15 – Mavzu. Agrar munosabatlar va agrobiznes. Reja: Agrar munosabatlar va uning bozor tizimidagi xususiyatlari




Download 398,07 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/9
Sana18.11.2023
Hajmi398,07 Kb.
#100904
  1   2   3   4   5   6   7   8   9


15 – Mavzu. Agrar munosabatlar va agrobiznes. 
Reja: 
1. Agrar munosabatlar va uning bozor tizimidagi xususiyatlari. 
2.Ishchi kuchi bandligi tugrisida xar xil nazariyalar.
Bozor munosabatlari iqtisodiyotining hamma jabhalarini, jumladan, qishloq 
xo„jaligini ham o„z ichiga oladi. Mazkur tizimda agrar munosabatlar alohida o„rin 
tutadi. yer bilan bog„liq bo„lgan iqtisodiy munosabatlar agrar munosabatlar 
deyiladi. Bu mnosabatlarning ob‟ekti yer bo„lsa, uning sub‟ekti yer egalari, yerda 
xo„jalik yurituvchilar, nihoyat, yerga mehnat qiluvchi kishilar hisoblanadi. Agrar 
munosabatlar o„ta ko„hna, iqtisodiy munosabatlarning eng qadimiy shakli, chunki 
insonning iqtisodiy faoliyati yerni ishlashdan boshlangan. 
Bozor tizimi agrar munosabatlarga yangicha mazmun beradi. Yerning 
tovarga aylanishi yerga xilma-xil mulkchilikningg paydo bo„lishi yerning 
tadbirkorlik ob‟ekti bo„lishi, yerning garovga qo„yilishi nihoyat yer uchun pul 
shaklida renta undirilishi, agrobiznesning maxsus faoliyat turiga aylanishi bozor 
tizimi bilan bog„liq. Agrar munosabatlarning ob‟ekti bo„lmish yer maxsus resurs 
bo„lganidan uning xususida ham o„zigagina xos bo„lgan iqtisodiy aloqalar kelib 
chiqadi. Yer ham har qanday ishlab chiqarishning umumiy sharti. Yerdan 
tashqarida ishlab chiqarishning bo„lishi mumkin emas. Insoniyat hali koinot 
makonida ishlab chiqarishni uyushtirgani yo„q. Yerda qishloq xo„jaligi yuritiladi, 
sanoat qurilish korxonalari joylashadi, yer ustidan va ostidan yo„llar o„tadi, yer 
qa‟riga qazilma boyliklar joylashgan, yerda o„rmon xo„jaligi yuritiladi, turar - joy 
va madaniy - maishiy binolar qad ko„taradi. Shu sababli har qanday iqtisodiy 
faoliyat ma‟lum darajada yer bilan bog„langan deb aytamiz. 
-qishloq xo„jaligi uchun yer asosiy ishlab chiqarish omili vazifasini o„taydi, 
ma‟lumki, qishloq xo„jaligidagi ishlab chiqarish ikki yoqlama harakt yerga ega: 
birinchidan, iqtisodiy jarayon bo„lsa ya‟ni inson mehnati natijasida yuz bersa
ikkinchidan, tabiiy biologik jarayon bo„lib, mahsulot etishtirish tabiiy omillarga 
masalan, o„simlik yoki hayvonlarda kechadigan biologik o„zgarishlarga, iqlim 
sharoitiga, ob - havoning qanday kelishiga, tuproqning tabiiy xossalariga bog„liq. 
-qishloq xo„jaligi insonning tabiatiga bo„lgan munosabati bilan kishilarning 
o„zaro munosabatlari yaxlitlikda borishini talab qiladi va iqtisodiyotning agrar 
sektorini tashkil etadi. Bu sohada asosiy resurs yer bo„lib, u hech bir tengi yo„q, 
tanho o„ziga xos xususiyatlarga ega. Ammo yer eng cheklangan resurs, mehnat 
bilan yaratib bo„lmaydi. Ko„pgina resurslar bir-birining o„rnini bosa oladi. 
Masalan: mehnat resursini mashina bilan almashtirish mumkin. Yerning o„rnini 
hech bir resurs bosa olmaydi, shu jihatdan u o„ta noyob va asosiy resurs 
hisoblanadi. Uning asosiyligi shundaki, yer boshqa resurslarga qo„shimcha sifatida 
amal qilmaydi. 
Masalan: sanoatda stanoklarga qo„shimcha resurs sifatida komp‟yuter va 
uning programmalari qo„llaniladi. Yerning boshqa resurs bilan almashtirib 
bo„lmaydi, ammo uning muqobil ishlatish usullari g„oyat ko„p bo„ladi. Shu sababli 
yerga talab muttasil oshib boradi. Bu talab yer bilan bog„liq bo„lgan ishlab 
chiqarishning kengayishi va yerning unumdorligiga qarab o„zgaradi. 


Yer cheklangan, uni ishlab chiqarib bo„lmaydi, ammo foydalanadigan 
yerlarga investitiya sarflab ko„paytirish mumkin. Masalan: qo„riq yerlarni 
sug„orish va botqoq hamda zax yerlarni quritish orqali ekin maydoni tabiatan 
cheklangan bo„lsada, shu doiradan chiqmagan holda yaroqsiz yerlar hisobidan 
qishloq xo„jaligiga yaroqli yerlarni ko„paytirish mumkin. yer resursi 
cheklanganligidan yerning taklifi noelastik, ya‟ni o„zgarmaydigan bo„ladi. Bu 
bilan yer boshqa resursdan jiddiy farqlanadi. Ma‟lumki agar talab oshsa, bunga 
javoban taklif ham ko„payadi, lekin yer bu qoidadan istisno etiladi. chunki yer 
tabiat mevasi bo„lganidan uni mehnat bilan ko„paytirib bo„lmaydi. yer hammabop 
resurs unda dehqonchilik qilish, undirma sanoat yurgizib qurilish qilish mumkin. 
Undan har xil maqsadda va har xil yo„l bilan foydalanish mumkin. yer tabiat 
mahsul bo„lganidan uning sifati jiddiy tabaqalashadi, yer uchastkalari turli tabiiy 
iqlim mintaqalarida joylashgan, tuproqning tarkibi har xil bo„ladi. Shu sababdan 
yerlarning tabiiy hosildorligi keskin farqlanadi. O„ta yaxshi, o„rtacha. yomon va 
nihoyat o„ta yomon yerlar mavjud. qishloq xo„jaligida yerning sifati mehnat 
unumdorligining muhim omili hisoblanadi. Bu sohadagi unumdorlik, binobarin, 
ishlab chiqarish samaradorligi, tuproqning tarkibi. Yerning iqlim sharoiti va 
nihoyat, yer uchastkalardagi geografiy joylashuviga bog„liq. Yer qa‟ridagi qazilma 
boyliklar zahirasi, ularning geologik sharoiti, sifati ham bir-biridan farqlanadi. Yer 
tanqisligi resurslarning boshqa sohalaridan qishloq xo„jaligiga yoki undirma 
sanoatga o„tishini cheklaydi, qo„shimcha resurslarning kirib kelishiga halaqit be-
radi. Yer unumdorlik quvvatining tabiiy sharoitga bog„liqligi qish-loq xo„jaligidagi 
ishlab chiqarish imkoniyatlarini chegaralab qo„yadi. 
Nazariyada tuproq unumdorligining pasayishi qonuni degan qonun olg„a 
suriladi. Unga binoan yerdagi hosildorlikning o„sish me‟yori mavjud, hosildorlik 
cheksiz o„sa olmaydi. Agar hosildorlik o„sish me‟yori cheklanmaganda edi, sarfni 
oshirib borgan holda, olingan hosilga yer yuzidagi aholini boqish mumkin bo„lar 
edi.Ammso bunday imkon yo„q. Gap shundaki, yerni 100 marta haydash, 
keragidan o„n marta ko„p o„g„it berish yoki 5 marta ko„p urug„ ekish bilan 
hosildorlik o„sib qolmaydi. 
Aytilgan resurslar ma‟lum me‟yorda sarflansa, hosil ma‟lum me‟yorda 
ortishi mumkin. Yer hosildorligini o„stirish imkoni cheklanganligi sababi yangi 
yerlar ochiladi, ekin maydoni kengaytiralida. Hosildorlikni oshira borish doirasida 
yerning sifati yaxshilanadi, ya‟ni yerning tabiiy kuchiga kuch qo„shiladi. 
Yerga 2 xil monopoliya mavjud bo„ladi. Birinchidan, yer qadr-qiymati 
baland resurs sifatida mulk monopoliyasida turadi. џ‟ni egasi yo„q yer bo„lmaydi. 
Yer cheklangan miqdorda bo„lganidan uni mulk sifatida ko„paytirib ham 
bo„lmaydi. Bunday hodisa yerga mablag„ sarflashni uning egasiga bog„liq qilib 
qo„yadi. Yer egasining mulkdor sifatida manfaati bor. џya‟ni u o„z yeridan naf 
ko„rish kerak. Shu sababli yer ishlatish uchun tekinga berilmaydi, egasiga undan 
foydalanish haqini to„lash zarur. Ikkinchidan, yer xo„jalik yuritish ob‟ekti sifatida 
egallab olinadi, ya‟ni turli xil xo„jaliklar tashkil topadi, yaroqli yer bo„sh turmaydi. 
Xullas yaroqli yerlar doim band bo„ladi. Yer resursi sifatida egalari qo„lida bo„lar 
ekan, ular boshqa resurs egalari singari uy xo„jaliklari o„rtasida munosabat yer 
xususida ham bo„ladi. Yer mulk bo„lganidan mulkdorning roziligisiz uni ishlatib 


bo„lmaydi, undan foydalanish uchun uni egasiga haq to„lash kerak. Yer o„z 
egasining mulki bo„lib. qolgani holda vaqtinchalik boshqa mulk sohibi, xususan 
tadbirkor tomonidan ishlatilishi mumkin. 
O„zbekiston iqtisodiyotining agrar sektorini rivojlantirish bozor 
munosabatlariga o„tishning asosiy hal qiluvchi bo„g„inidir. O„zbekistonda 
aholining 65% qishloq joylarda yashaydi. Yalpi ichki mahsulotni 1/4 qismi valyuta 
tushumining 55%idan ko„prog„ini qishloq xo„jaligi bYeradi. qishloq xo„jaligi 
respublika aholisini oziq-ovqat, meva-sabzavotlar, g„alla, go„sht va boshqa qishloq 
xo„jaligi mahsulotlari bilan ta‟minlanadi. 
D.Rikardo yer rentasini tahlil qilib katta yutuqlarga yerishdi. U renta 
nazariyasini qiymatning mehnat nazariyasiga asoslab tekshirdi. Rentaning manbai, 
mulkiy munosabatlar sharo-itida yerga qilinadigan mehnatdir deb hisoblaydi. 
Yerning resurs cheklanganligi, unumdorligi, va joylashuvi turlicha bo„lgan yerlarni 
ishlanishi tufayli qishloq xo„jalik mahsulotlarining qiymati yomon yer 
uchastkalaridagi mehnat sarflari bilan aniqlanadi. Bunday yerlar sohibkorga 
o„rtacha foyda bYeradi va renta bYermaydi. Nisabatan yaxshi yerlarda foyda 
o„rtacha normadan yuqori bo„ladi, ana shu ortiqcha foyda renta sifatida yer egasi 
tomonidan olinadi. Rikardo bu bilan diffyerential renta hosil bo„lishini ko„rsatib 
berdi. D.Rikardo xususiy mulkchilik sharoitida yomon yerlar ma‟lum miqdorda 
renta keltirish mumkinligini inkor etdi, ya‟ni absolyut yer rentasi mavjudligini 
ko„rmaydi. Iqtisodiy qonunlar va kategoriyalarning amal qilishi iqtisodiyotning 
barcha sohalari, tarmoqlari va bo„g„inlari uchun umumiy bo„lsada, lekin ulardagi 
tabiiy va ijtimoiy-iqtisodiy sharoitga bog„liq holda o„ziga xos xususiyatlar ham 
kasb etadi. Ayniqsa, bu o„ziga xos xususiyat agrar sohada yaqqol namoyon bo„ladi. 
Chunki bu yerda takror ishlab chiqarish ko„p jihatdan tirik organizm (hayvon, 
o„simlik va boshqalar) bilan ham bog„liq. Shuning uchun bu bobda iqtisodiyotning 
umumiy tomonlari bilan birgalikda uning agrar sohada namoyon bo„ladigan o„ziga 
xos xususiyatlarini ko„rib chiqiladi. 
Ushbu mavzuda avval agrar munosabatlarning mazmunini tahlil qilib, keyin 
e‟tibor yer rentasiga qaratiladi. yer rentasining vujudga kelishi va taqsimlanishi 
muammosiga turlicha qarashlarni bayon qilib, ularning qisqacha tavsifi beriladi. 
Agrosanoat integratsiyasi va agrosanoat majmuasining mazmuni, ularning tarkibi 
va vazifalariga to„xtalib o„tilib, mavzu so„ngida agrobiznes va uning turlari bayon 
etiladi. 

Download 398,07 Kb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Download 398,07 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



15 – Mavzu. Agrar munosabatlar va agrobiznes. Reja: Agrar munosabatlar va uning bozor tizimidagi xususiyatlari

Download 398,07 Kb.
Pdf ko'rish