chiqarishni va jamiyat a‟zolarining o„sib borayotgan talabini qondirib bo„lmaydi.
Shuning uchun ham qishloq xo„jaligini intensiv rivojlantirish uchun alohida e‟tibor
bYeriladi. Buning uchun qishloq xo„jaligini agrar sanoatlashgan asosga qo„yish,
intensivlashtirishni tezkorlik bilan amalga oshirish choralari ishlab chiqilishi lozim.
Keyingi yillarda mamlakatimizda qishloq xo„jaligini zamonaviy texnika bilan
ta‟minlash uzluksiz o„smoqda. Qishloq xo„jaligini intensiv rivojlantirish uchun
ajratilgan kapital mablag„lar ham ortmoqda.
Agar hamma joyda bir xil xarajat qilinib, hosildorlik bir xil oshirilsa edi, unda
hech qanday differensial renta II bo„lmas edi. Gap shundaki, yer birligiga
sarflangan
bu xarajatlar turli hududlarda, viloyatlarda, xo„jaliklarda turlicha
darajada amalga oshiriladi va natijada hosildorlik ham turlicha oshadi.
Qishloq xo„jalik mahsulotining ijtimoiy qiymati bilan yakka tartibdagi
qiymati o„rtasidagi tafovut xo„jaliklarning ustama qo„shimcha mahsulotini tashkil
qiladi. YA‟ni, differensial rentaning har ikkala ko„rinishini (renta I va II ni) o„z
ichiga oladi. Differensial renta I va II mahsulotning
muayyan ijtimoiy qiymati
bilan zona bo„yicha yoki alohida olingan xo„jalikning individual qiymati
o„rtasidagi tafovutdan iboratdir. SHu hosil qilingan daromadlar davlat bilan
xo„jalik o„rtasida taqsimlanadi. Uning davlatga to„langan qismi yer rentasi
ko„rinishini oladi (chunki bizda Yer davlat mulkidir).
Differensial renta I yuqorida qarab chiqilganidek, xo„jaliklar
faoliyatiga
bog„liq bo„lmagan tabiiy sharoitda vujudga keladi. Shuning uchun ham qishloq
xo„jaligi korxonalarida hosil qilingan bu xildagi renta yer davlat mulki bo„lganligi
sababli uning manfaatlari yo„lida sarf qilish maqsadida markazlashtirilgan davlat
fondida (byudjetida) to„planishi lozim. Bu hol o„rta va yaxshi unumli yerda
joylashgan xo„jaliklarning iqtisodiy manfaatdorligiga putur etkazmaydi,
balki
boshqa xo„jaliklar bilan ozmi-ko„pmi iqtisodiy sharoitlarni tenglashtirish imkonini
beradi. Markazlashtirilgan davlat fondiga o„tgan bu mablag„larni (differensial renta
I), mamlakat oldida turgan vazifalarni amalga oshirish, xususan yangi yerlarni
o„zlashtirish va yer unumdorligini oshirish bilan bog„liq bo„lgan tadbirlarni amalga
oshirish uchun yo„naltirilishi mumkin bo„ladi.
Differensial renta II yerdan intensiv foydalanish, ya‟ni uning iqtisodiy
unumdorligini oshirish bilan bog„liq bo„lganligi uchun
ham bu xildagi rentaning
asosiy qismi xo„jaliklarning o„zlarida qoldirilishi mantiqan to„g„ri bo„ladi. Uning
faqat bir qismi davlat fondiga jalb qilinishi mumkin, chunki davlat ma‟lum
darajada bu rentaning hosil qilishda o„z hissasini qo„shadi, ya‟ni transport yo„llari
qurilishiga, irrigatsiya-melioratsiya ishlarini amalga oshirish uchun kapital
mablag„lar sarflaydi, texnikalar, kadrlar, mineral o„g„itlar etkazib beradi. Shunday
qilib, differensial renta I va differensial renta II yer egasi bo„lgan davlat bilan
xo„jalik yurituvchi sub‟ektlar o„rtasida taqsimlanadi.