5-Mavzu: Pedagogik dasturiy vositasilardan o‘quv jarayonida foydalanish




Download 165.93 Kb.
bet1/7
Sana29.05.2023
Hajmi165.93 Kb.
#66766
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
5-mavzu
8-mavzu. Qish. R T, PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARNI LOYIXALASHTIRISH VA REJALASHTIRISH, 6 - mavzu. O\'quv animatsion roliklar tayyorlash dasturlari bilan ishlash, Пахта хом ашёсини сақлаш ва қайта ишлаш (3), 6-amaliyot, Ta\'limda AT1 2021-(TS va MG), jadval Qudratov Alijon, Бухгалтерия Ўқув қўлланмаси 2021 1С, O\'rinova Shahlo ij, 4.9-шакл. ОАК (2), ANNOTATSIYA, Amirillayeva, 1-MA\'RUZA, 5.амалий, Html Haqida Qullanma copy

5-Mavzu: Pedagogik dasturiy vositasilardan o‘quv jarayonida foydalanish
Barchamizga ma’lumki, XXI asr – globallashuv davri, texnika asri deyiladi.. Bugungi kunda fan va texnika jadal suratda rivojlanib bormoqda, bu esa yangi texnologiyalardan foydalanib dars o‘tishni taqozo etadi. Kelajagimiz bo‘lgan yoshlarni yuksak madaniyatli, o‘tkir bilimli qilib tarbiyalashda har bir pedagog xodim o‘zini mas’ul shaxs ekanligini bilgan holda, dars samaradorligini oshirib borishi, yangi texnologiyalardan unumli foydalanishi dolzarb masala hisoblanadi.
Elektron resurslarni yaratish va ulardan oqilona foydalanish bugungi davr talabiga aylangan bir paytda, rivojlanib borayotgan texnika vositalaridan unumli foydalanish o‘rinli. Darhaqiqat V.M.Glushkov ta’kidlaganidek: “XXI asrda texnik rivojlangan davlatlarda axborotlarning asosiy qismi ovozsiz ko’rinishda EHM xotirasida saqlanadi. Bu bilan XXI asr boshida ushbu axborotdan foydalana olmagan kishi XX asr boshidagi o’qishni ham, yozishni ham bilmaydigan kishiga o’xshab qoladi”.
Bugun barkamol avlod tarbiyasi barchaga sir emaski, davlat miqyosidagi masalalar darajasida ko’tarilgan. O’z erkin fikriga ega, mustaqil hayotda qoqilmay o’zining ishonchli va sobit qadamlari bilan kirib boradigan yosh avlodni tarbiyalash, avvalo, oila mas’uliyatini, qolaversa, ustoz murabbiylardan katta fidoiylikni talab etadi. Ustozlar davr talabiga mos holda ta’lim-tarbiya berishda, o’zlari ushbu kun yangiliklaridan boxabar, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy sohadagi o’zgarishlarni mazmun-mohiyatini to’g‘ri anglab yetgan holda o’quvchi yoshlarga sodda, qalbiga yetib boradigan qilib, tushunarli usullardan foydalanib darslarni tashkil etishlari zarur. Bunda informatika o’qituvchilariga o’z fanini yaxshi o’zlashtirishidan tashqari, bugungi zamonaviy axborot kommunikativ texnologiyalarini mukammal bilishlari talab etiladi.
Ta’limda axborot- kommunikatsiya texnologiyalarini qo’llaganda o’quvchi eshitish, ko’rish, ko’rganlari asosida mustaqil fikrlash imkoniyatiga ega bo’ladi. Ta’lim jarayonida axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan
holda darslarni interfaol usullarda tashkillashtirish uchun ma’lum bir shart – sharoitlar mavjud.
Zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalari va axborot texnologiyalari mavzusi bugungi kunning dolzarb mavzularidan biridir. Bugungi kun o’quvchisi nafaqat bilim, ko’nikma, malakalarini o’zlashtira oladi va shu bilan bir qatorda ular ongiga milliy istiqlol g‘oyasi singdirilib boriladi. Zero, XXI asr axborot texnologiyalari asridir.
Axborot texnologiyalari asrida har bir yosh avlod kompyuterdan samarali va unumli foydalanib borishi o’rgatiladi. Shunday ekan shiddat bilan hayotimizga kirib kelayotgan internetdan foydalanish madaniyatiga ham ega bo’lishi kerak.
Bu dars ishlanmada “Nuqtai nazar”, “Aqliy hujum”, “Ajratish” va “T” kabi usullardan foydalanish o’quvchidagi BKMlarni mustahkamlashga, jamiyatda o’zining mustaqil fikriga ega bo’lishga, o’z Vatani bilan faxrlanish g‘ururi bugungi kunda O’zbekistonda ro’y berayotgan o’zgarishlarni anglay olish va Mustaqil Vatanimizning o’tmishi bilan faxrlanish, bag‘rikenglik, do’stlik, kelajakdagi fan taraqqiyoti to’g‘risidagi tushunchalarini shakllantirishga yordam beradi.



Download 165.93 Kb.
  1   2   3   4   5   6   7




Download 165.93 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



5-Mavzu: Pedagogik dasturiy vositasilardan o‘quv jarayonida foydalanish

Download 165.93 Kb.