Boshlang’ich sinflarda matnli masalalar yechishga o’rgatishning psixologik asoslari




Download 0.67 Mb.
bet3/14
Sana31.05.2023
Hajmi0.67 Mb.
#67931
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
2-sinf matematika darslarida masalaning qisqa shartini modellashtirish asosida modellashtirishga o’rgatish
3-Amaliy mashgulot, 2-Amaliy mashgulot, Videokonferensiyani tashkil qilish va undan foydalanish Sobirov Murodjon, don va don mahsulotlari yormalar ser xiz, 6-dars, 300 tahlil test, eldor1, Mustaqil ish, 01, Презентация Microsoft PowerPoint, Mazmunı, 15..15 var 71 iddintifikatsiya va modellashtrish, хусусияти 24, Surayyo obektivka
1.2. Boshlang’ich sinflarda matnli masalalar yechishga o’rgatishning psixologik asoslari
Ta’lim-tarbiya jarayonida o’quvchilarning har tomonlama rivojlanishi uchun qulay ijtimoiy-psixologik va do’stona muhitni yaratishda pedagogik texnalogiyalardan foydalanish ko’zlangan natijaga erishish uchun muhim omil hisoblanadi. Farzandlarimiz mustahkam bilim, ko’nikma va malakalarga ega bo’lishlari uchun, albatta, ularni kichik yoshdanoq har bir fanga qiziqtirish zarur. Masalalar echish davrida o’quvchilar egallashi lozim bo’lgan sonlar va izlanayotgan son orasidagi bog’lanishni o’zlashtiradilar. O’quvchilarni masalalar echa olishlari bu o’quv darslarini qanchalik o’zlashtirganligiga bog’liq. Mantiqiy masalalar yordamida o’quvchilarning og’zaki fikrlash qobiliyatini ham o’stirish mumkin. Bunday masalalar o’quvchilarning sezgirligini oshiradi, og’zaki hisoblash malakasinio’stiradi va darsga bo’lgan qiziqishini orttiradi.Boshlang’ich sinf o’qituvchisi bolalarning yoshi va psixologik xususiyatlarini puxta o’rgangan holda ta’lim- tarbiya jarayoni samaradorligini oshirish ustida tinimsiz izlanishi, o’zidagi bor bilimini mahorat bilan ishga solishi zarur.
Matematika darsligi mualliflaridan biri Sattor Burhanovning fikriga ko’ra o’quvchilar yuqori sinfga o’tganlarida ularda fiziologik o’zgarishlar ro’y beradi.Bu vaqtda ularda bilim olish, yodlash qobiliyatlari pasayib,olgan bilimlarini “hazm qilish”, ya’ni ko’proq tushunish, ular bo’yicha ko’nikma va malaka hosil qilish davri boshlanadi.DTS faqat pastki chegarani belgilashi,undagi ko’rsatkichlar eng kamida shunday bo’lishi kerakligini ko’rsatishini ham unutmaslik joiz.O’quvchilar ko’proq narsalarni o’rganib olsa, “Nima uchun bularni o’rganib olding?”, demaymiz-ku.Talablar chegarasi past qo’yilaversa, o’quvchilarning bilim olishga ishtiyoqi ortgan vaqtini behuda o’tkazib yuboramiz, natijada miya qabul qilmaydigan davrda eng kerakli mavzularni o’tishga to’g’ri keladi va kutilgan natijaga erisha olmay qolamiz.Biz bolalarning bilim olishga chanqoq bo’lgan davrida ko’proq ma’lumotlarni,masalalarni sodda ko’rinish (modellashtirish usuli) da yetkazishimiz lozim. Sоddа vа murаkkаb mаsаlаlаr bоlаlаrning fikrlаsh qоbiliyatlаrini rivojlаntirishning fоydаli vоsitаsi bo‘lib, оdаtdа, o‘z ichigа “yashirin axborotni” оlаdi. Bu axborotni qidirish, mаsаlа yеchuvchidаn аnаliz vа sintеzgа mustаqil murоjааt qilish, fаktlаrni tаqqоslаsh, umumlаshtirish vа hоkаzоlаrni tаlаb qilаdi. Bilishning bu usullаrini o‘rgаtish mаtеmаtikа o‘qitishning muhim mаqsаdlаridаn biri hisоblаnаdi. mаsаlа ustidа ishlаsh jаrаyonidа shungа intilish kеrаkki, hаr bir mаsаlа bоlаlаr uchun hаqiqiy bilim mаnbаi bo‘lib qоlsin.
Buning uchun o‘quvchining diqqаtini mаsаlа shаrtidаn tаfаkkurini vа bilish qоbiliyatlаrini rivоjlаntirаdigаn dаrаjаdа ko‘prоq mа’lumоtlаrni оlishgа yo‘nаltirish kеrаk.Ko’pchilik psixologlar bolalar bilim olishni qancha tez boshlasa,o’zlashtirish ham shunchalik yaxshi bo’lishiga ishonishadi.Masalalar o’z ichiga qidirish masala echuvchidan analiz va sintezga mustaqil murojaat qilish faktlarni taqqoslash, umumlashtirish va hokazolarni talab qiladi. Masalalar echish jarayonining o’zi ma‘lum metodikada o’quvchilarning aqliy rivojlanishiga ancha ijobiy ta‘sir ko’rsatadi, chunki u aqliy operasiyalarni: analiz va sintez aniqlashtirish va taqqoslash umumlashtirishni talab etadi. O’quvchi istagan masalani echishda analiz qiladi. Savolni masala shartidan ajratadi. Echish rejasini tuzayotganda sintez qiladi, bunda u aniqlashtirishdan foydalanadi. Bolalar odatda masala sxemasini oson o’zlashtirib oladilar. Unga ergashib darhol hayotdagi haqiqatni noto’g’ri ifodalaydilar bunda masalaning asosi hisoblangan miqdoriy munosabatlar mantiqini tushunmaydilar. Bajarilishi lozim bo’lgan harakatning mazmunini yaxshi o’zlashtirib olgandan keyin bolalar o’z tajribalari asosida tuzulgan masalalarni ham yecha oladilar.Masalalarning modelini to’g’ri tanlay va qo’llay bilish, turli masalalar va ularning turli usullarda yechilishi o’quvchilarda oldindan ko’ra bilish qobiliyatini ham shakllantiradi.Modellashtirish usulida tushuntirilgan masala bolaga ,,daxshatli’’ ko’rinmaydi. Psixologik jihatdan ham yengil tuyiladi.Ular masalalarni tasavvur qilgan holda yecha oladilar.
Boshlang’ich sinflarda o’quvchilarning psixologik holatini yaxshilash, ularni turli zo’riqishlardan asrash,bilimlarini turli qiziqarli masalalar orqali mustahkamlab borish muhim ahamiyat kasb etadi.Bunda o’quvchilarni ziyraklikka, chaqqonlikka hamda fikrni to’g’ri va aniq ifoda etishga qaratilgan masalalardan foydalanish mumkin.Shu bilan birga, tanlangan masalaning o’tilayotgan mavzuga mos kelishi, qulayligi, ko’zlangan natijaga olib kelishi ham muhimdir.Bu esa o’qituvchining kasbiy mahoratiga, maqsadni to’g’ri belgilay olishiga ham bog’liq. Yuqorida aytilgan fikrlarga hamohang 2-sinf matematika fanida qo’llasa bo’ladigan, o’quvchilarni topqirlikka, ziyraklikka va fikrlashga undaydigan, ularning ijodiy faolligini o’sgirishga qaratilgan masalalarni yechishning modellashtirish usulida keltiramiz.

Download 0.67 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Download 0.67 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Boshlang’ich sinflarda matnli masalalar yechishga o’rgatishning psixologik asoslari

Download 0.67 Mb.