6-MAVZU.AUDITNING MOHIYATI, ZARURLIGI VA AHAMIYATI
Reja
6.1.Audit va auditorlik faoliyatining mohiyati. O‘zbekiston Respublikasining
moliyaviy nazorat tizimida auditning tutgan o‘rni.
6.2.Audit maqsadi va vazifalari. Auditorlik faoliyatining rivojlanish
bosqichlari.
6.3.Audit va buxgalteriya hisobi o‘rtasidagi farqlar. Audit va taftish, ularning
o‘xshashlik va farqli tomonlari.
Audit – bu mustaqil malakali mutaxassislar tomonidan korxonaning
moliyaviy hisobotini yoki u bilan bog’liq moliyaviy axborotni ushbu hisobot yoki
axborotning qonun va boshqa me’yoriy hujjatlarga muvofiqlik darajasi
to‘g’risidagi xulosa chiqarish maqsadida tadqiq etilishidir.
Auditning maqsadi –
amaldagi qonunchilik, auditorlik faoliyatini me’yoriy
tartibga soluvchi tizim, auditor va mijoz o‘rtasidagi o‘zaro shartnoma
majburiyatlari bilan belgilanadigan aniq masalani yechishdan iboratdir.
Auditorlik faoliyatining maqsadi – xo‘jalik
yurituvchi subektlarning
buxgalteriya hisobotini ishonchliligini hamda amalga oshirilgan moliyaviy va
xo‘jalik operatsiyalarining me’yoriy hujjatlarga muvofiqligini aniqlashdan iborat.
“Audit” so‘zi lotincha
“audio” so‘zidan olingan bo‘lib u
“eshitadi” degan
ma’noni bildiradi.
Auditorlik faoliyati deganda auditorlik tashkilotlarining
auditorlik tekshiruvlarini
o‘tkazish va professional xizmatlar ko‘rsatish borasidagi tadbirkorlik faoliyati
tushuniladi.
Auditor – auditor malaka sertifikatiga ega bo‘lgan jismoniy shaxsdir.
Auditor auditorlik tekshiruvini sifatsiz o‘tkazganligi, tijorat sirini oshkor
etganligi hamda boshqa hatti – harakatlari oqibatida auditorlik tashkilotiga zarar
yetkazganligi uchun qonunu hujjatlariga muvofiq auditorlik
tashkiloti oldida
javobgar bo‘ladi.
1929-1933-yillarda dunyoda vujudga kelgan iqtisodiy inqiroz buxgalter-
auditorlarga bo‘lgan ehtiyojni kuchaytirdi. Bu vaqtda, auditorlik tekshiruvi sifati va
uning majburiyliligiga qo‘yiladigan talablar keskin kuchayadi, bu turdagi
xizmatlarga bozor ehtiyoji o‘sib boradi. 1940 yillarning
oxirigacha audit asosan
amalga oshirilgan pul operatsiyalarini tasdiqlovchi hujjatlarni tekshirishdan va
moliyaviy hisobotlarda ushbu operatsiyalar to‘g’ri guruhlanganligini tekshirishdan
iborat edi. Bu, ibora joiz bo‘lsa, tasdiqlovchi deb ataladigan audit edi.
1949-yildan so‘ng mustaqil auditorlar, samarali ichki nazorat tizimida xato
qilish ehtimoli uncha ko‘p bo‘lmaydi va moliyaviy ma’lumotlar
yetarli darajada
to‘liq va aniq bo‘ladi deb hisoblab, kompaniyalardagi ichki nazorat masalalariga
e’tiborni ko‘proq, qarata boshladilar.
Audit rivojlanishining uchinchi bosqichi - bu tekshiruv o‘tkazishda yoki
maslahat berishda vujudga kelishi mumkin bo‘lgan tavakkalchilikka yo‘naltirish,
tavakkalchilikni oldini olish va bartaraf etishdir, ya’ni:
mijozning biznes
shartlaridan kelib chiqqan holda, asosan xatoliklarga yo‘l qo‘yilishi mumkin
bo‘lgan yoki tovlamachilik tavakkalchiligi eng yuqori bo‘lgan joylarni tanlab
tekshiruvchi auditdir.