foydalanish jarayonida u eyilmaydi, eskirmaydi. Aksincha, agar undan to„g„ri
foydalanilsa, uning unumdorligi oshib boradi.
Yerning hosil berish qobiliyatiga tuproq unumdorligi deyiladi. U tabiiy yoki
iqtisodiy bo„lishi mumkin. Uzoq yillar davomida kishilarning hech qanday
aralashuvisiz, tabiiy o„zgarishlar natijasida yerning ustki qatlamida o„simlik
«oziqlanishi» mumkin bo„lgan turli moddalarning vujudga kelishi Yerning tabiiy
unumdorligi deyiladi.
Agar tuproq unumdorligi kishilarning tabiatga ta‟siri natijasida, ya‟ni tuproq
tarkibi va dehqonchilik usullarini yaxshilash sun‟iy yo„l bilan, (masalan, yerni
organik va kimyoviy o„g„itlash, ishlab
chiqarishni mexanizatsiyalash, ilmiy
asoslangan sug„orish, irrigatsiya va melioratsiya kabi ishlab chiqarish usullarini
joriy qilish hamda boshqa shu kabi yo„llar bilan) amalga oshirilsa, bu iqtisodiy
unumdorlikni tashkil qiladi.
Yerdan olinadigan hosil ko„proq mana shu yerning tuproq unumdorligini
saqlash va uni oshirish, ya‟ni insonning, aniqrog„i ishchi kuchining,
jonli
mehnatning yerga faol ta‟siri bilan bog„liq bo„ladi. Iqtisodiyotning boshqa
tarmoqlari kabi qishloq xo„jaligida ham ishlab chiqarish uning omillarining
bevosita birikishi asosida sodir bo„ladi. Bunda ishchi kuchi faol bo„lib, asosiy rolni
o„ynaydi. Qishloq xo„jalik korxonalarida yerdan boshqa barcha ishlab chiqarish
vositalari xususiy, shaxsiy, jamoa mulk shaklida bo„lishi mumkin. Bundan ulardan
barcha jamiyat a‟zolarining turmush darajasini yaxshilash yo„lida foydalaniladi.
Hozirgi paytda qishloq xo„jaligida xo„jalik yuritishning asosiy ko„rinishlari fermer
va dehqon xo„jaligi shakllarida bo„lib, ulardagi ishlab chiqarish jarayonlari turli
iqlim va tuproq sharoitlarida olib boriladi.
Qishloq xo„jalik korxonalarida ham asosiy kapital turli xil traktorlar,
mashinalar, transport vositalari, bino, inshootlar, ko„p yillik daraxtlar,
mahsuldor
chorva hamda ish hayvonlari, shuningdek, xizmat muddati bir yildan ortiq bo„lgan
turli xil asbob-uskunalardan tashkil topadi.
Qishloq xo„jaligida muhim ishlab chiqarish vositasi hisoblangan yer pul bilan
bilan baholanmasligi, ya‟ni qiymati o„lchanmasligi tufayli, kapital qiymati
tarkibida hisobga olinmaydi. Qishloq xo„jaligida mavjud bo„lgan asosiy
kapitalning ayrim turlari, masalan, ko„p yillik daraxtlar, mahsuldor chorva, ish
hayvonlari, sug„orish inshootlari va boshqalar sanoat tarmoqlarida bo„lmaydi.
Bundan tashqari, ishlab chiqarish vositalari hisoblangan binolar, sug„orish
inshootlari va boshqalar ishlab chiqarish natijasini oshirishga faol ta‟sir o„tkazadi,
sanoat tarmog„ida esa ular birmuncha sustroq va bilvosita ta‟sir o„tkazadi. SHunga
binoan qishloq xo„jaligidan kapitalning
tarkibida turli inshootlar, binolar, uzatma
mexanizmlar va boshqalarning hissasi ko„proq. Qishloq xo„jaligida takror ishlab
chiqarishni amalga oshirishda asosiy kapital ham qatnashadi. Qishloq xo„jaligi
korxonalarida aylanma kapital quyidagilardan tashkil topadi: yosh va boquvdagi
hayvonlar,
em-xashak, urug„lik fondlari, kimyoviy o„g„itlar, xizmat muddati bir
yildan kam bo„lgan turli xil ishlab chiqarish vositalari – inventarlar, yoqilg„i va
moylash materiallari hamda shu kabilar. Ishlab chiqarish jarayoni qishloq
xo„jaligida aylanma kapitalning ko„pgina qismi
hali tugallanmagan ishlab
chiqarish shaklida bo„ladi. Qishloq xo„jalik mahsulotlarini ishlab chiqarish va
ularni sotish jarayonida kapital boshqa tarmoqlardagidek doiraviy aylanib turadi,
ya‟ni pul shaklidan ishlab chiqarish shakliga, undan tovar shakliga o„tib, yana pul
shakliga qaytib keladi. Shuni ham ta‟kidlash kerakki, qishloq xo„jaligida ishlab
chiqarilgan mahsulotlarning miqdori yerning hosildorligi, uning sifatiga bevosita
bog„liq bo„ladi. Yerning tabiiy, biologik, iqtisodiy va texnikaviy sharoitlarini
yaxshilash ham qishloq xo„jaligida mavjud bo„lgan
kapitalning doiraviy
aylanishiga bevosita ta‟sir ko„rsatadi. Shuning uchun bu omillardan to„laroq
foydalanish har bir xo„jalikning muhim vazifasidir. Tabiiy omillar qishloq xo„jalik
mahsulotining bevosita ko„payishiga ta‟sir etsa ham, mahsulotning qiymatini
oshirmaydi, ya‟ni qiymat yarata olmaydi. Ishlab chiqarish tabiiy sharoitlar bilan
bog„liq bo„lganligi uchun ham bu yerda ish davri va umumiy ishlab chiqarish vaqti
o„rtasidagi muddat sanoatga nisbatan birmuncha uzoqroq bo„ladi. Masalan, qishloq
xo„jaligida turli ekinlarni ekib bo„lingandan to hosil yig„ishtirib olinguncha ishlab
chiqarish vaqti davom etadi. Ish davri esa shu vaqt ichida qishloq xo„jalik ekinlari
mehnat ta‟sirida bo„lgan kunlar hisoblanadi.
Qishloq xo„jaligida ishlab chiqarish jarayoni mavsumiyligi bilan
xususiyatlidir. Bu hol qishloq xo„jaligida mavjud bo„lgan mehnat vositalaridan,
ya‟ni kombayn, turli ekish asboblari va shu kabilardan foydalanish vaqtiga
bevosita ta‟sir o„tkazadi. Boshqacha qilib aytganda, bu mehnat vositalaridan
yilning ma‟lum
muddatlaridagina foydalaniladi, qolgan vaqtda esa ular bekor
turadi. Masalan, seyalkadan ekish davomida foydalanilsa, g„alla o„rish
kombaynlari, paxta tYerish mashinalari esa yiliga 20-30 kun yig„im-terim paytida
ishlatiladi, xolos. Shuning uchun ham qishloq xo„jaligida mehnatning kapital va
energiya bilan qurollanish darajasi moddiy ishlab chiqarishning boshqa
tarmoqlariga nisbatan yuqori bo„lishini taqozo qiladi, lekin bu yerda asosiy va
aylanma kapital harakati sustroq. Bulardan tashqari qishloq xo„jaligi ishlab
chiqarishi va mehnat jarayonlarining mavsumiyligi sababli yil davomida aylanma
mablag„larning sarfi bir me‟yorda bo„lmaydi. Qish va yoz mavsumlarida xarajat
qilinadigan aylanma mablag„lar tarkibida birmuncha tafovutlar mavjud. Masalan,
qish mavsumida aylanma mablag„larning ko„pgina qismi (urug„lik, em-xashak,
turli ozuqalar) ishlab chiqarish ehtiyot qismi shaklida turadi, yoz faslida esa
tugallanmagan ishlab chiqarish, texnikaning butlash qismlari, neft mahsulotlari va
shu kabilarning hissasi ortib boradi. Qishloq xo„jaligi ishlab chiqarishini tashkil
qilishda yuqorida sanab o„tilgan xususiyatlarni hisobga olib, ishni tashkil qilish
uning samaradorligini ta‟minlashda muhim ahamiyatga egadir. Bizning
mamlakatimizda aholining nisbatan zichligi va qishloq xo„jaligiga yaroqli
yerlarning cheklanganligini hisobga olib, yerga xususiy mulkchilik joriy qilinmadi,
unga davlat mulki saqlanib qoldi. Lekin, bozor iqtisodiyoti talablaridan kelib
chiqib, oqilona agrar islohotlar amalga
oshirilmoqda va bu jarayon
chuqurlashtirilmoqda.
O„zbekistonda yer davlat mulki hamda umummilliy boylik bo„lganligi sababli
yerga bo„lgan mulkchilik, yerga egalik qilish va yerdan foydalanish masalalari
alohida ajratib tahlil qilinishi lozim.