Ishchi kuchi bandligi tugrisida xar xil nazariyalar




Download 398,07 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/9
Sana18.11.2023
Hajmi398,07 Kb.
#100904
1   2   3   4   5   6   7   8   9
2.Ishchi kuchi bandligi tugrisida xar xil nazariyalar.
Inson resurslari – bu zarur o„quv-farosatga, bilim va mahoratga, ishlash qobiliyati va 
malakasiga ega bo„lgan jamiyat a‟zolari, mehnat ahlidir, ya‟ni inson resurslari 
haqiqiy va salohiyatli hodimlardan iborat. Inson resurslari moddiy ne‟matlarni ham 
ishlab chiqaruvchi ham iste‟molchisi hisoblanadi. Ularning jinsi, ijtimoiy kelib 
chiqishi,yoshi,oilaviy ahvoli, ma‟lumot darajasi, mehnat layoqati singari o„ziga xos 
ko„rsatkichlar ular orasidagi tafovutni belgilaydi. Shu o„rinda inson resurslarining 
iqtisodiy rivojlanish omillari sifatidagi o„rniga alohida e‟tibor qaratish lozim. 
Ishchi kuchi – insonning qobiliyatlar va sifatlar egasi ekanligini ifodalab, 
mehnat jarayonida faol ishtirok etadi. Olimlarning fikricha ishchi kuchi tovarlar 
ishlab chiqarish yoki xizmatlar ko„rsatishdan iborat mehnat jarayonida inson 
tomondan foydalaniladigan o„z jismoniy va ma‟naviy salohiyatidir. Boshqacha 
qilib aytganda ish kuchi shaxsning mehnat qilish va ne‟matlar yaratish layoqatidir
1

Mehnat resurslari - mehnatga qobiliyat yig„indisi bo„lib, ular moddiy boylik 
ishlab chiqaradi va xizmatlar ko„rsatadi. 
Xalqaro Mehnat Tashkilotining tavsifi bo„yicha mehnat resurslari mehnatga 
layoqatli yoshda bo„lgan mehnatga layoqatli aholi hamda mehnatga layoqatli 
yoshdan tashqari yoshda (pensionerlar va o„smirlar) mehnat qilayotgan 
shaxslarning yig„indisidir
2
.
1
Экономєка труда (соцєально-трудовые отношенєя) // Под.ред.Абдурахманова К.Х., Волгєна Н.А. є 
Одегова Ю.Г. –М.: «Экѓамен», 2006. -С. 33-34. 
2
Утєнова С.С. Методологєческєе подходы к аналєѓу проблем ѓанятостє є рынка труда // -М.: Ж.Вопросы 
статєстєкє. 2003. № 7. - С. 34. 


Inson kapitali tushunchasi esa insonning o„z bilimlarini amalga oshirish 
ob‟ekti sifatida o„z intellektual bilimlari orqali ishlab chiqarishning rivojlanishini 
ruyobga chiqaruvchisi hisoblanadi. 
Insonlarni boshqarish korxona va tashkilotlarni boshqarishning tarkibiy qismi 
bo„lib, tabiiy va moddiy resurslarni boshqarish bilan bir o„rinda belgilanadi. Inson 
resurslarini boshqarish quyidagi usullar orqali farqlanadi: 
insonlar intellektga (aql-idrokka) ega bo„lib, ularning tashqi muhit reaksiyasi 
hissiy-o„ylangan, anglab etilgan reaksiyadir. Inson va tashkilot o„rtasidagi o„zaro 
ta‟sir ko„rsatish jarayoni ikki tomonlama o„rganiladi; 
insonlar doimo takomillashib, rivojlanib borib kasbiy ko„nikmalarini oshiradi, 
ishlab chiqarish va xizmat ko„rsatish ob‟ektlari esa uning kasbiy layoqati 
takomillashib borishidan manfaatdor bo„ladi. 
Inson resurslarini boshqarish nazariyasi dastlab merkantilistlar, fiziokratlar va 
klassik maktabi vakillarining nazariyalarida bayon qilingan. Merkantilizm 
g„oyaviy oqimi tarafadorlari odamlarning, jamiyatning boyligi puldan, oltindan 
iborat, boylik savdoda, asosan tashqi savdoda – muomala jarayonida paydo 
bo„ladi, ko„payadi, savdoda band bo„lgan mehnat unumli mehnat, boshqa 
mehnatlar esa unumsizdir, deb tushuntirib keldilar. Keyinchalik ayirboshlash, ya‟ni 
savdo jarayonida hech qanday boylik yaratilmasligi, qiymatning ko„paymasligi 
ma‟lum bo„lib qoldi. Faqat ayriboshlashning ekvalentlik tartibi, ya‟ni teng 
mehnatga teng boylik muvozanati buzilgan taqdirda boylik birovlar foydasiga 
qayta taqsimlanadi, natijada kimdir boyib, kimdir xonavayron bo„lib boradi deb 
ta‟kidlaganlar.
Fiziokratlar maktabi vakillari esa boylik qishloq xo„jaligida yaratiladi va 
ko„payadi, degan g„oyani olg„a surdilar. Ularning vakili bo„lgan F.Kene mashhur 
«Iqtisodiy jadval» asarini (1758) yozdi va unda fiziokratizm maktabi asoslarini 
yaratdi. F.Kenening ta‟limotida sof mahsulot nazariyasi markaziy o„rin egallaydi. 
Uning fikricha
3
, yalpi ijtimoiy mahsulot va ishlab chiqarish xarajatlari o„rtasidagi 
farq sof mahsulot hisoblangan. F.Kene sof mahsulot bilan qo„shimcha qiymatni 
chalkashtirib, ikkalasini aynan bir narsa deb tushunadi. U qo„shimcha qiymat 
dehqonlarning qo„shimcha mehnati samarasi sifatida yuzaga keladi deb izohlaydi, 
ayrim joylarda esa qo„shimcha qiymatni tabiatning sof hadyasi deb qarab, uni 
yaratishda tabiat ham ishtirok etadi, deb tushuntiradi. Fiziokratlarning ta‟limoti 
bo„yicha qishloq xo„jaligida band bo„lgan mehnat birdan-bir unumli mehnat deb 
hisoblanib, boshqa sohalardagi mehnat esa unumsiz mehnat deb hisoblangan. 
Keyingi maktab vakillari klassik maktab namoyondalari bo„lmish A.Smit, 
U.Petti, D.Rikardo kabi atoqli iqtisodchi olimlar boylik faqatgina qishloq 
xo„jaligidagina emas, balki shu bilan birga sanoat, transport, qurilish va boshqa 
xizmat ko„rsatish sohalarida ham yaratilishini isbotlab berdilar va hamma 
3
А.Раѓѓоқов., Ш.Тошматов., Н.Фрмонов. Иқтєсодєѕ таълємотлар тарєхє. Т.: «Молєя». 2002, 147-149-бет. 


boylikning onasi yer, otasi mehnat, degan qat‟iy ilmiy xulosaga keldilar. Shuni 
aytish kerakki, A.Smitning “ko„rinmas qo„l” prinsipi hozirgi kunda juda ko„p tilga 
olinmoqda. U o„zining “Xalqlar boyligining tabiati va sabablari to„g„risida 
tadqiqot” (1776) degan kitobida insonni faollashtiradigan asosiy rag„bat xususiy 
manfaatdir deb ko„rsatadi. Inson o„z xususiy manfaatini amalga oshirishga, ya‟ni 
foyda olishga intilib, mehnat taqsimoti sharoitida qandaydir tovar yoki xizmat 
turini yaratadi, boshqalarga etkazib beradi, o„z kapitalini ko„paytiradi va shu 
intilishda o„zi bilmagan holda jamiyat taraqqiyotiga hissa qo„shadi deb 
tushuntiradi. U kapital, mehnat, tovar, ishchi kuchi va boshqa resurslarning yerkin 
harakatini ta‟minlash prinsipini ilgari suradi.
O„zbekiston Respublikasida iqtisodiyotni modernizatsiyalash davrida
tashabbuskor, bilimdon xodimlarni shakllantirishga ehtiyoj oshib bormoqda. Shu 
o„rinda inson taraqqiyoti konsepsiyasiga ko„ra, jamiyat rivojlanishi markazida 
faqatgina oddiy iqtisodiy ko„rsatkichlar emas, balki avvalo inson turishi 
kerak. Taraqqiyotning pirovard maqsadi va samarasining bosh mezoni - 
kishilarning imkoniyatlarini kengaytirish, ularning tabiiy, jamiyatda umum 
e‟tirof etilgan qadriyatlarga mos keladigan ma‟naviy va moddiy ehtiyojlarini
sifatli qondirish, yanada yuqori turmush darajasiga yerishish demakdir. Inson
taraqqiyoti – kompleks xarakterga ega bo„lib, o„z ichigainsonning ham
moddiy, ham ma‟naviy ehtiyojlarini qondirishni, uning sog„liqqa, ta‟lim,
ijtimoiy ta‟minot olishga, o„zini ifoda qilish yerkinligiga, bugungi va kelgusi
avlodlar xavfsizligiga bo„lgan huquqlarini ta‟minlashni qamrab oladi. Yaqqol
ifodalangan strategiyasiz barqaror ijtimoiy taraqqiyot, hokimiyatning turli
tarmoqlari va darajalarida xatti-harakatlarni muvofiqlashtirish, resurslar va
kuchlarning optimal taqsimlanishiga yerishish mumkin emas.
O„zbekistonda «Inson taraqqiyoti konsepsiyasi» to„g„risida to„qqizta 
ma‟ruza e‟lon qilingan bo„lib, ular ijtimoiy siyosat, iqtisodiy o„sish, 
islohotlarni o„tkazishda davlatning roli, kichik va o„rta biznesni rivojlantirish,
davlat boshqaruvini markazlashtirishni cheklash, sog„liqni saqlash, ta‟lim
tizimini rivojlantirishga bag„ishlangan. Inson taraqqiyoti haqidagi ma‟ruza
faqatgina qiziqarli statistik ma‟lumotlarni qamrab olgan ommabop material
emas. Bu, avvalo, inson taraqqiyoti borasidagi mamlakat strategiyasi amalga 
oshirilishi jarayonini aks ettiradi.
«Inson taraqqiyoti konsepsiyasi – samarali va barqaror iqtisodiy o„sishni
ta‟minlash, fuqaro uchun kafolatlarni ta‟minlash, shaxsning imkoniyatlarini
kengaytirish, ularning iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy huquq va yerkinliklarini
ro„yobga chiqarish, bugungi va kelgusi avlodlarning ma‟naviy va moddiy 
ehtiyojlarini qondirishdir»
4
.
Bugungi kunda «aholining barcha toifalari bilan doimiy muloqotda 
bo„lish, fuqarolarning qonuniy talab va ehtiyojlarini nafaqat o„rnatish, balki
4Фѓбекєстон: Барқарор єђтємоєѕ-єқтєсодєѕ рєвођланєшнєнг ва єнсон тараққєѐтє прєнцєпларєнє амалга ошєрєшнєнг парламент томонєдан
таъмєнланєшє. Фѓбекєстон Республєкасє Олєѕ Мађлєсє Сенатє. Фѓбекєстондагє БМТ Тараққєѐт дастурє. Амалєѕ қўлланма. 2011. 7- Б.


ularni ta‟minlashdan iborat»
5
. Barcha darajadagi davlat hokimiyat organlarining
inson taraqqiyoti borasida belgilangan marralarga so„zsiz yerishishni
ta‟minlash bo„yicha O„zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Ming yillik O„zbekiston: Barqaror
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning va inson taraqqiyoti prinsiplarini amalga 
oshirishning parlament tomonidan ta‟minlanishi. maqsadlarini O„zbekistonda
amalga oshirish bo„yicha qo„shimcha chora-tadbirlar to„g„risida”gi maxsus
qarori qabul qildi. Qarorda O„zbekistonda BMT Ming yillik rivojlanish
maqsadlariga muvofiq aholi turmush darajasi va sifatini izchillik bilan
ko„tarish uchun zarur qo„shimcha choralarni amalga oshirish maqsadida
vazirliklar, idoralar, hokimiyatning markaziy va mahalliy organlarining
mamlakatda inson salohiyatini muttasil rivojlanishini ta‟minlashga qaratilgan
kompleks harakat dasturi belgilandi
6

 

Download 398,07 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Download 398,07 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ishchi kuchi bandligi tugrisida xar xil nazariyalar

Download 398,07 Kb.
Pdf ko'rish