• Tayanch so’z va iboralar
  • Ajratilgan vaqt
  • Capsulae molles)
  • Perlae gelatinosae)
  • Capsulae durae operculatae)
  • 5-ma’ruza. Kapsulalar va ularni ishlab chiqarish texnologiyasi. Reja




    Download 170.32 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet1/6
    Sana17.05.2023
    Hajmi170.32 Kb.
    #60857
      1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    kaps
    axborot xavsizligi, Maktab jismoniy tarbiya dasturlarining hususiyatlari va qiyosiy, METALLARGA MEXANIK ISHLOV BERISH, dalolatnoma, 11 grade all control works and their answers, tabletka, ehtimol topshiriq 1, 1-маъруза 2-курс, Fizika. 7-sinf (2017, P.Habibullayev, A.Boydedayev), 47962, net2, LABORATORIYA ISHI-01, M.A.Xoshimxonova, 1710079104


    5-ma’ruza. Kapsulalar va ularni ishlab chiqarish texnologiyasi.
    Reja: 
    1. Tibbiyot kapsulalari va ularni TDV orasida tutgan o‘rni
    2. Tibbiyot kapsulalarining ta’rifi, tavsifi va tasnifi. 
    3. Tibbiyot kapsulalarini ishlab chiqarish texnologiyasi 
    4. Yumshoq jelatin kapsulalari va ularni tayyorlash usullari 
    4.1. Tomchilash usuli 
    3.2. Presslash usuli 
    3.3. Botirib olish usuli 
    5. Qattiq jelatin kapsulalari 
    5.1. Qattiq jelatin kapsulalarining kombinatsiyalari 
    5.2. Qattiq jelatin kapsulalarini dori moddalari bilan to‘ldirish
    6. Tibbiyot kapsulalarining sifatini baholash 
    Tayanch so’z va iboralar: kapsula,yordamchi modda, jelatin, kapsulyator, 
    tomchilash usuli, presslash usuli, botirib olish usuli.
    Ma’ruzaning maqsadi: Talabalarga tibbiyot kapsulalari va ularni TDV orasida 
    tutgan o‘rni, tibbiyot kapsulalarining ta’rifi, tavsifi va tasnifi to‘g‘risida tushuncha 
    berish. Tibbiyot kapsulalarini ishlab chiqarish texnologiyasi. Yumshoq jelatin 
    kapsulalari va ularni tayyorlash usullari. Qattiq jelatin kapsulalarini dori moddalari 
    bilan to‘ldirish.
    Ajratilgan vaqt -  2 soat. 
    Kapsulalar aniq dozalarga bo‘lingan dori turidir. Ular suyuq, kukunsimon, bo‘tqa 
    va donador shakldagi dorilar bilan to‘ldirilgan jelatina qobig‘idan iborat. 
    Kapsulalar ichishga hamda yo‘g‘on ichakka va vaginal usulda ishlatishga 
    mo‘ljallangan bo‘ladi. Kapsulalar ikki xil: qopqoqchali qattiq va butun qobig‘li 
    yumshoq bo‘ladi. Qattiq jelatina kapsulalarining shakli silindrsimon, uchi 
    yarimsharsimon-dumaloq bo‘lib, ikki qismdan iborat: tanasi va qopqoqchasi, 
    ikkala qismi tirqish qoldirmasdan bir-biriga oson kirishi kerak. Qattiq jelatina 
    kapsulalarida “qulf” vazifasini bajaruvchi burama shaklda chuqurchasi bo‘lishi 
    mumkin.
    Qattiq kapsulalar sig‘imiga qarab sakkiz o‘lchovda tayyorlanadi: 000 (1,37 ml), 00 
    (0,95 ml), 0 (0,68 ml), 1 (0,5 ml), 2 (0,37 ml), 3 (0,3 ml), 4 (0,21 ml), 5 (0,13 ml). 
    Kapsulalarni birinchi bo‘lib fransuz dorishunoslari Mot (Mothes) va Dyublan 
    (Dublane) 1833-yilda taklif qilishgan. Hozirgi kunga qadar AQSh 
    farmakopeyasiga kiritilgan 40 dan ortiq, Angliya farmakopeyasiga kirgan 30 dan 
    va Xalqaro farmakopeyaga kirgan 10 dan ortiq maqolalar bu dori shaklining tutgan 
    mavqei qanchalik yuqori ekanligini isboti bo‘la oladi. Jelatina kapsulalari uch xil 
    usulda tayyorlanishi mumkin:


    1. Qolipni jelatina eritmasiga botirib olish,
    2. Tomchilash, 
    3. Taxtakashlash.
    Jelatina kapsulasining mikroblarga nisbatan turg‘unligini oshirish uchun 
    konservantlar: benzoy kislotasi va natriy benzoati 0,05-0,1% gacha, salitsil 
    kislotasi 0,12% gacha, nipagin va nipazol (7:3 nisbatdagi aralashmasi) 0,3-0,5% 
    gacha qo‘shilishi mumkin. Kapsulalarni ichakda erishini ta’minlash uchun 
    (glyutoidli kapsulalar) 3:1 nisbatida tayyorlangan atseton-spirt aralashmasiga 5%li 
    atseto-ftalat eritmasi bilan ishlov beriladi yoki kapsula tayyorlash jarayonida 
    jelatina massasiga 15-30% miqdorda atseto-ftalat sellyulozaning ammoniyli tuzi 
    qo‘shiladi. 
    Kapsula lotincha –“capsula”so‘zidan olingan bo‘lib, futlyar, qobiq, quti degan 
    ma’noni bildiradi. Sanoat miqyosida ishlab chiqariladigan kapsulalar dozalarga 
    bo‘lingan, qobiq bilan himoyalangan dori moddasidan tashkil topgan dori shakli 
    bo‘lib, asosan ichish uchun, shuningdek rektal va vaginal usullarda qo‘llashga 
    mo‘ljallangan. 
    Birinchi bor kapsulalar haqidagi ma’lumotlar eramizdan avvalgi 1500 yillada 
    “Ebers papiruslarida” qayd etilgan. Keyinchalik 1730 yilda Venetsiyalik farmatsevt 
    De Pauli toza terpenni noxush xidi va mazasini kapsulalash orqali yo‘q qilgan. 
    Oradan 100 yil o‘tib, 1833 yilda Parijda farmatsevt Varnabe Mote va Avgust 
    Dyublan tomonidan jelatin massasiga simob solingan charm qopchani botirib olish 
    usulida kapsularni olishga muvaffaq bo‘lishgan
    1
    .
    1874 yilda Deytroytlik Xyubel botirib olish usuli bo‘yicha kapuslalar olinadigan 
    apparatni kashf qildi va birinchi marta katta miqdordagi kapsulalarni ishlab 
    chiqishga muvaffaq bo‘ldi, shuningdek u kapsulani hajmi bo‘yicha raqamlash 
    tizimini taklif qildi.
    Avvaliga dorixonalarda keyin esa farmatsevtik korxonalarda “Kapsulalangan dori 
    shakllari” nomi bilan ishlab chiqarila boshlandi. Bu jihatdan antibiotiklardan 
    tayyor dori vositalari ishlab chiqarishda kapsulalar qulay. Shuningdek jelatina 
    kapsulalari yordamida bo‘yovchi va changlanuvchi moddalardan ham tayyor dori 
    vositasini ishlab chiqarish imkoniyati yuqori. 
    Bugungi kunda kapsulalar tayyor dori vositalari orasida alohida o‘rin tutadi. 
    Qaysiki ular farmatsevtik ishlab chiqarishda tabletkalar va ampulalardan so‘ng 
    uchinchi o‘rinni egallaydi.
    O‘zbekiston Respublikasi 12-davlat reestridan jami 5115 ta nomdagi tayyor dori 
    vositalari ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lib, ularning 418 tasi (8,1%) kapsula dori shakliga 
    to‘g‘ri keladi. Agar ro‘yxatdan o‘tgan kapsula dori shakllarini farmatsevtik ishlab 
    chiqaruvchilar bo‘yicha taxlil qilsak, 33 tasi mahalliy (8%), 114 tasi MDH 


    davlatlari tomonidan (27%) va 271 tasi horijiy davlatlar (65%) farmatsevtik 
    korxonalari tomonidan ishlab chiqarilgan kapsula dori shakllariga to‘g‘ri keladi. 
    Agar bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasida ro‘yhatdan o‘tgan umumiy 
    kapsula dori shakllarini farmakoterapevtik guruhlari bo‘yicha tahlil qiladigan 
    bo‘lsak, antibiotiklar, vitaminlar va me’da-ichak yarasiga qarshi ishlatiladigan dori 
    moddalardan tayyorlangan kapsulalar etakchi o‘rinlarni egallaydi.
    Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasida tayyor dori vositalarini ishlab 
    chiqaruvchi farmatsevtik korxonalar 83 tani tashkil qilib, ular ishlab chiqaradigan 
    tayyor dori vositalarining nomenklaturasi 741 taga etgan. Tayyor dori vositalari 
    ishlab chiqaradigan korxonalarning faqatgina 6 tasi kapsula dori shaklini ishlab 
    chiqarishga ixtisoslashgan bo‘lib, ularda 33 nomdagi kapsulalar bugungi kunda 
    ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan. Kapsula qobig‘ini tayyorlashda jelatin, suv va 
    tibbiyot amaliyotida ishlatishga ruxsat etilgan turli yordamchi moddalar (glitserin, 
    sorbit, qand, titan II oksidi, kislotali qizil 2S, tropeolin 0, natriy yoki kaliy 
    metabisulfit, nipagin va boshqalar) dan foydalaniladi. Kapsulada kukun, qattiq, 
    suyuq yoki pastasimon konsistensiyali, bir yoki bir nechta dori moddasi yoki ularni 
    turli tibbiyotda ishlatishga ruxsat etilgan va xususiy farmakopeya maqolalarida 
    keltirilgan yordamchi moddalar bilan birgalikdagi aralashmalari bo‘lishi mumkin. 
    Kapsula silliq yuzali, xech qanday tashqi zararlanishlarsiz va xavo hamada 
    mexanik aralashmalarni saqlamagan holatda bir butun bo‘lishi kerak. YUmshoq 
    kapsulalar (Capsulae molles) - sferik, tuxumsimon, cho‘zinchoq yoki silindrsimon 
    tuzilishli bo‘lib, yo‘lli yoki yo‘lsiz bo‘lishi mumkin. Yumshoq kapsulalar har xil 
    o‘lchamda 1,5 ml gacha bo‘lgan hajmda bo‘lishi mumkin. Yumshoq kapsula 
    qobiqlari tarkibidagi plastifikatorlar miqdoriga qarab qattiq yoki elastik bo‘lishi 
    mumkin. Bu kapsulalarning tarkibidagi glitserin miqdori 20-25% ni tashkil qiladi. 
    Hajmi 0,1-0,2 ml bo‘lgan, asosan moyli eritmalar bilan to‘ldirilgan kapsulalar 
    durlar (Perlae gelatinosae) deyiladi. Yumshoq kapsula deyilishiga sabab 
    yordamchi moddalar yumshoq elastik qobiq massasini tayyorlash jarayonida 
    qo‘shiladi, so‘ngra navbatdagi texnologik jarayonlardan o‘tadi. Natijada qobiqning 
    dastlabki elastiklik hossasi qisman yoki butunlay yo‘qoladi. Bunday kapsulalar 
    butun, elastik yoki qattiq bo‘lishi mumkin. Ba’zan yumshoq kasulalarning 
    qobig‘ining tarkibiga ta’sir etuvchi modda kiritiladi.
    Qattiq kapsulalar (Capsulae durae operculatae) - silindr shaklli, ikki tomoni 
    yarim sferik tuzilishli bo‘lib, ikki qismdan: korpus va qopqoqdan iborat. Har ikki 
    qism bir-biriga bo‘shliq hosil qilmasdan, oson kiyilishi lozim. Qattiq kapsulalar 
    maxsus korpus va qopqoqni bir-biriga mustahkam kiyilishini ta’minlovchi 
    ushlagichlardan iborat bo‘lishi mumkin. Kapsulalarning qattiqligi ularning 
    tarkibida glitserinni umuman bo‘lmasligi yoki uning miqdorini 0,3% dan 
    oshmasligi bilan belgilanadi. Qattiq kapusulalarga asosan sochiluvchan hossaga 


    ega bo‘lgan kukunlar va granulalar solinadi. Qattiq kapsulalar hajmiga ko‘ra 8 ta 
    raqam ostida ishlab chiqariladi. Kapsuladagi massaning hajmi uning zichligi va 
    g‘ovakligiga bog‘liq. Eng katta hajmli kapsula “000” raqamli, eng kichigi esa “5” 
    raqamli. Qattiq kapsulalar barcha “shakl beruvchi” texnologik jarayonlaridan 
    o‘tgandan so‘ng dori moddasi bilan to‘ldiriladi va ular mos keluvchi taranglik va 
    qattiqlik ko‘rsatkichlariga ega bo‘ladi. Qattaq kapsulalar 2 ta seksiyadan iborat 
    tuzilishli bo‘lib, ular oldindan tayyorlab qo‘yiladi va zarurat bo‘lganda dori 
    moddalari bilan to‘ldiriladi.
    Retard kapsulalar – kapsulalarning alohida guruhi bo‘lib, tarkibidagi dori 
    moddasini ajralib chiqish tezligi va miqdorini boshqarish mumkin bo‘lgan ta’siri 
    uzaytirilgan (prolongirlangan) kapsulalardir. Bu maqsadda dori moddaisning 
    ajralib chiqish tezligi va joyini ta’minlovchi maxsus yordamchi moddalardan 
    foydalaniladi. Bu moddalar kapsula qobig‘ining tarkibida yoki ichidagi dori 
    moddasi bilan birga yoki har ikki holatda ham bo‘lishi mumkin.
    Ichakda eriydigan kapsulalar modifikatsiyalangan ajralib chiquvchi vositalar 
    qatoriga kirib, ular oshqozon shirasiga turg‘un, ta’sir etuvchi moddani ichakda 
    ajratib chiqaradi. Ular qattiq yoki yumshoq kapsulalarni kislotali sharoitga turg‘un 
    bo‘lgan plenkalar bilan qoplab, yoki kislotali sharoitga turg‘un bo‘lgan plenkalar 
    qoplangan granulalar yoki kukunlar bilan to‘ldrilgan kapsulalardir. 
    Ba’zi bir kapsula turlari o‘ziga hos nom bilan nomlanadi. Bo‘yni cho‘zinchoq 
    kapsulalar tubatinalar deb atalib, ular asosan bolalar amaliyotida ko‘p ishlatiladi.

    Download 170.32 Kb.
      1   2   3   4   5   6




    Download 170.32 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    5-ma’ruza. Kapsulalar va ularni ishlab chiqarish texnologiyasi. Reja

    Download 170.32 Kb.
    Pdf ko'rish