• Multfilmni boshlash uchun quyidagilarni aniqlab olish zarur
  • 6-dars. Murakkab animatsiyalar yaratish. Ko‘p sahnali multfilmlar yaratish




    Download 20.62 Kb.
    Sana25.04.2023
    Hajmi20.62 Kb.
    #53756
    Bog'liq
    6-dars
    3-Amaliy mashgulot, 2-Amaliy mashgulot, Videokonferensiyani tashkil qilish va undan foydalanish Sobirov Murodjon, don va don mahsulotlari yormalar ser xiz, 300 tahlil test, eldor1, Mustaqil ish, 2-sinf matematika darslarida masalaning qisqa shartini modellashtirish asosida modellashtirishga o’rgatish, 01, Презентация Microsoft PowerPoint, Mazmunı, 15..15 var 71 iddintifikatsiya va modellashtrish, хусусияти 24, Surayyo obektivka

    6-dars. MURAKKAB ANIMATSIYALAR YARATISH. KO‘P SAHNALI MULTFILMLAR YARATISH
    Multiplikatsiya (lot. multiplicatio – ko‘paytirish) – ekranda harakatlanuvchi tasvirlarni yaratish texnologiyasi. Multiplikatsiya muayyan tezlik (chastota)da о‘zaro almashinuvchi oddiy rasm yoki kadrlar ketma-ketligi yordamida harakatlanuvchi suratlar illyuziyasini yaratishda foydalaniladigan texnik usul hisoblanadi
    Multfilm – kompyuter ekrani yoki boshqa elektron qurilmalarda ko‘rish uchun mo‘ljallangan film. Unda qandaydir voqea, hodisa, jarayon yoki g‘oyalar tomoshabinga matn va tasvirlardan foydalangan holda “gapirish” (ko‘rsatish) orqali yetkaziladi. Multfilmlar:
    a) texnologik jarayonga kо‘ra: qumli, plastilinli, qо‘g‘irchoqli, chizilgan, kompyuterda yaratilgan;
    b) yaratilish maqsadiga kо‘ra: rivojlantiruvchi, ta’limiy, tarbiyaviy, kо‘ngilochar;
    d) davomiyligiga kо‘ra: qisqametrajli, tо‘liq metrajli;
    e) yosh qiziqishlariga kо‘ra: bolalar uchun, kattalar uchun, о‘smirlar uchun bo‘lishi mumkin.
    Dunyo bо‘ylab barcha animatorlar hamda multfilm ustalari zamonaviy multasarlarga tayangan holda qiziqarli multfilmlarni yaratishga harakat qilishadi. Demak, Scratch dasturida ham ana shunday kichik bir multfilm yaratish bilan tanishamiz. Yaxshi multfilm yaratish uchun nimalar zarur? Har bir multfilmni yaratishda, albatta, ssenariy, g‘oya, syujet, sahna kabi elementlar bо‘lishi talab etiladi. Multfilm hosil qilishdagi birinchi qadam g‘oya topishdan iboratdir. G‘oya topilgach, uni multfilmga moslashtirish oson kechadi. Ammo filmni sifatli qiladigan g‘oyani topish oson emas.
    Multfilm uchun g‘oya sifatida turli hangoma, shaxsiy hayotdagi qiziqarli voqealarni olish mumkin. Agar g‘oya topish qiyin kechsa, u holda film uchun g‘oya sifatida ertaklardan foydalanish mumkin.
    Masalan, Uolt Disney о‘z filmlarida har doim shunday yо‘l tutgan.
    Film ibtidosida bosh qahramonlar bilan tanishuv o‘tkaziladi, ya’ni umumiy holat – syujet tushuntiriladi. Tomoshabin diqqatini syujetga qaratish muhim ahamiyatga ega.
    Odatda, bosh qahramonning qandaydir maqsadi bо‘ladi va mana shu maqsad syujet boshida yoritib о‘tiladi. Syujet о‘rtasiga kelib holatlar ketma-ketligi yordamida voqealar kulminatsion (eng yuqori) nuqtaga chiqadi. Film yakunida syujet tomoshabinning yodida qolishi uchun qiziqarli yakun о‘ylab topish maqsadga muvofiqdir. Odatda, barcha filmlar ssenariy yordamida sahnalarda namoyish etiladi. Filmning sifati ssenariyga bog‘liq, albatta. Sahna hikoyaning zamon va makon bilan chegaralangan bir qismidir. Ssenariy esa о‘ziga xos muayyan harakatlarni bajarish tartibi, yо‘riqnomalar jamlanmasidan iborat algoritm sanaladi. Qisqacha aytganda, har bir multfilm odob-axloq, ota-onaga hurmat, Vatanga muhabbat, ezgulik va insoniylik kabi yuksak ma’naviy mezonlarni o‘zida aks ettirishi lozim. Misol tariqasida “Qizil shapkacha” nomli ertakka mos multfilm loyihasini yaratishni ko‘rib chiqamiz. Multfilmni boshlash uchun quyidagilarni aniqlab olish zarur:
    – loyihada ishtirok etadigan spraytlar (qizil shapkacha, ona, kampir, bo‘ri, o‘tinchi)ni aniqlash;
    – spraytlar loyihada nimalar qilishi va nimalar deyishini, ya’ni multfilm ssenariysini tuzish;
    – ssenariy asosida spraytlar uchun skriptlarni hosil qilish.
    “Qizil shapkacha” nomli multfilmni yaratish uchun kerakli sprayt va rasmlarni http://dr.rtm.uz/ saytidan yuklab olishingiz mumkin.
    Download 20.62 Kb.




    Download 20.62 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    6-dars. Murakkab animatsiyalar yaratish. Ko‘p sahnali multfilmlar yaratish

    Download 20.62 Kb.