• 2-BOB. 2-SINFDA MASALALARNI MODELLASHTIRISH USULI BILAN YECHISHNI O’RGATISH TEXNOLOGIYASI.
  • Xulosa. Foydalanilgan adabiyotlar. Kirish Mavzuning dolzarbligi.
  • Ўзбекистон республикаси қишлоқ ва сув




    Download 0.67 Mb.
    bet1/14
    Sana31.05.2023
    Hajmi0.67 Mb.
    #67931
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
    Bog'liq
    2-sinf matematika darslarida masalaning qisqa shartini modellashtirish asosida modellashtirishga o’rgatish
    3-Amaliy mashgulot, 2-Amaliy mashgulot, Videokonferensiyani tashkil qilish va undan foydalanish Sobirov Murodjon, don va don mahsulotlari yormalar ser xiz, 6-dars, 300 tahlil test, eldor1, Mustaqil ish, 01, Презентация Microsoft PowerPoint, Mazmunı, 15..15 var 71 iddintifikatsiya va modellashtrish, хусусияти 24, Surayyo obektivka

    2-sinf matematika darslarida masalaning qisqa shartini tuzishga o’rgatish metodikasi
    REJA:
    Kirish.
    1-BOB. BOSHLANG’ICH SINFLARDA MATNLI MASALALAR YECHISHGA O’RGATISHNING PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI.
    1.1. Boshlang’ich sinflarda murakkab masalalarni yechishga o’rgatishning pedagogik asoslari.
    1.2. Boshlang’ich sinflarda matnli masalalar yechishga o’rgatishning psixologik asoslari.
    2-BOB. 2-SINFDA MASALALARNI MODELLASHTIRISH USULI BILAN YECHISHNI O’RGATISH TEXNOLOGIYASI.
    2.1. Ikkinchi sinf matematika kursining tuzilishi va mohiyati
    2.2. Ikkinchi sinf matematika darslarida masalaning qisqa shartini modellashtirish asosida o’rgatish texnologiyasi.
    Xulosa.
    Foydalanilgan adabiyotlar.
    Kirish
    Mavzuning dolzarbligi. Biz yoshlarga doir davlat siyosatini hech og’ishmasdan, qat’iyat bilan davom ettiramiz nafaqat davom ettiramiz, balki bu siyosatni eng ustuvor vazifamiz sifatida bugun zamon qilayotgan yuksak darajaga ko’taramiz1.
    Yosh avlodni barkamol inson etib tarbiyalash jamiyatimiz oldida turgan dolzarb masalalardan biridir. Hozir maktablarimizda ta’lim-tarbiya olayotgan yosh avlod kelgusida ajdodlarining xayrli ishlarini davom ettiradigan, o’zidan keyingi avlodlarga ozod va obod Vatanni meros qilib qoldiradigan hamda O’zbekistonning buyuk kelajagini yaratuvchi kishilardir. Ayni vaqtda, davlatimiz tomonidan barkamol avlod tarbiyasiga alohida e’tibor berilmoqda. Xususan, Prezidentimiz SH.Mirziyoyev farmonlari bilan 2022-2026 yillarda “Yangi O’zbekistonning taraqqiyot strategiyasi” qabul qilindi. Uning to’rtinchi ustuvor yo’nalishi ijtimoiy sohaga bag’ishlanib unda sifatli ta’lim xizmatlari imkoniyatlarini oshirish, mehnat bozorining zamonaviy ehtiyojlariga mos yuqori malakali kadrlar tayyorlash siyosatini davom ettirish muhim o’rin tutadi.Ayniqsa maktabgacha ta’lim va boshlang’ich ta’lim sohasiga bo’lgan e’tibor kundan – kunga kuchayib bormoqda. Yosh avlodning kelajagi ta’lim orqali yaratilishini e’tiborga olsak, ularning orzularini asray bilsak, ro’yobga chiqishiga ishonsak,bolalardek bo’la olsak eng buyuk ishlardan birini amalga oshirgan bo’lamiz.
    O’zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan buyon boshqa sohalar qatori ta’lim va fan sohasida ham ijobiy siljishlarga erishildi. Bu esa o’z navbatida boshlang’ich sinf o’qituvchilaridan katta mas’uliyat va mehnatni talab etadi.Yosh avlodning kelajagi ta’lim orqali yaratilishini e’tiborga olsak, uning tamal toshini aynan boshlang’ich ta’lim qo’yib beradi.Kadrlar tayyorlash va shuningdek, Maktab ta’limini rivojlantirish umummilliy dasturlarini qabul qilinishi ta’lim tarbiya sohasida tarixiy bir voqea bo’ldi desak,adashmagan bo’lamiz.Buning natijasida mustaqil va yangicha fikrlaydigan, zamon talabiga javob beradigan avlodni shakllantirishga erishildi.Vatanimizning ertangi kunini, taqdirini o’z qo’liga olishga qodir bo’lgan yoshlarimiz bugun minbarlarga chiqishmoqda.
    Boshlang’ich ta’limning sifat-samaradorligini tubdan yaxshilash xalq ta’limi faoliyatining ustuvor yo’nalishi etib belgilangan.Maktab inson qalbiga yurtni fido bo’lib,yuksak ong-u tafakkur, aql-u zakovat bilan sevish tuyg’usini jo etuvchi muqaddas ostonadir.Bu go’shada boshlang’ich ta’lim o’qituvchilarining hissasi hamisha ziyoda.
    Boshlang’ich ta’limni modernizatsiyalash, o’qitish jarayonida innavatsion pedagogik va multimediyali texnalogiyalardan unumli foydalanish, kadrlar salohiyatini oshirishga alohida e’tibor qaratgan holda, boshlang’ich ta’limning sifat-samaradorligini tubdan yaxshilash xalq ta’limi faoliyatinning ustuvor yo’nalishi e’tib belgilangan.
    O’quvchining aqliy salohiyatini rivojlantirishda pedagogik texnalogiyalarning ham asosiy talabi- unga mavzuni barcha imkonoyatlarni ishga solgan holda, qulay usullar bilan yetkazishdir. Ta’lim-tarbiya samaradorligini oshirishdagi eng asosiy omil bu ustoz-murabbiylarning o’quvchilarga har jihatdan namuna bo’la oladigan ma’naviy-axloqiy qiyofasi,ularning yetuk pedagogik kasb mahoratiga ega ekanligidadir.
    Matematik savodxonlik kerak bo’lmaydigan biror fan yo’q.Hatto musiqa madaniyati darslarida notaning butun, yarim, chorak ulushlaridan foydalanamiz.Matematika eng avvalo, aniq mantiqiy fikrlarga asoslangan bilimlar, olingan natijalar va ma’lumotlar asosida mulohaza yuritib, qonuniyatlarni topishni o’rgatadigan fan ekanili barchamizga ayon.Matematika tevarak-atrofimizda ro’y beradigan hodisa va jarayonlarning sonlar va harflar orqali o’zara bog’langan formula shaklidagi ifodasidir.Boshlang’ich ta‘limda matematika o’qitishning asosiy maqsadlaridan biri o’quvchilar intellektual tafakkurini shakllantirish asosida o’quvchilar qobiliyat va qiziqishlarini rivojlantirish hisoblanadi.
    Masalalarni turli yo’llarda yechishni o’rganish o’quvchilarning fikrlash doirasini kengaytirishga xizmat qiladi. Bu o’rinda asosli savol tug’iladi. “Matematik masala” o’zi nima? Matematik masala-bu bog’liq ixcham hikoya.Unda ba’zi kattaliklarning qiymatlari kiritilgan bo’lib, ularga bog’liq va masala shartida ular bilan ma’lum munosabatlar orqali bog’langan boshqa kattaliklarning qiymatlari izlanadi.

    Download 0.67 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




    Download 0.67 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ўзбекистон республикаси қишлоқ ва сув

    Download 0.67 Mb.