tartibdagi egalik huquqini tan olishini bildiradi. Yerga egalik deganda avvalo
yerga bo„lgan mulkchilik huquqi va uni iqtisodiy jihatdan realizatsiya qilish ko„zda
tutiladi. Yerga egalikni yeri bo„lgan mulkdor (bizda davlat) amalga oshiradi.
O„zbekiston Respublikasining yer kodeksida ta‟kidlanganidek «yer uchastkalari
yuridik va jismoniy shaxslarga doimiy va muddatli
egalik qilish hamda ulardan
foydalanish uchun bYerilishi mumkin».
1
Yerdan foydalanish huquqi – bu o‘rnatilgan urf-odatlar yoki qonuniy
tartibda undan foydalanishni bildiradi. Yerdan foydalanuvchi yer egasi bo„lishi
shart emas. Real xo„jalik hayotida yerga egalik qilish va yerdan foydalanishni
ko„pincha har xil jismoniy va huquqiy shaxslar, xususan hozir bizda asosan dehqon
va fermer xo„jaliklari amalga oshiradi.
Xulosa qilib aytganda, qishloq xo„jaligi ishlab chiqarishida ham to„rt omil –
yer, kapital, tadbirkorlik qobiliyati
va ishchi kuchi qatnashib, bunda yer muhim
ishlab chiqarish vositasi sifatida ishtirok etadi. Ammo biz avval aytganimizdek,
ishlab chikarish jarayonida hamma
ishlab chiqarish vositalarini, jumladan, yerni
harakatga
keltirib, undan unumli foydalanadigan, uning iqtisodiy unumdorligini
oshiradigan omil - inson omili, ya‟ni tadbirkorlik qobiliyati va ishchi kuchidir.
Agrar munosabatlarni o„rganishda
ham ishchi kuchining, jonli mehnatning
faol rol o„ynashini, uning hamma moddiy vositalarga jon ato etib,
harakatga
keltiruvchi rolini tushunmaslik go„yo kapital foyda yoki foiz, yer esa renta
yaratadi, degan ko„pgina
xato fikr-mulohazalarga, yolg„on tasavvurlarga olib
keladi. Bu masalalarni to„g„ri tushunishda renta munosabatlarini o„rganish muhim
rol o„ynaydi.