini unutmasalar, uni saqlashda barcha ehtiyoj choralarini o‘z vaqtida ko‘rgani holda oilaviy hayotga to‘g‘ri munosabatni shakllantira olsalar, murod-maqsadlariga albatta erishadilar. Sog‘lom odam, u otami, yoki onami, turmush va ro‘zg‘ordagi barcha past-balanliklar, turli vaziyatlar, kerak bo‘lsa, qiyinchiliklarga tez moslashib, ulardan oqilona chiqish yo‘llarini bilishi kerak. Oddiy oila muhitida bir narsadan toliqqanda yoki asab buzilganda, dardimizni aytadigan hamdard, yaqin kishimiz bo‘lgani ma’qul. Ana shunday hayotiy falsafa va yo‘nalish bilan yashagan inson albatta, baxtli va sog‘-salomat bo‘ladi. Muhimi, bunday hayotiy mo‘ljallar, jismoniy va ruhiy tetiklik, bardamlik u tarbiyalayotgan bolalarning baxti va kelajakka intilishiga ishonchli zamin bo‘ladi. Ana shunday ota-ona tarbiyalagan farzandlarga ortiqcha o‘gitlar, tarbiyaviy tazyiqlar darkor emasligini ta’kidlash kerak. Chunki inson aqlini, uning tafakkurini peshlaydigan, tanini sog‘, vujudini go‘zal qiladigan ma’naviy ozuqani oilasida olgan farzandning o‘z baxti va kamoli yo‘lidan og‘ib ketishiga ishonish qiyin. Ham jismonan, ham ma’nanva ruhan sog‘lom odam turli g‘alamislarning kirdikorlariga uchmay o‘z yurti, Vatani va xalqi manfaati yo‘lida halol mehnat qiladi.
Shuni alohida ta’kidlash joizki, sog‘lom turmush tarzini kundalik hayot kechirishning asosiy mezoniga aylantirishga bog‘liq tushuncha va tasavvurlar oiladan boshlanadi. Bu g‘oyalarning xalqimiz qon-qoniga singib ketganligi eng avvalo oilalarda saqlanib kelayotgan ijobiy an’analarda, ota-onadan farzandlarga singdiriladigan o‘gitlarda, qarindosh urug‘chilik aloqalaridagi mehmonavozlik va ushbu jarayonda orastalik va ozodalik tamoyillariga rioya etilishlarida, mahalla-ko‘yda rioya etiladigan tartib-qoidalar, xususan, ko‘chani, har bir xonadonni ozoda va sarishta saqlash odatlariga tayangan qo‘ni-qo‘shnichilik muomalalarida o‘z aksini topadi.

Ayolning sarishtasi —
Ro'zg'orning farishtasi.


Bedard yonida gapirsang, boshi og'rir.

Bemor o'ziga yoqmagan ovqatga o'ch.


Bir kunlik isitma
Qirq kunlik kuchni olar.


Boylikning boshi — sog'liq.


Bola sog'ligi — ona boyligi.


Bosh armoni bo'lmasa,
Mol armoni armonmas.


Bosh omon bo'lsa, do'ppi topilar.

Dard botmonlab kelar,
Misqollab chiqar.


Dard keldi, darmon ketdi.

Dard filni pashshadek qilar.

Jon qaqshag'i jahonga sig'mas.
Joni og'rigan tangrisini qarg'ar.


Joni achimasning qoshida
Boshing ham og'rimasin.

Kasalini yashirsang,
Isitmasi oshkor qilar.

Kasal — bitta, davosi — mingta.


Kasal bo'lib o'lmadim,
Uzulikib o'ldim.

Kasal kasal emas,
Kasalni boqqan kasal.


Kasal kulgi suymas.
Kasal ko'rsang, ko'ngil ko'tar.

Kasalga asal ham bemaza tuyular.

Kasalga so'z yoqmas,

Kasalni tabib emas, habib tuzatar.


Kasalni yashirsang,
Isitmasi oshkora qilar.


Kasalning kelishi oson, ketishi qiyin.


Kasalning yaxshi-yomoni yo'q.

Kechki ovqat — zahar,

Ovqat yegin sahar.


Kir yuvgandan supurgi ham qo'rqar.


Mol zo'riqsa, o'ladi,
Odam zo'riqsa, o'ldiradi.


Mol ketsin, pul ketsin,
Eson-sog'likka ne yetsin.


Muguz lat yesa, tuyoq zirqirar.

Nomard bo'lsin, sog' bo'lsin.
Oyda kelsin, omon kelsin.
Omon bo'lgan ot minar,
Ola parcha to'n kiyar.
Omon bo'lsa shu boshim,
Yana chiqar shu sochim.
Omon bo'lsang, olam seniki.
Och bo'l, yalang'och bo'l, salomat bo'l.
Och holini to'q bilmas,
Kasal holini — sog'.
Og'riqqa emchi ko'p.
Pishmagan etni yegali bo'lrnas,
Qaynamagan choyni — ichgani.

Pokliging — sog'liging.
Rang ko'r, hol so'r.
Salomatlik — tuman boylik.

Sarimsoq, sarimsoq yeganning tani sog'.
Sihat tilasang, ko'p yema,
Izzat tilasang, ko'p dema.

Sovrin — zo'miki, sog'liq — ko'pniki.
Sovug'ing oshsa — davlat,

Issig'ing oshsa — qiyomat.

Sog'likda xo'rlik yo'q.

Sog' aql — bol aql.
Sog' olma shoxidan tushmas.

Sog' tanda — sog'lom aql.
Sog' yurak — tog' yurak.
Sog'dan salqit qolmas.
Sog'lik — umrning garovi.
Suyak butun bo'lsa, et bitar.
Tabib tabib emas,
Dard chekkan — tabib.
Tan og'risa, jon sezar.
Tan salomati — jon rohati.
Tani sog'ga kunda to'y.
Tani sog'ning — joni sog'.
Ter tagida dard qolmas.
Ter chiqqandan jon chiqmas.
Terlama tez o'ldirar,
Bola-chaqani g'amga to'ldirar.
Tishsiz og'iz — toshsiz tegirmon.
Toza ko'zaning suvi toza.
Toza uyda dard qolmas.
Tozalik — sog'lik garovi.
Uzoq chaynasang, uzoq yashaysan.
Uyi tozaga gard yuqmas,
Gard yuqsa ham, dard yuqmas.
Chilim chekkan kishini,
Urib sindir tishini.
Chiniqqanga — gard yuqmas,
Tiniqqanga — dard.
Download 23.66 Kb.




Download 23.66 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



5- seminar Mavzu: Sog‘lom turmush tarzi haqida xalq tajribasi. 1-Topshiriq

Download 23.66 Kb.